Dang`ara
Dang`ara tuman hokimligining rasmiy web sayti
Dang`ara tuman hokimligida hokim va o`rinbosarlarining qabul kunlari
| F.I.Sh. |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
| Abdusalomov Shuhratjon Tolibovich |
Tuman hokimi |
Haftaning har chorshanba kuni |
| Vakant |
Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, obodonlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari |
Haftaning har juma kuni |
| Rahimov Ilyosbek Nasimbekovich |
Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari |
Haftaning har payshanba kuni |
| Nazirova Lola Ashuraliyevna |
Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi |
Haftaning har seshanba kuni |
Dang`ara tuman hokimligi manzili: Farg`ona viloyati Dang`ara tumani Dang`ara shaharchasi Toshkent ko`chasi 69 uy. 150500 Ishonch telefoni: 8 (373) 572-12-32

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot Tuman 1970 yilda tashkil topgan. Tuman markazi – Dang`ara qishlog`i.
2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot. Tuman Farg`ona viloyatining shimoliy-g`arbida joylashgan bo`lib, Qo`qon shahri, Furqat, Uchko`prik tumanlari, hamda Namangan viloyati, Tojikiston Respublikasi (18,5 km) bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 440 kv.km ni tashkil etadi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Tumanning 128 aholi yashash bo`limlarida 140,3 ming kishi istiqomat qiladi, shundan shaharda 32,8 ming kishi (23,4%) ni, qishloqda 107,5 ming kishi (76,6%) ni tashkil qiladi. Aholini 99,3% ni o`zbeklar, 0,3% ni tojiklar, 0,1% ni rus va boshqa millatdagilar tashkil qiladi.
4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni. Tumanda 1 ta yirik sanoat korxonasi "Magnat" MChJ mavjud. Bu korxonada tola va paxta tolali gazlamalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari 6 ta qo`shma korxonalar ro`yxatga olingan. Bular: O`zbek-Italiya "MEGA DRY" QK, O`zbek-Malayziya "Kokmalniyat" QK, O`zbek-Rossiya "Kokandavtokamazsentr", O`zbek-Rossiya "Beshtau", O`zbek-Rossiya "Far Invest Finans", O`zbek-Germaniya-Turkiya "Besteks" QK.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. Tumanda 2757 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari. Kichik biznes sub'ektlarning umumiy soni 2037 ta, bundan 1242 fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 20,1 ga).
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari. Tumanda 26479 ta o`quvchiga mo`ljallangan 42 ta o`rta umumta'lim maktablari, 5240 ta talababaga mo`ljallangan 5 kasb hunar kollejlari mavjud. Bundan tashqari 390 ta bemorga mo`ljallangan 4 kasalxona, 22 ta shifoxona va 20 qishloq vrachlik bo`limlari tashkil qilingan.
|