|
Normativ hujjatlar
Farg`ona viloyati hokimligining Reglamenti to`g`risida
"O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida" 2003 yil 24 apreldagi va "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining Reglamenti to`g`risida" 2005 yil 14 fevraldagi 62-sonli qarorining bajarish yuzasidan
QAROR QILAMAN:
1. Farg`ona viloyati hokimligining Reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Viloyat hokimining o`rinbosarlari, guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, boshqarmalar, idoralar va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari Farg`ona viloyati hokimligining Reglamenti talablari so`zsiz bajarilishini ta'minlasinlar. Belgilasinki, ko`rsatib o`tilgan rahbarlar ularga berilgan topshiriqlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi va hokim qarorlari va farmoyishlari loyixalarining sifati, ularning iqtisodiy va moliyaviy asoslanishi, tegishli boshqarmalar va idoralarda kelishilishi uchun shaxsan javob beradilar. 3. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o`rinbosari A.Allayarov zimmasiga yuklansin.
Viloyat hokimining 2005 yil 24 iyundagi 204 sonli qaroriga ilova.
Farg`ona viloyat hokimligining Reglamenti I. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Reglament O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 99-104-moddalariga "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq viloyat hokimligi vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Viloyat hokimligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining faromonlari, qaroralari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarilishini amalga oshiradi, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi. 3. Viloyat hokimligiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O`zbekistion Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda birinchi o`rinbosar va o`rinbosarlarga ega bo`ladi. Hokim viloyat hokimligi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek shaharlar va tumanlar hokimlarining qaror va farmoyishlari bekor qilishga haqli. 4. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi hokim o`rinbosarlari, boshqarmalar va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyat hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi organlari faoliyati, shuningdek viloyat hokimligi apparati ishi bilan ta'minlanadi. 5. Viloyat hokimligida masalalar viloyat hokimligi majlislarida hokim va uning o`rinbosarlari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, viloyat hokimligi komissiyalari va boshqa ishchi organlar majlislarida manfaatdorp davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida ko`rib chiqiladi. 6. Viloyat hokimligi apparati viloyat hokimligi majlislari, tegishli qarorlar loyihalari, taxliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishi va tashkil etilishini ta'minlaydi. Viloyat hokimi qarorlarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib va tekshirib boradi. 7. Viloyat hokimligida ish yuritish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yo`riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Viloyat hokimligi ishini tashkil etish
8. Viloyat hokimligi o`z ishini: O`zbekiston Respublikasini Qonunlarini; O`zbekiston Respublikasini Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlarlarda nutqlarida, shuningdek ko`rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni, amalga oshirishga yo`naltiradi. Viloyat hokimligining ishi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yillik rejalarga muvofiq olib boriladi. 9. Viloyat hokimligining navbatdagi yil uchun ish rejasi: - viloyat hokimligining majlislarini o`tkazish rejasini; - tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini hokim o`rinbosarlari huzurida ko`rib chiqish rejasini; - viloyat hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi organlari majlislarining kalendar rejasini o`z ichiga oladi. 10. Viloyat hokimligining ish rejalari quyidagi talablaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi: Tarmoqlarda, iqtisodiyot soxalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek viloyat hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli tahlil qilish; Islohotlar jarayonlariga to`sqinlik qilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish; O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish. 11. Viloyat hokimligining ish rejalari viloyat hokimmi tomonidan tasdiqlanadi. 12. Viloyat hokimligining ish rejalarini tayyorlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish Tashkiliy-nazorat, Axborot-tahlil guruhlari, tegishli guruh va kotibiyatlar tomonidan amalga oshiriladi. 13. Viloyat hokimligi guruhlari, kotibiyatlari, shuningdek, ular rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari belgilangani tartibda tasdiqlanadi.
III. Viloyat hokimligiga masalalarni kiritish shuningdek ularni viloyat hokimligida tayyorlash va ko'rib chiqish tartibi.
