Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan viloyat faollarining tantanali yig’ilishini olib borish

 2017-06-12 11:56:36    135

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan viloyat faollarining tantanali yig’ilishini olib borish

T A R T I B I

   Assalomu alaykum!

  Hurmatli tadbir ishtirokchilari, aziz mehmonlar!

  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
  24 yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbirga hush kelibsiz!

Bosh qomusimiz — oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. U davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo’lib, har bir satrida istiqlol va taraqqiyot yo’limiz aks etadi. Uni erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida e’zoz-hurmat bilan tilga olishimiz zarur. O’zbek xalqi ana shunday ulug’vor Konstitutsiyaga munosib, o’tmishi va kelajagi buyuk xalqdir.

Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga 24 yil to’ldi. Ayni kunda xalqimiz ana shu muhim sanani bayram sifatida keng nishonlamoqda.

O’zbekiston Konstitutsiyasi xalq xohish-irodasiniifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha’ni, qadr-qimmati, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo’yilgan.

Biz qonun ustuvor bo’lgan jamiyat barpo qilmoqchimiz. Qonun ustuvorligi — bu qonunga rioya etish hamma uchun majburiy bo’lgan, uni buzishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydigan huquqiy hayotiy tartibdir. Shuning uchun shu hayotiy tartibga o’zimizni tayyorlab va etarli huquqiy bilimlarga ega bo’lib borishimiz lozim.

Bosh qomusimiz qadr-qimmatini hech narsa bilan o’lchab, tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki unda mustahkamlangan qoidalar va ifodalangan g’oyalar zamirida xalqning, sizu bizning huquq va erkinliklarimiz mujassam. Uni aziz va muqaddas deb bilib, Konstitutsiyadagi qoidalar asosida yashashimizzarur.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatimiz barcha a’zolarining, shu jumladan,yoshlarning manfaatlarini, ularning haq-huquqi va erkinliklarini o’zida to’la ifoda etadi. Chunki davlatimizning har tomonlama qudratli davlatga aylanishida yoshlarning faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yoshlarning qobiliyati, iste’dodi, bilimiga muvofiq ijtimoiy ehtiyojlarini e’tiborga olib, ilm olish, kasb, mashg’ulot turi va ish tanlash huquqini o’z ichiga oluvchi huquqlar majmui Konstitutsiyaviy qoidalarda mustahkamlab qo’yilgan.

Hurmatli tadbirqatnashchilari!

Bugungi bayram tantanasida O’zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiSenati a’zolari, viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari,viloyat hokimining o’rinbosarlari, shahar, tuman hokimlari, ularning o’rinbosarlari, xotin-qizlar qo’mitasi raislari, viloyatmizdagihuquq-tartibot organlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlarihamda davlat mukofoti bilan taqdirlanganfidoyi yurtdoshlarimizqatnashmoqdalar.

Shuningdek, bugungi tantanada O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Adxam Ilxamovich Ikramov ishtirok etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan viloyat faollarining tantanali yig’ilishini ochiq deb e’lon qilaman.

( O’zbekiston Respublikasi madhiyasi yangraydi)

Hurmatli tantana qatnashchilari!

Ma’ruza qilish uchun so’z viloyat prokurori, adliya maslahatchisi Abduraxmonov Muzaffar Mamurovichga.

Marhamat.(maruza 10-15 daqiqa)

   Muhtaramtadbir ishtirokchilari!

Xabaringiz bor, Respublikamiz mustaqilligining 
25yilligi bayrami arafasida viloyatimizning bir guruhfaollari davlatimizning orden va medallari hamda yuksak unvonlari bilan mukofotlanganedi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining orden, medal va yuksak unvonlar bilan taqdirlash haqidagi Farmonini o’qib berish uchun so’zni viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari AbdumalikovAbduvahob Abidovichga beraman.

Ruxsatlaringiz bilan ushbu davlat mukofotlarini O’zbekiston Respublikasi Boshvazirining o’rinbosari Adxam Ilxamovich Ikramovtopshirishlarini iltimosqilamiz.

Marhamat.

Mukofotlanganlardan so’zga chiquvchilar bor-mi?

(ruyxat bo’yicha o’qib beriladi)

Hurmatli yurtdoshlar !

Sizlarga yana bir bor Davlatimizning yuksak mukofotlari muborak bo’lsin, viloyatimiz fidoyilari.

Mukofotlanganlarni tabriklash uchun so’z O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Adxam Ilxamovich Ikramovga.

Marhamat.

Rahmat.

Shuning bilan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishimizning rasmiy qismini yopiq deb e’lon qilib, Sizlarni bayram tadbiriga bag’ishlab tayyorlangan kontsert dasturini tomosha qilishga taklif etamiz.

Marhamat.