Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Oliy o'quv yurtlari


Farg'ona Davlat universiteti

Farg'ona politexnika instituti

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali

Qo'qon Davlat pedagogika instituti

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg'ona filiali 

 

 

ISLOHOTLAR SAMARASI. 
Barkamol avlod fenomeni

"Ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, mumdavlat miqyosidagi vazifa bo'lib, bu ezgu maqsad yo'lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qat'iyat bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turganini yana bir bor uqtirib o'tmoqchiman." I.A.Karimov.

Kuni kecha Prezidentimizning Bosh qomusimizning 17 yilligi ga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so'zlagan nutqida yaqinlashib kelayotgan 2010 yilni  "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilgani yurtdoshlarimiz qalbini faxr-g'urur, iftixor hislariga to'ldirdi. Ayniqsa, Yurtboshimizning mamlakatimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog'lik javob berishiga borib taqalishini alohida ta'kidlashi, XXI asrni intellektual boylik hukmron bo'ladigan asr deb atagani beixtiyor xayolimizga ko'p narsalarni soldi. O'zingiz o'ylab ko'ring:  mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish sohalarini isloh qilish davlat siyosatining ustivor vazifasi deb e'lon qilindi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ishlab chiqildi va uni hayotga izchillik bilan tatbiq etila boshladi. Ta'lim muassasalarida ko'p yillar mobaynida to'planib qolgan muammolarni tezroq bartaraf etish, shu bilan birga, ta'limning yangi modeliga tezkorlik bilan o'tishga shijoat bilan kirishildi.

Bundan taxminan o'n yillar avval "Sizning siyosatingizda ta'lim-tarbiya masalasiga bu qadar katta e'tibor berilishining sabablari nimada?" degan savolga Yurtboshimiz batafsil javob berib, ta'lim va ilm-fanni isloh qilish natijasida qo'lga kiritiladigan samaralarni alohida ko'rsatib o'tgan edi:

birinchidan, Milliy dastur va "O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida" hamda "O'zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlarda nazarda tutilgan vazifalar to'liq amalga oshgan taqdirda, yuzaga kelgan o'zgarishlar ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir etadi va natijada mamlakatimizda mavjud muhit butunlay o'zgaradi. Ikkinchidan, ta'limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi. Dunyoga umid bilan qadam qo'yib kelayotgan navnihol inson hayotdan munosib o'rnini topsa, turmushidan, taqdiridan, vatanidan rozi bo'lib yashaydi, umr bo'yi bunyodkorlik faoliyati bilan mashg'ul bo'ladi. Uchinchidan, ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga  ega bo'lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo'lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. To'rtinchidan, ta'limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro'yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Beshinchidan, bular biz qurmoqchi bo'layotgan fuqarolik jamiyati g'oyasini hayotimizda, amaliyotimizda hal qiluvchi siyosatga aylanishi uchun asos bo'ladi.

Keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizda yuzaga kelgan ijobiy o'zgarishlar, milliy modelning amaliyotga kirib kelishi bilan sodir bo'lgan sifat va son ko'rsatkichlari  jahon afkor ommasi oldida ana shu olisni ko'zlab aytilgan ilmiy bashorat to'g'riligini tasdiqlab turibdi. Bu haqda so'zlaganda, Yurtboshimiz nutqida tez-tez ta'kidlanadigan yangi asrning  intellektual salohiyat, intellektual boylik asri bo'lishi haqidagi fikrlariga e'tibor qaratmasdan ilojimiz yo'q.

O'z-o'zidan ayonki, intellektual salohiyat o'z-o'zidan paydo bo'lib holadigan narsa emas. Ilm-fanni maqsadli yo'naltirish, uni ilg'or texnologiyalar bilan muvofiqlashtirgan holda rivojlantirish bugungi ilmiy jarayonning dolzarb vazifalaridan ekani hech kimga sir emas. "Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, - degan edi Prezident 1998 yilda "Tafakkur" jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblarida, - endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg'or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Binobarin, xalqaro maydonda biz boshqa mamlakatlar bilan sog'lom fikr musobaqasiga, ijodiy raqobatga kirishmog'imiz lozim bo'ladi. Bizning kelajagimiz mana shu musobaqa va raqobatga qay darajada bardosh bera olishimizga bog'liq."

Mazkur fikr-mulohazalar, oradan bir necha yil o'tib,  bir qator muhim hujjat hamda qarorlarning qabul qilinishiga asos bo'ldi: 2004 yilda "O'zbekistonda 2010 yilgacha bo'lgan davrda oliy texnik ta'limni takomillashtirish konsepsiyasi" yaratildi, 2002 yil 30 mayda "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida"gi Farmon, 2005 yilda  "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarorga imzo chekildi.

