Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘onada hukumatlararo komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi

×

 2018-02-25 14:25:29    239

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘onada O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning hukumat a’zolari, tegishli vazirlik, qo‘mita rahbarlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yangi bosqichga chiqayotganini alohida ta’kidladi. 

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan. Ikki davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e’tibor xalqlarimiz tub manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha kompleks masalalarini yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda. 

Bugungi kunda tovar almashish hajmi o‘smoqda, iqtisodiyotning turli sohalaridagi hamkorlik miqyosi kengaymoqda. Ikki mamlakatning yetakchi korxona va ishbilarmon doiralari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilgan sanoat ko‘rgazmalari va biznes forumlar o‘tkazildi va bu ishlar davom etmoqda. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan madaniy-gumanitar sohada ham hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda. 

Mazkur komissiyaning majlisi amaliy ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari tomonidan bir qator hujjatlar tayyorlandi. 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonnoma imzolandi. 


M. Sulaymonov O‘zA 

manba: O`zA

foto: kun.uz