14. Viloyat hokimligining ko'rib chiqishi uchun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonun bilan uning vakolatiga kirgan masalalar kiritiladi. Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun viloyat hokimligining kompleks yoki maqsadli dasturlari ishlab chiqiladi, ularni ko'rib chiqish uchun hokim o'rinbosarlari tomonidan viloyat hokimiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 15. Viloyat hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar mahkamasi tomonidan yuborilgan boshqa hujjatlar ko'rib chiqiladi va bajariladi. 16. Viloyat hokimligida ko'rib chiqish uchun masalalar boshqarmalar, ho'jalik organlari boshqaruvi rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o'rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin. 17. Viloyat hokimligida ko'rib chiqish masalalar belgilangan tartibda, qoida tariqasida viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari loyihalari (keying o'rinda hujjatlar loyihalari deb ataladi) shaklida kiritilgan. 18. Viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko'rib chiqishga tayyorlar ushbu bob talablariga hamda vazirlar Mahkamasining 12-yanvardagi 12-son qarori va ish yuritish bo'yicha Yo'riqnomasga muvofiq amalga oshiriladi. 19.Loyihalar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko'rib chiqiladigan masalaning puxta taxlilini va holis bahosini o'ziga olgan bo'lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo'yishi, ularni bajarilishininig aniq muddatlarini belgilashi kerak. Tayyorlangan loyiha boshqa hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yohud ularni o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash talab etsa, ushbu o'zgartirish va qo'shimchalar, shuningdek ularni o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risidagi takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko'rinishida kiritiladi. Bu holda unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi. 20. Aynan shu masalalar bo'yicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda viloyat hokimligiga ana shu masalalar bo'yicha qarorlar va farmoyishlar loyihalar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi, yangi vaziyatlar paydo bo'lgan hollar bundan mustasno. 21. Hujjatlar loyihasini tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik hujjat loyihasini viloyat hokimligiga kiritayotgan boshqarma va yuborilgan hujjat loyihalariga tegishli organlar rahbarlari tomonidan ko'pi bilan 1 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qo'yiladi. 22. Hujjat loyihasi bo'yicha kelishmovchiliklar mavjud bo'lgan taqdirda loyiha kelishmovchiliklar bilan birga faqat mulohazalari bo'lgan tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda ularning birinchi o'rinbosarlari) imzolagan asoslangan yozma mulohazalar bilan birga viloyat hokimligiga kiritilishi mumkin. 23. Mazkur Reglamentda belgilangan tartibda viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqishga tayyorlash viloyat hokimligi apparati tomonidan uzog'I bilan 3-5 kun muddatda amalga oshiriladi.
IV. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va imzolash tartibi.
24. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari "Mahalliy davlat hokimiyati tog'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo'yicha qabul qilinadi. 25. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalari boshqarmalar, viloyat idoralari va tashkilotlari, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan ishlab chiqiladi. 26. Hujjatlar loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda viloyat hokimligi yuristi bilan kelishiladi. 27. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarining kelishilgan loyihalari loyihani ishlab chiqish to'g'risidagi topshiriqnoma bilan birga (u mavjud bo'lganda), umumiy bo'limda tegishli ravishda ro'yhatdan o'tkazgan holda viloyat hokimligi apparatida kiritiladi. 28. Umumiy bo'limda ro'yhatdan o'tkazib kiritilgan qarorlar va farmoyishlar loyihalari ishlash uchun viloyat hokimligi apparatining tegishli guruhlari va kotibiyatlariga beriladi. 29. Guruh yoki kotibiyat loyihani ekspertizadan o`tkazadi, zarurat bo`lganda, hujjatni kiritgan boshqarma va idoralar bilan birgalikda loyiha ustida ustida qo`shimcha ishlaydi, hamda bildirilgan mulohazalarni bartaraf etadi. Salbiy xulosaga kelganda guruh yoki kotibiyat mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi xulosani tayyorlaydi. 30. Ko`rib chiqish natijalari haqida guruh yoki kotibiyat mudiri hokim mutasaddi o`rinbosarlariga axborot beradi. Hokim mutasaddi o`rinbosari guruh yoki kotibiyatning salbiy xulosasiga rozilik bildirgan taqdirda hujjat loyixasi unga xulosani va hokim mutasaddi o`rinbosari tegishli topshirig`i ilova qilingan holda belgilangan tartibda qaytarilishi kerak. Xulosa ijobiy bo`lganda va hokim mutasaddi o`rinbosari ma'qullangan taqdirda guruh yoki kotibiyat hokim o`rinbosarlari tomonidan loyihaga rozilik imzosi qo`yilishini tashkil qiladi. 31. Guruh yoki kotibiyat hokim o`rinbosarlari bilan kelishilgan hujjat loyixasini viloyat hokimligi Axborot-taxlil guruhiga ekspertizadan o`tkazish taqdim etadi. 32. Axborot-taxlil guruhi hujjatlar loyihasini iqtisodiy samaradorlik va barcha manfaatdor idoralar bilan muvofiqlashtirish nuqtai-nazaridan puxta ekspertizadan o`tkazadi. Ekspert xulosasi salbiy bo`lgan taqdirda Axborot-taxlil guruhi loyihani puxta ishlash uchun tegishli guruh yoki kotibiyatga qaytaradi. Xulosa ijobiy bo`lgan taqdirda Axborot-taxlil guruhi rahbari loyihani ko`rib chiqish uchun hokim tegishli o`rinbosariga kiritadi. 33. Hokim tegishli o`rinbosari, hokim birinchi o`rinbosari rozilik bergan taqdirda rozilik imzosi qo`yilgan loyihani viloyat hokimiga kiritadi. 34. Shundan so`ng hujjatlar loyihalari hokim tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda maxsus qismda ro`yxatga olinadi.
V. Viloyat hokimligi majlislarini tayyorlash va o`tkazish.
35. Viloyat hokimligi majlislarini har chorakda kamida bir marta o`tkaziladi. Viloyat hokimligi majlislarida hokim raislik qiladi. 36. Viloyat hokimligi majlislarida "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Hukumati topshiriqlariga muvofiq boshqa masalalar ko`rib chiqiladi. 37. Viloyat hokimligi majlislarida ko`rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Axborot-taxlil guruhi, guruhlar va kotibiyatlar, viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Moliya boshqarmasi va boshqa viloyat idoralari hokimning birinchi o`rinbosari rahbarligida davlat va xo`jalik boshqaruvi tegishli organlari organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradilar. 38. Viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Moliya va Statistika boshqarmalari va boshqa viloyat iqtisodiy idoralari majlisning e'lon qilingan o`tkazilishi sanasidan kamida 10 kun oldin viloyat xokimligiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma'lumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni (shu jumladan jadvallarni), viloyat hokimligi majlisi protokoli loyihasini kiritadilar. 39. Axborot-taxlil guruhi tegishli guruh yoki kotibiyatlar bilan birgalikda kiritilgan materiallarni ekspertizadan o`tkazadi hamda hududlardagi ishlarning ahvolini o`rganish natijalarini va iqtisodiy organlar tomonidan taqdim etilgan boshqa materiallarni hisobga olgan holda puxtalashtiradi. 40. Puxta ishlab chiqilgan materiallar viloyat hokimining birinchi o`rinbosari bilan kelishiladi va viloyat hokimiga taqdim etiladi. 41. Viloyat hokimligi majlisida ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglamentning uchinchi bobi talablariga muvofiq tayyorlangan bo`lishi kerak. 42. Viloyat hokimligi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro`yxatlar viloyat hokimi tomonidan belgilanadi. 43. Viloyat hokimligi majlisiga viloyat prokurori, Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat sudlari raislari, xo`jalik sudi raisi, Adliya boshqamasi boshlig`i doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo`yicha taklif etiladilar. 44. Viloyat hokimligi majlislarida masalalar to`g`risida hoikm o`rinbosarlari, boshqarmalar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, guruhlar rahbarlari va kotibiyatlar mudirlari axborot beradilar. 45. Majlislarda qarorlar yig`ilish qatnashchilarining ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 46. Viloyat hokimligi majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon bilan rasmiylashtiriladi. Majlis bayoni tegishli guruh yoki kotibiyat tomonidan majlis tugagandan keyin bir kun muddatda hokim o`rinbosari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
VI. Viloyat hokimligi qarorlarini rasmiylashtirish, jo`natish, e'lon qilish va ularning kuchga kirishi.
47. Viloyat hokimligi majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qo`shimchalar yoki o`zgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari tegishli guruhlar va kotibiyatlar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan puxta ishlanadi hamda agar boshqa muddat belgilanmagan bo`lsa, majlisdan keyin ikkinchi kuni imzolashga taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan o`zgartirishlar viloyat hokimining tegishli o`rinbosarlari bilan kelishilishi kerak. Puxta ishlangan loyiha tasdiqlash uchun viloyat hokimiga kiritiladi. 48. Viloyat hokimligi majlis qarorlari, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari ular imzolagan sana bo`yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli guruhlar va kotibiyatlar tomonidan tuziladigan jo`natish ro`yxati bo`yicha darhol ijrochilarga yuboriladi. 49. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilangan bo`lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi. 50. Viloyat aholisiga yetkazilishi zarur bo`lgan qarorlar va farmoyishlar viloyat hokimining topshirig`iga binoan matbuotda e'lon qilinadi va mahalliy televidenieda eshittiriladi.
VII. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tashkil etish tartibi hamda viloyat hokimligi tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi
51. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oliy Majlis palatalri va qo`mitalarining qarorlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, viloyat Hokimi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 52. Viloyat hokimligiga tushgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oliy Majlis palatalari va qo`mitalarining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari to`g`risida darhol viloyat hokimiga axborot beriladi va ular yuzasidan hujjatlarningm mas'ul ijrochilariga topshiriqlar rasmiylashtiriladi. 53. Viloyat hokimligining topshiriqlari davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan bo`lsa, hujjat yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak. 54. Bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidan uzaytirilishi mumkin. 55. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oliy Majlis palatalari va qo`mitalarining qarorlari va topshiriqlarining Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishini va nazorat qilishni tashkil etish; Viloyat hokimining tegishli o`rinbosarlari tomonidan; Tarmoqlarni va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo`ljallangan hujjatlar bo`yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish; Tegishli tarkibiy bo`linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish; Ularning bajarilishini boshqarmalar, idoralar, boshqaruvning hududiy tarmoq organlari hamda shaharlar va tumanlar hokimliklarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o`rganish; Boshqarmalar, idoralar, viloyat, shaharlar va tumanlar hoikmliklarining yuqorida ko`rsatib o`tilgan hujjatlarning bajarish yuzasidan qabul qilgan o`z qarorlarining bajarilishini ko`rib chiqish; Tarmoqlar va hududlardagi ishlarning ahvolini kompleks o`rganish, ularning yakunlarini viloyat hokimligi majlislarida ko`rib chiqish; O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Oliy Majlis palatalari va qo`mitalarining qarorlari va toprishiqlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarida qo`yilgan vazifalarining o`z vaqtida va to`liq bajarilishini ta'minlanmagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko`rish bilan ta'minlanadi. Viloyat hokimligi Apparatida nazorat faoliyatini muvofiqlashtirib borish ushbu Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 56. Viloyat hokimligi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlarining viloyatni jtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha topshiriqlarning bajarilishi, davlat byudjetining ijrosi, shuningdek davlat hokimiyati va yuqori boshqaruv organlari qarorlarning bajarilishi to`g`risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning so`zsiz ro`yobga chiqarilishini ta'minlash choralarini ko`radi. 57. Viloyat hokimining bajarilgan qarorlarni va farmoyishlarini nazoratdan chiqarish viloyat hokimi yoki uning birinchi o`rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. Viloyat hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi organlari
58. Davlat hokimiyati va yuqori boshqaruv organlarining qarorlarini hayotga tadbiq etishga ko`maklashish, viloyat hokimligi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda boshqarmalar, idoralar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xo`jalik boshqaruvi boshqa organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan uning komissiyalari, shuningdek boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin. Viloyat hokimligi ularning vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi. 59. Komissiyalar majlislari hokim yoki uning o`rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan viloyat hokimligining yillik (choraklik) ish rejalari asosida o`tkaziladi.
IX. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash
60. Viloyat hokimligi o`z vakolatlari doirasida "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqilishini ta'minlaydi.
|
|