Ana shu muhim hujjatlarga asoslanib, 2005 yilda respublikamizning beshta mintaqasida - Samarqand, Farg'ona, Nukus, Qarshi va Urganch shaharlarida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiallari ochildi. Mazkur filiallarning ochilishi shunchaki yangi oliy ta'lim muassasalarining tashkil etilishi emas, balki porloq istiqbolga, aniq dasturga  ega bo'lgan,  yuksak maqsadlarga mo'ljallangan ulkan ishning ilk qadamlari edi. Gap shundaki, bu o'quv yurtlari faoliyatining negizini aloqa va axborotlashtirish, kompyuter texnologiyalari, masofaviy o'qitish sohalarida zamonaviy talablarga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari tashkil etmog'i zarur edi.

Filiallar tashkil etilgan dastlabki paytlardanoq, telekommunikasiya va axborot vositalarining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, optik tolali aloqa liniyalarining raqamli magistrallari, raqamli ATS larning tashkil etilishi kabi muhim o'zgarishlar mohiyatidan kelib chihib, shu sohada malakali kadrlar yetishtirishni kun tartibiga qo'yildi. Bugina emas, yangi asr kirib kelgach, jahondagi biz bilgan va ko'nikkan taraqqiyot sur'ati bir necha barobar tezlashdi. Ma'lumotlar uzatish tarmoqlari, internet tizimi, elektron pochta, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron imzo kabi tushunchalar ijtimoiy hayotda yangi faoliyat turlari va munosabatlarini shakllantira boshladi.

Axborot almashuv, axborot qabul qilish va uni qayta ishlash, axborotlar jamg'armasi tashkil etish kabi ishlarning naqadar muhimligini tushunib yeta boshladik. Ta'bir joiz bo'lsa, ushbu barcha ishlarni amalga oshiruvchi, bu murakkab jarayonni boshqaruvchi va tadqiq etuvchi malakali mutaxassislarni tayyorlashni TATU va uning filiallari zimmasiga yuklatildi.

Tabiiyki, buning uchun filiallar faoliyatini rivojlantirish, ularni qo'llab-quvvatlash darkor edi. Albatta, TATUning filiallarni rivojlantirish konsepsiyasi(2005 yil) da bu masalalarni bosqichma-bosqich ijobiy hal eta borish aniq-ravshan belgilab qo'yilgan. Jumladan, unda kelajakdagi yaqin besh yillik muddatda bosqichma-bosqich bakalavriat va magistraturaning yangi yo'nalishlarini

ochish, qabul rejalarini ko'paytirib borishni ko'zda tutilgan. Masalan, Farg'ona filialida 2005 yilda bakalavriatning faqat bir yo'nalishi - "Informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishiga 180 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan bo'lsa, 2010 yilga borib, bakalavriat yo'nalishlari soni 5 taga, shu jumladan magistratura yo'nalishlari 2 taga yetkaziladi va talabalar soni bir necha barobarga ko'payadi.  

Shu yil 30 sentyabr kuni Farg'onada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filialining yangi o'quv majmuasini ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda TATU rektori, professor Sodiqjon Sobirovich Qosimov, O'zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligi va boshqa oliy o'quv yurtlaridan mehmonlar tashrif buyurishdi. Rasmiy marosimda viloyat hokimi H.H.Ne'matov, TATU rektori S.S.Qosimov, respublika aloqa sohasining faxriy xodimi A. Juraboev, 3 kurs talabasi Sh.Mamajonovalar to'planganlar oldida tabrik so'zi bilan ishtirok etdilar. Yangi o'quv majmuasi qisqa muddatlarda O'zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligining bevosita homiyligida qurib bitkazildi, majmua barcha qulayliklarga ega bo'lgan  o'quv binosi, majlislar zali, sport zali, axborot resurs markazi, ochiq sport maydonchalari, oshxona, xo'jalik ishlari uchun yordamchi binolardan iborat. Filial uchun aloxida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan jixozlangan majlislar zali ham qurib berildi.

 O'quv majmuasining qurilish-montaj ishlari uchun jami 4.0 mlrd. so'mdan ortiq mablag' sarflandi. O'quv binosi Toshkent shahridagi TATU bosh binosi andozasida barpo etildi. Bugun ikki binoni aka-uka binolar deb atash mumkin. Bino yonida Toshkent shahridagi mashhur teleminoradan andoza olib yaratilgan ramziy kichik  teleminora maketi o'rnatildi. Bu teleminora quyosh energiyasidan quvvat olib ishlaydigan qurilmalar yordamida tungi yoritkichlarga  egadir.

O'quv bino barcha zamonaviy qulayliklarga ega:  ijtimoiy hayotning barcha soxalarida axborot-kommunikasion texnologiyalar  tobora muxim o'rin egallayotganini, boshqaruv tizimiga ham  axborot texnologiyalari jadal sur'atlar bilan kirib kelayotganini xisobga olib, o'quv jarayonini kompyuterlashtirishga jiddiy e'tibor berildi. Bugun o'quv yurtida  to'rt talabaga eng so'nggi rusumdagi bir dona kompyuter to'g'ri keladi. Kompyuter sinflari zamonaviy elektron doskalar bilan jihozlangan, har bir xonaga shisha tolali kabellardan iborat internet tarmog'iga ulanish tizimlari o'rnatilgan.

