Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Farg’ona shahrida o’tkaziladigan tantanali marosimdagi

 2017-06-12 11:47:54    55

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli bayram ishtirokchilari!

Aziz mehmonlar!

Bugun barchamiz uchun eng ulug’va eng aziz bayram bo’lmishO’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligini nishonlash shodiyonalarida ishtirok etmoqdamiz. Bu yilgi bayramtadbirlari“Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” degan ezgu g’oya ostida o’tkazilayotganligi tantanalarga o’zgacha ruh, ko’tarinkilik bag’ishlamoqda.

Mustaqillik sharofati tufayli shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan yilga ko’rkamlashib, tobora obod va go’zal bo’lib bormoqda. Aholimizning asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarda munosib turmush sharoiti yildan yilga yaxshilanib barchaning havasini keltiryapti.

Buni mustaqillik yillarida mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli qurilish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlarida ham ko’rishimiz mumkin. Iqtisodiyotimizni yuksaltirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirish, yosh avlodni barkamol farzandlar qilib voyaga etkazish singari ustuvor ishlarga, yurtimiz qiyofasi va hayotimizning mazmun-mohiyatini mutlaqo o’zgartirib yuborgach tom ma’nodagi tarixiy o’zgarishlarga bugun butun dunyo ahli hayrat ko’zi bilan boqib, tan berib turibdi.

Bugun biz Farg’onaliklar Xurmatli Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov hamda hukumatimiz tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim sohalariga berilayotgan alohida e’tibor tufayli turmush farovonligimiz kun sayin yuksalib borayotganidan har qancha minnatdor bo’lsak va qayta-qayta shukronalar keltirsak arziydi.

2016 yilning Yurtboshimiz tomonidan «Sog’lom ona va bola yili» deb e’lon qilinishi hayotga kirib kelayotgan navqiron avlodning komil inson bo’lib voyaga etishi, bilim va malaka egallashi, jamiyatda munosib o’rnini topishi, kelajagi buyuk davlatimizning hech kimdan kam bo’lmagan barkamol fuqarosi bo’lib etishishi uchun ko’rsatilayotgan beqiyos g’amxo’rliklarning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi.

Qadrli do’stlar!

Bu yil mustaqilligimizning 25 yilligi qo’shaloq bayram sifatida nishonlanmoqda, deyishga asosimiz bor. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tgan XXXI yozgi olimpiada o’yinlarida milliy terma jamoamiz a’zolari 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza bedalini qo’lga kiritib, eng ulug’ va eng aziz bayramimizga munosib sovg’a tayyorlashdi.

Hurmatli bayram qatnashchilari!

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami munosabati bilan ko’plab vatandoshlarimiz qatori 28 nafar farg’onaliklar Prezidentimizning farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari – “O’zbekiston iftixori”, “O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash xodimi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan pillachi” kabi faxriy unvonlar, “El-yurt hurmati ordeni”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati”, “Do’stlik”, “Jasorat”, “Shuhrat” kabi orden va medallar bilan taqdirlandilar.

Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxt-saodati yo’lidagi samarali xizmatlari uchun  ana shunday yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan barcha hamyurtlarimizni sizlarning  nomingizdan qutlashga ijozat etgaysizlar.

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida qurilishi yakunlangan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li orqali 27 avgust kuni yo’lovchi poezdi Toshkentdan yo’l olib, viloyatimizning Qo’qon va Marg’ilon shaharlari orqali Andijonga etib bordi. 

Qisqa vaqt ichida 123,1 kilometrlik Angren – Pop temir yo’li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq tunnelining  qurib bitkazilganligi  mamlakatimizda yaxlit, mustaqil va zamonaviy temir yo’l tizimi yaratilishiga asos bo’ldi. Ulkan strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur loyiha mamlakatimizning kommunikatsiya va transport sohasida erishgan taraqqiyoti darajasini namoyon etdi. 

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Joriy yil viloyatimiz iqtisodiy hayotida ham unutilmas yil bo’lib, tarix sahifalaridan joy olmoqda.

Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 1900 ta sanoat korxonalari va servis-xizmat ko’rsatish shoxobchalari zamonaviy talablar asosida foydalanishga topshirildi.

Jumladan, O’zbekiston tumanidagi “Turon eko tsement”, Farg’ona tumanidagi “Farg’ona Aziana”, Qo’qon shahridagi “Indorama Kokand tekstil” korxonasining 4-bosqichi, “Vodiy poyabzali” xususiy firmasi kabi yirik sanoat loyihalari amalga oshirildi. Birgina mustaqillik bayrami arafasida 200 ga yaqin sanoat va xizmat ko’rsatish loyihalari amalga oshirildi.

Sanoat korxonalarida 27 xil turdagi yuqori qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu ham bo’lsa mamlakatimizda soha rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning bir namunasidir.

Mana shunday fayzli damlarda Sizlarni va viloyatimiz ahlini hammamiz uchun eng mo’’tabar ayyom – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami munosabati bilan samimiy yana bir bor tabriklaymz, istiqlolimiz tufayli erishgan barcha yuksak g’alaba va marralarimiz bardavom bo’lsin

Bayram barchangizga muborak bo’lsin, aziz do’stlar!