Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qo'qon shahar hokimi va o’rinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabul qilish GRAFIGI

 2017-04-24 09:35:04    534

PDF yuklash
Chop etish


F.I.Sh.

Lavozimi

Hafta kunlari

Vaqti

Tashkilot pochta manzili

Telefon raqami 0(373)

Elektron pochta manzili

Jalilov Raxmatali Qambarovich

Qo’qon shahar hokimi

Dushunba Payshanba

14.00 – 16.00

Qo’qon shahar Turon ko’chasi           1 uy

542-26-92

quqon@umail.uz

Mamajonov Oybek Muydinovich

Qo’qon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

Seshanba

14.00 – 16.00

Qo’qon shahar Turon ko’chasi          1 uy

542-22-43

iqtisodquqon@umail.uz

Ergashev Azizjon Adhamovich

Qo’qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari

Chorshanba

14.00 – 16.00

Qo’qon shahar Turon ko’chasi           1 uy

542-44-18

kommunalquqon@umail.uz

Parpiev Zokir Toxirovich

Qo’qon shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik bo’yicha o’rinbosari

Juma

14.00 – 16.00

Qo’qon shahar Turon ko’chasi         1 uy

542-63-62

yoshlarquqon@umail.uz

Giyasova Manzura Sodiqovna

Qo’qon shahar hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi

Payshanba

10.00 – 12.00

Qo’qon shahar Turon ko’chasi         1 uy

542-43-22

mumtozbegim.bonu@mail.ru

Qo`qon shahar hokimligining rasmiy web sayti    www.qoqon.uz

Qo`qon shahr hokimligi manzili: Farg`ona viloyati, Qo`qon shahar Istambul ko`chasi 1 uy.
713000 Ishonch telefoni: 0 (373) 542-35-77, Faks: 0 (373)552-10-14

Elektron pochta:    qoqon@umail.uz                   E-xat pochta: qoqon.sh@exat.uz

 Farg’ona vodiysining asosiy shahri uzoq vaqt Qo’qon shahri edi. XVIII-XIX asrlarda u qudratli Qo’qon xonligining poytaxti bo’lib, o’z hukmronligini hozirgi O’zbekistonnig katta qismiga va qo’shni davlatlarga o’tkazar edi. Qo’qon yirik diniy markaz bo’lgan. Gullab-yashnagan paytida Qo’qonda o’ttiz besh madrasa va yuzta masjid bor edi. Afsuski, ularning ko’pchiligini vaqt, zilzilalar va Sovet hukumati xarobalarga aylantirgan.

 1. Shahar tashkil topganligi haqida ma'lumot.
 Shahar 1709 yili tashkil topgan. Shahar markazi - Qo`qon shahri.

2. Shahar joylashganligi haqida ma'lumot. 
 Shahar Farg`ona viloyatining shimoliy-g`arbiy qismida joylashgan bo`lib, Uchko`prik, Dang`ara, Furqat, O`zbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 40 kv. km ni tashkil etadi.

3. Aholi haqida ma'lumot.
Shaharda 216,7 ming kishi istiqomat qiladi. Aholining 87,9% ni o`zbeklar, 2,1% ni tojiklar, 5,8% ni rus va boshqa millatdagilar tashkil qiladi.

4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni.
Shaharda 10 katta sanoat korxonasi "Qo`qonspirt" AJ, "Qo`qon superfosfat" AJ, "Qo`qon yog`-moy" AJ, "Mastona" AJ, "Qo`qondonmahsulotlari" AJ, "Qo`qon paxta tozalash" AJ va b. Bu korxonalar spirt, mineral o`g`itlar, o`simlik yog`i, paxta tolasi va un ishlab chiqaradi. 
Bundan tashqari 12 ta qo`shma korxona ro`yxatga olingan. Bular: O`zbek-Xitay "Do`stlik M" QK, O`zbek-Rossiya "Fakel" QK, O`zbek- Fransuz "Kofra" QK, O`zbek-Amerika "Effektiv oyl" ShK, O`zbek-Turkiya "Skorpion" QK, O`zbek- Polsha "Uz Polteks" QK, O`zbek-Eron "Bexron Oyl" QK, O`zbek-Rossiya "EXIM TEXTILE" QK, O`zbek-Xitoy "Koki" QK, O`zbek-Xitoy-Rossiya "UNIMOBILE" QK, Rossiya "Qo`qon sut mahsulotlari" ShK, O`zbek-Xitoy "Imango group" QK.

5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. 
Shaharda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 8870 ta.

6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari.
Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 1697 ta, bundan 5 tasi fermer xo`jaliklari.

7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari.
Shaharda 35545 ta o`quvchiga mo`ljallangan 45 ta o`rta umumta'lim maktablari, 23255 ta talabaga mo`ljallangan 14 kasb hunar kollejlari mavjud.
Bundan tashqari 1627 ta bemorga mo`ljallangan 19 kasalxona, 25 shifoxona mavjud.


