Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Viloyat hokimi Sh.M.G’anievning 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Istiqlol” o’yingohida o’tkaziladigan festivaldagi TABRIK SO’ZI

 2017-06-12 11:19:44    139

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli askar va serjantlar, ofitserlar, qadrli yoshlar!

Bugun Sizlar bilan mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostidagi bayram festivalida uchrashib turganligimizdan mamnunman.

Biz milliy armiyamiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Qurolli Kuchlari shonli taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Islom Abdug’anievich Karimov rahnamoligida milliy armiyamizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlatimiz mudofaa qudrati oshirildi.

Kuchli qurollangan, zamonaviy texnikalar bilan ta’minlangan, tezkor harakatlanuvchi professional armiyamiz shakllantirildi. Askarlar va zobitlar uchun qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratildi. Ularni ijtimoiy himoya qilishga e’tibor kuchaytirildi.

Qurolli Kuchlarimiz saflaridagi ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissi kamol topmoqda. Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish haqiqiy mardlik va jasurlik ishiga aylandi. Shuning uchun ham yoshlarimiz orasida harbiyda xizmatni o’tashga bo’lgan havas va ishtiyoq tobora ortmoqda. O’zbekiston Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilish shon-sharaf va faxrli ishga aylangan.

Mamlakatimiz sarhadlarini mustahkam va ishonchli himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oilalarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni mustahkamlash, ular uchun zarur uy-joy va maishiy sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda va bu masala hamisha Davlatimizning e’tibor markazida bo’ladi.

Dunyo davlatlarini iqtisodiy inqiroz katta tashvishga solib turgan bir paytda O’zbekiston oxirgi yillarda sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8-8,5 foiz iqtisodiy o’sishga erishmoqda. Bu esa yurtimizdagi tinchilikning natijasidir.

Tinchlik va osoyishtalik tufayli Vatanimiz salohiyati, dunyodagi obro’-e’tibori, moddiy, iqtisodiy va intellektual kuch-qudratimiz tobora oshmoqda. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o’zgarib, chiroy ochmoqda. Hamyurtlarimiz hech kimdan kam bo’lmagan shart-sharoitlarda yashab, mehnat qilmoqdalar.

Muhtaram Prezidentimiz biz uchun bebaho boylik bo’lmish tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, fuqarolar va millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash hamisha e’tiborimiz markazida turishi lozimligini doimo eslatib turadilar. “Bugungi notinch va murakkab zamonda, yaqin va uzoq yon-atrofimizda, mintaqamizda ko’pdan buyon davom etayotgan nizo va qarama-qarshilik, tobora keskinlashib borayotgan vaziyat bizning doimo ogoh, doimo hushyor, sergak va sezgir bo’lib yashashimizni, xavfsizligimizga tahdid solayotgan har qanday balo-qazolarning oldini olishimizni taqozo etmoqda” degan edi Yurtboshimiz. Shuning uchun har doim hamjihat, sezgir va hushyor bo’lsak xavotirga o’rin qolmaydi.

Hurmatli festival qatnashchilari!

Armiyamiz hozirgi kunda nafaqat Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilmoqda, ayni vaqtda mustahkam iroda va xarakter, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan haqiqiy professional malaka oshirish maktabiga aylangan. Uni tom ma’noda mardlik va matonat fazilatlarini tarbiyalash, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabi, deyishimiz mumkin.

Sizlar bugun Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilib zimmangizdagi sharafli va muqaddas burchingizni sidqidildan ado etyapsiz. Har biringizning xizmatni muvaffaqiyatli tugallab, jamiyatimizdan munosib o’rningizni egallashdek ezgu niyatlaringiz bor. Ana shu niyatlaringiz albatta amalga oshishini, ota-onangiz – oilangiz bag’riga sog’-omon qaytishingizni tilayman.

Barchangizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yilligi bayrami va yangi – 2016 yil bilan samimiy tabriklayman.

Bayramingiz muborak bo’lsin!