Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

«Farg'onaazot» aktsiyadorlik jamiyati

 2017-04-17 18:12:42    172

PDF yuklash
Chop etish


Raxbar: Solijonov Abdupatto Tulanovich
Qabul kunlari: Haftaning hardushanba kunlari soat  9:00 dan soat 12:00 gacha
Tel.: 242 – 59 - 95
Faks: 241 – 04 - 31
Ishonch telefoni: 242 – 59 - 95
Manzil150108, Fargona sh., Sanoat k-si 222.
E-mailinfo@azot.uz
Web-manzilwww.azot.uz
 
Jamiyat Boshkqaruvining tarkibi.
 
             Jamiyat Boshqaruvi– Aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishida tasdiqlangan Jamiyat Bosh Direktori tomonidan tashkil etiladi.
             Jamiyat Boshqaruvitarkibiga Bosh Direktor boshchiligida 15 (o’n besh) kishi  kiradi va uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga Jamiyat Bosh Direktorii tomonidan tayinlanadi.
             Jamiyat Boshqaruvi a’zolari bir vaqtning  o’zida Kuzatuv kengashining va Taftish komissiyasining  a’zosi  bo’lishlari mumkin  emas.
             Jamiyat Boshqaruv  tarkibi Jamiyat Bosh Direktorining taklifi bilan o’zgartirilishi mumkun, ammo a’zolarining soni to’liq bulishi  kerak.
 
Jamiyat Boshqaruvi vazifalari.
 
Jamiyat Boshqaruvi vazifalarigaJamiyat joriy faoliyatini boshqarishning barcha masalalari (aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi yoki Kuzatuv kengashining alohida vakolatlariga kiritilgan masalardan tashqari) kiradi.
                     - Asosiy vositalarni eskirish oqibatida, to’liq boshlang’ich narxi tugaganda, foydalanish muddati o’tganda, qayta foydalanish mumkin bo’lmagan va moral eskirgan (moralnoe ustarenie) hollarda, amaldagi qonunda va normativ hujjatlarga asoslanib ro’yxatdan chiqarish;
                   - Jamiyat Nizom fondi umumiy xajmidan 1 (bir) foyizdan ortmagan xolda bir yil davomida homiylik harajatlarni olib borish,
 
             Jamiyat Boshqaruvi o’z vazifalarini bajarishda quyidagilarni amalga oshiradi:
   -  Jamiyatning negizida tashkil qilingan ishlab chiqarishlarni to’xtovsiz  ishlashini tashkil etish;
   - Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tuzilgan shartnomlarga asosan o’z vaqtida istemolchilarga etkazib berish;
     - Barcha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish;
     - Jamiyatni normal holatda faoliyat ko’rsatish uchun amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda ichki hujjatlar, buyruqlar, yuriqnomalar va boshqa meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish huquqiga egadir;
    - moliya-xo’jalik va ishlab chiqarish faoliyatida belgilangan  normativlarga, rioya  qilinishini amalga oshirish;
    - jamiyat nomidan tuzilgan shartnomalar, sodir etilgan birlashuvlarning, kontragentlarning xisob-kitoblarining qonuniyligini amalga oshirish;
    - buxgalteriya va statistika xisobini yuritishning mavjud normativ qoidalariga muvofiqligini amalga oshirish;
    -  jamiyat moliyaviy ahvoli,uning to’lovga qobiliyatini,  aktivlarining likvidligini doimiy taxlil qilib, inqiroz va bankrotlik holatiga yo’l qo’ymaslik;
    - mahsulot yetkazib beruvchilar va xizmat  ko’rsatuvchilarga  to’lovlarning, byudjetga to’lovlarning, dividendlar xisoblash va to’lashning, obligatsiyalar buyicha foizlarning, boshka majburiyatlar bo’yicha qarzlar to’lanishining o’z vaqtida amalga oshirish;
    - aktsiyadorlar Umumiy yig’ilish, Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi qarorlarini, qonun hujjatlari hamda vazirlik va  idoralarning normativ hujjatlari vaktida amalga oshirish.
 Jamiyat Bosh direktoriKuzatuv kengashi tomonidan «Uzkimyosanoat» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvibilan kelishgan holda tayinlanadi va aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi qarori bilan tasdiqlanadi.
    Jamiyat Bosh direktori:
- Jamiyat nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, bitimlar tuzadi, mazkur Ustav bilan unga berilgan huquqlar doirasida qarorlar qabul qiladi, buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi, bitimlar, shartnomalar, kontraktlar tuzadi, to’lov topshiriqnomalari va schyo’tlarga, Jamiyat xisobotlariga imzo cheqadi, shuningdek O’zbekiston Respublikasidagi vahorijdagi barcha korxonalar, firmalar, tashkilotlarda Jamiyat manfaatlarini himoya qiladi;
- Jamiyatga operativ raxbarlikni amalga oshiradi, uning butun faoliyati uchun mas’uldir va Umumiy yig’ilishga aktsiyadorlik jamiyati faoliyatining yakunlari to’grisida yillik xisobot taqdim etadi;
- Jamiyatning Ijroiya apparatini tuzadi va shakllantiradi, shtatlar jadvalini tasdiklaydi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi konunlari, aktsiyadorlar Umumiy yigilishi va Kuzatuv Kengashikarorlariga muvofikxodimlar mexnatiga xakto’lash tartibini belgilaydi;
- Aktsiyadorlar Umumiy yigilishi va Kuzatuv kengashi karorlarining ijrosini tashkil etadi;
-Ustavda va Jamiyatning ichki hujjatlarida belgilangan doirada mulkni boshkaradi;
- Filiallar raxbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod kiladi;
      - O’rinbosarlar o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va hodimlar xizmat vazifalari bo’yicha yo’riqnomalarni tasdiqlaydi;
         - Shtat jadvalini tasdiklaydi;
        - Boshqaruv   a’zolariga  to’lanadigan   mukofotlar   va  kompensatsiyalar miqdorlarini belgilaydi;
       - Mutaxassislarni Jamiyat manfaatlaridagi masalalarni hal etish uchun xizmat safarlariga, shu jumladan horijga yuboradi;
Jamiyat Bosh direktori o’z o’rnida bo’lmagan hollarda uning huquq va vazifalari Boshqaruv a’zolaridan biriga yuklanadi.
 Jamiyat Boshqaruvini tashkil etish va uning vakolatlarini muddatidan avval tugatish Jamiyat Kuzatuv kengashi qaroriga binoan amalga oshirilib ushbu qaror Kuzatuv Kengashiningyig’ilishida tasdiqlanadi.
 Jamiyat Bosh direktori bilan tuziladigan shartnomaga Jamiyat nomidan Kuzatuv kengashi raisi yoki Kuzatuv kengashining vakolatli shaxsiy imzo chekadi, Boshkaruv a’zolari bilan tuzilgan shartnomalarga esa Jamiyat Bosh direktorii imzo chekadi.
 Jamiyat va Bosh direktoro’rtasidagi munosabatlar qonunlarga muvofiktartibga solinadi.
 Jamiyat Bosh direktori boshqa tashkilotlar boshqaruv organlaridagi lavozimlar vazifalarini o’rindoshlik tartibida bir shaxs tomonidan bajarilishi faqat Kuzatuv kengashining roziligi bilan ruxsat etiladi.
 Jamiyat Kuzatuv kengashi Jamiyat Bosh direktori tomonidan u bilan tuzilgan shartnoma shartlari buzilganda «Uzkimyosanoat» DAKning Boshkaruvi bilan kelishilgan holda ushbu shartnomani bekor qilishga haqlidir. Ushbu qaror aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishida tasdiqlanadi.Bosh direktor bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan holda, Bosh direktor tomonidan Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan shartnomalar ham bir vaqtda bekor qilinadi.
   Boshqaruv Ustav va ichki hujjatlar asosida faoliyat yuritadi.
 
