Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONA BALIQCHILIGI

 2017-06-10 12:25:09    108

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda sadok usulida baliq etishtirshning bugungi va ertangi istiqbollari

Farg’ona viloyatida oxirgi 4-5 yil davomida baliqchilikni rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor berila boshlandi. Ayniqsa, baliq etishtirishda Vetnam tajribalari kundan-kunga ommalashib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, Vetnamda baliq etishtirishning asosiy qismi sadok (qafas) larda intensiv usulda etishtiriladi.

Intensiv usul - suvni qisqa muddatlarda almashinishiga va ortiqcha isrofsiz irrigatsiya tizimiga qaytarilishiga asoslangan moslamalarda baliq etishtirish - intensiv baliq etishtirish usuli deb ataladi.

Basseynlarni o’lchamlari kvadrat, uzunchoq yoki yumaloq shaklda bo’lishi va baliqchilik xo’jaliklari talablaridan kelib chiqib uning taraflari 2x2 metr, 2,5x2,5 metr va 5-10 metrgacha, chuqurligi esa 0,5 -1,0-1,5 ni tashkil etishi mumkin.

Baliq etishtirish basseynlari beton, metall va stekloplastikdan ishlanishi mumkin.

Vetnamda baliqchilik xo’jaliklari 30 mingtani tashkil etib, yiliga ichki suv havzalaridan 3.8 mln. tonna, dengiz havzasidan 2.8 mln tonna, jami 6,6 mln. tonna baliq ovlanadi.

Vetnamda 600 ta qayta ishlovchi korxonalar, 160 dan oshiq davlatga baliq mahsulotlari eksport qilinmoqda. Eksport miqdori 3,8 mln. tonnani, eksportdan olinadigan daromad 7,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

Viloyatimizning oxirgi davrdagi baliqchilik sohasidagi natijalariga nazar tashlaydigan bo’lsak, 2016 yilda baliqchilik bo’yicha 237 loyiha amalga oshirilib, 5200 tonna baliq etishtirildi. Albatta bu o’rinda Vetnam tajribalariga katta e’tibor qaratildi.

2016 yilda suv omborlarida 82 ta sadok usulida baliq etishtirish moslamalari o’rnatilgan bo’lsa, 2017 yilda yangidan 2500 ta sadok o’rnatilib, ularning soni 2582 taga etadi. Buning uchun 2017 yilda esa 264 ta loyiha amalga oshirilishi va 5810 tonna baliq etishtirilishi rejalashtirilgan.

Raqamlardan ko’rinib turibdiki, bu yil viloyatimizda 27 ta baliqchilik xo’jaligi yangitdan tashkil etiladi.

Baliq chavoqlarini etishtirib beruvchi xo’jalik va korxonalar soni ham yildan-yilga o’smoqda.

Bunday korxonalar qatorida Quvasoydagi «Omad», Bag’doddagi «Sho’rtepa Oydin ko’li»,   Buvaydadagi «Yoqub Ali» fermer xo’jaliklari, Farg’onadagi «Buloq» AS va Beshariqdagi «Saxovatli ummon ne’mati», «Baliq» MChJlarni tilga olish mumkin.

2017 yilda yana qo’shimcha 10 million dona baliq chavoqlari etishtiriladigan yangi tsex o’rnatiladi.

Sadok usulida baliqlar qanday parvarishlanadi?

Sadok moslamasini tayyorlash viloyatimizning o’zida tayyorlanmoqda. Sadoklarning o’lchami 6x6 (36m2), Har bir sadokga 250 kg. karpsimon (sazan) baliq chavog’i o’stirish uchun (1000 dona, har biri 250 grammdan) tashlanadi.

1 kg. karpsimon (sazan) chavog’ining narxi «Beshariqbaliq» korxonasida 12,0 ming so’m. 250 kilogramm chavoq uchun 3 million so’m sarflanadi.

Bir dona sadokdagi baliqlarni parvarishlash uchun 3 tonna em mahsuloti talab etiladi.

Dastlabkitajribalar o’zining qanday natijalarini bermoqda?

Markaziy Farg’ona suv omborida «DOLINA LIANA» KTXF korxonasi 40 dona sadokda baliq parvarishlash tajribasini amalga oshirdi. Sadoklarning o’lchami 6x6 (36 m2).

Har bir sadokka 301 kilogrammdan, jami 40 ta sadokka 12040 kilogramm zog’ora (sazan) turidagi baliq chavoqlari tashlangan.

Baliqlarni parvarishlash uchun har bir sadokka 4500 kilogramm, 40 dona sadok uchun 180 tonna em sarflangan.

Jami sarflangan mablag’ 667,8 million so’mni (572,8 million so’mi o’z mablag’i, 95 million so’mi bank krediti hisobidan) tashkil etgan. Yaratilgan ish o’rni 6 nafar. Etishtirilgan baliq miqdori 100 tonna. Sotilgan mahsulot 800 million so’m. Sof foyda 132,2 million so’mni tashkil etgan.

Korxona 2017 yilda sadoklar sonini 90 taga etkazib, etishtiriladigan baliq mahsulotini 270 tonnaga, yalpi daromadni 2 milliard 835 million so’mga, kutiladigan sof daromadni 1 milliard 602,6 million so’mga etkazishni rejalashtirib,ish olib bormoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 1232,6 million so’m mablag’, shundan 739,5 million so’mi korxonaning o’z mablag’idan, 493 million so’mi ippoteka banki krediti hisobidan sarflanishi rejalashtirilgan.

Sadok usuliningafzalliklarinimada?

Sadokda intensiv usulda baliq etishtirishni afzallik tomonlari shundaki, hovuz suvini yangilab turish imkoniyati bo’lgan har qanday sharoitda har bir oila ham tashkil etishi mumkin.

Qolaversa, qishloq va uy sharoitida baliq boqishga imkoniyati bo’lmagan oilalar oilaviy tadbirkorlik asosida banklardan kredit olib, o’z imkoniyati darajasida sadok usulida baliq etishirishni Qo’rg’ontepa, Karkidon va Markaziy Farg’ona suv omborlarida alohida joyni egallab,rejalashtirishlari mumkin.

Farg’ona viloyatidagi tabiiy suv havzalarining umumiy maydoni 4629 ga, jumladan:

Qo’rg’ontepa suv ombori suv maydoni 176 ga, sig’imi 21 mln kub m.

Karkidon suv ombori suv maydoni 953 ga, sig’imi 211 mln kub m.

Markaziy Farg’ona suv ombori suv maydoni 3500 ga, sig’imi 350 kub m.

Sun’iy suv havzalari umumiy maydoni 2126 ga.

Sadok usulining kelajagini nimada ko’ramiz?

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, viloyatimizda bu usulni imkoniyatlari va istiqboli katta. Qolaversa, «Ipoteka» banki tomonidan hech qanday to’siqlarsiz imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Ayniqsa, ish o’rinlarini yaratilishida bu usulning ahamiyati beqiyos. Misol tariqasida aytadigan bo’lsam, Vetnamda 4 ta sadok ustida bitta oila o’tirar ekan. Demak, 4 ta sadok butun oilani boqyapti. Faqatgina tan olib aytish kerakki, Vetnamliklar bu ishga ilmiy asosda yondashganligi boisidan, bir sadokda 3,5 tonnadan 4,5 tonna, ayrim hollarda 5 tonnagacha baliqolishar ekan. Bizda esa dastlabki natijalar 1 tonnadan ortiqroq bo’lmoqda,xolos. Shu sababdan ham rahbariyatlarimizning takliflariga binoan, sadokda baliq parvarishini o’rgatish uchun Vetnamdan bir gurux mutaxassislarning kelishi kutilmoqda. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, bu usulda juda ko’p ish o’rinlari hamda baliq mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatlari yaratiladi. O’rinli gapni aytadigan bo’lsak, tirik baliq sotish minimal daromad keltiradi, asosiy foyda qayta ishlashda. Baliq boqish uchun bir ishchi o’rni yaratilgan bo’lsa, bir ishchi etishtirgan baliqni qayta ishlashda 30 ishchi o’rni yaratiladi.

Viloyatimiz uchun bu usulning yana bir ustunlik tomonlari shundaki, bizda suv imkoniyatlari cheksiz emas, chegarali. Shunday sharoitda sadok usulda baliqlarni zich holatda parvarishlash bizning sharoitimizga juda ham mos va qulay hisoblanadi. Faqatgina zich o’stirishga mos bo’lgan baliq turlarini ko’paytirish, izlanish talab etiladi,xolos.

So’nggi davrlardagi ma’lumotlarga qaraganda, Afrika laqqasi zich o’stirishga mos bo’lib, 6-8 oyda bir kilogrammgacha o’sadi. Bugungi kunda viloyat miqyosida «Afrika laqqasi» parvarishlash tajribalari olib borilmoqda. O’rni kelib bu borada ham chuqurroq to’xtalamiz.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, viloyatimizdagi baliqchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari bugun bozorlarimizda ko’rina boshladi. Galdagi natijalar esa odamlarimizning sog’lig’ida ko’rinadi.