Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

2016 yil 9 sentyabr kuni Marg’ilon shahrida o’tkaziladigan “Atlas bayrami”

 2017-06-12 12:00:46    56

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!

Hurmatli yurtdoshlar! Xonimlar va janoblar!

Avvalombor, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan qadimiy va hamisha navqiron Marg’ilon shahriga xush kelibsiz, deyishga ijozat bergaysiz!

Barchamizga  yaxshi ma’lumki, har qanday millatning kelajagi uning tarixi va madaniy merosining qanchalik boy ekaniga qarab baho beriladi, xalq esa o’z qadriyat va an’analariga bo’lgan yuksak hurmati, e’tibori bilan ulug’lanadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ham xalqimizning madaniy tarixini o’rganish, milliy qadriyat va an’analarimizni saqlash va kelajak avlodga etkazish masalalariga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilgan.


Hurmatli festival ishtirokchilari!

Aytish lozimki, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning ushbu sohaga bo’lgan alohida e’tibori natijasida bundan 19 yil oldin,ya’ni 1997 yilda “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atni yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon qabul qilingan edi.

O’tgan yillar davomida qo’lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlashning asriy an’analarini va o’ziga xos turlarini qayta tiklashga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Ayniqsa, oilaviy korxona shaklidagi xalq amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlarga qator imtiyozlar joriy etildi.

Natijada, yildan-yilga o’zbek amaliy san’ati va milliy hunarmandchiligi namunalari ko’plab Xalqaro ko’rgazmalardan joy olmoqda, “Ustoz-shogird” maktabi vakillari esa Sharq xalqlarining barcha darajadagi qiziquvchilari e’tiborini tortib, ko’pchilikda havas uyg’otmoqda.

Mustaqillik yillarida aynan farg’onalik 3 nafar milliy hunarmandlarimiz “O’zbekiston Respublikasi Xalq ustasi” unvoniga sazovor bo’lishdi. Shuningdek, 20 dan ortiq xalq amaliy san’atining qo’li gul vakillari bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ayniqsa, milliy hunarmandchilikning ustozoda vakili Abdug’ani Abdullaevga davlatimizning eng yuksak mukofoti – “O’zbekiston Qahramoni” unvoni berilishi soha vakillari qatori barchaga juda katta faxr-iftixor bag’ishladi.

Shuningdek, buyuk ustalarning bugungi munosib shogirdlari YuNESKO tomonidan tashkillanadigan qator nufuzli Xalqaro ko’rgazma va tanlovlarda eng yuqori baholarga loyiq topilayotgani, rag’yuatlantirilayotgani yurtimizda milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining kelajagi ishonchli qo’llarda ekanidan dalolat beradi.

Erishilgan yutug’lar zamirida esa bugungi tinch-osuda hayotimizga shukronalik va ertangi kunga bo’lgan ishonch yotibdi. Buning isbotini bugungi “Atlas bayrami” – Milliy matolar Ikkinchi festivalining yuksak saviyada o’tkazilayottanligida ham ko’rishimiz mumkin.

Festival kunlarida qadimiy Marg’ilon shahri atlasu adrasga burkanib, yanada navqiron malika-shaharga aylanganini, O’zbek an’anaviy matolari dunyoning turli qit’alari matolari qatorida yanada maftunkorlik kasb etib, millatlar o’rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga ma’naviy xizmat qilayotganini, men qatori, shu erda yig’ilgan xorijlik aziz mehmonlarimiz ham tasavvur etishyapti, deb o’ylayman.

Aziz mehmonlar, xonimlar va janoblar!

Dunyodagi eng obro’li va ma’rifatparvar xalqaro tashkilotlardan biri hisoblangan YuNESKO tashkilotining vakilligi ishtirokida o’tkazilayotgan ikkinchi festival o’z dasturiga ko’ra, xorijiy va mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari namoyishi, mavzular bo’yicha o’quv-amaliy mashg’ulotlar, mutaxassislar ishtirokidagi davra suhbatlari, ko’rgazmalar va dizanerlik ishlari namoyishi bilan ahamiyatlidir.

Fursatdan foydalanib, mazkur festival tashkilotchilari va hamkorlariga, YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga, Respublika “Xunarmand” uyushmasiga, shuningdek barcha mahalliy va xorijiy hunarmand ustalarimizga, ishtirokchilarga viloyat hokimligining minnatdorchiligini bildirmoqchiman hamda  festival ishiga omad tilayman.

E’tiboringiz uchun rahmat!