 Jamiyat Boshkaruvi  va uning a’zolarining vazifalari.
           
Jamiyat Boshqaruvi a’zolari o’z ishlarida qonun, lavozim yuriqnomasi va boshqa meyoriy, rasmiy hujjatlarga asoslanib amalga oshirishi lozim. Noto’gri bajarilgan ishlar uchun  Jamiyat Boshkaruvi a’zolari javob beradilar, javobgarlik  chorasi aktsiyadorlar yigilishi, Kuzatuv kengashi yoki Jamiyat Bosh direktori tomonidan belgilanadi.
            Agar Jamiyat Boshqaruvi a’zosi unga berilgan vakolatlarning amal qilish muddati davomida o’z funktsiyalarini bajarishni to’xtatsa, u Jamiyat Bosh direktoriga Jamiyat Boshqaruvidagi o’z ishini to’xtatishdan bir oy oldin xabardor qilishi kerak yoki boshqa bir sabablarga ko’ra o’z ish faoliyatini davom ettirolmasa. Bunday holda Jamiyat Bosh direktorii Jamiyat Boshqaruvi a’zosini almashtiradi.
 Jamiyat Boshqaruvi  quyidagilarga majburdir:
·         Tijorat siriga rioya qilish, Jamiyat Boshqaruvi  a’zolari o’z funktsiyalarini bajarish chog’ida tanishadigan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
·         Jamiyat manfaatlariga haqiqiy xavf tug’ilgan hollarda vakolatli organlardan aktsionerlarning navbatdan tashqari yig’ilishini  chaqirishni talab qilish.
 Jamiyat Boshqaruvi aktsionerlar yillik yig’ilishidan kamida ikki oy oldin moliyaviy hisobot va buxgalteriya xisobini Kuzatuv kengashga taqdim etadi.
 Jamiyat nomidan imzalanyotgan barcha shartnomalar, kontraktlar va boshqa Boshqaruv tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarga yoki qarorlarga shaxsiy imzosi Bilan roziligini tasdiqlashi lozim.
 Jamiyat Boshqaruvi a’zosi unga biriktirilgan yo’nalishga shaxsan javob beradi Jamiyat Bosh direktori  va Kuzatuv Kengashi oldida.
 Jamiyat Boshqaruvi a’zolarini vazifalari, huquqlari va majburiyatlari lavozim yo’riqnomasi belgilanadi.
  Jamiyat Boshqaruvi a’zolarining lavozim yo’riqnomalari, Boshqaruv tomonidan ishlab chiqiladi va Jamiyat Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.