Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Qonunchilik


O`zbekiston Respublikаsi Qonun hujjаtlаri mа’lumotlаri milliy bаzаsining аxborot izlаsh tizimi O`zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2000 yil 5 аvgustdаgi 304-son ’Qonun hujjаtlаrini turkumlаshni tаkomillаshtirish vа huquqiy аxborotlаrni tаrqаtishni tаrtibgа solish chorа-tаdbirlаri to`g`risidа"gi qаrorini bаjаrish yuzаsidаn yarаtildi.
QHMMB АIT "LexUz" ning mаqsаdi – аholining huquqiy mаdаniyati dаrаjаsini ko`tаrish, normаtiv huquqiy hujjаtlаridаn yuridik vа jismoniy shаxslаrning keng foydаlаnish imkoniyatini tа’minlаsh, jаmiyatni huquqiy аxborotlаshtirish tizimini tаkomillаshtirish.

Qonun hujjаtlаri mа’lumotlаri milliy bаzаsi LexUZ veb-sahifasi 


"H.X.Nematovni Farg'ona viloyatining hokimi etib tayinlash to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashining qaroriga muvofiq:

Hamidjon Xoliqovich Nematov Farg'ona viloyatining hokimi etib tayinlansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2010 yil 19 yanvar

"O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlariga fuqarolarni navbatdagi chaqiruv hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo'shatish to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo'lmagan O'zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2010 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy xizmatni o'tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo'lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.

2. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o'tab bo'lgan fuqarolar 2010 yilning mart-aprel oylarida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo'shatilsin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoyev va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M.Atayev zimmalariga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
2010 yil 19 yanvar

 

"Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yanada yuksaltirish, yoshlarni milliy istiqlol g'oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, huquq-tartibotni mustahkamlash ishiga qo'shayotgan katta hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi»

Abbasov Alisher Shavkatovich - O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining katta o'qituvchisi

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan aloqa xodimi»

Xodjakbarov Omonillaxon To'lqunovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligini va milliy xavfsizlikni ta'minlash, xalqimizning osoyishtaligini muhofaza etish hamda xizmat burchini bajarish chog'ida mardlik va fidoiylik namunasini ko'rsatgani, milliy manfaatlarimizni himoya qilishdagi jasorati, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduxalilov Saxib Sabirovich - Davlat bojxona qo'mitasi Farg'ona viloyati bojxona boshqarmasining boshlig'i

Mansurov Tolib Xurshetovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Serjantlar tayyorlash maktabi boshlig'ining o'rinbosari

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Akbarjanov Shuxrat Abduraxmanovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o'rinbosari

Axmedov Abdugapur Tuychibayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Okkuziyev Yorbobo Yadgarovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Uktamov Rustam Xusnidinovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xamidov Baxtiyorjon Usmanovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigada komandiri

«Do'stlik» ordeni bilan

Azimov Abduvaxid Vaxabjanovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalining bo'lim boshlig'i

Gruzdev Andrey Leonidovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo'shinlari markazi guruhi boshlig'i

Li Oleg Anatolyevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviatsiya-texnika laboratoriyasining katta muhandisi

«Jasorat» medali bilan

Abdukadirov Sunnatali Aldaberganovich - Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi komandiri

Abdullayev Anvarjon Adxamovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari seksiyasining mutaxassisi

Abdurahimov Aziz Abdurazzaqovich - Davlat bojxona qo'mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bo'lim boshlig'i

Abduraximov Sanjar Baxtiyorovich - Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Abduraxmonov Rafik Faxriddinovich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi komandiri

Adilov Zafar Zakirovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Aslidinov Firdavs Yusufdjanovich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Atadjanov Sherzod Atanazarovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Axtamov Odil Ibrogimovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari divizioni komandiri

Achilov Davronbek Axmedovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining komandiri

Boboyev Faxriddin Ergashovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari yo'riqchisi

Vorobyev Pavel Vyacheslavovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Ibragimov Zakir Talipovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Ibragimov Inomjon Abdullayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigada komandiri

Islamov Ag'zamjon Axmadovich - Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Ishkuvatov Nuriddin Yuldashevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Kazakov Yunusali Turdaliyevich - Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi guruh komandirining o'rinbosari

Keldiyarov Dilshod Rizakulovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Kilichev Zokirjon Muradovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Kulmuratov Baxrom Usarovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining vzvod komandiri

Kurgonov Kosim Kurbonovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Malyutin Yegor Vladimirovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Maxmatkulov Shuxrat Arorkulovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Maxmudov Ne'matjon Solijonovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining vzvod komandiri

Mirzamoydinov Shuxratilla Kadirbayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Ochilov Jamol Abrayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari seksiyasining mutaxassisi

Ochilov Narzulla Tuxtashevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining yo'riqchisi

Raximov Akmal Ibodullayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Raximov Xusniddin Xamitovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi batalyon komandiri

Raxmonov Abdurasul Abdulxayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari chegara postining mutaxassisi

Saydaxmetov Daniyorbek Ravshanbekovich - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o'ta muhim ishlar bo'yicha katta tergovchisi

Suvanov Baxromjon Xursandovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Turdaliyev Furkatjon Xoshimjonovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari vzvod komandirining o'rinbosari

Umaraliyev Muxammadali Maxmutaliyevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xakimov Jamshid Ismailovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xasanov Tuymurod Sevarovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi vzvodining mutaxassisi

Xatamov Rustam Nabijanovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xojiyev Mansur Tolibovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi xizmat boshlig'i

Choriyev Shavkat Umarovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi

Chorshambiyev Gulomjon Ergashevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Shamuratov Sharaxim Anarshayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Ergashev Ixtiyor Kuziyevich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Eshonkulov Aziz Aliyevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Eshmurodov Zoxid Maxmudovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining komandiri

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abduraxmonov Muxamadi Djumayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi

Artikov Jasur Muxammedovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug boshqarmasining boshlig'i

Astanov Nodir Choriyevich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari

Djalilov Sherzod Kudratullayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi batareyasi komandiri

Jurayev Gayrat Nurmamatovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Ismailov Baxtiyar Yeshbayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigada komandirining o'rinbosari

Karimov Obidjon Davlatovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi guruh komandiri

Kayumov Jasur Xabibullayevich - Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti kafedra boshlig'ining o'rinbosari

Kobilov Anvar Murtazayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruh komandirining o'rinbosari

Kosimov Murod Xidirovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruh komandirining o'rinbosari

Kudratov Sobirjon Rizakulovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruh komandiri

Kudratov Xamidulla Nasimovich - Toshkent harbiy okrugi harbiy sudining raisi

Kushmuradov Ravshan Xudoynazarovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari guruhining komandiri

Mamarasulov Farxodjon Mamayusupovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari katerining komandiri

Maxmudov Ikromjon Abdumutalibovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigada komandirining o'rinbosari

Mirzayev Akmaljon Anvarbekovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Otajonov Odiljon Raximjanovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Raxmatov Gani Valiyevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Ruzibayev Abdulla Bekbergenovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruh mutaxassisi

Rustamov Ilxom Ismatovich - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Sotqinov Tavakkaljon Rasulovich - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi guruh komandirining o'rinbosari

Sultanov Mir-Zafar Umaraliyevich - O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi boshqarma boshlig'i

Sultonov Muzaffar Mubasherxonovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi batareyasi komandiri

Tashpulatov Kamol Saidnabiyevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Uralov Sherali Juraboyevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi

Xudayberganov Gayrat Kamilovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xujakulov Raxmankul Allakulovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Xusenov Baxtiyor Muxitdinovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi vzvodining mutaxassisi

Yuldashev Baxodir Maxmudovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi pitomnigining boshlig'i

Yusupov Baxtiyar Akbarxadjayevich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Yarmatov Maxmud Ismoilovich - Toshkent harbiy okrugi harbiy prokurori

«Shuhrat» medali bilan

Abdimuratov Manas Kushmuratovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi vzvodining mutaxassisi

Abduraxmanov Utkirbek Gulomjonovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi xizmati mutaxassisi

Axmedov Rafikjon Abdurazakovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi

Ashurov Niyoz Ilxomovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi

Begaliyev Uktam Atamurodovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruh komandirining o'rinbosari

Boymuradov Xamdam Xamidovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi vzvodining mutaxassisi

Glazkov Viktor Veniaminovich - O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining o'qituvchisi

Goziyev Dilmurod Normurodovich - O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasining bo'lim boshlig'i

Kamilov Abdumannab Absamatovich - Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi usta-qutqaruvchisi

Mustanov Toshkanboy Ulmasovich - Harbiy-qurilish yo'nalishidagi Samarqand akademik litseyining matematika o'qituvchisi

Otamurodov Baxodir Meyliyevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi

Raxmatov Temur Telmanovich - Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug harbiy sudining raisi

Ruzmetova Ozada Ruzmetovna - Harbiy-yuridik yo'nalishidagi Urganch akademik litseyining rus tili va adabiyoti o'qituvchisi

Safayev Yusupbay Xujabayevich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi komandiri

Talipov Ismatilla Sunnatovich - Davlat bojxona qo'mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasining katta tezkor vakili

Tangiberdiyev Iskender Umarovich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining mutaxassisi

Toshmatov Odiljon Almurzayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi vzvodi komandirining o'rinbosari

Xolmurodov Farxodjon Kuchkarovich - Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi komandirining yordamchisi

Egamberdiyev Azizbek Sharofiddinovich - O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Yunusov Anvar Shavkatovich - Jizzax viloyati mudofaaga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Texnik va amaliy sport turlari markazining yozgi biatlon bo'yicha treneri

Yusupov Baxtiyar Nuratdinovich - Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradining katta mutaxassisi

Yusupova Nafisa Zikrillayevna - Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti chet tillar kafedrasi o'qituvchisi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2010 yil 11 yanvar


 

"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo'yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o'tkazish to'g'risida"

 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori.

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi 2009 yil 27 dekabrda bo'lib o'tdi. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga to'la muvofiq ravishda ochiq va oshkoralik sharoitida o'tgan saylovda 15 million 108 mingdan ortiq yoki ro'yxatga kiritilgan saylovchilarning 87,8 foizi qatnashdi.

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining okrug bo'yicha saylov natijalarini aniqlash haqidagi bayonnomalarini ko'rib chiqib, 39 ta saylov okrugi bo'yicha deputatlikka nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur bo'lgan ovozlarni to'play olmaganligini aniqladi.

Okrug saylov komissiyalarining tegishli qarorlarini ko'rib chiqib, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasi, «O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o'tkazuvchi 39 ta saylov okrugida 1-ilovaga muvofiq takroriy ovoz berish 2010 yil 10 yanvar - yakshanba kuni o'tkazilsin.

Belgilab qo'yilsinki:

«O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasi birinchi qismiga muvofiq takroriy ovoz berish saylov okrugi bo'yicha eng ko'p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo'yicha o'tkaziladi;

takroriy ovoz berish asosiy saylovni o'tkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalarida ilgari tuzilgan saylovchilarning ro'yxatlari asosida hamda «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq o'tkaziladi.

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo'yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish yuzasidan tadbirlar dasturi tasdiqlansin.

3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o'tkazuvchi tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalari takroriy ovoz berishni O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonunlari talablariga qat'iy amal qilgan holda o'tkazishni ta'minlasinlar.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo'yicha takroriy ovoz berish uchun byulletenlar nashr etish va joylarga yetkazib berish bilan bog'liq ishlar Markaziy saylov komissiyasining 2009 yil 13 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulleteni va saylov varaqasi namunalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 439-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.

5. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilinsin.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov

Toshkent shahri, 2009 yil 30 dekabr

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2009 yil 30 dekabrdagi qaroriga 1-ilova

Qoraqalpog'iston Respublikasi
1-Nukus saylov okrugi
5-Xo'jayli saylov okrugi

Andijon viloyati
14-Marhamat saylov okrugi

Buxoro viloyati
27-Jilvon saylov okrugi

Jizzax viloyati
30-Do'stlik saylov okrugi
31-Zarbdor saylov okrugi

Navoiy viloyati
35-Qiziltepa saylov okrugi

Namangan viloyati
44-To'raqo'rg'on saylov okrugi
45-Uychi saylov okrugi

Samarqand viloyati
62-Urgut saylov okrugi

Sirdaryo viloyati
66-Yangiyer saylov okrugi
67-Oqoltin saylov okrugi

Surxondaryo viloyati
74-Denov saylov okrugi
75-Sariosiyo saylov okrugi

Toshkent viloyati
78-Bekobod saylov okrugi
80-Bo'stonliq saylov okrugi
85-Chinoz saylov okrugi
89-Do'stobod saylov okrugi

Farg'ona viloyati
90-Beshariq saylov okrugi
92-Yaypan saylov okrugi
94-Bag'dod saylov okrugi
96-Oltiariq saylov okrugi
97-Oxunboboyev saylov okrugi
98-Marg'ilon saylov okrugi
99-Farg'ona saylov okrugi
101-Toshloq saylov okrugi
102-Quva saylov okrugi
103-Buvayda saylov okrugi

Xorazm viloyati
107-Gurlan saylov okrugi
108-Hazorasp saylov okrugi
111-Shovot saylov okrugi

Qashqadaryo viloyati
113-Beshkent saylov okrugi
116-Koson saylov okrugi
118-Kitob saylov okrugi
122-G'uzor saylov okrugi

Toshkent shahri
125-Darxon saylov okrugi
129-Do'mbirobod saylov okrugi
131-Astrobod saylov okrugi
134-Qo'yliq saylov okrugi

 

 

 

"Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

 

"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta'minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasidan o'z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to'liq hajmda to'lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya ta'minotiga yo'naltiriladigan mablag'lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining viloyatlar, shaharlar va tumanlarda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bo'linmalarini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qo'yilsinki, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to'lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to'lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish Pensiya jamg'armasining tegishli hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

2. Quyidagilar belgilansin:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining hududiy bo'linmalari fuqarolarning pensiya ta'minoti va tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalarining butun kompleksi uchun mas'ul bo'lgan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimiga kiruvchi funksiyalar hamda tegishli tuzilmalarni topshirish hisobiga tashkil etiladi;

Pensiya jamg'armasining hududiy bo'linmalarini shakllantirishda O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining topshiriladigan tuzilmalari shtat soni o'rta hisobda
20 foiz qisqaradi.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi zimmasiga qo'shimcha ravishda quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklansin:

fuqarolarning davlat pensiya ta'minotini tashkil qilish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to'lovlarni tayinlash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to'lovlarning miqdorlari qayta hisoblab chiqilishini ta'minlash;

pensiyalar hamda boshqa to'lovlarni to'liq hajmda moliyalashtirish va to'lanishini tashkil qilish, ular bo'yicha hisob va hisobotni yuritish;

pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda doimiy tahlil qilish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta'minotiga yo'naltiriladigan mablag'lardan qat'iyan maqsadli foydalanilishini ta'minlash;

mehnat mayibligi yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo'yicha tayinlangan pensiyalarni to'lashga mablag'larni da'volar bo'yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil qilish;

tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmati faoliyatini tashkil etish.

4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga:

fuqarolarning pensiya ta'minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqish;

budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta'minlash;

budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi o'z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to'lovlarni tayinlash va to'lashda o'rnatilgan qoidalarni qo'llanish qismida ularning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish yuzasidan qo'shimcha vazifalar yuklansin.

5. Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo'linmalarida tegishli bo'limlar tashkil qilinsin.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga:

yangi tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblab chiqilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo'llanilishi to'g'riligini, shu jumladan fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yig'majildida birlamchi hujjatlarning to'liqligi va ishonarliligini tekshirish yo'li bilan yoppasiga tekshiruvlarni amalga oshirish;

mulkchilik shaklidan qat'i nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar hamda nafaqalarning hisoblab yozilishi va to'lanishi to'g'riligini reja asosida tekshirib turish;

fuqarolarga pensiya va nafaqalar, shu jumladan bank va pochta muassasalari tomonidan o'z vaqtida va to'liq to'lanishining tizimli monitoringini olib borish, qoidabuzarliklar aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko'rish;

tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshiruv hujjatlari va xulosalarni, zarurat tug'ilganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda takroriy ekspertizalarni o'tkazish yuzasidan qo'shimcha vazifalar yuklansin.

