Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyati hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Sh.M.G’anievning “Kim edigu, kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?”

 2017-06-12 11:54:39    71

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz farg’onaliklar!

Muhtaram yurtdoshlar, viloyatimiz mehmonlari!

Mustaqil yurtimizda bayramlar ko’p. Istiqlol tufayli bu bayramlar yangicha qiyofa va ta’rif bilan kundalik turmushimizning quvonchli onlarini bezamoqda. Siz bilan biz bugun yorug’ yuz va intizorlik ila qarshi olayotgan Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami esa o’zining shukuhi va zalvori, ahamiyati bilan boshqalaridan farq qiladi. Zero, har narsadan buyuk, har narsadan qadrli, ertangi porloq turmushimizga tamal toshini qo’ygan Istiqlol atalmish buyuk ne’matning o’tgan 25 yildagi odimlari bu bayramning qadrini baland ko’tarmoqda. Hayotimizga erkinlik, mustaqil fikrlash, hurlik, farovon turmush, ertangi kunga qat’iy ishonchni olib kirgan Mustaqillik bugun har birimizning ong va shuurimizda o’zining butun bo’y-basti bilan namoyon bo’lmoqda.

Mustaqillik haqida, uning xalqimiz taqdirida tutgan o’rni haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo – kim edigu kim bo’ldik, degan savol ongimizda namoyon bo’ladi. Bunday paytda bundan 25 yil oldingi shahar va qishloqlarimizning nochor ahvoli, loysuvoq uylar, maktab, shifoxonalarning axvoli, xullas millionlab tonna paxta etishtirib o’zi bir amallab kun kechirayotgan xokisor xalqimizning o’sha paytdagi hayoti ko’z oldimizga keladi. Tarixan qisqa davr bo’lgan bor yo’g’i 25 yil mobaynida hayotimizda sodir bo’lgan buyuk o’zgarishlarga esa bugun barchamiz shohid bo’lib, ana shu bunyodkorlik ishlarining faol ishtirokchilariga aylandik.

Bu taraqqiyot va bunyodkorlik odimlari bugun farg’onaliklar hayotida yorqin sahifa bo’lib muhrlanmoqda. Viloyatning shahar tumanlari bo’ylab o’tkazilgan  “Kim edigu, kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ’ibot tadbirlarida ham shu hususiyatlar yaqqol ko’zga tashlandi. Siyosat arboblari, san’atkorlar, estradamiz yulduzlari, teatr va kinoaktyorlari, ijodkorlardan iborat targ’ibot guruhlarining keng mazmundagi uchrashuvlari, hududlarda o’tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar istiqlolimizning qutlug’ to’yini, uning ahamiyatini butun bo’y-basti bilan namoyon etdi. Azizlar, bu bayramlar shukuhi to’xtaganicha yo’q. Har bir mahalladan tortib shahar va tuman markazlariga qadar mustaqillik oqshomlari o’tkazilayotgani, ularda yurtdoshlarimizning uyushqoqlik ruhida qatnashayotgani osuda hayotimizga bo’lgan shukronalik fazilatidir. Qolaversa o’tkazilgan targ’ibot tadbirlari aholining yanada hamjihat bo’lishiga hissa qo’shdi. Bu haqida gapirganda, beixtiyor yana tinchlik haqidagi o’ylarimiz jonlanadi. Chunki totuvlik bugungi  global sharoitda jamiyat mustahkamligini ta’minlovchi katta kuchga aylandi. Tinch-osoyishta umrguzaronlik qilib hotirjam yashash har bir inson uchun buyuk ne’matdir. Bunday paytda dunyoning qator davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, oddiy odamlarning boshiga tushayotgan musibatlar haqida o’ylab qolamiz va beixtiyor yuragimizda oilamiz bag’rida, yaqinlarimiz qurshovida o’tayotgan osuda, baxtiyor hayotimiz qadriga etish, shukronalar keltirish istagi yanada kuchayadi. Zero, barcha ro’shnoliklarimizning sababchisi bo’lgan Mustaqilligimizni asrab-avaylash, yon-atrofimizda yuz berayotgan har qanday voqealarga, o’zgarishlarga munosabat bildirib daxldorlik hissi bilan ogoh bo’lib yashash har birimizning burchimizdir. Zero, tinchlik dunyodagi eng ulug’ ne’mat. Usiz hayot daryosi quriydi, insonlar taqdiri uqubatga, ranju baloga mubtalo bo’ladi. Tinchlik bebaho, bitmas-tuganmas, qadri abad boylikdir. Uning xotirjamlik va rohatu farog’at degan zabarjad xazinalari bor. Shu xazinalar har bir kishiga rizqu-nasiba ulashadi, ko’nglini zavqu shavqqa oshno etadi, orzularini sarbaland aylaydi, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi.

