Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

G'aniyev Shuhrat Madaminovich

 2017-05-16 19:03:21    1752

PDF yuklash
Chop etish


 Farg'ona viloyat hokimi
 
 tel:  0(373) 244 70 70 
 Fuqarolarni qabul qilish kunlari: 
 
  
 2012 yil 14 dekabrdan: Farg'ona viloyat hokimi
 Tug'ilgan yili: 11.09.1968 y.
 Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahri
 Millati: O'zbek
 Partiyaviyligi: Yo'q
 Ma'lumoti: Oliy
 Tamomlagan:   1992 y. Toshkent davlat agrar universiteti 
                           2005 y. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
 Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi: yo'q
 Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi:
 2015 y.  -  h.v. - xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati
 2015 y.  -  h.v. - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi
 
 MEHNAT FAOLIYATI
 
 1985-1987 yy. - Toshkent qishloq xo’jaligi instituti talabasi
 1987-1989 yy. - Harbiy xizmatda
 1989-1996 yy. - Farg’ona viloyati matlubot birlashmasi Marg’ilon bazasi etakchi mutaxassisi
 1996-2000 yy. - Marg’ilon tumanlararo «Agrokimyota’minot» aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o’rinbosari, boshqaruvi raisi
 2000-2001 yy. - Farg’ona viloyati «Agrokimyota’minot» aktsiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi
 2001-2002 yy. - Farg’ona viloyati «Qishloqxo’jalikkimyo» aktsiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi
 2002-2004 yy. - «O’zqishloqxo’jalikkimyo» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o’rinbosari
 2004-2007 yy. - «O’zkimyosanoat» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o’rinbosari
 2007-2008 yy. - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda  iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri
 2008-2011 yy. - Farg’ona viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari
 2011-2012 yy. - Farg’ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi
 2012 y. -   h.v. - Farg’ona viloyati hokimi
 
 
Vazifalari
     Viloyatda vakillik va ijroiya hokimiyatning boshqaruvchisi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi rasmiy vakili hisoblanadi.  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va “Mahalliy  davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunda ko'rsatilgan vakolatlarini yakkaboshchilik  asosida amalga oshiradi.
 Hududiy boshqaruv organlari, shahar va tumanlar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan Qonun va boshqa  normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlaydi.
 Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishini ta'minlash bo'yicha ishlarni amalga oshiradi. Vakillik va  ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan o'zaro  hamkorligini ta'minlaydi.
 Davlat, xo'jalik, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish hamda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo'yish masalalari bilan shaxsan shug'ullanadi.
 O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va  farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini,  ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
 O'ziga berilgan vakolatlar va amaldagi Qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek,  mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.
 Viloyat hokimining o'rinbosarlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
 Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi.
 Kengash hujjatlariga imzo qo'yadi va tasdiqlaydi. Respublika davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda viloyat hokimligi manfaatlarini  ifodalaydi, shuningdek Respublika davlat va ho'jalik boshqaruv organlari bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlaydi.