Marg`ilon
Marg`ilon shahar hokimligining rasmiy web sayti
Marg`ilon shahar xokimi, uning oo'rinbosarlari va mas'ul hodimlar tomonidan fuqarolarni qabul qilish JADVALI
| F.I.Sh. |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
Qabul vaqtlari |
| vakant |
Shahar hokimi |
Har juma |
15.00 dan 18.00 gacha |
| Bahrom Mirzayev |
Shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari |
Har seshanba |
09.00 dan 12.00 gacha |
| Jamila Ahmedova |
Shahar hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasining raisi |
Har chorshanba |
11.00 dan 13.00 gacha |
|
Shahar hokimining tashkiliy nazorat guruhi rahbari |
Har payshanba |
15.00 dan 17.00 gacha |
Marg`ilon shahar hokimligi manzili: Farg`ona viloyati Marg`ilon shahri Mustaqillik ko`chasi 448 A 151101 Ishonch telefoni: 8 (373) 233-30-00

Markaziy Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri – Marg’ilon shahridir. Marg’ilon 2006 yilda 2000 yilligini nishonlaydi. XI asrda Marg’ilon Farg’ona vohasining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan eng yirik shahri edi, ularni Buyuk Ipak yo’li bo’ylab savdogarlar Misr va Yunonistonga, Bag’dod, Xuroson va Kashg’arga olib ketar edilar. Hozir ham Marg’ilonni O’zbekistoning ipak poytaxti deb atash mumkin. Bu yerda qo’lda qadimiy texnologiya bilan to’qilgan va bo’yalgan mashhur xonatlas ishlab chiqariladi.
1. Shahar tashkil topganligi haqida ma'lumot Shahar tashkil topganligiga 2000 yil bo`ldi. Shahar markazi – Marg`ilon shahri.
2. Shahar joylashganligi haqida ma'lumot. Shahar Farg`ona shahri, Toshloq, Yozyovon, Oxunboboev tumanlari bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 41 kv.km ni tashkil qiladi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Shaharda 197,9 ming kishi istiqomat qiladi. Aholining 92,5% ni o`zbeklar, 0,7% ni tojiklar, 2,8% ni rus va boshqa millatdagilar tashkil qiladi.
4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni. Shaharda 3 ta yirik sanoat korxonalari, ya'ni "Alisher Navoiy" AJ, "Osiyoteks" AJ, "GREEN FOODS" AJ lar mavjud. Bundan tashqari 8 ta qo`shma korxona ro`yxatga olingan. Bular: O`zbek-Rossiya "Do`stlik Marg`ilon" QK, O`zbek-Turkiya "Tuyona" QK, O`zbek-Rossiya "Nyu lend teks" QK, O`zbek-Xitoy "Narimteks" AJ, O`zbek-Eron-Kanada "Bars interneyshnel Ko LTD." AJ, O`zbek-Vetnam "Imkon Seri" AJ, "Marlend Tekstil" AJ, "FarRos Marg`ilon" AJ.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. Shaharda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 6673 ta.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari. Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 1413 ta.
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari. Shaharda 35207 ta o`quvchiga mo`ljallangan 35 ta o`rta umumta'lim maktablari, 17256 ta talabaga mo`ljallangan 11 kollejlar mavjud. Bundan tashqari 962 ta bemorga mo`ljallangan 7 ta kasalxona va 22 ta shifoxona tashkil qilingan.
|