Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Iyul 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

MUSTAQILLIGIMIZ

ABADIY BO'LSIN !

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Murojaatni tekshirish
Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qo'qon Davlat Davlat Pedagogika Instituti

 2017-04-18 10:49:24    52

PDF yuklash
Chop etish


 Qo`qon davlat pedagogika institutining tashkil topishi, tarixi xamda mustaqillik yillarida qo`lga kiritgan yutuqlari xaqida ma`lumot

 
Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti 1931 yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan.
Institut 1939-1940 o`quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o`qituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943- yildan xotin-qiz o`qituvchilar instituti, 1954 yildan xotin-qizlar davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. 1943 yil oktyabr oyidan boshlab institutga demokrat shoir Muqimiy nomi berilgan. O`tgan davr mobaynida Qo`qon davlat pedagogika instituti kichik bir ta`lim maskanidan yirik oliy ta`lim muassasasigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi. Institut tashkil topgan vaqtda u uch bo`limdan iborat bo`lib, ularda xammasi bo`lib 60 nafar talaba taxsil olgan bo`lsa, xozirgi kunda institut tarkibida mavjud bo`lgan 8 ta (fizika-matematika, pedagogika, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, o`zbek tili va adabiyoti, chet tillar, tabiiy fanlar, tarix, jismoniy madaniyat) fakultetlarda 20 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 5062 nafar bakalavrlar va 8 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha 77 nafar magistrlar tayyorlanmoqda.
Institutda pedagog kadrlar tayyorlanayotgan 20 ta ta`lim yo`nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklari Davlat ta`lim standartlari, o`quv reja va dasturlar bilan to`liq ta`minlangan. Jumladan,  2015-2016 o`quv yilidagi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari 3-4-kurslar uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2011 yil 16 sentyabrdagi 387-sonli, 2-kurslar uchun 2014 yil 10 martdagi 84-sonli buyruqlari bilan  xamda 1-kurslar uchun 2015 yil 31 avgustdagi 303-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “110000-Pedagogika” ta`lim soxasining davlat ta`lim standartlari va o`quv rejalari asosida, magistratura mutaxassisliklari 2-kurslari uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2014 yil 13 fevraldagi 47-sonli  buyrug`i xamda 1-kurslari uchun 2015 yil 31 avgustdagi 303-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “110000-Pedagogika” ta`lim soxasining davlat ta`lim standartlari va o`quv rejalari asosida ishchi o`quv rejalari ishlab chiqilgan.
Tasdiqlangan davlat ta`lim standartlari, malaka talablari, namunaviy xamda ishchi o`quv rejalari bilan barcha mutaxassis chiqaruvchi kafedralar xamda  fakultetlar to`liq ta`minlangan. 
O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-sonli “Oliy ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilar tarkibining o`quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma`naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i (O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 19 oktyabrda ro`yxatdan o`tkazilgan) dan kelib chiqqan holda  2015-2016 o`quv yilida belgilangan bir professor-o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalar soni nisbatining 1:10,5 me`yorda shtatlar aniqlanib professor-o`qituvchilarga yillik o`quv yuklamalar aniqlandi xamda kafedralardagi xar bir professor-o`qituvchilarga etkazildi, professor-o`qituvchilarning shaxsiy ish rejalari talab darajasida to`ldirildi xamda tasdiqlandi. 
Bugungi kunda Qo`qon davlat pedagogika instituti zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlovchi respublikamizdagi yirik pedagogika muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda institut o`zining zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo`lib, 269 ta zamonaviy o`quv xonalari bugungi kun talablari bilan jihozlangan. 21 ta o`quv labaratoriya xonalari, bitta stadion, 4 ta basketbol va voleybol maydonlari, 3 ta yopiq sport zali, zamonaviy ARM, fakultetlarda tashkil etilgan kompyuter xonalarida mavjud bo`lgan 396 ta kompyuterlar, 3ta binodan iborat barcha qulayliklarga ega bo`lgan talabalar turar-joylari, 250 o`rinli oshxona talabalarga xizmat ko`rsatmoqda.
Hozirda, Qo`qon davlat pedagogika institutida 24 ta kafedralar mavjud bo`lib, ularda 4 nafar fan doktori, professorlar, 85 nafar fan nomzodlari dosentlar, 93 nafar katta o`qituvchilar, 253 nafar o`qituvchilar yoshlarga ta`lim – tarbiya berib kelmoqdalar.
2015-2016 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 24 fevraldagi “Oliy talim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tanlovning institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi xamda 3 ta nominasiya bo`yicha g`oliblar Respublika bosqichiga tavsiya etilib, “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi“ tanlovini Respublika bosqichini o`tkazish Tashkiliy qo`mitasining 2015 yil 28 sentyabrdagi 2-sonli majlis bayoni qaroriga asosan  ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dosent N.Babaeva “Innovasiya va axborot texnologiyalarini ko`p qo`llaydigan eng yaxshi pedagog” nominasiyasi bo`yicha 1-o`rinni egalladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy talim muassasalarining raxbar va pedagog kadrlarni qayta  tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4732-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida institut professor-o`qituvchilaridan 2016 yil may oyiga qadar 80 nafari mutaxassisliklari bo`yicha o`z malakalarini oshirdilar.
Ta`lim yo`nalish bitiruvchi talabalarining BMI mavzulari zahirasini davr talabi va fandagi yangiliklar asosida qayta ko`rib chiqildi hamda yangi mavzular bilan boyitildi. BMI mavzulari dolzarb, muhim masalalarga qaratilgan bo`lib, avvalgi bajarilgan mavzulardan farq qiladi. Institutda mavjud kafedralarda bitiruv malakaviy ishlarning  yangilanishi, dolzarbligi hamda  amaliyot  bilan bog`liqligiga alohida e`tibor qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ish  mavzulari maktab,  lisey hamda kasb-hunar kollejlarida o`qitiladigan fanlarga bevosita bog`langan.
Malakaviy amaliyot O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari talabalirining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomiga asosan tashkil etildi. Institutda talabalarni pedagogik faoliyatga tayorlashni yaxshilash, o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 3.3 bandiga muvofiq ta`lim turlari o`rtasidagi o`zaro integrasiya jarayonini chuqurlashtirish hamda ular orasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta`minlash maqsadida Qo`qon shahri hamda tumanlardagi umumta`lim maktablari, akademik liseylar, kasb-xunar kollejlari raxbariyatlari bilan pedagogik amaliyot o`tash bo`yicha shartnomalar tuzilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  tomonidan  2005 yil 6 avgusdagi 1506-son bilan ruyxatdan o`tkazilgan O`zbekiston  Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi  Oliy va o`rta  maxsus  ta`limi  vazirligi, O`zbekiston Rspublikasi Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi  mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi tomonidan  2005 yil 7 iyuldagi 58,154-1, 19, va 02/2658-sonli  qarori bilan tasdiqlangan “Kadrlarni davlat grantlari  asosida  maqsadli tayyorlash  tartibi  to`g`risida” gi Nizom ijrosini ta`minlash maqsadida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ishga joylashtirish mexanizmi shakllantirildi.
Qo`qon davlat pedagogika instituti ayniqsa mustaqillik yillarida misli ko`rilmagan darajada o`zgardi. O`tgan 25 yil davomida institutning moddiy-texnika bazasi mustaxkamlandi, yangi ta`lim yo`nalishlari tashkil etildi. Mazkur davrda institutning barcha o`quv korpuslari qayta ta`mirlandi, zamonaviy o`quv xonalari tashkil etildi. 
SHuningdek, 2004 yilda institut xududidagi o`yingohda 3 qavatli o`quv binosi hamda yopiq sport zali qurilib, jismoniy madaniyat fakulteti talabari uchun foydalanishga topshirilgan.
2006 yilda Qo`qon poyafzal fabrikasiga qarashli 9 qavatli ma`muriy binosi institut balansiga o`tkazilib, qayta ta`mirlanib o`quv binosiga aylantirildi. 
2011 yilda Qo`qon shahar XTMMTTE bo`limiga qarashli 28-umumiy o`rta ta`lim maktabining 3 qavatli binosi institut balansiga o`tkazilib, mukammal ta`mirdan chiqarilib o`quv binosiga aylantirildi. Uning natijasida institutda o`quv jarayoni 1 smenada tashkil etilmoqda.
Xozirgi kunga kelib 21 ta kompyuter sinfi, 7 ta lingafon sinfi va 21 ta o`quv laboratoriya xonalari, institutda mavjud 496 ta kompyuter, 101 ta printer, 17 ta nusxa ko`chirish apparati, 17 ta skaner, 5 ta faks, 34 ta proektor, 3 ta elektron doska, 1 ta radiouzel, 20 dan ortiq  WEB-kameralar o`quv jarayonida unumli foydalanib kelinmoqda. Institutda o`tilayotgan dars mashg`ulotlari axborot texnologiyalarni,  videoproektorlarni  qo`llagan xolda o`tkazilmoqda. Bu esa ta`lim sifat va samaradorligini oshirishga zamin bo`lmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 1875 – sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 16 ta xona komp`yuter, lingofon va boshqa ko`rgazmali qurollar bilan qaytadan jixozlandi. 
Institut pedagog-xodimlariga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari hamda chet tillarni o`rgatish bo`yicha kurslar tashkil etildi va  bu kurslar o`z faoliyatini davom ettirmoqda.
Ta`lim-tarbiya soxasida, yoshlarni puxta bilim olishlarida zamonaviy axborot manbaalarining o`rni beqiyos, albatta 2006 yilda tashkil etilgan institut ARM bugungi kunda 262841 nusxadagi kitob jamg`armasiga ega. SHuningdek, zamonaviy o`quv zali to`liq kompyuterlashgan bo`lib, bu erda talabalar ilmiy adabiyotlarning elektron nusxalaridan ham foydalanish imkoniyatiga egalar. Institutimizda ARM bazasini doimiy ravishda kengaytirilib berishga aloxida e`tibor qaratilmoqda. Birgina 2015 yilda 2518 nusxada o`quv adabiyotlari, 1499 nusxa badiiy adabiyotlar olindi.
Axborot-resurs markazidagi mavjud elektron kutubxonaning jami fondi 686,5 GB xajmda bo`lib, 77825 nomdagi elektron versiyalardan iborat. SHundan 20161 nomda darslik, 42991 nomda o`quv qo`llanma, 876 nomda ilmiy adabiyotlar, 9265 nomda badiiy adabiyotlar, 4928 nomda uslubiy qo`llanma, 3532 nomda boshqa  nomdagi adabiyotlarni tashkil qiladi. Elektron kutubxona ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchilarga elektron adabiyotlarni fleshka va kompakt disklarga yozib berish imkoniyatlari mavjud. 
O`quv jarayoni va o`quv-uslubiy faoliyatini modernizasiyalash hamda innovasion ta`lim texnologiyalarini joriy etish bo`yicha o`quv rejalaridagi barcha fanlarni o`quv-uslubiy majmualari va fanlar bo`yicha barcha zarur  modul (sillabus, taqdimot, o`quv materiali  va topshiriqlar)lar ishlab chiqildi, ularning qog`oz va elektron variantlari kafedralar hamda institut axborot-resurs markaziga joylashtirilgan.
 Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti yirik ilmiy maskanlardan biri ham hisoblanadi. Institutimizda mustaqillik yillarida 4 nafar fan doktori, 72 nafar fan nomzodlari etishib chiqdi. Institut professor-o`qituvchilari bir qator xorijiy ilmiy muassasalar bilan ham hamkorlik aloqalarini o`rnatganlar.o`tgan davr mobaynida instituta pedagog xodimlar 4 ta davlat granti bajarildi.
Institutda ilmiy tadqiqot ishlariga aloxida e`tibor berilishi natijasida so`nggi yillarda 17 ta darslik, 48 ta monagrafiya,  997 ta o`quv, o`quv uslubiy qo`llanmalar, 22 ta ilmiy uslubiy qo`llanmalar nashr etildi. DAK tasarrufidagi  jurnal va to`plamlarda 2134 ta maqola nashr etildi. Pedagog-xodimlar respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqdalar. Professor-o`qituvchilar tomonidan 15 ta mualliflik guvohnomasi va patentlar qo`lga kiritildi.
Qo`qon davlat pedagogika institutida ayniqsa iqtidorli talabalar bilan ishlashda bir qator ishlar amalga oshirilgan. Mustaqillik yillarida institut talabalaridan 56 nafari Beruniy, Ulug`bek, Navoiy, 1 nafari Prezident stipendianti degan sharafli nomga ega bo`ldilar. 
Hozirda institutda talabalardan 9 nafari davlat stipendianti, 1 nafari Prezident stipendiantidir.
Bunday yutuqlarning qo`lga kiritilishida intitutda faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq fan, ijtimoiy madaniy va sport to`garaklarining hissasi katta ekanligini yanada ta`kidlash lozim.
Institut professor o`qituvchilari viloyatimizda joylashgan Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablariga o`quv, o`quv-uslubiy masalalarda har tomonlama yordam ko`rsatmoqdalar. Qo`qon davlat pedagogika instituti va xalq ta`limi boshqarmasi, VXTXQTUMOI o`rtasida “Farg`ona viloyati umumiy o`rta ta`lim muassasalarini ilmiy-metodik qo`llab quvvatlash tog`risida”gi qo`shma buyrug`iga muofiq institut kafedralarining joylarda “Mahorat maktablari” tashkil etigan bo`lib, o`zaro hamkorlik yo`lga qo`yilgan.
Institutda yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs bo`lib tarbiyalanishi masalasiga alohida e`tiborqaratilmoqda. Bunda ma`naviy-ma`rifiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan ishlarning sifat va samaradorligiga kata ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda institut talabalaridan tashkil topgan “Tarona” ansambli, “Parvoz” teatr studiyasi faoliyat yuritmoqda. Sog`lom turmush tarzini qaror toptirishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Institut talabalari viloyat va respublika tashkil etilgan bir qator ko`rik tanlov va festivallarda muvafaqqiyatli ishtirok etib, sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritib kelmoqdalar.

Mustaqillik yillarida institut talabalari ayniqsa, sport sohasida salmoqli yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Birgina 2015 yilda institutimiz talabalaridan 26 nafari sportning turli yo`nalishlari bo`yicha respublika va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvafaqqiyatli qatnashib, 11 ta oltin, 13 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo`ldilar. O`tgan yilning so`zsiz eng katta yutug`i institutimiz talabasi Meliqo`ziev Bektemirning boks bo`yicha Braziliyada o`tkazilgan olimpiada o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi. 2016 yil butun jahon yozgi olimpiada o`yinlarida Meliqo`ziev Bektemir munosib ishtirok etib kumush medaliga sazovor  bo`ldi.

Rektor: Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Mahmudov Valijon Mahmudovich

Manzil: Qo'qon shahar, 713000, Istambul ko'chasi 23

Telefon:  0 (373) 552-38-38

Faks: 0 (373) 553-02-57

Veb sahifa manzili: www.qdpi.uz

E-mail:  dpi@quqon.uz qdpi@mail.ru