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda taqdim etsin.

7. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2009 yil 30 dekabr

 

 

"Barkamol avlod yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi.

 

 

 

 

 

 

Mamlakatimizda sog'lom va uyg'un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar hamda shart-sharoitlarni yaratish, XXI asr - intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e'tiborga olgan holda Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko'lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida va 2010 yil O'zbekiston Respublikasida "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan:

1. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

2. Respublika komissiyasi (SH.M.Mirziyoyev) bir oy muddatda vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda "Barkamol avlod yili" Dasturi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.

3. Dasturda har tomonlama barkamol yosh avlodni shakllantirishni ta'minlash bo'yicha qabul qilingan davlat dasturlari hamda boshqa tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni davom ettirish bilan bir qatorda quyidagi ustuvor yo'nalishlar bo'yicha eng muhim vazifalarni hal etish nazarda tutilsin:

  • bolalar hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni uyg'un kamol toptirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o'zgartish va qo'shimchalar kiritish;
  • eng avvalo, sog'lom naslni, "Sog'lom ona - sog'lom bola" dasturini amalga oshirib borishni ta'minlash, onalarning reproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va o'smirlar sog'lig'ini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktik sog'liqni saqlashni ustuvor darajada rivojlantirish, tibbiyot xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog'lom bola tug'ilishi va uni tarbiyalash masalalari bo'yicha aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini avj oldirish orqali sog'lom avlodni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, yoshlarda sog'lom va ahil oila qurishga intilish ishtiyoqini shakllantirish;
  • o'sib kelayotgan avlodni o'qitish va tarbiyalash sohasida yaratilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida real iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida talab etilayotgan ta'lim va mutaxassisliklarning yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish hamda takomillashtirish, davlat ta'lim standartlarini, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
  • o'quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta'lim muassasalarining o'quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o'qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirishning samarali tizimini shakllantirish;
  • nafaqat maktablarda, litseylarda, kollej va oliy ta'lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini tatbiq etish, o'zlashtirish va yanada rivojlantirish;
  • yosh avlodning jismoniy tarbiyasi va bolalar sporti sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarda qizlarni muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishga jalb etish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni bosqichma-bosqich kuchaytirish, yangi sport komplekslari, stadionlar, inshootlar qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan mustahkamlash;
  • tarkibiy (texnik hamda texnologik) o'zgartirishlarning eng muhim yo'nalishi, aholi daromadlari va mulkdorlarning o'rta sinfini shakllantirish asosi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish va bu sohadagi mavjud muammolarni hal etishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ayniqsa, qishloq joylarda yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun shart-sharoit yaratish;
  • ilm-fanni yanada rivojlantirish, talantli, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish uchun sharoit yaratish, ular tomonidan o'zlarining ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish, jumladan, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish maxsus jamg'armasini tashkil etish, Fanlar akademiyasi va mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari tizimida ilg'or, istiqbolli ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish uchun yangi laboratoriyalar yaratish, xorijiy ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish va kengaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • yosh oilalarga g'amxo'rlik qilishni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta'minlash, jismonan sog'lom va uyg'un kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash ishida jamiyatning muhim, hal qiluvchi bo'g'ini bo'lgan, farzandlar shaxs sifatida shakllanib, Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalanib, o'z xalqining munosib vakillari bo'lib yetishadigan, sog'lom hamda mustahkam oilani qurish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
  • yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, tashqaridan kirib kelayotgan tuban «ommaviy madaniyat»ning turli illatlari xavfi va zararli ta'sirlaridan himoya qilish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish.

4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 9 dekabr

 

"O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Xamidulla Sadullayevich Karamatov O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 5 dekabr

 

"O'zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori.

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Baxtiyar Turadjanovich Gulyamov O'zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 5 dekabr

 

"O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik cudi tarkibiga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori.

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Rustam Raxmonovich Haydarov O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining sudyasi etib saylansin.

2. Sheramat Xayitovich Xudoyberdiyev boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining sudyasi vazifasidan ozod qilinsin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 5 dekabr

 

"O'zbekiston Respublikasi Oliy cudi tarkibiga o'zgartish kiritish to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Murodjon Kodirovich Mirzajonov O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi etib saylansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 5 dekabr

 

"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy cudi tarkibiga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Baxtiyar Shamsutdinovich Mirbabayev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o'rinbosari etib saylansin.

2. Yulchiboy Ergashovich Tursunbayev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylansin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 5 dekabr

 

"2009 yil 5 dekabr shanba dam olish kunini 2009 yil 7 dekabr dushanbaga ko'chirish to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:

2009 yil 5 dekabr shanba dam olish kuni 2009 yil 7 dekabr dushanbaga ko'chirilsin.

5 dekabr shanba kuni ish kuni deb e'lon qilinsin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 25 noyabr


 

"Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Muborak Qurbon hayitining ma'naviy hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag'rikenglik va saxovat ifodasi ekanini e'tiborga olib hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy bayram - Qurbon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish haqida" gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. 2009 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27 noyabrga to'g'ri kelishi haqida O'zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2009 yil 27 noyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamg'armalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o'tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2009 yil 19 noyabr

 

 

"Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida"

 

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

1. 2009 yilning 1 dekabridan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o'rta hisobda 1,12 baravar oshirilsin.

2. 2009 yilning 1 dekabridan boshlab O'zbekiston Respublikasi hududida eng kam: ish haqi - oyiga 37 680 so'm; yoshga doir pensiyalar - oyiga 74 660 so'm; yagona tarif setkasi bo'yicha boshlang'ich (nulinchi) razrad - oyiga
37 680 so'm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 74 660 so'm; zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 45 220 so'm miqdorida belgilansin.

3. Belgilab qo'yilsinki, ish haqiga qo'shiladigan ustama va qo'shimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, ikki yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to'lovlar 2009 yilning 1 dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

4. Belgilansinki, 2009 yilning 1 dekabridan boshlab barcha turdagi pensiyalarning o'rtacha 1,12 baravar oshirilishi ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qayta hisoblab chiqilishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi, bunda 1991 yilning 1 yanvarigacha va undan keyingi yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdori tenglashtirilishi nazarda tutiladi.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi o'n kun muddatda pensiyalarni qayta hisoblash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda barcha turdagi pensiyalarni oshirishning aniq miqdorlarini belgilasin.

5. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o'z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta'minlasin.

Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog'liq xarajatlar respublika Davlat budjeti va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisobidan amalga oshirilsin.

6. Xo'jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2009 yilning
1 dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 8 iyuldagi
PF-4119-sonli Farmoni (7-bandi istisno qilingan holda) 2009 yilning
1 dekabridan boshlab o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

8. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2009 yil 16 noyabr

 

 

 

"O'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimida alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"

 

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimizning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi ruhida har tomonlama sog'lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o'rgatishdagi jonkuyarligi, ta'lim-tarbiya sohasidagi ko'p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

"O'zbekiston Respublikasi xalq o'qituvchisi"

  • Ro'ziyeva Zebo Yusufovna - Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyining matematika fani o'qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Haydarova Mopar Ibodullayevna - Sherobod tumanidagi 60-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi"

  • Abdurayimova Savrinisa Malikovna - Olmaliq shahar konchilik kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Kurbanov Xojanbergen Bekbergenovich - Kegeyli tumani xalq ta'limi bo'limi metodika xonasi mudiri, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Tojibayeva Mavludaxon Mirjaxanovna - Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi To'raqo'rg'on akademik litseyining informatika fani o'qituvchisi, Namangan viloyati

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi"

  • Adizov Zamir Narzullayevich - Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji direktori, Buxoro viloyati
  • Zaripov Askar Gafuriyevich - Qibray tumanidagi energetika kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Zokirov Abdunazar Abduraimovich - Guliston davlat universiteti qoshidagi akademik litseyining matematika va informatika fanlari o'qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Muzafarova Sultanpasha Anvarovna - Shayxontohur tumanidagi 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining fizika fani o'qituvchisi, Toshkent shahri
  • Samanov Qilich - Chiroqchi tumanidagi transport kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari, Qashqadaryo viloyati
  • Tursunbayev Abdulxay Ubaydullayevich - Toshkent temir yo'l transporti kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Toshkent shahri
  • Xamdamov Xudoyberdi Turayevich - Kasbi tumanidagi 46-umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Tursunova Zunura Nasirovna - Oqdaryo tumanidagi 38-umumiy o'rta ta'lim maktabining fizika fani o'qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Shamsidinov Abduqodir Umarovich - Marhamat tumanidagi 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining kimyo fani o'qituvchisi, Andijon viloyati

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini zamonaviy asosda takomillashtirish, xalqimizning madaniyati va ma'naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy g'oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi ko'p yillik fidokorona xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan

  • Madaminova Matlubaxon - Asaka avtomobilsozlik kasb-hunar kollejining matematika fani o'qituvchisi, Andijon viloyati
  • Pulatov Xaknazar Beyliyevich - Qarshi shahridagi 18-sonli ko'zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatining ruhshunos-o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Ya'qubov Qosim Mansurovich - Bekobod tumanidagi 11-umumiy o'rta ta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi, Toshkent viloyati

Mamlakatimizda har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo'shgan katta hissasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi ibratli faoliyati, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va xalq ta'limi tizimidagi ko'p yillik samarali mehnatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

  • Abdullayev Abduraxim Abirqulovich - Baxmal tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejining bosh ustasi, Jizzax viloyati
  • Akramova Saida Muradullayevna - Sariosiyo tumanidagi 38-umumiy o'rta ta'lim maktabining kimyo fani o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Baltayeva Maryam Allabergenovna - Urganch tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Bobojonova Gulchexra Pazlidinovna - Ulug'nor tumanidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori, Andijon viloyati
  • Kurbanbayeva Zeynep Xojabayevna - Taxiatosh energetika kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Kushenova Kanzira Karbayevna - Tomdi tumanidagi 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining fizika fani o'qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Mirzaliyeva Maxpiratxon Turg'unbayevna - Norin tumanidagi 31-umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi, Namangan viloyati
  • Namozov Shirin Murodovich - Ishtixon tumanidagi 59-umumiy o'rta ta'lim maktabining tasviriy san'at va chizmachilik fani o'qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Raxmonov Mirzaakbar Kupaysinovich - Qo'qon neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari, Farg'ona viloyati
  • Sodikova Shoira Xamroyevna - Qorovulbozor tumanidagi sanoat va transport kasb-hunar kollejining biologiya fani o'qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Teshabayeva Matlyuba - Yangiyer qurilish va kommunal xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Yosh avlodni ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom qilib kamol toptirish ishiga qo'shgan ulkan hissasi, ularga bilim va tarbiya berish yo'lidagi ibratli faoliyati hamda yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

II darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan

  • Bobajonov Bog'ibek Sharipovich - Xonqa tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabining milliy kurash sport turi bo'yicha murabbiyi, Xorazm viloyati
  • Zaripova Risolat Bobojonovna - Karmana tumanidagi 4-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, Navoiy viloyati
  • Ibadullayeva Munavvar Abduaxatovna - Boyovut tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Yurtimizda tinchlik va totuvlik, millatlararo do'stlik, hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda mehr-oqibat va bag'rikenglik g'oyalarini qaror toptirish, iqtidorli yoshlarning iste'dodini ro'yobga chiqarish, ularni xalqimizning munosib farzandlari, har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash yo'lidagi namunali xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

"Do'stlik" ordeni bilan

  • Abdullayev Inomboy Baltayevich - Urganch qurilish kasb-hunar kollejining o'quv bo'limi boshlig'i, Xorazm viloyati
  • Abdullayeva Ziyada Nuraddinovna - Qo'ng'irot tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Islamova Raxila Sayitovna - Koson tumanidagi 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati
  • Mamatqulov Nabijon Yusupovich - Uchko'prik tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabining yengil atletika sport turi bo'yicha murabbiyi, Farg'ona viloyati
  • Nodirova Ra'no Kilichevna - Uzun tumanidagi 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika va informatika fanlari o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Seydanova Mirzagul Jumatovna - Nukus melioratsiya va suv xo'jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Soatova Buvalma Umirzakovna - Mirzaobod tumanidagi 21-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari, Sirdaryo viloyati
  • Trofimova Tamara Georgiyevna - Chilonzor tumanidagi 101-umumiy o'rta ta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi, Toshkent shahri
  • Urakov Baxridin Annayevich - Navoiy konchilik kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustasi, Navoiy viloyati
  • Soy Natalya - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-akademik litseyining axborot-resurs markazi rahbari, Samarqand viloyati
  • Qambarova Xilola Akmalovna - Bag'dod tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi, Farg'ona viloyati

Yosh avlodni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, milliy g'oyaga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi ruhida tarbiyalash, ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

"Shuhrat" medali bilan

  • Abdullayeva Dilbar Axmadovna - Jizzax shahridagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Abidov Avasxon Nayebovich - Toshloq tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabining dzyudo va milliy kurash sport turlari bo'yicha murabbiyi,
    Farg'ona viloyati
  • Avazova Shaxlo Mamatovna - Qiziriq tumanidagi 42-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'zbek tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Adashova Ulpatxon Shaxabovna - Oqoltin tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Akbarova Mashxura Kambaraliyevna - Namangan madaniyat kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Namangan viloyati
  • Allazarova Nasiba Kuranbayevna - Shovot tumanidagi qurilish kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Altibayeva Xalima Dovranovna - Jarqo'rg'on tumanidagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Anorov Orifjon Umaraliyevich - Dang'ara tumanidagi 29-umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika va informatika fanlari o'qituvchisi, Farg'ona viloyati
  • Askarova Dilbar Ismailovna - Yakkasaroy tumanidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabining kimyo fani o'qituvchisi, Toshkent shahri
  • Atamuratov Yelmurat Tursimuratovich - Chimboy tumanidagi Kenes qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Achilova Jamila Maxmudovna - Chinoz tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari, Toshkent viloyati
  • Ashurov Ikromjon Meyliyevich - Termiz oziq-ovqat sanoati kasb-hunar kollejining materialshunoslik fani o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Baymanova Tamara Alliyarovna - Qorao'zak tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kimyo fani o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Berdiyeva Roxila Najimovna - Navoiy shahridagi 16-umumiy o'rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Boboyeva Nigora Amirqulovna - Narpay tumanidagi 64-umumiy o'rta ta'lim maktabining kimyo fani o'qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Bobojonova Feruza Xotambayevna - Hazorasp tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining biologiya fani o'qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Boymurodov Sanjar Safaraliyevich - Shahrisabz tumanidagi sport-pedagogika kollejining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Buriyeva Aybaxar Kayumovna - Pastdarg'om tumanidagi 34-umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Vaxtadova Olima Bakoyevna - Kogon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarix fani o'qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Jalilova Lolaxon Tulkinovna - Uchqo'rg'on tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi, Namangan viloyati
  • Zakirova Barchinoy Tashpulatovna - Asaka pedagogika kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Andijon viloyati
  • Imomova Fotima Sadriddinovna - Buxoro tumanidagi 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Irgasheva Adolat Timirovna - Paxtachi tumanidagi qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Ismailov Jumanazar Kilichevich - Qo'shko'pir tumanidagi qurilish va transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Isomiddinov Isaxon Pattaxanovich - Baliqchi tumanidagi pedagogika ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Andijon viloyati
  • Kasimov Shuxrat Tursunovich - Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustasi, Navoiy viloyati
  • Kasimova Dilmuratxon Raxmatdjanovna - Toshkent aviasozlik kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Toshkent shahri
  • Kuziyev Qosim Butayorovich - Samarqand shahridagi Bog'ishamol sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustasi, Samarqand viloyati
  • Mavlanov Tolliboy Ro'zibayevich - Payariq tumanidagi 54-maxsus yordamchi maktab-internatining tarbiyachisi, Samarqand viloyati
  • Mannapova Sanobarxon - Jalolquduq tumanidagi 32-umumiy o'rta ta'lim maktabining fransuz tili fani o'qituvchisi, Andijon viloyati
  • Meliyev Jo'ra Soatovich - Muzrabot tumanidagi tadbirkorlik va biznes kollejining fizika fani o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Mirzayeva Nazira Ubaydullayevna - Ohangaron tumanidagi 30-umumiy o'rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Mirzayeva Nazira Usmanovna - Farg'ona politexnika instituti qoshidagi akademik litseyining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Farg'ona viloyati
  • Mirzakparova Anorxon Ergashevna - Chortoq tumanidagi 3-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, Namangan viloyati
  • Murodova Dinara Muminovna - G'uzor tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining geografiya fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Musayev Abdurashit Ibraximovich - Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejining eshkak eshish sport turi bo'yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati
  • Muqimov Botir Ashurovich - Oltinko'l tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, Andijon viloyati
  • Nishanov Mamadjon Sabaraliyevich - Uychi tumanidagi 23-umumiy o'rta ta'lim maktabining musiqa fani o'qituvchisi, Namangan viloyati
  • Saburov Shukurbay Xaytbayevich - Beruniy tumanidagi 16-umumiy o'rta ta'lim maktabining fransuz tili fani o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Saidova Sanam Sodiqovna - Kogon sanoat va transport kasb-hunar kollejining ingliz tili fani o'qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sayidova Nasiba Saidulloyevna - Qiziltepa tumanidagi yengil sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Suyundikov Ravshan Xudaynazarovich - Zarbdor tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabining milliy kurash sport turi bo'yicha murabbiyi, Jizzax viloyati
  • Taylakov Abdukayum Mamadiyarovich - G'allaorol tumanidagi 81-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari, Jizzax viloyati
  • Temishova Feruza Temirovna - Bo'stonliq tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining fizika fani o'qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Tleumuratova Tamara Xojamovna - Qonliko'l tumanidagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
  • Tojiboyev Abdug'ani Abdumalikovich - Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi akademik litseyining ijtimoiy fanlar o'qituvchisi, Toshkent shahri
  • Tursunov Jobirbek To'ramurodovich - Buxoro tumanidagi qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari, Buxoro viloyati
  • Usmondiyorova Muxabbat Umaraliyevna - Bo'ka tumanidagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabining biologiya fani o'qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Usmanova Xaticha Salidjanovna - Farg'ona tumanidagi 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi, Farg'ona viloyati
  • Xaitboyev O'ktam Namazboyevich - Do'stlik tumanidagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Xashimova Xurriyat Isamovna - Uchtepa tumanidagi 217-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, Toshkent shahri
  • Xolyigitov Buranboy Alimovich - Jizzax tumanidagi Uchtepa qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Xolmatova Salamat Abidovna - Toshkent transport kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari, Toshkent shahri
  • Xudayorova Muxabbat Eshnazarovna - Shahrisabz qurilish kasb-hunar kollejining matematika fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Cho'yanov Srojiddin Ilyasovich - To'raqo'rg'on tumanidagi agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o'qituvchisi, Namangan viloyati
  • Shakirova Gulbaxor Alimovna - Kattaqo'rg'on pedagogika kollejining nemis tili fani o'qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Shirinov Qobul - Kasbi tumanidagi 38-umumiy o'rta ta'lim maktabining musiqa fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Shnayder Olga Mixaylovna - Marg'ilon shahridagi 10-bolalar musiqa
    va san'at maktabi direktori, Farg'ona viloyati
  • Holiqov Oybek Muyassarovich - O'zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.Sirojiddinov nomli akademik litseyining kimyo fani o'qituvchisi, Toshkent shahri

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 28 sentabr


 

"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo'yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e'lon qilish to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining konstitusiyaviy vakolat muddatlari 2009 yilning dekabr oyida tugaydi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov dekabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida, ya'ni 2009 yilning 27 dekabr kuni o'tkazilishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni saylov qonunchiligi, umume'tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarga to'liq muvofiq holda o'tkazilishini ta'minlash, shuningdek, siyosiy partiyalar, fuqarolarga davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish konstitusiyaviy huquqini amalga oshirishda zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasiga, O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonuni 19-moddasiga, O'zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida"gi Qonuni 19-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi

Q A R O R Q I L A D I:

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo'yicha saylov kampaniyasi 2009 yil 22 sentabrdan boshlanishi e'lon qilinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o'tkazuvchi har bir saylov okrugiga to'g'ri keladigan saylovchilar normasi o'rtacha 127,5 ming saylovchi hisobidan belgilansin.

3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o'tkazuvchi saylov okruglari tuzilsin va ularning chegaralari hamda saylovchilar soni ko'rsatilgan ro'yxati 2009 yil 12 oktabriga qadar e'lon qilinsin.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari 2009 yilning
18 oktabriga qadar shakllantirilsin.

5. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari:

2009 yilning 28 oktyabriga qadar saylov uchastkalarini;

2009 yilning 17 noyabriga qadar uchastka saylov komissiyalarini tuzadilar.

6. Belgilab qo'yilsinki, belgilangan tartibda tuziladigan saylov uchastkalari va uchastka saylov komissiyalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov uchun yagona hisoblanadi.

7. Belgilab qo'yilsinki, O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq:

siyosiy partiyalar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2009 yilning 18 oktyabriga qadar taqdim etishlari lozim;

siyosiy partiyalar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko'rsatish 2009 yilning 23 oktabrida boshlanadi va 2009 yilning 11 noyabrida tugallanadi;

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro'yxatga olish uchun siyosiy partiyalardan hujjatlar qabul qilish 2009 yilning 14 noyabrida tugallanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro'yxatga olish 2009 yilning 21 noyabrida tugallanadi;

manfaatdor tashkilotlar o'z kuzatuvchilari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga 2009 yilning 11 dekabriga qadar ma'lum qilishlari lozim.

8. Uchastka saylov komissiyalari:

saylovchilarning ro'yxatlarini hamma tanishib chiqishi uchun 2009 yilning 12 dekabriga qadar, O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo'lgan yerlarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa 2009 yilning 20 dekabriga qadar taqdim qiladi;

saylovchilar ro'yxati bilan tanishish joyi hamda vaqti to'g'risida saylovchilar o'z vaqtida xabardor qilinishini ta'minlaydi;

2009 yilning 17 dekabriga qadar saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi to'g'risida xabardor etadi.

9. Qayd etilsinki, O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq:

saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar ro'yxatga olingan kundan e'tiboran boshlanadi va 2009 yilning 26 dekabrida tugaydi. Saylov kuni tashviqot yuritishga yo'l qo'yilmaydi;

ovoz berish 2009 yil 27 dekabr kuni soat 600 dan soat 2000 gacha o'tkaziladi.

10. Belgilab qo'yilsinki, uchastka saylov komissiyalari 2009 yilning 27 dekabr kuni ovoz berish tugagach, ovoz berish yakunlarini chiqarishga kirishadi, komissiya majlisida ko'rib chiqish natijalari bo'yicha bayonnoma tuzadi va uni belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etadi. Saylov qonunchiligi talablariga muvofiq, bayonnoma uchastka saylov komisiyasining raisi yoki rais o'rinbosari tomonidan o'qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko'chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bo'lmagan muddatga osib qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar asosida saylov okrugi bo'yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga 2010 yilning 2 yanvariga qadar belgilangan tartibda bayonnoma taqdim etadi.

11. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o'tkazilgan saylov yakunlari to'g'risidagi axborot hamda saylangan deputatlarning ro'yxati 2010 yilning 7 yanvariga qadar matbuotda e'lon qilinsin.

12. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonuni 52-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini saylash uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari yangi saylangan deputatlarining tegishli qo'shma majlislari 2010 yilning 26 yanvaridan kechiktirmasdan o'tkazilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

13. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonuni 471-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Ekologik harakatidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo'yicha O'zbekiston Ekologik harakatining Konferensiyasi belgilangan tartibda 2009 yilning 27 dekabrida o'tkazilsin.

14. Belgilab qo'yilsinki, saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq barcha tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, joylarda tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi normalari, saylov to'g'risidagi qonunlarga, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2009 yil 12 maydagi qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha Konsepsiya qoidalariga qat'iy rioya etgan holda amalga oshiriladi.

15. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinsin.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov
Toshkent shahri, 2009 yil 17 sentabr

 

"Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma'naviy hayotidagi o'rni va ahamiyatini e'tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug'lash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ro'za hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida"gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. 2009 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21 sentabrga to'g'ri kelishi haqida O'zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2009 yil 21 sentabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamg'armalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o'tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 16 sentabr


“O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qaror qiladi:

1. Sobir Boratovich Xolbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari etib saylansin.

2. Anvar Lugmanovich Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyasi etib saylansin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 29 avgust.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qaror qiladi:

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi etib saylansin:
Abdimajit Uralov
Arislan Usmanovich Usmanov.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 29 avgust.

“O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qaror qiladi:

1. Nariman Madjidovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 29 avgust.

“O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qaror qiladi:

1. Boriy Botirovich Alixonov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qilinsin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 29 avgust.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining o‘n sakkiz yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining
o‘n sakkiz yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (mazkur Qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):

a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshga to‘lgan erkaklar;
g) chet el fuqarolari.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek, mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan deb topilgan shaxslar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi mazkur Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.

5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

6. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, mazkur Qaror e’lon qilingan kunga o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko‘p bo‘lmagan shaxslar manzil-koloniyaga o‘tkazilsin.

7. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.

8. Tatbiq etilmasin:

a) mazkur Qaror – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek, o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;
b) mazkur Qarorning 1-bandi – o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga; 
v) mazkur Qarorning 1-4, 6 va 7-bandlari – taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga;
g) mazkur Qarorning 2, 4-7-bandlari muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod bo‘lgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga.

9. Senatning tegishli Qo‘mita va Komissiyalari mazkur amnistiya akti qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.

10. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin. 

11. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2009 yil 28 avgust

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n sakkiz yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, sarhadlarimiz daxlsizligini va milliy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, huquq-tartibotni mustahkamlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”
Rasulov Abdurashid Davronovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”
Pulatov Faxriddin Muxiddinovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi serjantlar tarkibini tayyorlash Oliy kursi sikli boshlig‘i

Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar va siyosiy tayyorgarligini oshirish, xalqimizning osoyishtaligini muhofaza etishdagi katta xizmatlari hamda milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Mirsagatova Saodat Maxmudjanovna – Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudyasi
Ochilov Yaxshiboy Muxammadiyevich – Qashqadaryo viloyati Koson tumani prokurori
Raxmanov Zokirjon Sidiqovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i
Sattarov Akbarali Ergashevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalining bosh anesteziologi

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Ashurov Kaxor Axrorovich – Samarqand viloyati Samarqand tumani Ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
Bobobekov Ravshan Bultakovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Gorlov Andrey Alekseyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Jummayev Xalmurad Allamuradovich – Davlat bojxona qo‘mitasi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Kadirov Baxram Vaxabovich – Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili
Mallaboyev Abdusattor Ubaydullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi komandirining o‘rinbosari
Narzullayev Bobir Baturovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Sultonov Baxtiyor Gaybullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish Bosh boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili
Sharifxodjayev Djavdat Shavkatovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
“Do‘stlik” ordeni bilan 
Absarova Larisa Xusanbekovna – Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘limi katta prokurori
Kosenkov Igor Aleksandrovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari Bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i
Petrovskiy Aleksandr
Olegovich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari
Pyagay Ilya
Vasilyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Taxirova Shukurdjan Rozimovna – Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori
Xatamov Nemat Turapovich – Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining sudyasi

“Jasorat” medali bilan
Abduraximov Xayotjon Adxamovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi portlovchi moddalar va portlatish uskunalarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Abduramanov Rustem Musurmonkulovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Azamov Siddik Sodikovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining muhandislik-sapyorlik vzvodi sapyori
Aknazarov Azim Mamatkulovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi chegara postining o‘qchisi
Anarkulov Dilmurad Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Atadjanov Alisher Olimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Babaxodjayev Xayrullo Xasanovich – Andijon viloyati Andijon shahar Ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi otradi bo‘linma komandiri
Boykayev Nuriddin Mustafayevich – Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avariya-qutqaruv otradi guruh komandiri
Buriyev Sharofitdin Ibragimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Varisov Abdurazzoq Ismailovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni militsioneri
Gafurov Aleksandr Valeryevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasining xizmat boshlig‘i
Ibatxodjayev Lazizxon Kazimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Ismatullayev Izzat Ergashevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Qaypnazarov Uzakbay Yesemuratovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi maxsus qidiruv-razvedka guruhining mutaxassisi
Kattayev Shukrilla Tashovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi inspektor-kinologi
Qayumov Xokimbek Abdulbokiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining muhandislik-sapyorlik vzvodi seksiya komandiri
Kuzibayev Baxram Baxodirovich – Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
Kurbanov Ulug‘bek Sadullayevich – Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni komandirining o‘rinbosari
Kushakov Farxod Eshkuvatovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining muhandislik-sapyorlik vzvodi seksiya komandiri
Maxkamov Nasir Rasulovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i
Nabiyev Vladimir Valeryevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi portlovchi moddalar va portlatish uskunalarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Normuxamedov Timur Sultanovich – Toshkent shahar prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi
Nuraliyev Atabek Xayrullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Oripov Muzaffar Kobulovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Razikov Doniyer Tuxtasinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Saidov Xabib Shavkatovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining chegara posti yo‘riqchisi
Uzbekov Murat Aminshayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Urinboyev Kudratjon Gayratjonovich – Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Xamroyev Zohir Toshevich – Navoiy viloyati Nurota tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
Xasanov Ibrohim Islomovich – Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Xashimov Baxodir Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi xodimi
Shukurov Inoyat Raxmatullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i
Shukurov Qiyom Qo‘ldoshboyevich – Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Ergashev Shuxrat Maribjonovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vakili
Eshkulov Isomitdin Gulomovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan 
Asadullayev Anvar Narzullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismining tibbiyot xizmati boshlig‘i
Davronov Shermat Toirovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining mutaxassis-sapyori
Djurayev Asrorjon Baxshillayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Jabbarov Zarifboy Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasining xizmat boshlig‘i
Juraboyev Dilshod Baxtiyerovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining mutaxassis-sapyori
Zakirov Kaxramon Anorbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining mutaxassisi
Irgashev Anvar 
Urokovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining mutaxassisi
Malikov Baxtiyor Abdukodirovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining xizmat boshlig‘i
Nazirdinov Sardorbek Turdaliyevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining mutaxassis-sapyori
Narchayev Menglikul Jumayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi guruh komandirining o‘rinbosari
Orinbayev Murodjon Mamatxaldarovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi guruhining mutaxassisi
Tadjibayev Sadriddin Nuritdinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Tagayev Djaxangir Ruziyevich 
(marhum) – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasi eskadrilyasining aviatsiya katta bort texnigi
Toshboyev Muxammadali Pulatovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasining xizmat boshlig‘i
Turakulov Abrarkul Anarkulovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi avtomobil guruhining komandiri
Usarov Gayrat 
Kodirovich – Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kafedrasi boshlig‘i
Xaydarov Xamid Saitovich – Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i
Xarlamov Sergey Aleksandrovich
(marhum) – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasining komandiri
Xodjayev Azamat
Azimovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasining xizmat boshlig‘i
Xoldorov Jasurbek Olimjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasi guruh komandirining o‘rinbosari
Ergashev Anvar Yuldashevich – O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat feldyegerlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari
Ergashev Tolmas
Farxodovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining guruh mutaxassisi

“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Axmadali Umarovich – Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Tomosha” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasining rahbari
Abdullayev Yuldashbek Tuxtabekovich – Chirchiq oliy harbiy tankchilar qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti guruhining komandiri
Akimniyazov Azat Abdinayimovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
Askarov Baxodir Abduraxmonovich – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi robot texnikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi
Atadjanova Aygul Ibragimovna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim katta prokurori
Axmedov Ravshan Tursinxajayevich – Harbiy xizmatchilar ishlari bo‘yicha maxsus advokatlar hay’atining mudiri
Bekbutayev Muxiddin
Jumayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining guruh komandiri
Boribayev Sharibay – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani “Berdax” ovul fuqarolar yig‘ini “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasining posboni
Kodirov Fozil Obloyevich – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Kuldoshov Rashid
Shavkatovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi vertolyot eskadrilyasining zveno komandiri
Kunishov Narbek Muzaparovich – Jizzax viloyati Jizzax shahar “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasining rahbari
Kurbanov Abdujalil Tuxtamurodovich – Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i
Kurbonova Zaripaxon Muminjonovna – Toshkent viloyati xo‘jalik sudining sudyasi
Mamajonov Oybek
Odilovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi xizmatining post boshlig‘i
Mirzaraximov Farxod
Salimovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi brigadasi vzvodining razvedkachi-granatomyotchisi
Ochilov Kuldosh Tuxtashevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismi muhandislik-sapyorlik vzvodining guruh komandiri
Seydemetov Alpamis Muxanovich – Davlat bojxona qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi kichik inspektor-kinologi
Tillaboyev Kuchkorboy – Namangan viloyati prokurorining katta yordamchisi
Turgunbayev Dilshod Xolmatovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Xayrullayev Rabbim
Narzikulovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Samarqand harbiy gospitalining jarrohlik bo‘linmasi boshlig‘i
Xudayberdiyev Abdugaffar Xoshimovich – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
Shaymonov Otabek Turobovich – Toshkent shahar Sobir Rahimov tumani “Qorasaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasining rahbari
Shamaksudov Bexzod Anvarovich – Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi
Eshbekov Ashirqul Alimbekovich – Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Yuldoshev Turg‘unjon Tilovovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
Yusupov Alisher Alimbayevich – Xorazm viloyati Urganch tumani “Yuqoribog‘” qishloq fuqarolar yig‘ini “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasining rahbari
Yusupov Baxodir Batirovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limining boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 28 avgust

“O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyini bunyod etishda faol qatnashgan ishchi va xizmatchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ko‘p yillik samarali mehnati bilan mamlakatimizning qurilish sohasiga, zamonaviy shaharsozlik rivojiga qo‘shgan katta hissasi, murakkab va noyob inshootlarni sifatli bunyod etishda jonbozlik va fidoiylik namunasini ko‘rsatgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin: 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”
Jalolov Mirodil Sobitovich – Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasi direktori

Fidokorona mehnatlari bilan mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga samarali hissa qo‘shgani, qurilish sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va o‘zlashtirishda ulkan yutuqlarga erishgani, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun quyidagilar mukofotlansin: 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Kevxayans Arkadiy Arkadyevich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining “Sanoat va fuqaro qurilishi” boshqarmasi boshlig‘i
Shodiyev Orif Olimovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining kran mashinisti

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Ismailov Tavakaljon Qodirovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasi bosh direktorining o‘rinbosari
Korobov Nikolay Viktorovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining montajchisi
Quryozov Odilbek Jumaniyazovich – “Toshgiprogor” aksiyadorlik jamiyatining
4-ustaxonasi yetakchi me’mori
Mirzayev Maxmud Toshpo‘latovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining montajchisi
Ro‘ziyev G‘ayrat Tursunovich – “Toshgiprogor” aksiyadorlik jamiyatining
qurilish konstruksiyalarini hisoblash bo‘limi boshlig‘i

“Do‘stlik” ordeni bilan
Ortiqov Solix Sobirjonovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining yuk avtomashinasi haydovchisi
Kim Viktor Gim-Sekovich – “Toshgiprogor” aksiyadorlik jamiyatining
3-ustaxonasi rahbari, loyiha rahbari
Leshenko Mixail Vasilyevich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining geodezisti
Sabatskix Nadejda Aleksandrovna – “Toshqurilishmexanizatsiya” aksiyadorlik jamiya-tining 2-mexanizatsiyalashgan boshqarmasi minorali kran mashinisti
Toshxo‘jayev Rahim Temirovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining uchastka boshlig‘i

“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Yorqinjon Boqijonovich – “Gissarneftgaz” qo‘shma korxonasining qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Akbarov Isoq Sharipovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasi bosh direktori
Allabergenov Kamaladdin Kenjabayevich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining “Sanoat va fuqaro qurilishi” boshqarmasi g‘isht teruvchisi
Brikin Yevgeniy Nikolayevich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining payvandchisi
Davirov Jaxonbek Salimovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining ventilatsiya brigadasi boshlig‘i
Zakirxonov Boxodir Saitxonovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining elektrgaz payvandchisi
Kagarmanov Rinat Maratovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining brigada boshlig‘i
Li Yuriy Borisovich -“O‘zpo‘latqurilmaloyiha” aksiyadorlik jamiyati-ning loyihalar bosh muhandisi
To‘laganov Shovkat Komilovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining uchastka boshlig‘i
To‘rayev Nig‘matulla Karimovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining bosh energetigi
Chopenko Sergey Nikolayevich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining santexnika uchastkasi rahbari
Emirveliyev Nariman Amzayevich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining santexnigi
Hakimov Valijon Saitqulovich – “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasining kompleks brigada boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 27 avgust

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”

Karimov Qo‘chqor Salimovich – Qiziltepa tumanidagi “Qo‘chqor Karimov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati
Polvonov Sultannazar Sharipovich – Urganch tumanidagi “Pahlavon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”

Rahmatova Ozodaxon – Sardoba tumanidagi “Temur Malik” fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasi pillachilik brigadasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Mamajonova Dilorom Toshpo‘latovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Kozimjon Ahmedov” fermer xo‘jaligi pillachisi, Andijon viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”

Ko‘chiyev O‘rol Ziyoqulovich – Nishon tumanidagi “Nishon” shirkat xo‘jaligi bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati 
Uzoqov Malik – Boysun tumanidagi “Sayrob” shirkat xo‘jaligi bosh cho‘poni, Surxondaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”

Ahmedov Nazirjon Mamirovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorliktemir yo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasining metall erituvchisi
Salyaxov Komiljon Asxatovich – Quvasoy shahridagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati shisha idishlar ishlab chiqarish sexi sozlovchisi, Farg‘ona viloyati
Sanaqulov Quvondiq – Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi bosh direktori
Xalqulov O‘rolboy Nazarovich – “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati rux zavodining elektrolit sexi erituvchisi, Toshkent viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”

Allaniyazov Oralbay Turdibayevich – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Qoraqalpoqtelekom” filiali Nukus tumani telekommunikatsiyalar tarmog‘i elektrmontyori
Mirsodiqov Ilhom Ikromovich – “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasining Toshkent radiotelevideniye uzatish markazi mutaxassisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”

Abdullaxo‘jayev Saidiburhon Saidimurotovich – “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli 7-“Avtokorxona” aksiyadorlik jamiyatining haydovchisi 
Jo‘rayev Ravshan Mirzayevich – Oqdaryo tumani yo‘llardan foydalanish pudrat-ta’mirlash korxonasining yuk avtomashinasi haydovchisi, Samarqand viloyati 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”

Allanov Satatdin Nuratdinovich – “Suo‘yenli” irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi ekskavator mashinisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Usmonov Shamil Hamidovich – “Norin-Haqulobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasining ekskavatorchisi, Namangan viloyati 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”

Mavlonov Abral Anvarovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining uchuvchilar otradi komandiri

Samarali mehnati va erishayotgan yutuqlari bilan mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash hamda iqtisodiy qudratini oshirishga, shaxsiy ibrati bilan xalqimizni, ayniqsa, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi, mehnatsevarligi, vatanparvarligi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan umumxalq izzat-hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“El-yurt hurmati” ordeni bilan 

Ansatbayev Najimatdin – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqiy teatri direktori
Arabboyeva Faridaxon Daminovna – Paxtaobod tumanidagi “Yuqori” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Andijon viloyati 
Boymurodov Elmurod Dilmurodovich – Shahrisabz tumani xalq teatri rejissori, Qashqadaryo viloyati 
Boqiboyev Erkin Jo‘rayevich – O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy kengashi raisi
Bekchanov Bahodir Karimovich – Urganch tumani “Pahlavon” bolalar sporti majmuasi qoshidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabining kurash bo‘yicha bosh murabbiyi, Xorazm viloyati 
Zufarov Mirjamol Mirumarovich – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent shahri
Karimov Rasul Yuldashevich – Sirdaryo viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori
Nuraliyev Rahimberdi – Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi raisi, Toshkent viloyati
Rahmonov Said Ibragimovich – G‘ijduvon tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Buxoro viloyati 
Rahmonova Gulbahor Salomovna – Karmana tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Navoiy viloyati
Sattorov Toshtemir – Kitob tumanidagi 5-“Mehribonlik uyi” direktori, Qashqadaryo viloyati
Sidiqova Enaxon Abdurahimovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi mas’ul kotibi 
Tog‘ayev Elmurat Qalandarovich – Ishtixon tumanidagi 1-iqtidorli bolalar maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Tursunov Sayfiddin Yunusovich – Andijon davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtika kafedrasining terapiya kursi mudiri
To‘ychiyev Ne’matulla Soyibboyevich – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 28-bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori, Namangan viloyati
Eshmatov Anorboy Abbosovich – Paxtakor tumanidagi “Anvar-A” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Qarayeva Xosiyat O‘roqovna – Denov tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Surxondaryo viloyati 

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, madaniy yuksalishiga o‘zining iste’dodi, bilim va tajribasi bilan munosib hissa qo‘shgan, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda xalq farovonligini oshirishda fidoyilik namunalarini ko‘rsatganligi uchun quyidagilar mukofotlansin: 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdurahimova Farida Yuldashevna – Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Ahmedova Dilqusha Abdukarimovna – Xonobod shahridagi “Xonobod” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati 
Boltayev Bozorboy Karimovich – “Polvon-G‘azovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasi buldozerchisi, Xorazm viloyati
Berdiqulov Xudayberdi – Mingbuloq tumanidagi “O‘rtaqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati
Dadaboyev Qayum Karimjonovich – Guliston shahridagi 25-“Avtobus saroyi” aksiyadorlik jamiyatining haydovchisi,Sirdaryo viloyati 
Yeshaxanov Dauirxan – Kegeyli tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi traktorchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jabborov Toshmurod – Navoiy kon-metallurgiya kombinati2-Gidrometallurgiya zavodi maydalash sexining elektrgaz payvandlovchisi 
Qodirov Orif Mahmudovich – Respublika “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Komilova O‘g‘iloy Abduhamidovna – Jizzax shahridagi “Oqqo‘rg‘onlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Qudratov Abdujalil Husanovich – “Sho‘rtanneftgaz” unitar sho‘ba korxonasining gazni oltingugurt birikmasidan tozalash sexi katta kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati
Qo‘chqorov Saparali Xolbo‘tayevich – “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi sex boshlig‘i, Toshkent viloyati
Ro‘ziyev Ergash Samatillayevich – “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasining texnologik qurilma operatori, Qashqadaryo viloyati
Sarboyev Dilmurod Umarovich – Andijon shahridagi “O‘zTongXongKo” qo‘shma korxonasining ustasi
Sarimsoqov Mahamadjon – “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining xlorat-magniy defoliant sexi elektroliz apparatchisi
Sharopov Rahmiddin Siddiqovich – Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Chorvador” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
O‘rozqulov Jo‘raqul – “Zarmitan geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi yetakchi geologi, Samarqand viloyati

Respublikamizning sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va xizmat ko‘rsatish sohalarini jahon andozalari asosida yuksaltirish, fan-texnika yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, aholining turmush farovonligini oshirish, tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdikalikov Minkes Jalimbetovich – Mo‘ynoq tumanidagi “Qozoqdaryo” chorvachilik shirkat xo‘jaligi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adhamjonov Oybek Adiljonovich – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqarma boshlig‘i
Aripjonov Shokir Qobilovich – “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasining Uchtepa tumanidagi 10-qozonxona boshqarmasi operatori, Toshkent shahri
Valiyev Rustam – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining Samarqand aloqa va signallashtirish distansiyasi elektrmexanigi
Ishimova Jumagul Avazovna – Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surhonteks” qo‘shma korxonasining to‘quvchisi, Surxondaryo viloyati
Karimov Yusufjon Muhammadovich – “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatining katta chilangar-ta’mirlovchisi
Mahmudov Abdumavlon Ubaydullayevich – Sardoba tumanidagi “Baraka” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Mirpo‘latov Vyacheslav Husanovich – “Toshneftgazqurilish” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “Gazchitrans” davlat unitar korxonasining chilangari, Toshkent shahri
Murotov Ismoil Usmonovich – Qamashi tumani “Paxta tozalash” ochiq aksiyadorlik jamiyatining brigadiri, Qashqadaryo viloyati
Muhiddinov Komil Yarashevich – Navoiy ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasi avtogreyder haydovchisi
Rahimov Achilboy – Urganch tumanidagi “Chotko‘pir” suvdan foydalanuvchilar uyushmasi ekskavatorchisi, Xorazm viloyati
Rustamqulov Abdusali Isaqulovich – “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik birlashmasining Angren ko‘mir koni yuklovchi kran mashinisti, Toshkent viloyati
Soipov Jo‘rabek Zayniddinovich – Uchtepa tumanidagi “Shofayzibog‘i” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
Saydaliyev Hasanboy – “Chortoqirqurilish” sho‘ba korxonasining ekskavator-mashinisti, Namangan viloyati
Sirojiddinov Fazlitdin Nuritdinovich – “Xorazm Shakar” O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi bosh direktori
Tojiboyeva Matluba Musurmonovna – Jizzax shahridagi «Zilola teks» aksiyadorlik jamiyatining tikuvchi-motoristi
Turdiyeva Xumor Rahmatovna – Qarshi shahridagi “Aral” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qashqadaryo viloyati
Hayitov Ne’matjon Mahamajonovich – “O‘zKoram” qo‘shma korxonasi ta’mirlash bo‘limi press-forma ta’mirlash muhandisi, Andijon viloyati
Yakubov Mirzahalim Abdug‘aniyevich – Marg‘ilon shahridagi 6-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnasi mas’uliyati cheklangan jamiyatining brigada boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Qurbonova Amirxol Omonovna – Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Surxondaryo viloyati
Hakimov Abdullo Malikovich – “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Gazlimagistralgazquvurlari” boshqarmasi elektrmontyori, Buxoro viloyati

Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlar o‘rtasida hamjihatlik 
va totuvlikni mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va boshqaruv idoralaridagi uzoq yillik fidokorona mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shgan samarali hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abdukarimova Mavjuda Shukurovna – Jizzax shahridagi “Xumo” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi
Alfyorov Vladimir Karlovich – Sobir Rahimov tumanidagi “Oniks” aksiyadorlik jamiyatining metallarga qayta ishlov beruvchisi, Toshkent shahri
Aslanova Shahodat To‘rayevna – Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari-xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Qashqadaryo viloyati
Boltaboyeva Sanobar – Buvayda tumanidagi “Buvayda” qishloq fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Farg‘ona viloyati
Bochkareva Tamara Aleksandrovna – Chilonzor tumanidagi “Naqqoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
Jo‘rayeva Matluba Yo‘ldoshaliyevna – Pop tumanidagi “Papfen” to‘qimachilik qo‘shma korxonasining ip yigiruvchisi, Namangan viloyati
Yermalayev Aleksandr Aleksandrovich – “O‘z-DongVonKo” yopiq aksiyadorlik jamiyatining sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i, Andijon viloyati
Jamanchayeva Sersengul Kenjabekovna – Peshku tumanidagi “Varaxsho” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
Ismoilov Nizom Isomovich – Konimex tumani veterinariya laboratoriyasi direktori, Navoiy viloyati
Karimov Maxsetbay Ismaylovich – “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ustyurt qidiruv burg‘ulash boshqarmasi” sho‘ba korxonasining burg‘ulovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qudratov Lutfillo – Samarqand maxsus ilmiy ta’mirlash va ishlab chiqarish boshqarmasi “Me’mor” aksiyadorlik jamiyati tosh o‘ymakorlik ishchisi
Maganov Bahodir Do‘sjonovich – Chirchiq shahridagi “Maksam-Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyatining karbamid sexi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Marinin Vladimir Yuryevich – “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasining prokat sexi tokari, Toshkent viloyati
Netullayev Jamiyat Yusupovich – “Taxiatoshgidroenergoqurilish” boshqarmasi elektr payvandchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nuriyev Sanjar Mahmudovich – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Termiz tuman kengashi raisi, Surxondaryo viloyati
Tursunqulov Mutal – “Ohangaronsement” ochiq aksiyadorlik jamiyatining elektr payvandchisi, Toshkent viloyati
Filippov Anatoliy Aleksandrovich – “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Kouldi” koni yer osti uchastkasi proxodkachisi, Toshkent viloyati
Xo‘jayeva Oqiljon Ortiqovna – Urganch tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi telefonchisi, Xorazm viloyati
Yaqubov Ummat – Sayxunobod tumanidagi “Sayxun” shaharcha fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati

Ko‘p yillar davomida mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilgan, hozirgi paytda ham boy hayot tajribasi, ma’naviy fazilatlari bilan el-yurtga ibrat bo‘lib, o‘git-nasihatlari bilan yoshlar tarbiyasiga o‘zlarining katta hissasini qo‘shib kelayotgan quyidagi yuz yoshdan oshgan tabarruk otaxon va onaxonlar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan (100 yoshdan oshganlar)

Babashova Marufat – O‘rtachirchiq tumani, Toshkent viloyati
Bo‘ronova Haqiq – Shofirkon tumani, Buxoro viloyati 
Gaypova Zinep – Shumanay tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Giyasova Oyshaxon – Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati 
Do‘schonova Sharipa – Bog‘ot tumani, Xorazm viloyati
Kamolova Xosiyat – Pastdarg‘om tumani, Samarqand viloyati
Mengliyev Shoberdi – Nishon tumani, Qashqadaryo viloyati
Nishonova Maxsuda – Marhamat tumani, Andijon viloyati
Nishonova Nesibali Qarshiboyevna – Zarbdor tumani, Jizzax viloyati
Ravshanova Norbuvi – Xatirchi tumani, Navoiy viloyati
Sultonova Gaynijamol – Shayxontohur tumani, Toshkent shahri
Hasanova Misol – Guliston tumani, Sirdaryo viloyati
Egamov Abdurahmon – Uychi tumani, Namangan viloyati
Eshboboyeva Aytura – Jarqo‘rg‘on tumani, Surxondaryo viloyati

Jismoniy nogironligiga qaramasdan qiyinchilik va to‘siqlarni mardonavor yengib, o‘zining azmu shijoati, mustahkam irodasi va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgan hamda yosh avlod tarbiyasi, yurt tinchligi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan quyidagi vatandoshlarimiz mukofotlansin:

“Jasorat” medali bilan

Aldamjarov Jarasbay Bodikovich – Taxtako‘pir tumanidagi xususiy hunarmand, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ahmadaliyev Berdiboy – Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Qahramon-Ne’mat” muqobil mashina-traktor parki temirchisi, Toshkent viloyati
Baxtiyev Rizo Berdiyevich – Samarqand tumanidagi usta-hunarmand
Bo‘ronova Dilfuza Bo‘riyevna – O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining Qamashi tumani bo‘limi raisi, Qashqadaryo viloyati
Ergashev Asqarali Sharobiddinovich – O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining O‘zbekiston tumani bo‘limi raisi, Farg‘ona viloyati
Ismoilova Muqaddam Abdullajonovna – Namangan shahridagi tikuvchilik va zardo‘zlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 
Qaratayev Eshpo‘lat Kukanovich – Sirdaryo viloyati nogironlar tibbiy-ijtimoiy va kasb bo‘yicha sog‘lomlashtirish mintaqaviy markazi ustasi
Mo‘minova Jamila – Termiz shahar ko‘zi ojizlar jamiyati o‘quv korxonasi tikuvchisi, Surxondaryo viloyati
Perova Olesya Viktorovna – Zarafshon akademik litseyining axborot-resurs markazi rahbari, Navoiy viloyati
Rasulov Hikmat Husanovich – Chilonzor tumanidagi “Baynal-Minal” nogiron-amputantlar futbol komandasining futbolchisi, Toshkent shahri
Saparova Ajar To‘rayevna – O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining “Urganch” o‘quv ishlab chiqarish korxonasi ishchisi, Xorazm viloyati
Usvaliyev Akmaljon Begijonovich – Buloqboshi tumanidagi aholiga kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkor, Andijon viloyati
Hamroyev Ramazon Barnoyevich – Buxoro shahridagi 24-maxsus ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati defektolog-o‘qituvchisi
Eratov Farmon Bozorboyevich – Zarbdor tumanidagi “Andijon” qishloq fuqarolar yig‘ini kotibi, Jizzax viloyati 

O‘zlarining tadbirkorlik va ishbilarmonlik fazilatlarini namoyon qilib, ishlab chiqarishning turli sohalarini rivojlantirishga, islohotlarning izchilligi va samaradorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shayotgan, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va mavqeini kuchaytirish, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanimizning munosib farzandlari etib tarbiyalash, aholining tinchlik va osoyishtaligini muhofaza etishda faol qatnashayotganlardan quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abdurasulov Zayniddin Ashirboyevich – Parkent tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi avtokran haydovchisi, Toshkent viloyati 
Azimov Akbarali Sotvoldiyevich – Ulug‘nor tumanidagi “Do‘stlik” muqobil mashina-traktor parki traktorchisi, Andijon viloyati
Azimov Mansurjon Muxtorovich – Boyovut tumanidagi hunarmand-usta, Sirdaryo viloyati
Alibekov Baxtiyor – Yangiobod tumani elektr tarmoqlari korxonasining dispetcheri, Jizzax viloyati
Aliqulov Saydilla – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining sho‘ba boshlig‘i
Aripova Gulbahor Markayevna – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i
Asqarova Ma’rifat – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Katta Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Namangan viloyati
Ahmedov Akmal – “Paxta tozalash ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyatining standartlash va metrologiya bo‘limi mudiri
Ahmedov Xoliqnazar Ergashevich – Baxmal tumanidagi “Elyor Ergashev” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Baymuratov Qutlimurat Ametovich – Taxtako‘pir tumani o‘simliklarni himoya qilish otradi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bastamova Farida Mamasoliyevna – Arnasoy tumanidagi “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati
Boborasulova Komila Namanovna – Nurobod tumanidagi “Chehra” aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasining tikuvchi ustasi, Samarqand viloyati
Boyquvatov Ishmurza Xushmurodovich – Chiroqchi tumanidagi “Paxtatozalash” aksiyadorlik jamiyatining ishchisi, Qashqadaryo viloyati
Boltaboyev Sirojiddin Nomozovich – Payariq tumanidagi “Otaqul Umar o‘g‘li” mashina-traktor parki mexanizatori, Samarqand viloyati
Valiyeva Karima Akromovna – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bo‘lim boshlig‘i
Gaziyev Alisher Shukurovich – “Maxsustrans” ishlab chiqarish birlashmasining “Mirobod-Maxsustrans” avtokorxonasi haydovchisi, Toshkent shahri
Dadayeva Galina Ivanovna – Chinoz tumanidagi “Yo‘ltushgan” fermer xo‘jaliklari uyushmasi pillachisi, Toshkent viloyati
Daminov Ro‘zali Jalolovich – Farg‘ona mexanika zavodining ishlab chiqarish sexi boshlig‘i
Dedabayeva Marxabat Inomboyevna – Namangan shahridagi “O‘zelektroterm” aksiyadorlik jamiyatining payvandchisi
Jabborov Rejabboli – “Namangan-telekom” filialining Norin telekommunikatsiya bog‘lamasi elektrmontyori
Jamolxo‘jayev Tohirxo‘ja Toshxo‘jayevich – O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
Jumayev Baxshillo Shirinovich – Buxoro shahridagi “Zardo‘zlik” markazi rahbari, zardo‘z-usta 
Dotxoyev Ibodullo Melikovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Samarqand aviatsiya-texnika bazasi sexi muhandisi
Jiyemuratov Sadaddin – “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining haydovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jumaniyazov Rustam Bakdurdiyevich – Xiva tumanidagi “Xorazm gilamlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bo‘lim boshlig‘i
Inomov Sobir Mahmudovich – Namangan shahridagi 2523-“Avtojamlanma” aksiyadorlik jamiyatining yuk avtomashinasi haydovchisi
Isayev Shavkatulla Jo‘rayevich – “Suvsoz tresti” davlat unitar korxonasining Sergeli tumani boshqarmasi dispetcheri, Toshkent shahri 
Kaldibayev Torabek Duysenovich – “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining boshqarma boshlig‘i
Karimov Abdumavlon – Guliston tumanidagi “Yangilik” fermer xo‘jaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati
Qosimov Komiljon Qabulovich – “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi Paxtaobod tumani bo‘limi boshlig‘i, Andijon viloyati
Qirg‘izboyev Olimjon Hoshimovich – Toshloq tumanidagi “Qishloqxo‘jalikkimyo” sho‘ba korxonasining traktorchisi, Farg‘ona viloyati 
Koldomasov Yevgeniy Borisovich – “O‘zelektroapparat-Elektroщit” aksiyadorlik jamiyatining yig‘uv sexi boshlig‘i, Toshkent shahri
Komicheva Valentina Vasilyevna – “Ko‘prikqurilish tresti” davlat unitar korxonasining ko‘prik qurilish otradi armaturachisi, Toshkent shahri
Qoraboyev Ilhomjon Sulaymonqulovich – Dang‘ara tumanidagi 6-xo‘jalik hisobidagi avtokorxona haydovchisi, Farg‘ona viloyati
Kosimbetova Bibisanem Jumabayevna – Qorao‘zak tumanidagi “Qorako‘l” ovul fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Quvatov Aman Quvatovich – Respublika “Nuroniy” jamg‘armasining Do‘stlik tumani bo‘limi raisi, Jizzax viloyati
Qurbonov Ro‘zimurod Xo‘jamurodovich – Qorovulbozor tumanidagi “Qorovulbozor” shirkat xo‘jaligi bosh cho‘poni, Buxoro viloyati
Lapshin Yuriy Konstantinovich – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “TTZ-Alanga” sho‘ba korxonasining chilangari, Toshkent shahri
Mavlonov Ismoil Sulaymonovich – Buxoro shahridagi “Gulabiyon” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi
Mamadaliyev Umid Ahmadjonovich – Chirchiq shahridagi “O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ustasi, Toshkent viloyati
Mamatov Nuriddin Omonqulovich – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining bo‘lim mudiri
Mamedov Artik – “Surxondaryo-telekom” filialining “Uzun telekommunikatsiya” bog‘lanmasi elektrmexanigi, Surxondaryo viloyati
Mahkamov G‘ayrat O‘tkirovich – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining boshqarma boshlig‘i
Mahmudov Nurmat Ro‘zimatovich – Marg‘ilon shahridagi 6-“Mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘isht teruvchi ustasi, Farg‘ona viloyati
Mengaliyev Tirkesh Saparovich – Shumanay tumanidagi “Serdar” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mirgazyanov G‘ulomjon – “Mirzacho‘lgidrogeologiya” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh gidrogeologi, Sirdaryo viloyati
Mirzaboyev Mahamadjon Kenjayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining “O‘ztemiryo‘lmash-ta’mir” unitar korxonasi chilangari
Mirzaolimova Lolaxon Qodirovna – Yozyovon tumanidagi “Xonobod” qishloq fuqarolar yig‘ini pillachisi, Farg‘ona viloyati
Mirkomilov Normahamat Adahamovich – Xo‘jaobod tumanidagi 95-“Avtokorxona” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuk avtomashinasi haydovchisi, Andijon viloyati
Mo‘ydinov G‘ulomjon – To‘raqo‘rg‘on tumani elektr tarmoqlari korxonasining ustasi, Namangan viloyati
Murodov Azamat Jo‘raqulovich – G‘ijduvon tumanidagi “Toshrabot-Jilvon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ekskavatorchisi, Buxoro viloyati
Musayeva Muborak Sultonovna – Bo‘ka tumanidagi “Toshloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Toshkent viloyati
Nazarqulov Abduvali Abduvoitovich – “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik birlashmasining “Angren” ko‘mir koni ekskavator mashinisti
Nazarov Bozor – Sariosiyo tumanidagi “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi bosh o‘rmonchisi, Surxondaryo viloyati
Namozova Shohida Egamovna – Qarshi tumanidagi “Feruza” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Narzullayev Jo‘raboy Murotovich – Sirdaryo tumani kommunal foydalanish boshqarmasi ishchisi
Nasimov To‘ra Jo‘rayevich – “Foton” ochiq aksiyadorlik jamiyatining sex boshlig‘i, Toshkent shahri
Niyozova Zulfiya Abdualiyevna – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltinsoy birinchi kommunal” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi, Toshkent shahri
Normatov Odiljon Tumanovich – Yangiqo‘rg‘on tumani “Kommunal foydalanish” mas’uliyati cheklangan jamiyatining haydovchisi, Namangan viloyati
Nurillayev Madriim Rahimovich – “Mang‘it-Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ekskavatorchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Nurmatov Sharifjon Yigitaliyevich – Furqat tumanidagi “Ma’ruf” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Nurmetov Bog‘ibek Erkayevich – Hazorasp tumanidagi 93-“Avtokorxona” mas’uliyati cheklangan jamiyati chilangar-sozlovchisi, Xorazm viloyati 
Ollomov Yo‘ldosh – Gurlan tumanidagi “Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchisi, Xorazm viloyati
Omonova Odina – Oltinko‘l tumanidagi “Ayshaxonim” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Andijon viloyati
Orazbayev Ong‘arbay Qoshqarbayevich – “Qo‘ng‘irot soda zavodi” unitar korxonasi energotexnika sexi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ortiqov Isroil Eshmurotovich – Pskent tumanidagi “Istiqlol” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati 
Otajanov Jabbarbergan Madaminovich – Yangibozor tumanidagi “Yog‘du” xususiy ishlab chiqarish korxonasi direktori, Xorazm viloyati
Ochilov To‘xtapo‘lat Aslonovich – Navbahor tumanidagi “Sarmish” shirkat xo‘jaligi bosh cho‘poni, Navoiy viloyati
Po‘latov Nurulla Nurmuhamedovich – Yunusobod tumanidagi 8-“Avtobus saroyi” aksiyadorlik jamiyatining haydovchisi, Toshkent shahri
Razzoqov Abduqahhor Asqarovich – Beshariq tumanidagi “Beshariq” mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati “Magnum” haydov traktori operatori, Farg‘ona viloyati 
Rasulova Flora Abdullahadovna – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi boshqarmasi bosh mutaxassisi
Raupova Nilufar Haydarovna – G‘uzor tumanidagi “Batosh” qishloq fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qashqadaryo viloyati
Rahimov Shodmonali – Baliqchi tumanidagi “Olimbek” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati 
Ro‘ziyev Sharip Qo‘chqorovich – “Narpaygazta’minot” korxonasining gaz payvandlovchisi, Samarqand viloyati 
Sabirova Shukurjon Rajabovna – Shovot tumanidagi “Matsafayev Abduraxmon” pillachilik fermer xo‘jaligining pillachisi, Xorazm viloyati 
Saparov Nuritdin Qosimovich – “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati mis eritish zavodining metallurgiya sexi erituvchisi, Toshkent viloyati 
Saparov Hazratqul – Bulung‘ur tumanidagi “Quyosh” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati
Safarmatov Mirhamid Abdiqahorovich – “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyatining chilangari, Toshkent shahri
Safarov Baxtiyor Ahmedovich – Mirishkor tumanidagi “Safar ota” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Sidiqova Mavluda Nuftiyevna – Koson tumanidagi “Mamadiyev Yorqul bobo” xususiy korxonasi sex boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Skoloban Yevgeniy Vladimirovich – Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Avtomobil transporti boshqarmasi haydovchisi
Sobirov O‘lmas Aliqulovich – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i
Sotiboldiyev Rahmonali Olimovich – Namangan tumani “Mashina-traktor parki” aksiyadorlik jamiyatining kombayn operatori
Sulaymonova Sayyora Ilyashovna – Quyichirchiq tumanidagi “Al-Abdusalom” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, Toshkent viloyati
Sultonov Rustam Xursandovich – Urgut tumanidagi “Quyi Tegana quruvchi” xususiy korxonasi payvandlovchisi, Samarqand viloyati 
Tarasenko Vladimir Yuryevich – O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bo‘lim boshlig‘i
Tilavov Shukrullo Muhammadiyevich – Uchquduq tumanidagi “Uchquduq issiq non” xususiy korxonasi rahbari, Navoiy viloyati
Tilovov Juma Ermurotovich – Angor tumanidagi “Eshbo‘ri Bekmurodov” fermer xo‘jaligi suvchisi, Surxondaryo viloyati
Tog‘ayev G‘ulom Avilovich – “Janubsanoatmontaj” aksiyadorlik jamiyati117-montaj-qurilish boshqarmasining chilangar-montajchisi, Navoiy viloyati
Toirov Mardon Jo‘rayevich – Bo‘ka tumanidagi “Temur” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati 
Toshboltayeva Komilaxon Dolimovna – “Avtooyna” ochiq aksiyadorlik jamiyatining pech operatori, Farg‘ona viloyati
Tosheva Fozila Rahmatovna – Kogon tumanidagi “Sarayon” qishloq fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Buxoro viloyati
To‘yev Mamat Ermamatovich – Kogon shahridagi 17-yo‘l qurilishi mashinalari stansiyasining mashinisti, Buxoro viloyati
To‘ychiyev Qudratali Shokirjonovich – Oltiariq tumanidagi “Yuksalish saxovati” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
To‘raboyev Ravshan Abdurasulevich – “Toshkent lok-bo‘yoq zavodi” aksiyadorlik jamiyatining “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
To‘raqulova Ruxsoraoy Nashirovna – Nurota tumanidagi xususiy tadbirkor-kasanachi, Navoiy viloyati
To‘raxonov Abdurasul Valiyevich – “Toshkent qurilish mollari kombinati” aksiyadorlik jamiyatining chilangar-ta’mirchisi
Tursunov Mirvali Samikovich – Yakkasaroy tumanidagi “Damariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
Tursunov Nosirjon Husanovich – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zkabel” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish sexi presslovchisi, Toshkent shahri
Umarov Narzulla Usmonovich – Mirzacho‘l tumanidagi “Nargiza” parrandachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
O‘rinboyev Mutalib Ortiqovich – Farg‘ona viloyati “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasining muhandis-mexanigi
O‘rinova Oyistaxon Mamajonovna – Izboskan tumanidagi “Gulzor pari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
O‘runova Jamila Onarovna – “Sammaishiyservis” ishlab chiqarish korxonasining Ishtixon tumani bo‘limi zardo‘zi, Samarqand viloyati 
Usmonov Nizomiddin Zayniyevich – Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2518-“Avtokorxona” davlat unitar korxonasi misgari, Samarqand viloyati
Utemuratov Maxmut Matenovich – “Qoraqalpoqelektrtarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Chimboy filiali elektrmontyori
Fayzullayev Azim Sa’dullayevich – “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasining yo‘l xizmati katta ustasi
Habibullayev Salombek Po‘latovich – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining boshqarma boshlig‘i
Hayitov Erkin Tuymayevich – Xovos tumanidagi “Zarafshon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Haytbayev Urazimbat Kadirbayevich – “Urganchtransgaz” kompaniyasining Xo‘jayli tumanidagi 5-kompressor stansiyasi chilangari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Hakimov Safarali – Yakkabog‘ tumanidagi “Yakkabog‘-85” ochiq aksiyadorlik jamiyatining haydovchisi, Qashqadaryo viloyati
Hasanova Xosiyat Bekmurotovna – Karmana tumanidagi “Sevinch Feruz” pillachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati
Xudaybergenov Sharaf Qo‘chqorboyevich – “Qo‘ng‘irot soda zavodi” unitar korxonasiniing sex boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xo‘jayeva Karima Nuriddinovna – Denov tumanidagi “Farg‘ona” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati
Choriyev Bobonazar Shonazarovich – Jondor tumanidagi “Ollohnazar Shohnazar Bobonazar” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati
Sharipov Nurilla Ubaydullayevich – Uchtepa tumanidagi “Dianorg servis” xususiyuy-joy mulkdorlari shirkati ijrochi direktori, Toshkent shahri
Shegay Yekaterina Konstantinovna – “Suvmash” aksiyadorlik jamiyatining detallarni qadoqlash bo‘limi ishchisi, Toshkent shahri
Sherqo‘ziyev Rahmatjon Raimovich – Hamza tumanidagi 1-“Avtokorxona” aksiyadorlik jamiyatining avtobus haydovchisi, Toshkent shahri
Shoyzoqov Muhammadi Tovboyevich – Zarbdor tumanidagi “Suvoqava” ishlab chiqarish korxonasi chilangari, Jizzax viloyati
Ergashova Xaticha Isayevna – Sho‘rchi tumanidagi “Yalti” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Surxondaryo viloyati
Esanov Jamol To‘ychiyevich – Samarqand viloyati “Hunarmand” uyushmasi yog‘och o‘ymakori ustasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Esirgapov Quvondiq Ibrohimovich – Do‘stlik tumanidagi “Zarbuloq” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Esirgapov Yusup Tog‘ayevich – G‘allaorol magistral gaz quvurlari korxonasi yuk avtomashinasi haydovchisi, Jizzax viloyati
Yusupov Alisher Tursunovich – Hamza tumanidagi “Podyomnik” aksiyadorlik jamiyatining tokari, Toshkent shahri
Yusupov Zokir Bakirovich – Qo‘shrabot tumanidagi “Jonbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati
Yusupov Ismoil Qurbonboyevich – Yangiariq tumanidagi “G‘isht ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati suvoqchisi, Xorazm viloyati 
Qaniyazov Maxsetbay Torebayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining Qo‘ng‘irot temir yo‘l masofasi yo‘l ustasi
Qobilov G‘ulomjon Abdinazarovich – Shahrixon tumanidagi “Qalandar yulduzi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
Qodirov Bozor Raimovich – “G‘arbiy O‘zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasining bosh geologi, Buxoro viloyati
Qodirov Hafizxon – Kosonsoy tumanidagi “Kosonsoy jahon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
Qurbonov Mo‘min Jo‘rayevich – Oltinsoy tumanidagi “Bunyodkor qurilish” sho‘ba korxonasi brigada boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Quryozov Shonazar Yazilovich – Qo‘shko‘pir tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi muhandisi, Xorazm viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 26 avgust

"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, betakror iste’dodi, serqirra ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati bilan el – yurt o‘rtasida orttirgan obro‘ – e’tibori, fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sog‘liqni saqlash, sport va ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi»

Abdurahimova Feruza Ravshanovna – “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat kamer orkestri badiiy rahbari 

Nazirov Xurshid Abdullayevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniaturachi rassom

«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» 

Shirinov Temir – Samarqand davlat universiteti rektori 

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti»

Bekchanova Mehrijon G‘ulomovna – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori

Rajabov Avazxon Akbarovich – Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri opera solisti

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi»

Rahimov Abdimurot Abdiyevich – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman madaniyat uyi rahbari, baxshi 

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» 

Asqarov A’zamxo‘ja Ismatovich – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi maxsus jamg‘armasi raisi, badiiy kulolchilik va shisha bo‘yicha rassom

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» G‘aniyev Husan Vahobovich – “Ustozoda” xalq san’ati ustalari korxonasi yog‘och o‘ymakor ustasi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi»

Niyozov Soyibjon Navro‘zovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi “Maqom” ansambli xonandasi

Safarov Orol Abdumannonovich – Toshkent davlat madaniyat instituti katta o‘qituvchisi, hofiz

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» 

Abdulakova Matluba Abdullayevna – “Ofarin” zamonaviy raqs teatri baletmeysteri 

Jdanov Dmitriy Yuryevich – Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi davlat xor kapellasi badiiy rahbari va bosh dirijori

Ismiyaminova Dilnoza Mirzatillayevna – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Kunnazarov Sultan Shnibayevich – “Ayqulash juldizlari” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli balet artisti

Madaminov Qobiljon – Andijon viloyat yoshlar teatri aktyori

Mirodilova Qanoatxon – Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori

Rahimov Sanjar Mirahmedovich (Sardor Rahimxon) – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Turg‘unov Tohir Mirhosimovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi “Maqom” ansambli sozandasi

Usmonova Shaodat Isomiddinovna – Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatri aktyori

Xayriddinova Sayyora Mirsoatovna – Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri opera solisti

Soy Zoya Nikolayevna – Respublika musiqa kolleji o‘qituvchisi, estrada xonandasi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Kolemasov Aleksey Nikolayevich – Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining murabbiy – o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Kuzmetova Hulkar Yorbekovna – “Ma’rifat” gazetasi bo‘lim muharriri
Toshboyev Olim Shoyimovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali ijtimoiy – siyosiy va sotsial – iqtisodiy dasturlar muharririyati bosh muharriri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Odilov Jahonbek Jo‘rayevich – “O‘zbekiston” nashriyot – matbaa ijodiy uyi bosh rassomi

Azizov A’zamjon – Qo‘qon shahar musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi rejissori va rassomi

Jamolova Dildora Abduvahobovna – V.Uspenskiy nomidagi respublika maxsus musiqa akademik litseyi direktori 

Zabirova Fatima Galimovna – Guliston shahar Ko‘zi ojizlar madaniyat uyi direktori 

Madrahimov Alisher Arslonovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali “Musiqiy dasturlar” studiyasi rejissori 

Mahmudov Mavzur Mansurovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi multbirlashmasi postanovkachi – rejissori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” 

Markelov Vladimir Fedorovich – Navoiy viloyati, Navoiy shahar teri kasalliklari dispanseri bosh vrachi

Najmiddinova Dilbar Qamariddinovna – Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori 

Yo‘ldoshev Furqat Abdisodiqovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi anesteziologiya – reanimatsiya bo‘limi katta ilmiy xodimi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” 

Lebed Petr Leonidovich – Tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi

Ubaydullayev Ahmadjon Inoyatovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” 

Ergashev Akmal Anvarovich – Taekvondo VTF bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Nesterov Ignatiy Mixaylovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xalqimizning ilm – ziyo salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda ko‘p yillik jamoatchilik faoliyati uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan 

Salimov Olimjon – Respublika yosh tomoshabinlar teatri badiiy rahbari

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdullayev Abdurasul Mo‘minovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali perspektiv teleloyihalar studiyasi katta muharriri

Akbarxo‘jayev Ahror Akmalovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissori

Berdiyev Kamol Uzoqovich – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 28 – umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi

Zaripova Ro‘za – Xorazm viloyati onkologiya dispanseri vrach – ximioterapevti

Ziyodova Dilbar Abdurahmonovna – “O‘zbektelefilm” studiyasi badiiy filmlar va teleseriallar ijodiy ishlab chiqarish bo‘limi mudiri

Ismoilov Mahmud Husanovich – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

Qaimova Mukarram – Namangan viloyat bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi hamshirasi 

Luqmonov Vohid Habibullayevich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining mahalliy axborot tahririyati bosh muharriri 

Sodiqova Ma’mura G‘aniyevna – O‘zFA “Fan” nashriyoti yetakchi muharriri

Sarimsoqov Abdushukur Abduhalilovich – O‘zFA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 

Sirov Vladimir Nikolayevich – O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti laboratoriya mudiri 

Turg‘unova Mavluda Tojiboyevna – Andijon viloyati, Jalolquduq agrosanoat kasb – hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Uvatov Ubaydulla – Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori 

Hakimov Olimjon Esonovich – Oltiariq tumani hokimligining «Davr ovozi» gazetasi muharriri

Hamdamov Po‘lat – «Narodnoye slovo» gazetasining Namangan viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri

Shonazarov Erkinjon – Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi otorinolaringologiya (LOR) bo‘limi mudiri

Qudratov G‘afur Ochilovich – Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 47 – umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Asatova Muyassar – Toshkent viloyati, Bekobod shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri

Navro‘zova Shakar Istamovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti “Bolalar kasalliklari va neonatologiya” kafedrasi mudiri

Saparniyazova Ramiza Tolibayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumani “Qorao‘zak” qishloq vrachlik punkti mudirasi

Xolmurodov Muzaffar – Samarqand viloyati, Narpay tuman markaziy shifoxonasi bolalar bo‘limi mudiri

Yusupova Mahbuba Tursunovna – Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi 5 – maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi

Yurtimizda tinchlik – totuvlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda mehr – oqibat va bag‘rikenglik g‘oyalarini qaror toptirish borasidagi xizmatlari hamda ijtimoiy hayotning turli sohalarida qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan Vatanimiz obro‘ – e’tibori va shon – shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan 

Ablyayeva Reshide Reshatovna – Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 15 – umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘ qituvchisi

Bobojonova Dilbar Yo‘ldoshevna – «Uzbekistan Today» gazetasi muxbiri

Vishinskaya Yelena Viktorovna – Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi konsertmeysteri

Zaripova Karima Faxriddinovna – Respublika estrada – sirk kolleji direktori

Zoyirov Ilhom Bafoyevich – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi bosh muharriri

Karimboboyeva Shahnoza Usmonovna – Toshkent fotosuratlar uyi direktorii

Muhamedov Ne’matullo Asatullayevich – Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO” kafedrasi mudiri

Narimbetov Baxit Janabayevich – O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Rekk Mariya Grigoryevna – O‘zbekiston Respublikasi “Vidergeburt” nemis milliy madaniy markazi raisi

Satimov G‘afurjon – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tili grammatikasi va tarixi” kafedrasi professori

Tolkachyova Nina Yegorovna – Toshkent shahar 3 – sonli madaniyat uyi rahbari

Toshev Ismoil Ergashevich – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanidagi 14 – bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy – ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin: 

“Shuhrat” medali bilan 

Abdullayeva Zaynab Otaboyevna – “Ichan – qal’a” davlat muzey – qo‘riqxonasi ilmiy xodimi 

Abdurahmonova Mukarram Is’hoqovna – Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi mikroxirurgiya bo‘limi katta hamshirasi

Akbarov Bahrom Hasanovich – “O‘qituvchi” nashriyot – matbaa ijodiy uyi yetakchi muharriri

Akbarov G‘ayrat Qosimovich – Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanidagi 2 – bolalar musiqa va san’at maktabi direktori 

Akramova Feruza Akmalovna – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti

Ahrorova Sojida Xalilovna – “O‘zbekiston kinosan’ati muzeyi” fondi bo‘limi boshlig‘i

Boboqulova Latofatxon Abulxayevna “Ovozi tojik” gazetasining harf teruvchi operatori

Grigoryan Arevat Eduardovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” axborot dasturi muharririyati katta muharriri, boshlovchisi

Zoirova Zura Naimovna – Toshkent shahar Yakkasaroy yengil sanoat kasb – hunar kolleji direktori o‘rinbosari 

Izentayev Jarilkagan Jollibayevich – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi bosh direktori, rangtasvirchi rassom

Imongulova Lola Hoshimovna – Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidagi 1 – umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Mardonaqulova Sayyoraxon Meliqo‘ziyevna – Farg‘ona viloyati, Dang‘ara qishloq xo‘jaligi kasb – hunar kollejining fransuz tili fani o‘qituvchisi

Mirzayeva Gulnora Akramovna – Navoiy viloyat Navbahor tuman markaziy madaniyat uyi direktori

Muhammadjonova Feruza Hotamjonovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” teleradiokanali ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy dasturlar muharririyati bosh muharriri 

Norjigitova Bahriniso Egamqul qizi – «Guliston hayoti» gazetasi muharriri

Nishonov Hasan Mahmarayimovich – «Ishonch» va «Ishonch – Doveriye» gazetalari adabiy kotibi

Pardayev Turdali Ergashevich – Angren shahar Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazi ijodiyot bo‘limi uslubchisi

Rahimova Dilovar Baqoyevna – Buxoro viloyati, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi qishloq vrachlik punkti hamshirasi 

Svechnikova Anastasiya Vladimirovna – Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

Seytmuratova Qalligul – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus melioratsiya va suv xo‘jaligi kasb – hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Sultonova Muborakxon Abdurahmonovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Toshkent radioeshittirish uyi operatori

Tojiboyev Xurshid Ergashevich – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

To‘rayeva Ra’no Abdihalilovna – Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi “Savbog‘” qishloq vrachlik punkti mudirasi

Tursunov Qahramon Rajabovich – Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti

Fayzullayev Saidbahrom – Jizzax viloyati xalq ijodiyoti va madaniy – ma’rifiy ishlar ilmiy uslubiyat markazi bo‘lim mudiri

Hafizov Ildar Shavkatovich – Yunon – rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Soy Boris – “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi muqovalash sexi mashinisti

Chashemov Mansurbek Xolboyevich – Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Shamsiboyeva Sayyora Mamadaliyevna – Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi uslubiyat bo‘limi mudiri

Shekerova Mariya Aleksandrovna – Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Esonova Gulchehra Esonovna – Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi

Yo‘liboyeva Xolbuvi Jo‘rayevna – Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi jarrohlik bo‘limi hamshirasi

Yunusova Zulfiya Nosirovna – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Vatanparvar” gazetasi muxbiri

Yunusova Sohibaxon Rasuljonovna – Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi “Ipak yo‘li” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot vrachi

Qiyomov Ma’murjon Umirzoqovich – «Jamiyat» ijtimoiy – siyosiy gazetasi bo‘lim mudiri

Qurbonov Zoir Tohirovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali direktorining birinchi o‘rinbosari 

O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2009 yil 25 avgust
“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik qahramonona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

Ibrogimov Komil – “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish texnika bo‘limi smena boshlig‘i, Navoiy viloyati

Narziyev To‘ra Ikromovich – “Amu-Buxorokanalqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 4-ko‘chma mexanizatsiyalashgan jamlanma ekskavatorchisi, Buxoro viloyati

Tuychiyev Alim Ismailovich – “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasining elektrda po‘lat eritish sexi erituvchisi, Toshkent viloyati

*O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov*
Toshkent shahri, 2009 yil 25 avgust

“O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari kengashining 2009 yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun 
Birinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin: 
fan va texnika sohasida:
– Ashraf Ahmedovga – “X-XV asrlardagi ilmiy markazlarda faoliyat olib borgan O‘rta Osiyolik olimlar ilmiy merosining o‘rganilishi” (Bag‘dod, Xorazm Ma’mun akademiyalari, Samarqand ilmiy maktablari misolida) monografiyalar majmuasi uchun.
Ikkinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin: 
fan va texnika sohasida:
– To‘rabek Nugmanovich Dolimov, Vitaliy Ivanovich Troitskiyga “Evolyutsion geologiya” monografiyasi uchun;
adabiyot sohasida:
– Omon Sulaymonovich Muxtorov (Omon Muxtor)ga – “Navoiy va rassom 
Abulxayr” dilogiyasi uchun;
san’at va me’morchilik sohasi bo‘yicha: 
Abdiyev Olim Jabborovich, Rashidov Orif Olimovich, Rahmonov Abdusafixon Rafiqovichga – Istiqlol davrida Buxoro viloyatining me’morchiligida an’analar va badiiy merosni asrash amaliyoti bo‘yicha ishlar turkumi uchun. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri, 2009 yil 24 avgust

Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturini ijro etish hamda qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida:

1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurishning tajriba loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivi tanlab olindi;

2009-2010 yillarda 260,5 mlrd.so‘m, shu jumladan, 2009 yilda – 65,5 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq aholi punktlarida yakka tartibdagi uy-joy qurilishini kreditlash manbalari aniqlab olindi.

2. «Qishloq qurilish bank» OATBning namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko‘mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o‘z filialiga ega «Qishloq qurilish invest» ixtisoslashtirilgan sho‘ba injiniring kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:

uy-joy bozorini marketing jihatdan o‘rganish va buning asosida qurish massivlarini, barpo etiladigan uy-joylar, ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmalari tarkibi hamda tuzilmasini tanlab olish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

qishloq aholi punktlarida yakka tartibdagi yangi uy-joylar, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmalarini «tayyor holda topshirish» shartlarida buyurtmachi funksiyalarini shartnoma asosida bajarish, jumladan, moliyalashni tashkil etish va qurilishning borishi ustidan texnik nazorat o‘rnatish;

aholi buyurtmanomalariga muvofiq uy-joylar, shuningdek, namunaviy loyihalar bo‘yicha «tayyor holda topshirish» shartlarida ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish buyurtmalarini obyektlarni sifatli qurishni ta’minlab bera oladigan amaldagi va yangitdan tashkil etilayotgan pudratchi qurilish tashkilotlari o‘rtasida tanlov asosida joylashtirish; 

keyinchalik «Qishloq qurilish bank» OATB tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar hisobidan uzil-kesil hisob-kitob qilingan holda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan yakka tartibdagi uylarni aholiga berish, shuningdek, muhandislik infratuzilmasi, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ahamiyatdagi obyektlarni ekspluatatsiya tashkilotlariga topshirish.

3. Quyidagi tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

«Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy bozorini marketing jihatdan o‘rganish hamda aholining buyurtmanomalari asosida har yili 1 oktabrgacha mintaqalar doirasida quriladigan uy-joylar va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar hajmi, tarkibi va tuzilmasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan marketing jihatdan o‘rganish natijalari asosida 1 noyabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi va «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yer massivlari tanlab olinadi hamda keyinchalik ular namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurish uchun «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasiga topshiriladi;

aniq yer uchastkasi va namunaviy loyihani tanlagan yakka tartibda imorat quruvchi “tayyor holda topshirish” sharti bilan turar-joy binosini qurishda buyurtmachi vazifasini bajarishi uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi;

yakka tartibda imorat quruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida “tayyor holda topshirish” sharti bilan namunaviy loyiha bo‘yicha yakka tartibdagi turar-joy binosi qurilishi yuzasidan barcha ishlar kompleksini tashkil etadi;

qurilish yakunlangandan keyin va yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha turar-joy binosi qabul qilingandan so‘ng yakka tartibda imorat quruvchiga yer uchastkasini ajratish tuman (shahar) hokimining qarori bilan kimoshdi savdosi o‘tkazilmasdan umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk tarzida rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B.A.Xo‘jayev) «Qishloq qurilish bank» OATB, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. «Qishloq qurilish bank» OATB:

O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ixtisoslashtirilgan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda «Qishloq qurilish invest» kompaniyasining zarur moddiy-texnika bazasi yaratilishini nazarda tutgan holda uning ustav kapitalini shakllantirsin, shuningdek, kompaniyaning malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;

zarur hollarda, bank ustav jamg‘armasi mablag‘larini garov tariqasida qaytarish asosida ajratib berilishini nazarda tutgan holda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasini ushbu jamg‘arma mablag‘i hisobidan aylanma mablag‘lar bilan ta’minlasin.

5. Belgilansinki:

yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarida ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurilishi investorlar mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;

ijtimoiy infratuzilma obyektlari va tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishi mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

ixtisoslashtirilgan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi va uning mintaqaviy filiallariga zarur infratuzilmani tashkil etish uchun shartnoma asosida yer uchastkalarini ajratish tarzida yordam ko‘rsatsin;

O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurishga tasdiqlangan bosh reja asosida har yili qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin;

“Qishloq qurilish bank” OATB kreditlari hisobidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarida barpo etiladigan muhandislik infratuzilmasi va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarning ildam qurilishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi:

tanlanadigan yer massivlarining muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligi, ishga tushiriladigan uy-joy hamda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlarga bo‘lgan amaldagi talabning mavjudligi kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;

yakka tartibdagi uy-joy qurilishida qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsin.

8. Ixtisoslashtirilgan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi 2014 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliq to‘lovlaridan hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2007 yil 18 maydagi PF-3878-son Farmonining 4-bandi qishloq joylarda “Qishloq qurilish bank” OATB kreditlari hisobidan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda imorat quruvchilarga nisbatan tatbiq etilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga ajratilayotgan mablag‘lardan, shu jumladan, “Qishloq qurilish bank” OATBning imtiyozli kreditlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli ravishda tekshiruvlar olib borsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2009 yil 3 avgust

 
“Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada rag‘batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi banklarning tarkibiy bo‘linmalari sezilarli ravishda o‘zgartirildi hamda ularning funksiyalari kengaytirildi;
barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 oktabrdagi R-3075-sonli farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbarlar tayinlandi;
banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash bo‘yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit portfeli tarkibida bir yildan ko‘proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda.

2. Quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash;
loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash;
investitsiya loyihalarini moliyalashga o‘z moliya mablag‘larini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qo‘yilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash;
tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo‘linmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash.

3. 2015 yilning 1 yanvarigacha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra tijorat banklari kredit portfeli tarkibida 1-ilovaga muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘i to‘laydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

4. Tijorat banklariga korxona va tashkilotlar – yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish tavsiya etilsin.

5. Investitsiya loyihalarini moliyalash uchun Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan kreditlarni qayta moliyalovchi tijorat banklari boshqaruvi raislari zimmasiga loyihalar va qarz oluvchi korxonalarning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni ajratilgan foizlarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan tijorat banklari maqsadga nomuvofiq foydalangan holatlar aniqlangan taqdirda maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan barcha pul miqdori jarima sanksiyalari qo‘llangan holda muddatidan avval to‘lanadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari uyushmasi va tijorat banklarining, banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash uchun tijorat banklari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 2009-2010 yillarda yuridik shaxslar o‘rtasida kamida 110 mlrd. so‘m hajmda joylashtiriladigan uzoq muddatli obligatsiyalar chiqarish borasidagi taklifi qabul qilinsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining Markaziy bankdagi yuridik shaxslarning jalb etiladigan depozitlari bo‘yicha majburiy zaxiralari normalarining tabaqalashtirilgan stavkalarini quyidagi jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq etsin:
muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha – umumjoriy etilgan normalarning 80% miqdorida;
muddati 3 yildan ortiq depozitlar bo‘yicha – umumjoriy etilgan normalarning 70% miqdorida.

8. Quyidagilar:
tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslar besh yil muddatga soliqqa tortishdan;
tijorat banklari avval berilgan kreditlarni to‘lash hisobiga undirib olinadigan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 2009 yilning 1 sentabridan boshlab uch yil muddatga foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin.

9. Tijorat banklari tomonidan, jumladan, ishlab chiqarishni tashkil etish va yo‘lga qo‘yish hamda mahsulotlarni sotishda muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega boshqa investorlar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi R-4010-son farmoyishining 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 oktabrdagi R-3075-son farmoyishi bilan tuzilgan Tijorat banklari rahbarlari va investitsiya faoliyati masalalari bo‘yicha mas’ul bo‘lim boshliqlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (R.S.Azimov) muntazam ravishda, har ikki yilda bir marta tijorat banklari boshqaruvi raislari o‘rinbosarlarini va banklarning investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmalari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazishni ta’minlasin (xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va xususiy banklar bundan mustasno).

Tijorat banklari rahbarlari:
ikki oy muddatda investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi, moliyalovchi va amalga oshirilishini monitoring qiluvchi banklarning tarkibiy bo‘linmalarini samarali ish olib borish uchun zarur kompyuter texnikasi va uskunalar bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rsin;
investitsiya faoliyati masalalari uchun javobgar bank bo‘linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash ishlarini doimiy ravishda olib borsin;
investitsiya faoliyati masalalari bilan shug‘ullanuvchi bank xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mintaqalarda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kurslar va amaliy seminarlar tashkil etsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 28 iyul

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:
1. 2009 yilning 1 avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o‘rta hisobda 1,25 baravar oshirilsin.
2. 2009 yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi – oyiga 33 645 so‘m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 66 660 so‘m;
yagona tarif setkasi bo‘yicha boshlang‘ich (nulinchi) razrad – oyiga 33 645 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 66 660 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 40 375 so‘m miqdorida belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ish haqiga qo‘shiladigan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2009 yilning 1 avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.
5. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar respublika Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilsin.
6. Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2009 yilning 1 avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 22 oktabrdagi PF-4042-sonli Farmoni (7-bandi istisno qilingan holda) 2009 yilning 1 avgustidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 8 iyul

09.07.2009
 
“Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko'paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda yangi korxonalar barpo etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari kamayishini hamda tayyor mahsulot narxining arzonlashuvini ta’minlaydigan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish hisobiga sifatli devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish va shu asosda ichki bozorni shunday materiallar bilan to’ldirish, uy-joylar, ayniqsa, qishloq joylarda imorat qurayotgan aholining ortib borayotgan talab-ehtiyojini yanada to’liqroq qondirish maqsadida:
1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O’zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan manfaatdor idoralar va korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009-2011 yillarda pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi yangi zamonaviy quvvatlarni yaratish Dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish bo’yicha kompleks tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni tasdiqlasin, bu tadbirlar:
zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan, shu jumladan mini-texnologiyalar qo’llaniladigan devorbop materiallar ishlab chiqarish bo’yicha yangi quvvatlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
2010 yilning 1 yanvariga qadar muddatda pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar modernizatsiya qilinib, nostandart, tejamsiz pechlarning maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirilishini;
devorbop materiallarning muqobil turlarini qo’llanish, shu jumladan yig’ma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalardan foydalanish asosida ob’ektlar qurilishining yangi zamonaviy industrial texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlaydi.
2. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq:
2009 yilning 1 iyulidan boshlab 2012 yilning 1 yanvariga qadar bo’lgan davrda maxsus pechlar (aylanma, tunnelsimon va boshqalar)dan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi korxonalar barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamg’armalariga va Maktab ta’limi jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno);
2012 yilning 1 yanvaridan boshlab foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer bag’ridan foydalanganlik uchun soliqqa tortiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga pishgan g’isht ishlab chiqarganida yer bag’ridan foydalanganlik uchun soliq to’lash bo’yicha majburiyatlarni saqlab qolgan holda yagona soliq to’lovini to’lashga o’tish huquqi beriladi;
2010 yilning 1 yanvaridan boshlab nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek, belgilangan solishtirma sarf normalaridan ortiqcha hajmda tabiiy gazdan foydalanayotgan pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz amaldagi ulgurji narxda beriladi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo’mitasi tomonidan 2012 yilning 1 yanvariga qadar muddatda energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilgan pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga soddalashtirilgan tartib asosida xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish, g’ishtbop xomashyoni tajriba-sanoat va sanoat ko’lamida qazib olish maqsadida geologik jihatdan o’rganish uchun yer bag’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga litsenziya beriladi, bunda tegishli yer bag’ri uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlari belgilab qo’yiladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo’mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2009 yilning 1 iyuligacha bo’lgan muddatda pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qo’llanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.
4. “O’zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi:
bir oy muddatda mashinasozlik korxonalarida devorbop materiallar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy texnologik liniyalar va uskunalar tayyorlashni mahalliylashtirishga oid takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“O’zdavneftgazinspeksiya” va “O’ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2009 yilning 1 avgustiga qadar muddatda pishgan g’isht ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi normalarini hisob-kitob qilish metodikasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
ikki oy muddatda O’zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo’mitasi hamda loyiha institutlari bilan birgalikda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qo’llaniladigan turli quvvatdagi g’isht zavodlarining bir xildagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Yoqilg’i-energetika resurslarini tejash bo’yicha komissiya (Sh.M.Mirziyoyev) “O’zqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirgan holda g’isht korxonalarini modernizatsiya qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini tashkil qilsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga materiallarni taqdim etib tursin.
6. Tijorat banklariga pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirgan holda modernizatsiyani amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo’yicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
7. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g‘risida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 19 iyun

“O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasi (1944 yil dekabr) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Monreal Assambleyasining 2004 yildagi qarori (rezolyutsiyasi)ga muvofiq ushbu tashkilotga a’zo davlatlar 2010 yildan kechiktirmay egalarining shaxsiy biometrik parametrlari va belgilangan ma’lumotlari haqida elektron axborot jamlangan hamda yuqori himoya darajasiga ega fuqaro pasportlarining joriy etilishini ta’minlashi shart. 
Biometrik ma’lumotlarga ega pasportlar xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasi xavfsizligini ta’minlash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakilashtirishga qarshi himoya darajasini oshirish, Davlat chegarasidan o‘tishda shaxsni tezkor va aniq identifikatsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro aviatashishlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilmoqda. 
Hozirgacha dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tayyorlangan biometrik parametrli pasportlar joriy etilgan.
IKAO a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida aviatashishlar xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya texnikasining ishonchliligini va xalqaro bozordagi raqobatbardoshliligini oshirish, aviatransport xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash va boshqa tadbirlar borasida tizimli va izchil ish olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq va zamonaviy xalqaro andozalar hamda talablarni hisobga olgan holda milliy pasport tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining 2010 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda egalarining biometrik ma’lumotlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini (bundan buyon biometrik pasport deb yuritiladi) joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Aholining amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini biometrik pasportga bosqichma-bosqich almashtirish tartibi tasdiqlansin:
birinchi bosqich (2010 yil) – respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari xizmatchilariga, xorijga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga to‘lgan yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra pasport olayotgan fuqarolarga;
ikkinchi bosqich (2011-2015 yillar) – qonunchilikda belgilangan tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga.
3. Biometrik pasportlarni markazlashgan holda tayyorlash va ularning hisobini samarali yuritish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mazkur pasportlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat personallashtirish markazi (DPM) tashkil etilsin, markaz biometrik pasportlar blankalarini tayyorlovchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DIB) hududida joylashtirilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
pasport olish uchun murojaat etgan shaxslar bo‘yicha belgilangan ma’lumotlar va biometrik parametrlarni to‘plash, ushbu ma’lumotlarni DPMga yuborish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi TIVning xorijdagi konsullik muassasalariga yuklanadi;
fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish paytida pasportlarda ko‘rsatilgan biometrik parametrlarga binoan shaxsni identifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasi o‘rnatilgan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
bir oy ichida – Davlat personallashtirish markazi to‘g‘risidagi Nizomni;
ikki oy ichida – ushbu farmon talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni.
6. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat fuqarolarini biometrik pasportlar bilan ta’minlash tizimi samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida IIV, TIV, MXXning tegishli bo‘linmalarini 1 va 2 ilovalarga muvofiq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda DPMni “Davlat belgisi” DIB hududida joylashtirilishi va jihozlanishini, ajratilgan binoning kapital va joriy ta’mirlanishini, zarur tashkiliy texnika, ofis mebeli, aloqa vositalari va markazning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlasin. 
8. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda:
bir oy muddatda xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda va texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq DPMning ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasini shakllantirishga doir dastur ishlab chiqsin va uning 2009-2010 yillarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini biometrik pasportlar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkil etilayotgan tizimning samarali ishlashini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni izchillik asosida tashkil etsin.
9. Moliya va iqtisodiyot vazirliklari bir oy muddatda O‘zbekistonda biometrik pasportlarni joriy etish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish masalasini ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rnatilgan tartibda xorijiy davlatlar hukumatlarini, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va Xalqaro standartlashtirish tashkilotini O‘zbekistonda milliy pasport tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilsin.
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ushbu farmon talablarini hisobga olgan holda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritsin.
12. Ushbu farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri, 2009 yil 23 iyun
 
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Bugungi kunda mustaqillik biz uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyat bo‘lib, milliy o‘zligimiz, or-nomusimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan tobora mustahkam o‘rin egallamoqda.
Shu sababli ham xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz mustaqilligining har bir sanasini munosib kutib olish va nishonlash uchun doimo katta tayyorgarlik ko‘radi.
Bu borada shakllangan ijobiy an’analarni uzviy davom ettirgan holda, istiqlol yillarida el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilgan ulkan natijalarning mohiyati va ahamiyatini, qadr-qimmatini chuqur anglash, mamlakatimizda va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, bayram tadbirlarini xalqimiz xotirasida yorqin iz qoldiradigan yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika komissiyasi shu yilning 30 iyuniga qadar “Mustaqillik biz uchun – o‘zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining garovidir” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.
2. Ushbu dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin: 
Vatanimiz mustaqilligining o‘n sakkiz yilligini munosib kutib olish, tarixan qisqa bu davrning yosh davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot va ma’naviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘lganini chuqur ochib berishga xizmat qiladigan kompleks madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, o‘z qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish uchun keng imkoniyat yaratib berganini, har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etish, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etishning mustahkam zamini bo‘lib kelayotganini o‘tkaziladigan barcha tadbirlarning ma’no-mazmuniga chuqur singdirish;
mustaqillik yillarida boy tariximiz, betakror merosimiz, muqaddas dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangani, bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un bo‘lib yashash, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi hayotimizdan atroflicha o‘rin olayotganini keng targ‘ib etish;
xalqimizning xohish-irodasi bilan qat’iy tanlab olgan milliy taraqqiyot yo‘li asosida keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilayotgani, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlariga qaramay, iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari, aholining hayot va farovonlik darajasi barqaror saqlanib qolayotganini, mamlakatimizda kabul qilingan muhim ijtimoiy dasturlar, jumladan, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining ijobiy samaralarini har tomonlama ochib berish;
mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, yurtimizning qiyofasi tubdan o‘zgarib, shahar va qishloklarimiz yanada obod bo‘lib borayotganini aniq va ta’sirchan hayotiy misollar yordamida yoritib berish.
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etilgani hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalariga mustaqillik bayramining o‘n sakkiz yilligini munosib nishonlash uchun joylarda tegishli komissiyalar tuzish hamda respublika dasturida belgilab berilgan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish, bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, ko‘pqavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borishni ko‘zda tutadigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilsin.
Ushbu reja va dasturlarda belgilangan tadbirlarni rasmiyatchilik va balandparvozlik holatlariga yo‘l qo‘ymasdan, keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda, oddiy odamlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini ko‘taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan mazmun va shakllar asosida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilsin.
5. Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har qaysi hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin.
6. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan senarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaxshi qo‘shiqlar, musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin.
8. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oxirida mamlakatimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin.
9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar o‘rtasida “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda g‘oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.
10. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
11. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning o‘n sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2009 yil 19 iyun

"Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlanishini rag'batlantirishni kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta'minlash, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo'shimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasining 2009 yil 1 iyundan boshlab 1-ilovaga muvofiq kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha xizmat ko'rsatish tariflarini pasaytirish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi bilan kelishilgan holda, bir oy muddatda, bino maydoni o'lchamiga, uning necha qavatliligi, yer uchastkasi maydoni va unda obyektlar mavjudligiga qarab ishlarning har bir turi bo'yicha kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish xizmatlariga belgilangan tartibda qayd etilgan tariflarni tasdiqlasin.

2. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining 2009 yil 1 iyundan boshlab:
tadbirkorlik obyektlarining arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish qiymatini 2-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun boj haqini - eng kam ish haqi miqdorining 5 barobaridan 2 barobari miqdorigacha;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklarda hisobraqamlarini ochish uchun to'lovlarni - eng kam ish haqi miqdorining 1 barobaridan 0,5 barobari miqdorigacha, qishloq joylarda esa - eng kam ish haqining 0,1 barobari miqdorigacha pasaytirish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.

3. Belgilansinki, kichik korxona o'z uylarida ishlayotgan (kasanachilik bilan shug'ullanayotgan) fuqarolar bilan, qonun hujjatlarida belgilangan xodimlar sonining cheklangan normatividan ko'pi bilan 30 foiz oshgan miqdorda mehnat shartnomalari tuzganda, kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar mazkur korxona uchun saqlanib qoladi.

4. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi muntazam ravishda:
joylarda davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta'minlasin. Monitoring natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarni, aniq takliflar bilan birgalikda Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashiga har chorakda kiritib borsin;
joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini poymol etayotgan qarorlarini to'liq yoki qisman haqiqiy emas (noqonuniy) deb e'tirof etish to'g'risida, shuningdek, joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini cheklovchi qarorlar qabul qilgan mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish to'g'risida sudlarga da'vo arizalari kiritilishini ta'minlasin.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'n kun muddatda O'zbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta'minlasin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining

Toshkent shahri, 2009 yil 15 may

O'zbekiston Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga sharh

O'zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotning g'oyat muhim sohasi bo'lmish kichik biznesni rivojlantirishni rag'batlantirishga, xususiy tadbirkorlik huquqlarining kafolatlari va himoyasining kuchli tizimini yaratishga juda katta e'tibor berib kelinmoqda.

Buning boisi shuki, ijtimoiy yo'naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida kichik biznes nihoyatda muhim o'rin egallaydi. Eng avvalo, kichik biznes bozor konyunkturasi o'zgarishlariga tez moslasha olishga, iste'molchilarning talab-ehtiyojlari qanday o'zgarishiga qarab ish tuta bilishga qodirdir. Kichik biznes raqobatchilik muhitini shakllantiradiki, busiz bozor iqtisodiyotini tasavvur qilib bo'lmaydi. Ikkinchidan, kichik biznes yangi ish o'rinlari jadallik bilan barpo etilishini, aholining bandligi o'sishini va uning daromadlari oshib borishini ta'minlaydi. Uchinchidan, kichik biznes ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitishning muhim manbai hisoblanadi.

Respublikamizda kichik biznesning roli va ahamiyatini inobatga olgan holda, uni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha aniq-ravshan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib borilmoqda. Keyingi yillarda tadbirkorlik subyektlarini "bir darcha" orqali tezlik bilan davlat ro'yxatidan o'tkazish tizimi hamda bir necha turdagi soliqlarni to'lash o'rniga kichik biznesni yagona soliq to'lovi shaklidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari 2008 yilda 10 foizdan 8 foizgacha, 2009 yildan boshlab esa 7 foizgacha pasaytirildi.

Yangidan tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo'llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlash tizimi yaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo'yicha ixtisoslashtirilgan bank - "Mikrokreditbank" tashkil etildi. Kichik biznes subyektlarining aylanma mablag'larini to'ldirishga kredit berishning maksimal muddati 12 oydan 18 oygacha oshirildi. Tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash borasidagi huquqiy normalar mustahkamlandi, tadbirkorlik subyektlarining xo'jalik faoliyatiga nazorat qiluvchi idoralarning aralashuvini keskin qisqartirish choralari ko'rildi.

Qabul qilingan kafolatlar, imtiyoz va preferensiyalar kichik biznesning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratdi, buning natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 33,8 foizdan hozirgi vaqtdagi 48,2 fozigacha ko'paydi. Bugungi kunda jami band aholining 76 foizdan ko'prog'i mazkur sohada mehnat qilmoqda. O'tgan yilning o'zidagina kichik biznes sohasida 374 mingdan ko'proq yangi ish joylari yaratildi.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni kichik biznes, xususiy tadbirkorlik jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda eng samarali vosita, aholi bandligini ta'minlash, uning daromadlari oshib borishining g'oyat muhim omili hisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlanishini ta'minlash, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 maydagi "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1112-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda tadbirkorlik subyektlari uchun bir qator muhim qo'shimcha imtiyoz va preferensiyalar joriy etilishi nazarda tutiladi.

Bu avvalambor, 2009 yil 1 iyundan boshlab uy-joy binolari va inshootlarning o'lchov ishlarini o'tkazish, texnik inventarlashtirish, pasportlashtirish hamda baholash bo'yicha kadastr hujjatlarini ishlab chiqish, yashashga mo'ljallanmagan binolar va inshootlar kadastri uchun bino (inshoot)ni o'rganib chiqish, baholash hamda pasportini tuzish ishlarining tariflari ikki barobar pasaytirilishidir. Bundan tashqari, topografiya-geodeziya ishlari kompleksini amalga oshirish va kadastr xizmatlari tomonidan ko'rsatiladigan boshqa turdagi xizmatlar uchun tariflar 40 foizga pasaytirildi.

Obyekt qurilishi loyihasini ishlab chiqishda arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish qiymati tadbirkorlik subyektlari uchun ikki barobar, ya'ni eng kam ish haqining 20 barobaridan 10 barobari miqdorigacha pasaytirildi, muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish loyihasini ishlab chiqish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish to'lovlari butunlay bekor qilindi. Natijada, avval tadbirkor arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini tayyorlashga jami eng kam ish haqining 40 barobari miqdorida yoki 1,1 mln.so'mdan ko'proq to'lashi lozim bo'lsa, endilikda, qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq, ushbu summa 280400 so'mgacha, qishloq joylarda esa 140200 so'mgacha pasayadi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini o'tkazish qiymati eng kam ish haqining 10 barobaridan 3 barobarigacha yoki 3,3 barobarga pasaytirildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun to'lanadigan boj miqdori pasaytirildi. Banklarda hisobraqamlarini ochish to'lovlari kamaytirilib, 28040 so'mdan 14020 so'mga, qishloq joylarda esa 2804 so'mga tushirildi. Ekologik ekspertizani o'tkazish uchun to'lov haqi ancha sezilarli qisqartirildi, u atrof-muhitga zarar keltirish xavf-xatari darajasiga qarab tabaqalashtirilgan tartibda belgilanadi.

Kasanachilikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aholi bandligini ta'minlashning muhim ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Mazkur muhim masalani hal etishda kichik biznes ishtirokini kengaytirish maqsadida, qabul qilingan qarorda kichik korxonalarga o'z uylarida ishlayotgan kasanachilar bilan, qonun hujjatlarida belgilangan xodimlar sonining cheklangan normatividan ko'pi bilan 30 foiz oshgan miqdorda mehnat shartnomalari tuzish huquqi berilmoqda. Ayni vaqtda kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qolmoqda.

Qarorda respublika Bosh prokuraturasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasiga joylardagi davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va litsenziya beruvchi organlar tomonidan tadbirkorlik, ayniqsa kichik biznes subyektlarining qonuniy huquqlariga rioya etilishi, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish bilan bog'liq ruxsatnomalarni olishda, ushbu masalalarni hal qilishda byurokratik to'siqlarni vujudga keltirmaslik va sansalorliklarga yo'l qo'ymaslik ustidan qattiq nazoratni ta'minlash topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shubhasiz, kichik biznesni jadal rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish va yuritish, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g'oyat muhim, ustuvor vazifalarini hal etishdagi rolini oshirish uchun yana ham ko'proq qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать