Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Halqaro moliya institutlari mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari to’g’risida

 2017-06-10 12:02:04    67

PDF yuklash
Chop etish


Halqaro moliya institutlari mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari to’g’risida

                 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30 iyul

«Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida Qo’qon va Andijon shaharlari suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini hamda Farg’ona, Marg’ilon shaharlari va Rishton tuman markazi suv ta’minoti tizimlarini rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1378-sonli qaroriga muvofiq Farg’ona, Marg’ilon shaharlari va Rishton tuman markazi suv ta’minoti tizimlarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha jami (reja 88,5 mln.dollar) 88,5 mln.dollarlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish 84,07 doll, 95%)

 Jumladan 11 ta ichimlik suv qudug’i qazildi, 96 ta ichimlik suv quduqlari ta’mirlandi, 263,1 km ichimlik va 65,8 km oqava suv tarmoqlari tortildi, 8 ta suv inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Natijada jami 885 ming nafar, jumladan Qo’qonda 236 mingta, Farg’ona shaxrida 267 mingta, Marg’ilonda 218 mingta, Rishtonda   141 mingta va Toshloq tumani markazida yashovchi 23 ming nafar axolining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 18 iyuldagi PQ-2214-sonli «Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida Farg’ona va Marg’ilon shaharlari okava suv tizimlarini rekonstruktsiya qilish loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan (loyixa qiymati 37 mln.dorllar) Farg’ona va Marg’ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

 Loyixa doirasida pudratchi “Jo’ydam ta’mirchi” MChJ tomonidan (2016 yilga reja 16,2 mln.dollar) 17,3 mln.dollarlik (106,7%) ishlar bajarildi.

 Jumladan 1-LOT (9 mln AQSh dollar) bo’yicha 8,3 mln. dollarlik, 2-LOT (28 mln AQSh dollar) bo’yicha 9 mln.dollarlik ishlar bajarildi va to’liq moliyalashtirildi.

 Xususan, "Suvoqava” DUKning Farg’ona shaxar filiali bosh binosidarekonstruktsiya ishlari yakunlandi. Marg’ilon shaxar filiali bosh binosida va KNS hamda "Toshloq"binosidaqurilish-montaj ishlari yakunlanmoqda.

2017 yilDasturi bo’yicha

                2017 yilda ichimlik suv ta’minoti bo’yicha 75 ta (27,4 mlrd.so’m) ob’ektlarda 38 dona ichimlik suv qudug’i qazish, 79 ta suv nasoslari o’rnatish, 36 ta yangi suv minrasi o’rnatish, 21 dona mavjud ichimlik suv tik quduqlarini ta’mirlash, 17 ta mavjud suv minoralarini ta’mirlash hamda 137,2 km ichimlik suv quvurlari tortish rejalashtirilib, natijada 76 mingdan ortiq aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilash ko’zda tutilgan.