GULLAB YASHNAYOTGAN QO'QON

Ho'qandi latif azaldan madaniyat va maorifat maskani bo'lib rivojlanib kelgan, ota-bobolarimizdan bizga meros bo'lib qolgan va bugungacha sayqallanib, kelayotgan urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizning rivojlanishda  qadimiy  shahrimizning o'rni beqiyos.

Rus yozuvchilaridan biri «Qo'qon xonligi tarixi» nomli kitobida, Qo'qonga qilgan sayohatini  hayratlanib yozgan. - Biz ruslar madaniyat deganda, chiroyli kiyinish, yaxshi yurish-turish, o'zini tutish va boshqa narsalarni tushunardik. Bizning nazarimizda boshqa mintaqa va xalqlarda madaniyat yo'qdek bo'lib ko'rinardi. Lekin men Farg'ona va Qo'qonga kelib, butunlay boshqa bir zamon va makonga tushib qolgandek bo'ldim va bizning Qo'qon va Farg'ona to'g'risidagi barcha xotiralarimiz bekor bo'ldi, deb ta'kidlagan. Rus olimi o'z asarida xalqimizdagi juda ko'p madaniy va tarixiy yodgorlik va obidalar, milliy an'analarimiz, eski urf-odat va qadriyatlarimizning zamon bilan uyg'unlashgan holda ko'z qorachig'idek asrab kelinayotganini tarixiy faktlar bilan sanab o'tgan.

  Darhaqiqat, qadimiy Qo'qon nafaqat mamlakatimizda, Markaziy Osiyoda o'zining xalq hunarmandchiligi, savdo-sotiqning rivojlanishida ham o'rni beqiyos ekanligini bilamiz.

Prezidentimizning Qo'qon shahriga qilgan safarini ushbu yurt egalarga bildirilgan katta ishonch va e'tibori namunasi sifatida ko'rish mumkin. Hukumatimiz g'amxo'rligi Qo'qon shahrining ijtimoiy infratuzilmasini  rivojlantirish va obodonlashtirish, arxitektura qiyofasi va infratuzulmasini tubdan yaxshilash, 2010-2012 yillarda Qo'qon shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat saloxiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va  mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida qabul qilingan bir qator qaror va farmoyishlarlarida ham o'z aksini topgan. Tegishli hujjatlarga  asosani Qo'qon shahrida 2010-2012 yillarda 27 yirik o'rta sanoat korxonalarini zamonaviy asosda texnologik jihatdan qayta jihozlash, tiklash maqsadlariga 242,7 mlrd. so'm investitsiya  kiritilishi belgilangan. Bu maqsadlarga joriy yilda 11,7 mlrd. so'm, kelgusi yilda 151,6 mlrd. so'm va 2012 yillarda 79,4 mlrd. so'm sarflanishi ko'zda tutilgan. 2010 yil davomida 10,7 mlrd. so'mlik investitsiya 13 korxonada 27 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yilishi belgilab olindi.

Investitsiya kiritilishi mo'ljallangan 40 ta loyihaning 20 tasi joriy yilda amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqarishni real sektori korxonalariga 150,1 mlrd. so'mlik (jamii salmog'i 20%) xorijiy investitsiyalar  kiritiladi, shundan 113,6 mlrd. so'm mablag'ni (15%) to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar  tashkil etadi.

SHu bilan birga, 2009 yil Respublika Mahalliylashtirish  dasturiga kiritilgan 33 ta (shundan hududiy tasarrufdagi 16 ta)  korxonalar tomonidan motor moylari uchun qo'shimchalar, velosiped, nogironlar aravachalari, «GM-Uzbekiston» korxonasida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun ehtiyoj qismlari,  suyultirilgan  gazlarni tashish va tarqatish uchun  mo'ljallangan pritsepli  tsisternalar,  sport to'plari, karbid-kal'tsiy, lak-bo'yoq, poyabzal, poliuretan poyabzal tagliklari, o'quv  jihozlari, meditsina mebeli, antifriz, porolon,  burg'ulash minoralari kabi  mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Mahalliy xom-ashyo negizida materiallar va butlovchi  mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan 2010 yil Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun 12 ta yangi loyiha pasportlari  Respublika Maxsus komissiyasiga  taqdim etildi.

Bunda viloyatimizda 70 dan ziyod loyihalar amalga oshirilishi bilan qo'shimcha 41 mlrd. so'mlik mahsulotlar  ishlab chiqariladi. SHuningdek, 20 mln. dollarga  yaqin valyuta zaxirasi tejalishiga va 300 nafar yangi ishchi o'rinlari  yaratilishiga zamin yaratadi.

Bunday keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari, obodonlashtirish va boshqa bir qator xayrli ishlarning zamirida, faqat xalqimiz hayotini yanada farovon, yurtimiz taraqqiyotini yanada rivojlantirish hamda farzandlarimizni ham jismoniy, ham maonaviy jihatdan sog'lom qilib ўstirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini kўrish, dunyoda hech kimdan kam bўlmaydigan avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsad yotganini ko'rish mumkin.