Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Byudjetdan Tashqari Pensiya Jamg’armasi Farg’ona viloyat boshqarmasi

 2017-04-17 18:10:06    73

PDF yuklash
Chop etish


 Raxbar:  Xamdamov Xakimjon Mamatqulovich

     Qabul kunlari   Seshanba14:00-17:00

     Tel:   0 (373) 226-35-26

     Faxnomeri:   0 (373) 226-35-26

      Ishonch tel:  0 (373) 226-35-26

     Manzil:   Farg’ona sh, Farobiy ko’chasi,№ 68-uy

     Elektron pochta manzili:     

     E-xat manzili:    farbtpj@exat.uz

     Web sayt manzili:    www.pfru.uz

    

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYAVAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYAJAMG’ARMASI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASHHAQIDAO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLARMAHKAMASINING QARORI

19.02.2010 y. № 30

Jamg’arma tizimiga:

Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari;

Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari;

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi;

bosh, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari kiradi.

Jamg’arma ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo’limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari va funktsiyalari hisoblanadi:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to’lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;

pensiyalar va boshqa to’lovlarni to’liq hajmda moliyalashtirish va to’lanishini tashkil etish, ular bo’yicha hisob va hisobotni yuritish;

tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy tahlilini o’tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;

mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to’langan mablag’larni da’volar bo’yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;

tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etish.

Jamg’arma o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) Jamg’armaning daromadlari bo’yicha:

Jamg’arma mablag’lari bo’yicha majburiy to’lovlar, badallardan mablag’larni hamda boshqa to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligidagi (keyingi o’rinlarda G’aznachilik deb yuritiladi) hisob raqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarga xarajatlarni moliyalashtirishni ta’minlaydi;

har yili manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamg’arma daromadlari tushumlar prognozini ishlab chiqadi;

davlat ijtimoiy sug’urtasi tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining o’rtacha va uzoq muddatli prognozlarini tayyorlaydi;

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to’langan mablag’larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress da’volar bo’yicha belgilangan tartibda undirib oladi;

badallar va boshqa to’lovlar tushishi hisobini olib boradi, shuningdek yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning hamda dehqon xo’jaliklari a’zolarining mehnat daftarchalarini belgilangan tartibda yuritadi va saqlaydi;

b) pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash hamda qayta hisoblab chiqish bo’yicha:

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va qayta hisoblab chiqish uchun zarur bo’lgan taqdimnomalar, arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi;

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi, ko’rib chiqadi va tekshiradi;

Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlarida pensiyalar tayinlash bo’yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etadi;

zarur tarzda rasmiylashtirgan hujjatlarga muvofiq va pensiyalar tayinlash bo’yicha komissiyalar qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalarni tayinlaydi va ularni qayta hisoblab chiqadi;

pensionerlarning pensiya ishlarini va ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslarning ishlarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, pensionerlarga pensiya guvohnomalari beradi;

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan taqdim etilgan pensiyalar, Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar olish huquqini beradigan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi;

v) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarga xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha:

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni hisoblab chiqish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradi, ishlamaydigan pensionerlarga aloqa tashkilotlari va banklar orqali, ishlaydigan pensionerlarga esa - tashkilotlar orqali pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to’lash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi;

aloqa tashkilotlari, banklar tomonidan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarning o’z vaqtida va to’g’ri etkazib berilishi hamda to’lanishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarga, shuningdek dehqon xo’jaliklari a’zolariga - ular tomonidan ijtimoiy sug’urta bo’yicha badallar to’langan taqdirda, chaqaloq tug’ilganda beriladigan nafaqalar hamda dafn marosimi nafaqalarini hisoblaydi va to’laydi;

tashkilotlarning ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lov, Chernobil halokati oqibatida zarar ko’rgan fuqarolarga kompensatsiya to’lovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi;

g) fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog’liq boshqa masalalar bo’yicha:

ommaviy axborot vositalari yordamida respublika aholisini fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo’yicha xabardor qiladi;

belgilangan tartibda tayinlangan shaxsiy pensiyalar to’lanishini tashkil etadi;

imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlar ro’yxatlarini qo’llash masalalari bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi, imtiyozli pensiyalarni takomillashtirish va tartibga solish bo’yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi;

fuqarolarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko’rib chiqadi, fuqarolarni qabul qiladi;

"O’zbekiston pochtasi" ochiq aktsiyadorlik jamiyati va O’zbekiston Respublikasi Xalq bankining bo’linmalarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari hamda boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishi monitoringini olib boradi va tekshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo’yicha zamonaviy nazariy ishlanmalarni va xorijiy tajribani o’rganadi;

Jamg’armaning mablag’larini oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash to’g’risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi;

pensiya ta’minoti masalalari bo’yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha qonun hujjatlarini qo’llash amaliyotini umumlashtiradi;

pensiya ta’minoti masalalari va Jamg’armaning vakolatiga tegishli bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

d) Jamg’armaning vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo’yicha:

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, bosh, tumanlararo, tuman, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha e’tiroz-da’vo ishlari olib borilishini tashkil etadi va amalga oshiradi.

Jamg’arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

a) majburiy to’lovlar va badallar:

belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari;

alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug’urta badallari;

fuqarolarning sug’urta badallari;

jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug’urta badallari;

majburiy ajratmalar;

b) boshqa to’lovlar:

Jamg’arma mablag’lari:

a) ishlamaydigan fuqarolarga:

davlat pensiyalarining barcha turlari;

dafn marosimi uchun nafaqalar;

davlat pensiya ta’minotiga huquqi bo’lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar;

qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash uchun;

b) ishlaydigan fuqarolarga:

davlat pensiyalarining barcha turlari;

dafn marosimi uchun nafaqalar;

16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar;

qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar uchun sarflanadi.

Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Jamg’arma xarajatlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda:

joriy to’lov oyining 15-kunigacha - o’tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;

joriy to’lov oyining 27-kunigacha - amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.