Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg'ona filiali

 2017-04-18 11:38:15    263

PDF yuklash
Chop etish


Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-sonli qaroriga binoan Farg’ona Davlat Universiteti qoshidagi «Tibbiyot markazi» asosida tashkil qilingan. Filial hozirgi vaqtda Respublikadagi tibbiyot oliy o’quv yurtlari bilan bir qatorda Respublikamiz viloyatlari uchun «Tibbiy-profilaktika ishi» va “Oliy hamshiralik ishi” ixtisosliklari bo’yicha “Vrach umumiy gigienist-epidemiolog ” va “Oliy ma’lumotli hamshira”larni tayyorlovchi tibbiyot oliy o’quv yurtidir.

Bugungi kunda filialning 6-kursida 432 talaba tahsil olmoqda. Talabalar bilan o’quv-tarbiyaviy ishlarni filialning 56 professor-o’qituvchilari olib boradilar. Ularning 30 nafari ilmiy darajali o’qituvchilardir ( 7 nafar fan doktorlari, professorlar va 23 nafar fan nomzodlari, dosentlar).

O’quv jarayoni filial tarkibidagi 8 kafedraning nazariy va amaliy hamda klinik bazalarida olib boriladi.

Hozirgi vaqtda filial umumiy maydoni 8224 kv.m bo’lgan Farg’ona shahar Yangi Turon ko’chasi 2 uyda joylashgan. Klinik kafedralar esa RShTYoIM Farg’ona filiali va 4-shaxar kasalxonasining 3-bolalar poliklinikasida joylashtirilgan.

O’quv jarayonini tashkil qilishda xozirgi vaqtda 100 zamonaviy kompyuterdan iborat Filialning kompyuter parkidan foydalanilmoqda. Filialda “Axborot-resurs markazi” tashkil qilingan. Axborot resurs markazi va uning filiallaridagi o’quv zallari internet bilan bog’langan kompyuter, printer, skanner hamda nusxa ko’chirish apparatlari bilan ta’minlangan.

Xozirgi vaqtda filialda video-ikkilik, kompyuter va videoproektorlar bilan ta’minlangan 9 ta ma’ruza zallari, fanlar bo’yicha 12 ta, shu jumladan mutaxassislik fanlaridan 8 ta o’quv laboratoriyalari tashkil qilinib, 60 ga yaqin turli zamonaviy apparatlar va maxsus laboratoriya anjomlari bilan jihozlandi. Filial kutubxonasi keyingi 3 yil ichida 11397 dona darslik va o’quv qo’llanmalari bilan boyitilib, umumiy kitob fondi 35 000 ga yetkazildi. Xozirgacha filialni 350 nafardan ortik yosh mutaxassislar bitirib chiqqan. Ulardan 60%i Farg’ona vodiysi viloyat, shaxar va tuman DSENM larida, 25%i shifoxona va poliklinikalarda, 15%i hususiy tibbiyot muassasalarida hizmat qilmokda. Filial kafedralarining professor-o’qituvchilari tibbiyotning turli sohalari bo’yicha belgilangan rejalarga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ilmiy izlanishlar ichida atrof-muxit va ishlab chiqarish omillarining aholi va ishchilar salomatligiga ta’siri hamda ulardan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, vodiyning turli hududlarining ekologik holatini, suv, xavo va tuproqning sanitariya holati va unga ba’zi biologik omillarni ta’sirini o’rganish keng o’rin olgan. Ilmiy ishlarning natijalari bo’yicha ohirgi yillarda 6 monografiya, 200 dan ortiq jurnal maqolalari va 16 o’quv qo’llanmasi chop etildi. Ilmiy ishlarning 12 tasi uzoq xorij, 27 tasi Markaziy Osiyo, 30 tasi MDX, 140 tasi Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan. Olib borilgan ilmiy ishlar natijalarini tahlili bo’yicha 2001 va 2003 yillarda Filialda Respublika miqyosidagi 2 ta ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi va o’tkazildi. 1. Soglom avlodni voyaga yetkazishda tashqi ekologik muhit va sog’lom turmush tarzining axamiyati. (2001 yil 30-31 oktyabr)

2. O’zbekiston aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishining dolzarb muammolari (2003 yil 18-19 sentyabr). Filial tashkil qilingandan buyon 7 fan doktori va 5 fan nomzodi tayyorlandi. K .Dodxox kuchasidagi 3 kavatli binoda talabalar turar joyi tashkil qilingan va u 160 talabaga mo’ljallangan. Talabalar uyida talabalarning yashashlari, dam olishlari va darslarga tayyorlanishlari uchun zarur sharoitlar mavjud. U yerda “Axborot-resurs markazi” filiali, 2 ta sport zal tashkil qilingan.

Hozirda talabalar turar joyida turli to’garaklar ishlab turibdi.

Direktor: Tibbiyot fanlari doktori, professor Abdurahmonov Muhammadjon

Manzil: Fag'ona shahar, 050102, Yangituron ko'chasi, 2a-uy

Telefon: 0 (373) 223-51-03

Faks: 0 (373) 223-51-03

Rasmiy web sayt:  www.ttaff.uz

E-mail: fftma_info@edu.uz