Har yili mustaqillik bayrami oldidan chiroyli, go’zal,  ezgu bir shior, g’oya e’lon qilinadi. Bu yil ham yurtimizda milliy bayramimizni Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” degan g’oya ostida nishonlayapmiz. Katta-yu kichik bu g’oyani bajonidil, mehr bilan qabul qilib, uning har bir so’zidan olam-olam ma’no topmoqda. O’tkazilgan targ’ibot tadbirlari ana shu shiorga hamohang tarzda tashkil etilgani esa yuragimizdagi mustaqillik shukronasini yanada alangalatib yubordi. Muhtaram mehmonlar, Farg’ona xalqi Vatanimizning chorak asrlik to’yini har yilgidek ulkan va havasga munosib yutuqlar bilan kutib olayapti. Targ’ibot tadbirlari davomida o’zingiz ham viloyatning yuksalish odimlariga birma bir guvoh bo’ldingiz.

Istiqlol oldidan O’zbekiston axli yana bir asriy qurilishlar shohidiga aylandi. Angren — Pop temir yo’li ishga tushishi bilan ota-bobolarimizning necha ming yillik orzularidan biri amalga oshdi. Qadimda Buyuk Ipak yo’lining markaziy tarmog’i yurtimiz hududidan o’tgan. Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yo’li ana shu imkoniyatlar tiklanishiga qo’shadigan hissasi bilan yanada ahamiyatlidir. Zero, unga Xitoy — Markaziy Osiyo — Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining eng muhim bo’g’ini sifatida qaralayotgani ham bejiz emas. Dilimizni iftixorga to’ldirgan bu noyob inshoot mustaqilligimizning bebaho mo’’jizasidir. Uning bunyod etilishi Farg’ona xalqining ham buyuk g’alabasi bo’lib qoldi desam aslo mubolag’a bo’lmaydi.  Azizlar, istiqlolning yurtimizning barcha hududida bo’lgani kabi Farg’onaga bergan cheksiz imkoniyatlari har bir jabhada ko’zga tashlanayotgani rost. Eng muhimi bugungi asriy o’zgarishlar pallasida yurt obodligi va farovonligiga hissa qo’shishdek ezgu maqsad har bir yurtdoshimizning orzu-intilishlarida aks etayotir.

Mustaqil davlatimizda kelajagimiz vorislari bo’lgan yoshlarimizga g’amxo’rlik qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, zamonaviy o’quv maskanlari barpo etish bolalar sportini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yildan yilga o’z samarasini bermoqda. Bugungi o’zbek-yigit qizi rivojlangan davlatlarning obro’li bilim dargohlarida o’qiyotgan, jahon sporti arenalarida O’zbekiston bayrog’ini boshi uzra hilpirayotgan, hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlodga aylandi.  

Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlanayotgan «Sog’lom ona va bola» yilida turarkanmiz xalqimizning yaxshi bir an’anasiga rioya qilib hammamiz to’yga to’yona bilan borish nafasi bilan yashamoqdamiz. Ana shunday pallada yurtdoshlarimizning xush kayfiyati va hayotlaridan mamnunlik hissi, ertangi kun bilan yashash ruhi ko’ngillarimizga taskinlik bag’ishlaydi. Zero, tinchlik, osoyishtalik ta’minlanib inson manfaati ustuvor ekan Vatanimiz yanada gullayveradi. Beixtiyor har birimiz Mustaqillik deb atalgan buyuk ne’matning qadriga etish hissini tuyamiz.

Eng ulug’ tantana mustaqilligimizning 25 yilligi barcha-barchamizga muborak bo’lsin!

Muhtaram mehmonlar, yana bir bora go’zal Farg’onaga xush kelibsizlar!