Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Iyul 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

MUSTAQILLIGIMIZ

ABADIY BO'LSIN !

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Murojaatni tekshirish
Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

 2017-06-10 14:57:46    14

PDF yuklash
Chop etish


Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2016 y., 23-son, 265-modda)

O’zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, davlat xizmatlarining elektron shaklga sifatli o’tkazilishini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning amaldagi tartibini takomillashtirish, shu jumladan davlat organlari hujjatlarining birxillashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagi tartib amalga kiritilsin, unga muvofiq:

elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibining takomillashtirilishi davlat organlari hujjatlarining majburiy ravishda birxillashtirilishini o’z ichiga oladi;

elektron davlat xizmatlarini joriy qilish ularni ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini majburiy amalga oshirish yo’li orqali bajariladi;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida yaratilgan axborot tizimlari O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiyalashishi kerak;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doimiy asosda elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ta’minlanadi.

3. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning o’zaro hamkorlik qilishi uchun mas’uliyat O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin.

4. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari texnik hujjatlari ekspertizasini ta’minlashda elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risidagi axborotga, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish reglamentlarini kelishishda esa — elektron shaklda bajariladigan tartib-taomillar to’g’risidagi axborotga alohida e’tibor qaratsin;

Adliya vazirligi, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda olti oy muddatda ularning vakolatlari, vazifalari va funktsiyalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning inventarizatsiyasini o’tkazsin, inventarizatsiya natijalari bo’yicha interaktiv shaklga o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilinishi kerak bo’lgan, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxatini tasdiqlash uchun 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga kiritsin.

5. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar:

elektron davlat xizmatlari ko’rsatishda byurokratik to’siqlar yuzaga kelishining, ko’p vaqt ketishi va moliyaviy chiqimlar yuqoriligining asosiy sabablari tahlili o’tkazilishini;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari sifatli amalga oshirilishi doimiy asosda qat’iy nazorat qilinishini ta’minlasinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2016 yil 2 iyun,

184-son

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi 184-son qaroriga
ILOVA

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartib-taomillari va mexanizmlarini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom talablari elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga (keyingi o’rinlarda davlat organlari deb ataladi) taalluqlidir.

3. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini soddalashtirish va ratsionalizatsiya qilishga qaratilgan tashkiliy, kadrlarga oid, texnik, huquqiy va boshqa choralar majmuidan, shu jumladan ularni interaktiv rejimda ko’rsatish tartib-taomillaridan iborat.

4. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risidagi qarorni qabul qilishdagi bosh mezon davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazish, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlikni o’rnatish hisoblanadi.

Qo’shimcha mezonlar quyidagilar hisoblanadi:

elektron davlat xizmatlariga bo’lgan talab;

davlat xizmatlarini ko’rsatishda byurokratik to’siqlarning mavjudligi;

davlat xizmatlarini ko’rsatishning ko’p vaqt olishi va moliyaviy chiqimlarning yuqoriligi;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning belgilangan tartibi yo’qligi va (yoki) joylarda elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning shakllangan amaliyoti bilan elektron davlat xizmatlari ko’rsatish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan tartib o’rtasidagi katta farqlar mavjudligi.

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risidagi qarorni qabul qilishning qo’shimcha mezonlari davlat xizmatlari ko’rsatish masalalari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishi sabablarini o’rganish va tahlil qilish, shuningdek sotsiologik tadqiqotlar (ijtimoiy so’rovlar, intervyu olish, jismoniy va yuridik shaxslardan so’rab chiqish va boshqalar) natijalari bo’yicha aniqlanadi.

5. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari:

davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazishda davlat organlari tomonidan doimiy asosda;

2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o’rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan har yili tasdiqlanadigan interaktiv shaklga o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joriy qilinishi kerak bo’lgan Davlat xizmatlari ro’yxatidan (keyingi o’rinlarda Ro’yxat deb ataladi) kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan davlat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

II. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari

6. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish quyidagi bir yoki bir nechta chora-tadbirlarni majburiy bajarishdan iborat:

a) elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartib-taomillarini o’zgartirish;

b) tarkibi elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasiga ta’sir ko’rsatmaydigan tartib-taomillar aniqlangan yoki ikki va undan ortiq davlat organlariga (shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlarga) amalda aynan bir xil vazifalar va funktsiyalar berilishi holatlari aniqlangan taqdirda elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning ortiqcha va (yoki) takrorlovchi tartib-taomillarini chiqarib tashlash;

v) elektron davlat xizmatlari ko’rsatish va ularni ko’rsatish bilan bog’liq alohida tartib-taomillarni bajarish muddatlarini belgilash va (yoki) qisqartirish;

g) elektron davlat xizmatlari ko’rsatish qiymatini belgilash va (yoki) kamaytirish, shu jumladan to’lovni o’tkazish tartibini belgilash;

d) elektron davlat xizmatlari ko’rsatishda foydalaniladigan davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish;

e) elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxatini belgilash va (yoki) qisqartirish;

j) davlat organlarini belgilash va (yoki) istisno etish, shu jumladan ularning funktsiyalarini oqilona taqsimlash hisobiga elektron davlat xizmati ko’rsatish bo’yicha u yoki boshqa funktsiyani boshqa davlat organiga berish;

z) boshqaruv xodimlariga qabul qilingan qarorlarning asoslanganligi uchun javobgarlikni yuklagan holda ularning elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartib-taomillarini bajarish davomida qarorlar qabul qilish vakolatlarini berish;

i) «yagona darcha» printsipi bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari orqali elektron davlat xizmatlari ko’rsatish.

7. Quyidagilar davlat organlari hujjatlarini birxillashtirishning asosiy printsiplari hisoblanadi:

a) elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning muayyan sohasi uchun hujjatlarning formulyar-namunasini shakllantirish va uning asosida ushbu hujjatlar tizimi uchun rekvizitlar tarkibini belgilash;

b) hujjatlarni eng ko’p darajada bir xil xususiyatga keltirish yo’li bilan hujjatlarning shakllarini va ularni tuzish va rasmiylashtirish qoidalarini birxillashtirish;

v) hujjatlarga faqat aniq vazifalarni hal qilish uchun, shu jumladan hujjatning yuridik kuchini tasdiqlash uchun zarur bo’ladigan rekvizitlarni kiritish;

g) hujjatlarda o’zgaruvchan (doimiy bo’lmagan) axborotlar uchun ma’lumotnomalar va klassifikatorlardan majburiy foydalanish.

8. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi bilan bog’liq ishlarni tayyorlash va tashkil qilish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

elektron davlat xizmati ko’rsatishning amaldagi tartibini tekshirish va joriy modelini tuzish;

elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modelini tuzish va joriy qilish.

9. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida davlat organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalari jalb qilinishi mumkin.

10. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning amalga oshirish taklif qilinayotgan maqbullashtirilgan modeli tekshirilganligi, shuningdek avtomatlashtirish va elektron shaklga o’tkazish rejalashtirilayotgan davlat xizmatlari hamda ularni elektron formatda ko’rsatish tartib-taomillari to’g’risidagi axborot tegishli axborot tizimlarini va axborot resurslarini yaratishga doir texnik hujjatlarda ko’rsatiladi.

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish davomida ishlab chiqilgan, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibi va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar Vazirlik bilan kelishilishi kerak.

III. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning amaldagi tartibini tekshirish va joriy modelini tuzish

11. Elektron davlat xizmati ko’rsatishning amaldagi tartibini tekshirish (keyingi o’rinlarda tekshirish deb ataladi) davomida quyidagilar belgilanadi:

elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibi va talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi va xizmatlar ko’rsatishga jalb etilgan davlat organlari, shuningdek ularga idoraviy mansub tashkilotlar va tarkibiy bo’linmalar;

elektron davlat xizmati ko’rsatishning joriy qiymati va muddatlari, shuningdek xizmat ko’rsatilganligi uchun to’lov usullari va muddatlari;

elektron davlat xizmati ko’rsatiladigan shaxslarning toifasi;

elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro’yxati va namunalari;

elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasida olinadigan hujjatlar ro’yxati va namunalari;

elektron davlat xizmati ko’rsatish doirasida va xizmat ko’rsatishning amaldagi tartibiga muvofiq qo’llaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslari;

so’nggi uch yil ichida elektron davlat xizmati ko’rsatish statistikasi;

elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibini va talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatning amalda qo’llanishi tahlili;

elektron davlat xizmati ko’rsatish masalalari bo’yicha kelib tushadigan murojaatlar tahlili.

12. Tekshirishni o’tkazish davomida elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibining bosqichma-bosqich sxemali tasvirini, shuningdek har bir elektron davlat xizmati ko’rsatish tartib-taomilini izohlovchi matnli tavsifni o’z ichiga oluvchi elektron davlat xizmati ko’rsatishning joriy modeli tuziladi.

Elektron davlat xizmati ko’rsatish joriy modeli elektron davlat xizmati ko’rsatishning haqiqatda shakllangan amaliyoti asosida tuziladi.

13. Elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibining sxemali tasvirida quyidagilar ko’rsatiladi:

elektron davlat xizmati ishtirokchilari (davlat organiga so’rov bilan murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlat organlari, ularning xodimlari va boshqalar);

elektron davlat xizmati ko’rsatish tartib-taomillari (hujjatlarning to’liqligini tekshirish, arizani qabul qilish, uni ro’yxatga olish, ko’rib chiqish, axborot yig’ish, ob’ektni test sinovidan o’tkazish, ekspertizadan o’tkazish, tekshirish, qarorni tayyorlash, qarorni kelishish, qarorni tasdiqlash, qabul qilingan qaror to’g’risida xabardor qilish, elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasini berish va boshqalar);

elektron davlat xizmati ko’rsatish tartib-taomillarini bajarish hujjatlari yoki natijalari (arizalar, kelishuvlar, ko’chirmalar, ma’lumotnomalar, shartnomalar, litsenziyalar, xatlar, guvohnomalar, kvitantsiyalar, bildirishnomalar va boshqalar);

elektron davlat xizmati ko’rsatishning amaldagi tartibi doirasida va unga muvofiq qo’llaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslari;

elektron davlat xizmati ko’rsatish barcha tartib-taomillarini bajarish muddatlari.

Sxemali tasvirda barcha ishtirokchilar, hujjatlar yoki tartib-taomillarni bajarish natijalari, axborot tizimlari va axborot resurslarining o’zaro bog’liq ishlashi, shuningdek elektron davlat xizmati ko’rsatish har bir tartib-taomilini bajarish izchilligi aks ettirilishi kerak.

14. Elektron davlat xizmati ko’rsatilishini tekshirish va joriy modelini tuzish uni ko’rsatish tartibining tahlilini o’tkazish uchun zarur, shu jumladan:

tarkibi elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasiga ta’sir ko’rsatmaydigan va (yoki) ulardagi ma’lumotlarning ishonchliligi davlat organiga so’rov bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning ishtirokisiz tekshirilishi mumkin bo’lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) aniqlash;

elektron shaklda va ariza beruvchi foydalana olishi mumkin bo’lgan o’zaro hamkorlik usullari va shakllaridan foydalanib amalga oshirilishi mumkin bo’lgan, davlat organiga so’rov bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni aniqlash;

bajarilishi elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan va (yoki) tarkibi elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasiga ta’sir ko’rsatmaydigan, bajarilishi muddatlari qisqartirilishi mumkin bo’lgan tartib-taomillarni aniqlash;

qo’llaniladigan o’zaro hamkorlik usullarini hisobga olgan holda har bir tartib-taomilni amalga oshirishning yo’l qo’yiladigan usullari va qiymatini belgilash;

elektron davlat xizmati ko’rsatish natijasini berish yoki bunday xizmatning ko’rsatilishini rad etish to’g’risida qarorlar qabul qilish mezonlarini belgilash.

IV. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning maqbullashtirilgan modelini tuzish va joriy qilish

15. Elektron davlat xizmati ko’rsatilishini tekshirish va joriy modelini tuzish tugallangandan keyin ushbu Nizomning 14-bandida ko’rsatilgan uni ko’rsatish tartibining tahlili o’tkaziladi, shuningdek elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modelini tuzgan holda shunga o’xshash elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning chet el tajribasi va ilg’or amaliyoti o’rganiladi.

16. Elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modeli uni ko’rsatish tartibining bosqichma-bosqich sxemali tasvirini, shuningdek har bir elektron davlat xizmati ko’rsatish tartib-taomilini izohlovchi matnli tavsifni o’z ichiga oladi.

17. Elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modeli tasviriga qo’yiladigan talablar ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan talablarga o’xshash.

18. Elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modeli ushbu Nizomning 6-bandida ko’rsatilgan elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari keyinchalik amalga oshirilishini hisobga olib tuzilishi kerak.

19. Elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modelini amalga oshirishga elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini va talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish va (yoki) yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartib-taomillarini to’laqonli bajarish uchun zarur bo’lgan axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, modernizatsiyalash va ularni integratsiyalash yo’li bilan erishiladi.

Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ularni e’lon qilish yo’li orqali, shuningdek jamoatchilik fikrini o’rganishning boshqa usullarini qo’llash yo’li bilan majburiy ravishda jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishi kerak.

V. Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga o’tkazish va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilish bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish

20. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq interaktiv shaklga o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilinishi kerak bo’lgan davlat xizmatlari ro’yxatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Davlat organlari Vazirlik bilan kelishuv bo’yicha Ro’yxatga kiritilmagan davlat xizmatlarini interaktiv shaklga o’tkazishlari va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilishlari mumkin.

21. Vazirlik har yili 1 dekabrgacha yangilangan Ro’yxatni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritadi.

Tekshirishni o’tkazish, elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish muddatlari yangilangan Ro’yxatdan kelib chiqib belgilanadi.

22. Ro’yxat Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin Vazirlik davlat organlari bilan birgalikda elektron davlat xizmatlari ko’rsatishning joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzgan holda belgilangan muddatlarda tekshirish o’tkazadi.

23. Elektron davlat xizmatini ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Vazirlik elektron davlat xizmatlari ko’rsatish printsiplari va tartibini takomillashtirish zaruratini tushuntirish bo’yicha tanishtiruv taqdimotini va seminarlarni tashkil qilgan holda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari rahbarligi ostida Vazirlikning xodimlari, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining direktori va xodimlari, davlat organlari rahbarlarining o’rinbosarlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ixtisoslashtirilgan bo’linmalar boshliqlari, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibida ishtirok etuvchi bo’limlar, tarkibiy bo’linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshliqlari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhni (keyingi o’rinlarda ishchi guruh deb ataladi) tashkil qiladi.

24. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish davomida davlat organlari ishchi guruh a’zolarini zarur axborot bilan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa materiallar bilan, shu jumladan intervyu olish orqali ta’minlaydilar.

25. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish yakunlari bo’yicha Vazirlik tomonidan elektron davlat xizmati ko’rsatishning maqbullashtirilgan modelini amalga oshirish zarurligi asoslanishini va elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari rejasining loyihasini (keyingi o’rinlarda chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) o’z ichiga oladigan tegishli hisobot tuziladi, bu hisobot ishchi guruh majlisida ko’rib chiqiladi.

Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi loyihasini ma’qullash va uni belgilangan tartibda Respublika komissiyasiga ko’rib chiqish uchun kiritish to’g’risida qaror qabul qilinadi.

Respublika komissiyasi o’zining majlisida chora-tadbirlar rejasi loyihasini keyinchalik amalga oshirishni tashkil etish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish uchun taqdim etilgan ushbu chora-tadbirlar rejasi loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.

26. Chora-tadbirlar rejasi ushbu Nizomning 6-bandida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni bajarishning izchilligini, aniq muddatlarini, davlat organlari mas’ul bajaruvchilarining nomlarini nazarda tutadi.

Davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazishni ta’minlovchi axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan Respublika komissiyasi tasdiqlaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalari amalga oshirilishi uchun davlat buyurtmasiga kiritish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida» 2013 yil 25 yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq takliflar tayyorlanadi.

VI. Yakuniy qoida

27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risidagi nizomga
ILOVA

Interaktiv shaklga o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilinishi kerak bo’lgan Davlat xizmatlari ro’yxatiga muvofiq elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

Ishlar

Sub’ektlar

Muddatlar

1-bosqich

2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga (keyingi o’rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) Interaktiv shaklga o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlarining portalida joriy qilinishi kerak bo’lgan Davlat xizmatlari ro’yxatini (keyingi o’rinlarda Ro’yxat deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb ataladi)

Har yili
1 dekabrgacha

Ro’yxatni tasdiqlash

Respublika
komissiyasi

Majlislarni o’tkazish muddatlariga muvofiq

2-bosqich

Elektron davlat xizmati ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha ishchi guruhni tasdiqlash

Vazirlik

Ro’yxat tasdiqlangandan keyin



Ro’yxatda nazarda tutilgan

muddatlarga muvofiq

Elektron davlat xizmati ko’rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari rejasini (keyingi o’rinlarda chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) ishlab chiqish

Ishchi guruh

3-bosqich

Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash

Respublika
komissiyasi

Majlislarni o’tkazish muddatlariga muvofiq

4-bosqich

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha davlat buyurtmasiga kiritish uchun tegishli axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish takliflarini Vazirlikka kiritish

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar

Har yili
1 sentyabrgacha

5-bosqich

Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish

Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Vazirlik, boshqa mas’ul bajaruvchilar

Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq