Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan ehtirom mitingidagi so’zi

 2017-06-12 11:15:45    145

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli tadbir qatnashchilari! Aziz ustozlar!

Har yili diyorimizda hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun ma’naviy bayram sifatida keng nishonlanadi. Boisi, avvalo, U zot o’zbek adabiy tilining asoschisi sifatida bizga behad qadrli, qolaversa, mustaqil davlatimiz o’z oldiga qo’ygan barkamol avlod tarbiyasi kabi yuksak g’oyalar Navoiy orzu-istaklariga g’oyat hamohangdir.

Bugun ham o’zbek adabiyotining ulug’ mutafakkir shoiri, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligini nishonlash asnosida ulug’ bobomiz ruhini shod qilmoqdamiz.

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarlarida daho so’z san’atkoriga shunday baho berilgan: “Alisher Navoiyni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. Darhaqiqat, shunday.

Alisher Navoiy – bu ona tilimiz, qalbimiz, ehtiroslarimiz, dardu g’amlarimiz, quvonchu shodliklarimiz, orzu-umidlarimiz kuychisi. Xalqimizning kamoloti sari eng yuksak insoniy marralar tomon chorlab kelgan dahodir.

Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o’rganishning ham keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o’rganish imkoniyati yuzaga keldi. Ulug’ so’z san’atkori Hazrat Navoiy yaratgan durdona asarlar bugun xalqimizning ijodiy mulkiga aylanib, ma’naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Buyuk bobomiz deyarli barcha asarlarida goh Hotamtoy, goh Farhod, goh Majnun, goh Iskandar siymolarida insoniyatni komillika chorlaydi. Lekin “Mahbub ul-qulub” asari – so’z mulki sultonining boshdan oxir insoniylik mezonlari haqidagi asari sifatida muhim va bebaho durdona asar desak adashmaymiz. Hayoti poyonida bitilgan ushbu nasriy kitobda ulug’ mutafakkir umr bo’yi to’plagan tajribalarini, xulosalarining asosiy qismini qayd etganlar deyish mumkin.

“Bilmaganni so’rab o’rgangan – olim va orlanib so’ramagan – o’ziga zolim. Oz-oz o’rganib – dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib – daryo bo’lur”. Navoiyning ushbu hikmatlari o’z davridayoq el orasida g’oyat mashhur bo’lib ketgan va shuning uchun ham biz bugungi kunda ularni maqol darajasida qabul qilishimizni tushunish mumkin.

Zamonamiz yoshlariga xos yana bir umumiy jihat – bu shoshqaloqlikdir. Ya’ni hamma narsaga – martaba, mol-dunyo, hurmatga tez va oson erishishni istayotganlarga Navoiy shunday o’git beradi: “Sabr bilan ko’p mushkul ishlar oson ko’chadi. Ishda shoshgan ko’p toyiladi; ko’p toyilgan ko’p yiqiladi”. “Mahbub ul-qulub”ning boshqa sahifasida “Qanoat – bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi... U bir ekinzorki, urug’i izzat va shavkat hosilini beradi... Qanoat bir qo’rg’onki, unga kirsang nafsing g’alvasidan qutilasan. Qanoat bir cho’qqiki, unga chiqsang, do’st-dushmanga muhtojlikdan xalos bo’lasan”. Ya’ni birovning minnatiga kuni qolishini istamagan odam hamisha qanoatli bo’lmog’i zarur.

Ma’lumki, shoirning har bir satri hayratlanarli darajada o’zida olam-olam ma’nolarni jamlagan. U bugungidek hur, ilm-fan taraqqiy etgan zamonni orzu qilgan edi.

Bugun butun Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan ehtirom tadbirlari nafaqat ulug’ alloma ijodiga hurmat, balki shoir orzu etgan mustaqil ozod zamonimizga shukronalik tadbiridir.

Biz shunday qutlug’ kunlarda nafaqat ajdodlarimizning buyuk salohiyati bilan faxru iftixor qilamiz, balki bugunning iste’dodlariga g’amxo’rlik qilish, zarur moddiy va ma’naviy sharoit yaratish oldida ham mas’ulmiz.

Bugungi milliy adabiyotimizning fidoyi ustozlarini hurmatini joyiga qo’yish va yoshlarimizning kamol topishi, dunyoga tanitish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga tayyormiz.

Navoiy bobomizning yoshlar uchun g’oyat muhim bo’lgan yana bir o’gitlariga e’tibor berishlaringni istardim: “Ilm o’qib, unga amal qilmagan – erni haydab, urug’ sepmaganga yoki urug’ sepib, hosildan bahra olmaganga o’xshaydi”. Ya’ni kelajak bunyodkorlari albatta ilm olishlari va bilimlarini amalda qo’llab, jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shishlari lozim!

Barcha-barchamizga she’riyat bayrami muborak bo’lsin. Hazrat Navoiyning ruhlari shod bo’lsin!

E’tiboringiz uchun tashakkur!