Bu o'quv yurti axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlovchi Farg'ona vodiysidagi yagona oliy o'quv yurti bo'lib, ilmiy salohiyati jihatidan respublikamizdagi peshqadam o'quv yurtlaridan biri xisoblanadi. Filialda xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va universitetlarida ishlab tajriba orttirgan Akbarali Rasulov, Zokirjon Xaydarov, Fazliddin Polvonov, Abbos Xaydarov, B.Mirzakarimov, Abbos Qo'ldoshev kabi  professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar mehnat qilmoqdalar. Ular orasida dosent A. Rasulov, Z.Xaydarovlar O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Elektronika instituti va TATU olimlari yetakchiligida muhim mavzularga bag'ishlangan doktorlik ilmiy-tadqiqot ishlarini, I.Tojiboev, A.Holiqnazarov, N.Sottiboevlar nomzodlik ilmiy-tadqiqot ishlarini nihoyasiga etkazmoqdalar. O'quv yurtida darslik va qo'llanmalarning yangi avlodini yaratishga alohida e'tibor berilayotir, jumladan, N.Jo'raevning "Avtomatik kommutasiya asoslari", "Elektr aloqa nazariyasi" qo'llanmalari O'zbekiston Respublikasi OO'MTV ning muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan oliy o'quv yurtlarida darslik sifatida foydalanishga tavsiya etildi. Shuningdek, iqtidorli talabalar bilan ishlash, ular safini kengaytirish kun tartibidagi doimiy masalaga aylangan. Beruniy stipendiatlari A. Xo'jamqulov, I. Xolmirzaev, Respublika yoshlar "Kelajak ovozi" tanlovi g'oliblari B. Abduqodirov, N. Jo'raevlarni bugun viloyatimizdagina emas, balki respublikamizda ham ko'pchilik yaxshi bilishadi. Shu kunlarda 2 nafar iqtidorli talabamiz - Alisher Abdullaev va Islom Qodirovlar "Kelajak ovozi" tanlovining viloyat bosqichida axborot texnologiyalari nominasiyasining dasturiy ta'minot va web-dasturlash yo'nalishlari bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritib, respublika bosqichiga yo'llanma oldilar.

2009 yil 16 oktyabr - filial tarixi sahifalariga zarhal harflar bilan yozib qo'yiladigan tarixiy kunlardan biri bo'lib qoldi. Shu kuni filialning yangi o'quv majmuasiga Prezidentimiz Islom Karimov tashrif buyurdi va bu yerda yaratilgan qulayliklar, zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiya jihozlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, Yurtboshimizning yosh o'qituvchi Bahodirjon Azamxonov va to'rtinchi kurs talabasi Alisher Abdullaevlar bilan muloqoti chog'ida professor-o'qituvchilar va talabalar hayotiga, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy jarayonga, respublikamizning ertangi kuniga dahldor juda ko'p qimmatli fikrlar o'rtaga tashlandi va muhokama qilindi.        

Shu o'rinda alohida qayd etish zarurki, ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat yoshlarga, balki butun el-yurtimizga qaratilgan bo'lib, jamiyatimiz hayotini tubdan o'zgartirishga qodir ijtimoiy hodisa - o'ziga xos fenomenga aylanmoqda. Hozirgi paytda ming-minglab zamonaviy maktab, lisey yoki kollejlarning muhtasham binolarida ta'lim-tarbiya olayotgan, yaratilgan sharoitlardan bahramand bo'lib, aql-zakovati, qobiliyati va iste'dodi o'sib borayotgan o'quvchi-talabalarning fazlu kamoli bu fikrlarning tasdig'i desak, mubolag'a bo'lmas.

Ushbu betimsol o'zgarishlardan har qaysi ota-ona, o'qituvchi-murabbiy o'z qalbida, yuragida faxr-iftixor tuyg'usini his etayotir. Ana shunday betakror qiyofasiga mos holda butun jamiyatimizning qiyofasi, madaniy-ma'naviy saviyasi o'zgarib, yuksalib borayotgani kelajakka tomon ishonch bilan odimlayotgan vatandoshlarimizning ayni muddaosidir.

R.D.Teshaboev,TATU Farg'ona filiali direktori, professor.

ДЎСТЛИК МАКТУБИ КЕЛДИ

Тошлоқ туманидаги 11-мактабда 2003 йилдан бери ишлаб турган интернет тармоғи ўқувчиларни чет эллик тенгдошлари билан мактаб алмашиб туришларига имкон  бўлмоқда. Интернет хизматидан фойдаланаётган мактаб ўқувчилари Япониядаги Такахаги, Ҳиндистоннинг Деҳли шаҳарларида,  АҚШ нинг Оклахома, Флорида штатларида жойлашган мактаблардаги тенгдошлари билан дўстлик алоқаларини ўрнатиб, янгиликлардан хабар топмоқдалар.

Яқинда мактабдаги интернет дўстлик клуби раҳбари номига АҚШнинг Оклахома штатида яшовчи кимё фанлари доктори, профессор Дайал Таннумал Мешри жанобларидан электрон мактуб келди. Мактубда, Оклахома штатининг энг йирик шаҳри бўлган Тулсада яшаб турган аҳолининг турмуш тарзлари, мактаблардаги билим беришнинг афзал томонлари ҳақида маълумот берилган. Мактуб муаллифи Америка ва ўзбек халқлари ўртасидаги дўстликнинг мустаҳкамланиб, ривожланиб бораётганидан америкаликлар бе- ҳад хурсанд эканликлари ҳақида ёзган

 

«Камолот» ёшлар ижтимоий ҳаракати вилоят бўлими

Кенгаши Олий таълим муассасалари талабалари учун

«Камолот» стипендияси ҳамда «Камолот» таълим гранти танловларини эълон қилади. Мазкур танловда вилоятимиздаги Олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 2,3,4 босқичда ўқийдиган иқтидорли, истеъдодли ва жамоатчи талабаларга танлов асосида стипендия, грантлар ажратилиши кўзда тутилган. Танловда талабанинг юқори баҳоларга ўқиши, жамоат ишларида фаол иштирок этиши, илмий (ижодий) салоҳияти, ташаббускорлиги, интилувчанлиги алоҳида инобатга олинади.

«Камолот» стипендияси танловида  иштирок этмоқчи бўлган номзодлар қуйидаги ҳужжатларни тақдим этишлари керак:

а) Сўровнома, таржимаи ҳол, таълим муассасаси раҳбарияти ва ҳаракат бошланғич ташкилот томонидан берилган тавсиянома;

б) 1 дона 4х6 см ўлчамдаги фотосурат ва рейтинг дафтарининг нусхаси;

в) Тўплам ёки даврий нашрларда эълон қилинган илмий мақолалари нусхаси, нашр қилинган китоб, рисоласи, соҳа мутахассисларининг номзод тўғрисидаги фикрномалари ва ишларига тақризлари билан;

г) Турли танлов, анжуманлар ва «Камолот» ёшлар ижтимоий ҳаракати фаолиятида фаол иштироки учун берилган диплом, сертификат каби ҳужжатларнинг нусхаси.

ҲУЖЖАТЛАРНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШ МУДДАТИ:
20 СЕНТЯБРДАН 20 ОКТЯБРГАЧА

"Камолот" таълим гранти танловида  иштирок этмоқчи бўлган номзодлар қуйидаги ҳужжатларни тақдим этишлари керак:

а) Танловда иштирок этиш тўғрисида ариза;

б) Паспорт нусхаси, деканат томонидан тасдиқланган тегишли олий таълим муассасасида ўқиётганлиги тўғрисида маълумот ва таржимаи ҳол (таржимаи ҳол эркин ёзилиб, унда талаба оиласининг моддий кам таъминланганлигини тасдиқловчи фактлар келтирилиши лозим);

в) Деканат томонидан тасдиқланган рейтинг дафтарчаси нусхаси;

г) Жамоат ишлари, танловларда фаол иштирокини тасдиқловчи диплом, сертификат ҳамда илмий-ижодий ишлари (фан, матбуот, адабиёт, рассомчилик, ҳунармандчилик ва бошқа соҳалар бўйича) намуналари тақдим этади.

д) Маҳалладан кам таъминланган оила тўғрисида маълумотнома.

ҲУЖЖАТЛАРНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШ МУДДАТИ:
10 СЕНТЯБРДАН 10 ОКТЯБРГАЧА

Танловлар ҳақидаги тўлиқ маълумотларни вилоят бўлими Кенгашининг 224-43-37, 224-89-14 рақамли телефонлари орқали олишингиз мумкин.

 

2009-2010 ўқув йилида бакалаврлар тайёрлаш бўйича қуйидаги таълим йўналишларига қабул
ЭЪЛОН ҚИЛАДИ

Шифр Вазирлик ва идоралар, олий таълим муассасалари ва таълим йўналишлари Жами Давлат грантлари асосида Тўлов контракт асосида
жами шу жумладан жами шу жумладан
ўзбек рус ўзбек рус
40 Қўқон давлат Педагогика институти 1380 535 495 40 845 775 70
5140100 Математика ва информатика 120 50 40 10 70 60 10
5140200 Физика ва астрономия 40 15 15   25 25   
5140300 Кимё ва экология 40 15 15   25  25  
5140400 Биология ва ҳаётий фаолият хавфсизлиги  50 20  20    30 30  
5140500 География ва иқтисодий билим асослари 60  25  25    35  35   
5140600 Тарих  125  50 50    75  75   
5140800 Педагогика ва психология  75  30  30    45  45  
5141000 Мусиқий таълим  40 15 15   25 25  
5141100 Ўзбек тили ва адабиёти  125 50 50   75 75  
5141300 Ўзбек тили ва адабиёти (тиллар бўйича)            
  Рус тили ва адабиёти  50 15   15 35    35
5141400 Хорижий тиллар ва адабиёти (инглиз тили) 125 50 40 10 75 60 15
5141500 Миллий истиқлол, ҳуқуқ ва маънавият асослари 100 35 35   65 65  
5141600 Бошланғич таълим ва спорт тарбиявий иш 125 50 50    75 75  
5141700 Бошланғич таълим ва болалар спорти  80 25 25    55 55  
5141800 Дефектология 25 10 10   15 15  
5141900 Жисмоний тарбия ва жисмоний маданият 125 50 45 5 75 65 10
5142000 Меҳнат таълими 75 30 30   45 45  

ФАРҒОНА ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ

қуйидаги бўш лавозимларни эгаллаш учун танлов эълон қилади.

Кафедра профессори лавозимига
1. Физика 1 ўрин
Кафедра мудири лавозимига
1. Умумий математика 1 ўрин
2. География 1 ўрин
 Кафедра доценти лавозимига
1.Умумий математика 1 ўрин
2.Кимё 1 ўрин
3. Агрокимё ва тупроқшунослик 1 ўрин
4. Ботаника 1 ўрин
5. Фалсафа 1 ўрин
6. Тарих 1 ўрин
7. Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти 1 ўрин
Кафедра катта ўқитувчиси лавозимига
1. Физика 1 ўрин
2. Амалий математика ва информатика 1 ўрин
3. Экология 1 ўрин
4. Агрокимё ва тупроқшунослик 1 ўрин
5. Ботаника 1 ўрин
6. Иқтисодиёт 1 ўрин
7. Маданият 1 ўрин
8. Ҳаётий фаолият хавфсизлиги 1 ўрин
9. Бошланғич таoлим услубиёти 1 ўрин
10. Ўзбекистон тилшунослиги 1 ўрин
11. Умумий тилшунослик ва хориж адабиёти 1 ўрин
12. Рус тили 1 ўрин
13. Немис ва француз тиллари 1 ўрин
Кафедра ўқитувчиси лавозимига
1. Физика 1 ўрин
2. Амалий математика ва информатика 1 ўрин
3. Кимё 1 ўрин
4. Зоология 1 ўрин
5. Иқтисодиёт назарияси 1 ўрин
6. Маданият 1 ўрин
7. Педагогика 1 ўрин
8. Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти 1 ўрин
9. Спорт 1 ўрин
10. Инглиз тили 1 ўрин
Танловга ҳужжатлар қабул қилиш муддати эълон чиққан кундан бошлаб бир ой.
Манзил: Фарғона шаҳри, 
Мураббийлар кўчаси, 19-уй. 
Телефон: 224-28-71, 224-49-98.

Фарғона шаҳар хорижий тилларга ихтисослаштирилган 3-ўрта умумтаoлим мактабига фаранг тилини чуқур ўқитиладиган 2-синфларга ўқувчиларни танлов асосида қабул қилиш
ЭЪЛОН ҚИЛИНАДИ

Хоҳловчилар 2009 йил 17 июнга кадар қабул комиссиясига қуйидаги ҳужжатларни тақдим этиши зарур:
1.Мактаб директори номига ариза
2. Туғилганлик ҳақидаги гувоҳноманинг асли ва ксеронусхаси.
3. № 0-86 У шакл бўйича тиббий маълумотнома
4. 3х4 ҳажмидаги 6 та фотосурат
5.Психологик-педагогик ташхис дафтари асосида ўқувчининг қизиқишлари, ўқув фанларини ўзлаштириши ҳақида тасдиқланган тавсифнома.
6.Турар-жойидан маълумотнома.
7. Истеъдод ва иқтидорини кўрсатувчи ишларидан намуналар таълим соҳаси бўйича (нашр этилган ёки қўлёзма сифатида ёзилган шеърлар, ҳикоялар, расмлар ва шу кабилар).
Манзил: Фарғона шаҳар,
А.Муҳаммадиев кўчаси, 39-уй. Муқимий номидаги Қўқон давлат педагогика институти

Ўрта мактаблар, касб-ҳунар коллежлари ва академик лицейлар директорлари, корхона ва ташкилотлар раҳбарлари диққатига!
ФАРҒОНА ПОЛИТЕХНИКА ИНСТУТИТИДА

2009 йилнинг 18 майидан 15 июнгача якшанбадан ташқари ҳар куни «Очиқ эшиклар кунлари» ўтказилмоқда.
Ушбу тадбирда ўрта мактаблар, касб-ҳунар коллежлари ва академик лицейлар битирувчилари, корхона ва ташкилотларнинг иқтидорли ишчи-ёшларини институтга жалб этиш, уларга институтнинг ўқув заллари ва хоналари, илмий лабораториялари, ахборот-ресурс маркази, маданий-маoрифий ва спорт соғломлаштириш масканлари билан таништириш, профессор-ўқитувчилар,талабалар, магистрант ва аспирантлари билан бевосита мулоқотлар, давра суҳбатлари ташкил этиш режалаштирилган.
Ўрта мактаблар, касб-ҳунар коллежлари ва академик лицейлар битирувчилари, корхона ва ташкилотларнинг иқтидорли ишчи- ёшларини ушбу тадбирда иштирок этишларини сўраймиз.
Манзил: Фарғона шаҳри, Фарғона кўчаси, 86-уй.
Маoлумот учун телефонлар:
222-13-50, 222-02-37, факс: 222-27-81

Izlanish TILSHUNOSLIKDA MUHIM QO`LLANMA

Ayni kunlarda yurtimizning barcha joylarida yoshlarimiz oliy o`quv yurtiga yoki akademik lisey, kasb-hunar kollejiga o`qishga kirish istagida imtihonlarga Qizg`in tayyorgarlik ko`rishmoqda. Albatta ularga bunda o`quv adabiyotlarining, qo`llanmalarning muhim o`rni bor. Yaqinda filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliev va O`rol Xoliyorov hammuallifligida "Fan" nashriyotida "O'zbek tilidan universal qo'llanma" kitobi nashrdan chiqarildi. Mazkur kitob abiturient, talabalar, o`qituvchilar va qiziquvchilar uchun mo`ljallangan.
Ta`lim samaradorligiga katta ahamiyat berilayotgan bugungi kunda Davlat ta`lim standartlariga mos holda yangi nazariy fikrlar, tadqiqotlar asosida darsliklar va qo`llanmalar yozish talab etilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda ona tili ta`limi jarayonida ham fanning yangi muammolari paydo bo`ldi.
Xususan, tilshunoslik fanidagi mazmundan shaklga tamoyili asosidagi yangi yondashuv ona tili ta`limi sohasini ham ma`lum darajada qamrab olmoqda. Ayniqsa, tilshunoslikka qiziqqan, bu fandan imtihonlarga hozirlik ko`rayotgan o`quuvchilar bir qator muammoli holatlarga ham duch kelishmoqda.
"O'zbek tilidan universal qo'llanma" kitobi esa tilshunoslikdagi barcha sohalarni kengroq qamrab olganligi hamda mukammal ishlanganligi bilan alohida ajralib turadi hamda ba`zi bir chigalliklarga barham beradi. Mualliflar dars jamlanmasini tuzishda o`rta maktab, akademik lisey, oliy ta`lim va mustaqil shug`ullanuvchilar uchun o`zbek tili bo`yicha yaratilgan turli darslik va manbalarga tayanishgan.
Mazkur qo`llanma barcha uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan. Tilning paydo bo`lishidan tortib, to uning rivojlanish bosqichilari bo`yicha qiziqarli manbalarning berilishi kitob bilan tanishgan kishini bee`tibor qoldirmaydi.
 "Ta`lim to`g`risida" gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida o`quvchilarni erkin fikrlashga o`rgatish, ayniqsa, ona tili ta`limida savodxonlikni yuksaltirish vazifalariga muhim e`tibor berilgan. Bu esa hozirda tilshunoslik sohasi bilan shug`ullanuvchilarga katta mas`uliyat yuklaydi.
Avvalo o`quvchi biror mavzu bilan tanishganda uning har tomonlama tushunib, idrok qila olishi shart. Bu esa ta`lim samaradorligini yaxshilanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mualliflar mazkur qo`llanmani yaratishda barcha toifadagi o`quvchi auditoriyasiga ma`qul bo`ladigan uslubni topa olishgan. Ayniqsa, mavzularni dars asnosida hamda mavzuning oxiridagi mustahkamlash uchun savollarning berilishi o`quvchilarni, abiturientlarni o`z ustlarida qattiq ishlashiga xizmat qiladi.
Ma`lumki, oliy o`quv yurtlarida hozirda kirish imtihonlari test savollari asosida o`tkazilmoqda. Har bir fandan berilayotgan mazkur test savollari umumta`lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari tizimida o`qitilayotgan darslik va qo`llanmalarga tayangan holda tuzilgan.
Bugungi kunda yurtimizda barcha fanlardan test savol-javoblari berilgan kitoblar nashr etilgan. Shu bois abiturientlar tayyorgarlik jarayonida faqat testning savol-javoblarini yodlab olishi bilan o`zini-o`zi aldagan bo`ladi. Agarda o`quvchi har bir mavzuni mazmun-mohiyatiga tushunib yetsa, kirish imtihonlarini a`lo darajada uddalaydi. Bunda esa albatta mazkur kitobning foydasi katta. Bugungi kunda o`quvchilar savodxonligini ta`minlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Mazkur qo`llanmaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda qisqacha imlo (to`g`ri yozish) qoidalari berilganligidir. Shuningdek, so`z tarkibi, sinonim, antonim, omonim, paronim, variantdosh so`z, ibora hamda tasviriy ifoda lug`atining ham havola etilganligi barchani qiziqtirishi tabiiy.
Mazkur qo`llanma uzoh izlanishlarning mahsuli ekanligini kitob bilan tanishgan kishi yanada yaqqolroq sezadi. Shuningdek, uni tuzuvchilar o`zlarini muallif emas, balki musannif sifatida e`tirof etishadi. Qo`llanma yoshlarimizga, tilshunoslik bilan qiziqqanlarga muhim manba ekanligi bilan ham qadrlidir.

