Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyati hokimi, Viloyat Futbol federatsiyasi prezidenti Sh. G’anievning O’zbekiston XXV milliy chempionata ochilish marosimidagi ma’ruzasi

 2017-06-12 12:05:02    52

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli mehmonlar, millionlar o’yini»muxlislari!

Fursatdan foydalanib, avvalo, barchalaringni mamlakatimizning navbatdagi futbol mavsumi ochilishi - Oliy liganing bu yilgi milliy chempionatiga start berilgani bilan samimiy muborakbod etaman.

Ishonchim komilki, bu yilgi futbol musobaqalari ham qiziqarli va murosasiz bahslari, klublar o’rtasida chempionlik uchun qizg’in kurash borishi, yangi-yangi professional futbolchilarni kashf etishi orqali mamlakatimiz, xususan, viloyatimiz futboli tarixida o’ziga xos yorqin iz qoldiradi.

Ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida bevosita muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligi va tashabbusi bilan mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, bu jarayonda soha infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi, klublarniig professionallashuvi jahon andozalari darajasiga ko’tarilmoqda.

           Quvonarlisi, 2011 yilning 19 yanvarida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori yurtimizda futbol sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarib, futbolning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishda mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi, albatta.

           Viloyatda futbol bo’yicha maktab-internatlari, bolalar va o’smirlar maktablari, professional klublar, futbolchilar, murabbiylar hamda hakamlarning mahorat va malakasini oshirish, umuman olganda, viloyatimizdagi keng axoli qatlamlari o’rtasida futbolni targ’ib qilish hamda yanada ommalashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, hozirda oliy liga jamoalari o’rtasida  o’tkazilayotgan O’zbekiston Chempionatida 2 ta "Neftchi" va "Qo’qon-1912" jamoalarining muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. 2015 yil futbol mavsumi oldidan Farg’ona shahrida zamonaviy barcha qulayliklarga ega jahon talablariga javob beradigan 20.000 o’rinli stadion hamda futbol maktabining ishga tushirilganligi, sevimli "Neftchi" jamoasini futbol mavsumini 5-o’rinbilan yakunlaganligi va eng kuchli beshtalikka kirishi shular jumlasidandir.

Ma’lumki, Farg’onalik futbol muxlislari har qanday sharoitda ham o’zlarining sevimli jamoalarini qo’llab- quvvatlash borasida hamisha o’z sadoqatlarini namoyon etib kelganlar.

Shu bois bu yilgi chempionat boshlanishi arafasida “Neftchi” jamoasi ustoz murabbiylari hamda futbolchilari suyukli muxlislar uchun klubning g’oliblik an’analarini qaytarishlariga umid bildirib qolamiz. O’z navbatida mamlakatimizning etakchi jamoalaridan sanalgan Namanganning "Navbahor" jamoasiga xam chempionat o’yinlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Fursatdan foydalanib, yildan-yilga yurtimizda ommalashib borayotgan “millionlar uyini”ning barcha- barcha ishqibozlariga futboldan zavqlanish onlarini, qadrdon jamoalarining doimiy g’alabalarini tilab qolaman.

E’tiborlaring uchun rahmat!

O’zbekiston XXV milliy chempionatining ochilish marosimi

STsENARIYSI.

2016 yil 12 mart, shanba                              Farg’ona shaxri.

Soat 15-30 O’zbekiston XXIV milliy chempionatining ochilishiga bag’ishlangan kontsert dasturi.

Soat 16-15 Futbol jamoalarining o’yindan oldin chigal yozdi mashqlari(razminka).

Soat 16-45 Futbol sharhlovchisi bugungi o’yindauchrashadigan jamoalarni maydon chetiga saf tortishlari uchun taklif qiladi.

Soat 16-50 Futbol bo’yicha O’zbekiston Milliy Chempionatining ochilish munosabati bilan so’z viloyat hokimi, viloyat Futbol federatsiyasi prezidentiSh.G’anievga beriladi.

Soat 16-55 Sharhlovchi "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari sardorlarini O’zbekiston Respublikasi bayrog’ini ko’tarishga taklif qiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi va bayrog’i ko’tariladi.

Soat 17-00 "Neftchi".- "Navbaxor" futbol jamoalari uyini boshlanadi.