Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Beshariq


Beshariq tuman hokimligining rasmiy web sayti

Beshariq tuman hokimligida hokim va o`rinbosarlari qabul kunlari

F.I.Sh. Lavozimi Qabul kunlari
Mamasoliev Kimsanboy Tuman hokimi Haftaning seshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha
Karimov Bekzod Qayumovich Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, obodonlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Haftaning chorshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha
Fayzimatov Ibrohim Mehmonalievich Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari Haftaning payshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha
Yuldasheva Gulchehra Abduvasievna Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Haftaning juma kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha

Beshariq tuman hokimligi manzili: Farg`ona viloyati Beshariq shahri Oltin vodiy ko`chasi 60 uy
150300 Ishonch telefoni: 8 (373) 612-20-09


 

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot 
Tuman 1926 yilda tashkil topgan. Tuman markazi - Beshariq shahri.

2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot.
Tuman Farg`ona viloyatining sharqiy tomonida joylashgan bo`lib, O`zbekiston, Furqat tumanlari hamda Tojikiston Respublikasi (78 km) bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 780 kv.km ni tashkil etadi.

3. Aholi haqida ma'lumot.
Tumandagi 102 aholi yashash bo`limlarida 175,9 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 64,7 ming kishi (36,8%) ni, qishloqda 111,2 ming kishi (63,2%) ni tashkil etadi. Aholini 99,7 % ni o`zbeklar, 0,2% ni tojiklar, 0,1% ni qirg`izlar va boshqa millatlar tashkil qiladi.

4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni.
Tumanda bitta yirik sanoat korxonasi "Beshariq paxta tozalash" AJ mavjud, bundan tashqari bitta qo`shma korxona O`zbekiston-Lixtenshteyn QK "Besh kraft eks" mavjud.

5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar.
Tumanda 2330 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi.

6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari.
Kichk biznes sub'ektlari umumiy soni 2547 ta, shundan 2160 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 23,8 ga).

7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari.
Tumanda 34502 ta o`quvchiga mo`ljallangan 52 ta o`rta umuta'lim maktablari, 4995 ta talabaga mo`ljallangan 5 kasb hunar kollejlari mavjud.
Tumanda 585 ta bemorga mo`ljallangan 4 kasalxona, 24 ta shifoxona va 20 qishloq vrachlik bo`limlari mavjud.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать