Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zbekiston –Koreya: Hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi

 2018-03-11 22:54:03    392

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikki davlat o‘rtasidagi  iqtisodiy, savdo va madaniy sherikchilik munosabatlari tobora yaxshilanib bormoqda. Farg‘onaga Koreya ishbilarmonlari vakillari tashrif buyurdi.

Janubiy Koreya Respublikasidan viloyatimizga kelgan katta delegatsiya a’zolari Farg‘ona xalqaro aeroportida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev boshchiligida karnay-surnay sadolari ostida, milliy udumlarimizga ko‘ra non-tuz bilan kutib olindilar.

Erkin iqtisodiy zonalarini tuzish va rivojlantirishning dunyo tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Koreya Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etishning turli bosqichlarini boshdan kechirgan va keyinchalik bu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatga erishgan. Erkin iqtisodiy zona xorij ishbilarmonlari uchun ham keng imkoniyatlar maydonidir.

“Qo‘qon”  erkin iqtisodiy zonasida bo‘lgan mehmonlarga o‘tgan yilning aprelidan faoliyat boshlangani, 3 hududdan iborat er maydonlari, bosh reja, bu erdagi xalqaro logistika haqida ma’lumotlar berildi.

Erkin iqtisodiy zonaga yaqin 6 ta tuman, 1 ta shahardan 10 kilometr radiusda 35 mingdan ziyod ishchi kuchi borligi, Farg‘ona Politexnika instituti bilan hamkorlik va 2 ta kollejda iqtisodiy zona uchun maxsus mutaxassislar tayyorlanayotganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, koreyalik ishbilarmonlar doirasi vaqillari “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga qiziqish bildirayotgan boshqa xorijiy korxonalar, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar to‘g‘risida ham axborot oldilar.

–Ma’muriy Kengash tomonidan 43 ta loyihaga ijobiy xulosalar berildi, – deydi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish sho‘‘ba boshlig‘i Sohibjon Mamatov. – Investitsiya loyihalarimizdan 11 tasi chet el ishtirokidagi korxonalardir. “Evergreen Motors Group” kompaniyasi kabi yirik koreyalik ishbilarmonlar tomonidan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonagasiga qiziquvchilar ko‘p bo‘lmoqda. Muzokaralar olib borilib, koreyalik va farg‘onalik tadbirkorlar o‘ratsida turli loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.

 Mehmonlar Qo‘qon shahrida 2011 yilning avgustidan faoliyat olib borayotgan, yiliga 37 ming tonna paxtani qayta ishlaydigan “Indorama Kokand testil” qo‘shma korxonasida ham bo‘ldilar. Bu erda qo‘shma korxona faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. 200 nafar ishchi bilan ish boshlagan mazkur korxonada bugun 1200 ta ishchi o‘rni yaratilgan. Mahsulotning 90 foizi eksportga yo‘naltirilgan.

 Koreyaliklar korxonaning eksport geografiyasi, ish jarayoni, xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 Biz asosan paxtadan matras ko‘rpachalar ishlab chiqaramiz, – deydi “YULDUZ INTERNATIONAL CO.LTD” kompaniyasi  direktori, koreyalik ishbilarmon Li Byong Ryong. – Farg‘onada jins shim, trikotaj kiyim-boshlar ishlab chiqarmoqchimiz. Boshlanishiga 150-200 tagacha ish o‘rni yaratmoqchimiz. Joriy yilning ikkinchi yarmida korxona faoliyat boshlaydi, hozir qurilish ishlari davom etmoqda.

Qo‘qon shahridagi “O‘zbegim” majmuasida nufuzli mehmonlarga bayram dasturxoni yozildi. Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan turli tillarda qo‘shiqlar aytildi, koreys va o‘zbek raqslari ijro etildi.

***

Tashrifning ikkinchi kuni viloyat Tadbirkorlar markazida  Farg‘ona viloyati tadbirkorlari va janubiy Koreya Respublikasi biznesmenlari ishtirokidagi O‘zbek-Koreya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Biznes forum oldidan mehmonlar milliy hunarmandchilik namunalari bilan tanishdilar. Ayniqsa, ularga rishtonlik kulol G‘anijon Eliboevning ko‘z o‘ngilarida yasayotgan sopol mahsulotlari ma’qul keldi.

Do‘stlik forumida viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G‘aniev qatnashchilarni qutlab, Farg‘onada Koreya davlati investitsiyalari asosida tashkil qilingan 18 tadan ortiq qo‘shma korxonalar borligi, xorijlik hamkorlarga katta imkoniyatlar va preferensiyalar yaratib berilganligini aytib o‘tdi.

Bu esa o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi, – dedi viloyat rahbari. –Farg‘ona viloyati bilan Koreya Respublikasidagi tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik  natijasida 2017 yilda  tashqi savdo aylanmasi 79 million AQSH dollarini tashkil qildi. Do‘stligimiz ramzi sifatida Qo‘qonda koreys bog‘i tashkil etilmoqda. 500 nafardan oriq farg‘onalik tadbirkorlar ishtirok etayotgan mazkur biznes forumda imzolanadigan shartnomalar, yanada mustahkam bo‘lgan bu hamkorlik har ikki davlat uchun manfaatli bo‘ladi degan umiddamiz.

Delegatsiya vakili, Koreya Respublikasi mehnat vazirligidan Kim Yon Say so‘z olib, iliq mehmondo‘stlik va hamkorlik uchun viloyat hokimiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Forumda koreyalik ishbilarmonlarga Farg‘onaning investitsion muhiti, imkoniyat va sharoitlar haqida slaydlar namoyish qilindi.

O‘z navbatida xorij kompaniyalari, korxonalari vakillari o‘z mahsulotlari, ishlab chiqarish salohiyati to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazdilar.

Shundan so‘ng viloyat hokimligida koreys biznesmenlarini Shuhrat G‘aniev qabul qildi. Ishbilarmonlar Farg‘onada amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalari haqida viloyat rahbariga axborot berdilar.

Farg‘onada koreys tili va turli hunarlar o‘rgatiladigan maktab ochish, tibbiyotdagi hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish, viloyat markazida ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga oid takliflar ma’qullandi va memorandumlar imzolandi.

 Tashrif dasturi doirasida mehmonlar Farg‘ona shahridagi “UzSungwoo” korxonasi bilan ham tanishdilar.

Tashqi bozorda talab katta bo‘lgan, importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy, mahalliy investitsiyalarni jalb qilish erkin iqtisodiy zonalarning asosiy vazifasi, yo‘nalishlaridan biri ekan, Koreya va Farg‘onaning hamkorligi faqat taraqqiyotga xizmat qiladi.

 

Sohiba ABDURAHMONOVA.