Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

×

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Uchko‘prik limonlari ichki bozorni ta’minlab, xorijga eksport ham qilinmoqda

×

 2018-03-03 11:20:10    380

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumanining markazdan o‘n besh chaqirim olisda joylashgan Tojik MFYning Mullazoir qishlog‘i ahli tomorqada sitrus meva – limon etishtirish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratgani e’tiborga sazovordir. Hozirgi kunda hududdagi 2050 ta xonadonda 8250 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisiga tomorqa sifatida ajratilgan 150 gektar erning 90 foizida issiqxonalar tashkil etilgan.

Qishloqda aholi tomorqalarida limon parvarishlash maqsadida bundan o‘n besh-yigirma yillar oldin tajriba sifatida boshlangan ishlar bugun keng quloch yozdi. Mullazoirda limonchilik jadal rivojlanib, shuning barobarida limon ko‘chatlari etishtirish, kimyoviy va mahalliy o‘g‘itlar bilan ishlash, ichki bozorda sotish va xorijga eksport qilish sohasida ulkan yutuqlarga erishilyapti.

Limonni qish mavsumida ham bir maromda saqlash maqsadida ikki nafar mahalliy tadbirkorlar tashabbusi bilan 1 ming 700 tonna sig‘imga ega zamonaviy muzlatgichli omborxona barpo etildi. Hozirda kuniga 20-30 tonna, bir yilda o‘rtacha 1000 tonnadan ziyod limon Rossiyaning turli hududlariga eksport qilinishi ta’minlanyapti.

G‘affor Umarov qishloqning eng mirishkor oilasi sohibi, limon etishtirish borasida katta tajribaga ega usta dehqon hisoblanadi. Hamqishloqlari singari uning xonadonidagi termos usulida isitiladigan 5 sotixli kamxarj issiqxonasida yiliga o‘rtacha 2,5-2,8 tonna limon olinadi. Bugun bozordagi eng arzon narxda ham bu 20 million so‘mni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda G‘affor Umarovning mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan ishlov berish, limon ko‘chatlari etishtirib sotish bo‘yicha ham qo‘shimcha daromadi bor. Ayni kunlarda ushbu oila a’zolari 50 ming tup limon ko‘chatini sotishga tayyorlab qo‘yishgan. Agar ehtiyoj bo‘lsa, G‘affor Umarov ko‘chatni joyiga olib borib ekib berish va dastlabki yillarda belgilangan me’yor bo‘yicha parvarishlash borasida ham amaliy maslahatlarini berib borishi mumkin.

Mirishkor dehqonlarimizning hayotiy tajribalari asosida qurilgan issiqxonalarni isitish uchun tabiiy gaz yoki elektr energiyasi, o‘tin-ko‘mirga ehtiyoj sezilmaydi,-deydi Tojik MFY raisi Elbek Saidumarov. – Termos usuli deb nomlanadigan mazkur holatda issiqxona asosan mahalliy o‘g‘itlar yordamida isitiladi. Bu ham kam xarajat qilib, ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lish borasidagi sa’y-harakatlarning amaldagi yana bir samarasidir.

Bugungi kunda tabiati so‘lim, dehqonchilik qilish uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan Sariqo‘rg‘on hududidagi Tojik va Qirg‘iz MFYlarda tomorqadan unumli foydalanish borasida quvonarli yutuqlarga erishilayotgani bejiz emas. Boisi keyingi yillarda ushbu maskanda yashovchi Mullazoir, Imomboqi, Suyunchol singari qishloqlar ahli erdan omilkorlik bilan foydalanish, bu borada yangi-yangi an’analarni joriy etish sohasida hamisha izlanishdan charchamaydi. Zamon bilan hamnafaslik bu hududda yashovchilarning turmush tarzi, hayotga bo‘lgan munosabatini tobora o‘zgartirib, oilalardagi farovonlik tobora yaxshi tomonga o‘zgarishini ta’minlamoqda.

Har yili Tojik MFY bo‘yicha kamida 50-60 ta o‘zimizda ishlab chiqarilgan shinam avtomashinalar sotib olinadi,-deydi limonchilik ilmi bo‘yicha katta hayotiy tajribaga ega G‘affor Umarov. – Hozirgi kunda qishlog‘imizdagi 90 foiz oilada engil avtomashinalar bor. Tomorqadan samarali foydalanish hisobiga mullazoriliklar barcha orzu-havaslarini ro‘yobga chiqarmoqdalar.

Darhaqiqat, Sariqo‘rg‘on hududidagi obodlik va farovonlik bir qarashdayoq yaqqol namoyon bo‘ladi. Zamonaviy shaharsozlik me’morchiligi an’analari asosida qad rostlayotgan savdo va umumiy ovqatlanish majmualari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari havasingizni keltiradi. Bu maskanning sarxil meva-sabzavotlari, shirin suviga qonib pishadigan gurunchi juda ham xaridorgir. Qishloq bozorida hudud fermerlari, tomorqachilar tomonidan etishtirilgan mahsulotlar arzon narxlarda sotiladi. Shu sababli Sariqo‘rg‘on bozori Qo‘qon hududi tumanlarida juda ham mashhur.

Bu maskanni mashhur qilgan yana bir jihati – bahavo dam olish maskanlari hisoblanadi. Erta ko‘klamdan boshlab kech kuzgacha ushbu joylar hamisha yurtimizning turli hududlaridan keluvchi mehmonlar bilan gavjum bo‘ladi. SHu bois ichki turizmni rivojlantirish borasida Sariqo‘rg‘onda juda katta imkoniyat mavjud. Aynan tomorqadan foydalanishdagi omilkorlik, dehqonchilik madaniyati bu erda turizmni istiqbolli tarmog‘i – agroturizmni rivojlantirishda juda ham qo‘l keladi.      

  


 

Botir MADIYOROV.

Suratlarni Sherzod QORABOEV olgan.