Ilk parvozlar "NIHOL" ASL ISTE`DODNI KASHF ETADI

Farg`ona shahridagi 1-musiqa maktabida "Nihol" respublika yosh ijrochilar ko`rik-tanlovining shahar bosqichi bo`lib o`tdi. 
Bu madaniy tadbirda shahardagi o`quv yurtlarida tahsil olayotgan, madaniyat muassasalarida mehnat qilayotgan 46 nafar ishtirokchilar san`atning mumtoz qo`shiqchilik, estrada, musiqa, opera, raqs yo`nalishlari bo`yicha o`z iste`dodlarini namoyish etdilar. Mumtoz qo`shiqchilik bo`yicha 3-madaniyat uyi dastasi rahbari Shohida Zokirova "Ey dil" qo`shig`ini yuksak mahorat bilan xonish aylab, 1-o`rinni egalladi. Estrada yo`nalishi bahsida T.Qambarov nomli nogironlar kolleji talabasi Abdujalil Ahmedov "Ona" qo`shig`ini ijro etib, g`oliblikni qo`lga kiritdi. Turli sozlarda kuy chalish yo`nalishi bo`yicha Farg`ona san`at kolleji talabasi Murodil Olimov "Uchrashuv" kuyini g`ijjak sozida ijro etib, 1-o`rinni olishga musharraf bo`ldi. Opera yo`nalishi bo`yicha 1-o`rin Rasuljon Ismoilovga nasib etdi.
Raqqosalar xiromlari ham san`at muxlislariga zavq ulashdi. Bu yo`nalishda 1-o`rinni Farg`ona san`at kolleji talabasi Sevaraxon Mamajonova qo`lga kiritdi.
Yosh san`atkorlar ko`rigida 1-o`rinni egallab, g`oliblikni qo`lga kiritganlar "Nihol" ko`rik-tanlovi viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

ZEHN QO`YSANG BILIMGA, ILM TOMAR DILINGGA

Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limida "2004-2009" yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi"ga asosan qator maktablar kapital rekonstruksiya qilinib, ta`mirdan chiqarildi.
Shahardagi 42-umumiy o`rta ta`lim maktabida 428 million so`mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, maktab qaytadan tiklandi, qo`shimcha sport zali, 180 o`rinli o`quv binosi bunyod etildi. Majlislar zali, 9 ta fan xonasi, fizika va kimyo laboratoriyalari did bilan bezatildi. Maktabga 124 million so`mlikdan ziyod qattiq va yumshoq jihozlar keltirildi.
O`quvchilar keng va yorug` xonalarda texnika vositalari va o`quv qurollaridan unumli foydalanib, puxta bilim olishmoqda. Bunday imkoniyatlardan foydalanib, yeng shimarib mehnat qilayapmiz, -deydi maktab direktori Zulxumor Egamova. -O`?il -qizlar 1214 ta kitob fondiga ega kutubxonadan badiiy adabiyot, ilmiy-ommabop kitoblar, o`quv qo`llanmalarini olib, bilimlarini mustahkamlab borishadi.
Ustozlarining tajribalariga suyangan yosh pedagoglar dars va mashg`ulotlarni rang-barang, Qiziqarli olib borishga harakat qilishadi.
Maktabda noan`anaviy dars: ekskursiya darsi, tabiat qo`ynidagi mashg`ulot, mushoira, bellashuv, sahna ko`rinishlari usullari orqali nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanmoqda. Maktabning pedagogik jamoasi "Fan oyliklarini" yuqori saviyada o`tkazishga erishyapti. Ochiq darslarda ota-onalar, mahalla faollari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, keng jamoatchilik vakillarining ishtirok etayotgani kutilgan natijani berayapti. O`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi oshayotganini "Fan oyligi" yakunida olingan test sinovlarida ham kuzatish mumkin. Shahar xotin-qizlar qo`mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati shahar kengashi, "Mahalla" jamg`armasi shahar bo`linmasi, xalq ta`limi bo`limi bilan hamkorlikda maktab qoshida "Yoshlar ijtimoiy xizmatlar markazi" tashkil etilgan. Bilim maskanida "Jismoniy tarbiya", "Yosh tarixchi", "Kashtachilik", "Duradgorlik", "Rus tili va adabiyoti" singari 26 ta to`garak faoliyat ko`rsatyapti. "Buyuk sohibqiron Amir Temur", "Ona tilim-jonu-dilim", "Mardlar qo`riqlaydi Vatanni!", "Sanamlar sarvari" mavzuidagi tadbirlar tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi. O`tgan o`quv yilida fizika fani o`qituvchisi Fotima Otajonova "Yil o`qituvchisi" ko`rik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, "Ijodkor o`qituvchi" nominasiyasi bo`yicha sovrindor bo`lgan. Erishilgan muvaffaqiyatlarda boshlang`ich sinf o`qituvchisi Zulfiya Mamayunusova, tarix fani o`qituvchisi Iroda Aminova, mehnat fani o`qituvchisi Avazbek Mingboev, tasviriy sanoat va chizmachilik fani o`qituvchisi Madina Teshaboevalarning xizmatlari salmoqlidir.

