Qo'shtepa
Qo'shtepa tuman hokimligining rasmiy web sayti
Qo'shtepa tuman hokimi va o`rinbosarlarining qabul kunlari
| F.I.Sh. |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
Jumanov Bahromjon Azimovich
|
Tuman hokimi |
Haftaning har seshanba kuni |
| Adhamov Azizbek Madaminovich |
Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, obodonlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari v.b. |
Haftaning har chorshanba kun |
| Vakant |
Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari |
Haftaning har payshanba kuni |
| Muydinova Muhabbatxon Ahmadjonovna |
Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi |
Haftaning har juma kuni |
Qo'shtepa tuman hokimligi manzili: Farg`ona viloyati Langar qishlog`i Sh.Rashidov ko`chasi 3-5 uy 151000 Ishonch telefoni: 8 (373) 425-16-74

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot Tuman 1952 yilda tashkil topgan. Tuman markazi - Langar qishlog`i.
2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot. Tuman Farg`ona viloyatining shimoliy-sharqida joylashgan bo`lib, Toshloq, Yozyovon, Oltiariq tumanlari va Marg`ilon shahri bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 370 kv.km ni tashkil qiladi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Tumanning 75 aholi yashash bo`limlarida 148,7 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 63,2 ming kishi (42,5%) ni va qishloqda 85,5 ming kishi (57,5%) ni tashkil qiladi. Aholining 92,4% ni o`zbeklar, 0,7% ni tojiklar, 6,7% ni qirg`izlar va boshqa millat tashkil qiladi.
4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni. Tumanda 1 ta yirik sanoat korxonasi "Marg`ilon mexanika ta'mirlash" MChJ faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari 1 ta qo`shma korxona O`zbek-Vetnam "Imkon Seri" QK ro`yxatga olingan.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. Tumanda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 3076 ta.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari. Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 1802 ta, shundan 1339 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 27,9 ga).
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari. Tumanda 31287 ta o`quvchiga mo`ljallangan 49 ta o`rta umumta'lim maktablari, 3271 ta talaba mo`ljallangan 6 ta kasb-hunar kollejlari mavjud. Bundan tashqari 415 ta bemorga mo`ljallangan 2 ta kasalxona, 22 shifoxona va 16 ta qishloq vrachlik bo`limlari tashkil qilindi.
|