Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR


Tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi to’g’risidagi guvohnoma

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida:

Tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi to’g’risidagi guvohnoma.

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar

Tashkilot:

Farg'ona viloyati hokimligi

Bog`lanish:

Farg`ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:

Reklama joyini olish va reklama konstruktsiyasini joylashtirish istagini bildirgan arizachi ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagi malumotlar ko’rsatilshi kerak:

  -arizadan maqsad;

  -konstruktsiya turi va uning o’lchamlari;

  -arizadagi reklama joyining mavjud ob’ektlarga bog’liq holda aniq manzili;

  -arizachining imzosi va muhri;

  -reklama joyining chizmasi;

   o’rnatilishi mo’ljallanayotgan konstruktsiyaning izometriyada old tomondan, yon tomondan, tepadan ko’rinishlari aks etgan hamda konstruktsiya barcha elementlarining o’lchamlari, turi, konstruktsiyaning umumiy og’irligi ko’rsatilgan texnikaviy chizmasi;

  -shamol bosimi talablariga muvofiqligi to’g’risida masul shaxslar tomonidan bajarilib, imzolangan hamda tashkilotning muhri bilan  tasdiqlangan kafolat majburiyatlari;

  -zarur bo’lsa, reklama konstruktsiyasini o’rnatilishi mo’ljallangan mulk egalari, shuningdek reklama konstruktsiyasini o’rnatish  mo’ljallanayotgan hudud egalari bilan kelishuv.

Axborot ko’rsatkichini o’rnatish istagini bildirgan arizachi ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagi malumotlar ko’rsatilishi lozim:-arizadan maqsad;

  -axborot ko’rsatkichining o’lchamlari;

  -axborot ko’rsatkichi o’rnatiladigan manzili va mo’ljali;

  -ko’rsatkichdagi matn va joylashtirish muddati;

  -arizachining imzosi va muhri.

Arizaga majburiy tartibda quyidagi hujjatlar majmuasi ilova qilinadi:

  -axborot ko’rsatkichi o’rnatiladigan joyining chizmasi;

  -rahbar tomonidan tasdiqlangan va muhri bilan shahodatlangan, konstruktsiyaning aniq o’lchamlari va rangli tasviri ko’rsatilgan axboro  ko’rsatkichi konstruktsiyasining eskizi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:

Yuklab olish uchun manba:


Xizmat narxi va to`lash tartibi:

Ko’rsatilayotgan reklamaning mazmuni, reklama tashuvchisining turi, joylashtirilayotgan reklamaning egallash hududiga bog’liq holda shaxar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Kengash qaroriga ko’ra.

Xizmatni ko`rsatish muddati:

40 ish kunigacha.

Natijani olish usullari:

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi:

Tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi to’g’risidagi guvohnoma berilishi

Rad etish sabablari:

Tegishli hujjatlar taqdim etilmagan va qo’yilmagan talablarga javob bermagan hollarda, jumladan:

  • Qayd etilgan bacha hujjatlar to’liq bo’lmaganda;
  • Arizachi talab etilgan qonun-qoidalarga rozi bo’lmaganda;
  • Talab etilgan formalar noto’g’ri to’ldirilganda.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Litsenziyalanuvchi organ mansabdor shaxsning hatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.