"KASBING-KELAJAGING" Farg`ona shahridagi Ahmad al-Farg`oniy nomli madaniyat va istirohat bog`ida shu mavzudagi bayramona tadbir o`tkazildi.


Tadbirda viloyat hokimligi, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hududiy boshqarmasi, viloyat xalq ta`limi, sog`liqni saqlash hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalari, "Mahalla" xayriya jamg`armasi, "Kamolot" YOIH vakillari ishtirok etdilar.
Tantanali tadbir viloyat hokimining o`rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo`mitasi raisi M.I.Xo`jaevaning tabrik so`zi bilan ochildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o`rta va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga izchil o`tilishini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorini ijrosini ta`minlash hamda 9-sinf bitiruvchilarini ta`lim yo`nalishining keyingi bosqichiga to`la qamrab olishni ko`zda tutgan ushbu tadbirda Quvasoy va Farg`ona shaharlari hamda Farg`ona tumanidagi akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining, "Kamolot" YOIH Farg`ona shahar mahalliy kengashi qoshidagi "Yoshlar ijtimoiy xizmatlari markazi"ning ko`rgazmalari namoyish etildi.
Kasb tanlash, hayot yo`lini to`g`ri belgilash ishtiyoqida bo`lgan o`g`il-qizlar o`zlariga kerakli barcha zarur ma`lumotlarga ega bo`ldilar. O`quvchi badiiy havaskorlarning musiqali dasturi bayramga o`zgacha shukuh bag`ishladi.

Milliy dastur amalda MAQSAD - AVLOD BARKAMOLLIGI

Hozirgi kunda malakali geografiya o`qituvchilariga talab kuchaygan. Chunki o`rta maktablarda geografiya fani o`qitilishining mazmun-mohiyati avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Axir bozor iqtisodiyoti sharoitida bu fan ham jamiyat talablariga javob berishi kerak-ku! Xullas, zamonaviy geografiya fani nima, qaerda, nima uchun, nima bo`ladi kabi savollarga javob bermog`i kerak. Talaba geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari (tabiiy komponentlar, tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen komplekslar (geotizimlar), geografiya fanlari tizimi, xususiyatlari va jamiyat tomonidan qo`yilgan amaliy vazifalarni bajarishdagi ishtirokini teran anglashi lozim. Shu sabab ham geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchilarini tayyorlashda bakalavriatning 1-bosqich o`quv rejasiga "Mutaxassislikka kirish" kursini kiritishni taqozo etmoqda.
Oila - tarbiya o`chog`i. Maktab bilan birgalikda bolani hayotga, jamiyatdagi faol mehnatga tayyorlash, uning har tomonlama kamol topishi avvalo oilaga bog`liq. tomonlama kamol topishi, avvalo oilaga bog`liq. Maktab davlatning ta`lim-tarbiya muassasasi sifatida oilaviy tarbiyaga katta ta`sir ko`rsatadi. Ota-onalar va bolalarning o`zaro mehr-muhabbatiga asoslangan munosabatlari shaxs tarbiyasida muhim ahamiyatga ega, zero ezguliklar bahrida o`sgan bola faqat ezgulikka intiladi. Yoshlarning intellektual salohiyati o`rta ta`limda o`sadi, rivojlanadi va asosiy poydevor vujudga keladi. Ruhiy-axloqiy yo`nalishlar va dunyoqarash asoslari shu ta`lim tizimida ma`naviy jihatdan o`sadi. Barcha maktablarda ham bunga to`la erishilyapti, deb bo`lmaydi. Qolaversa, tizimda tabaqalashtirib o`qitishni yanada rivojlantirish davri keldi. Chunki, o`quv-chilarning iqtidori, qobiliyati va salohiyati turlicha. O`zingiz o`ylang. Bir sinf xonasida 30-35 o`quvchini o`qitib, bir paytning o`zida bilimini baholab ham, barobar tushuntirib bo`ladimi? Yo`q, albatta. Shuning uchun 5-sinfdan boshlab, o`quvchilarni qiziqishi, intilishi, iqtidor va qobiliyatiga qarab, guruhlarga ajratib o`qitish samarali bo`lardi.
Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari esa mutaxassislik kasblari uchun zaruriy ilmiy-ma`naviy ozuqa beradi. Ishlab chiqarish, boshqaruv va boshqa mutaxassislikni talab qilgan korxona-muassasalar bilan hamkorlikda yoshlarni kasbga tayyorlab boriladi.  
Biroq, oliy ta`lim bu boradagi o`z vazifalarini a`lo darajada ado etyapti, deb bo`lmaydi. Kamchilik va muammolar ko`p. Yevropadagi kabi ishlab chiqarishdagi olimlar o`quv dargohlariga jalb etilishi va talabalar sinov-imtihonlarini ishlab chiqarish korxonalarida topshirishlari yo`lga qo`yilsa, maqsadga muvofiqdir.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать