Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

8 mart – xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tabrik so’zi

 2017-06-12 12:08:04    61

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz onaxonlar, opa-singillar! Muhtarama ayollar!

Qadrli bayram tantanasi ishtirokchilari!

Hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov Siz munis onalarimiz, opa-singillarimizni ulug’lab shunday deydilar:

Biz odatda tabiat, er, til va vatan kabi mo’’tabar tushunchalarni “ona tabiat”, “ona er” va “ona Vatan” deb ulug’laymiz, ularni aziz va mehribon onalarimizga qiyos etamiz. Va bu qiyoslashning juda chuqur ichki ma’no-mazmuni borligini anglash, tushunish qiyin emas, deb o’ylayman.

Ayol zoti o’zining nafosati va latofati, muhabbati va sadoqati, onalik mehri bilan tom ma’noda Yaratganning tengsiz mo’’jizasidir.

Darhiqiqat, yurtimiz ayollari har qancha ta’rifu tahsinga loyiq. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jannat onalarning oyog’i ostidadir” degan mazmundagi hikmatli so’zlari ham muqaddas ona siymosi oldida umrbod qarzdor ekanligimizni bildiradi.

Bugun yurtimizda qo’lga kiritilayotgan ulkan yutuq va marralarni sarhisob qilar ekanmiz, bunda mamlakatimiz ayollari, jumladan, Farg’onalik xotin-qizlarning o’ziga xos o’rni borligini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Viloyatimizda qo’lga kiritilayotgan barcha tarmoqlardagi yutuq va g’alabalarimizda, farzandlarimizga ta’lim-tarbiya berishda, xalqimizning salomatligini mustahkamlashda, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi sohadarida erishilgan yuksak marralarni egallashda ayollarimiz faol qatnashmoqdalar. Yana faxr bilan tilga olish mumkinki, madaniyat, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik sohalarining ham eng tashabbuskor, eng faoli bizning xotin-qizlarimizdir.

Hurmatli opa-singillar!

Davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yilning “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishida olam-olam ma’no bor.

2016 yil 9 fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda «Ona va bola sog’lom bo’lsa, oila baxtli, oila baxtli bo’lsa, jamiyat mustahkam bo’ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g’oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko’zda tutilgan. 

Ayollarimiz   xonadonlarimizda, mahallalarimiz, butun yurtimizda har doim o’zaro hurmat va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitining, ta’bir joiz bo’lsa, hayot o’chog’ining eng kuchli posboni bo’lib kelgan va bugun ham ana shunday fazilatlari bilan insonni inson, oilani oila qilib kelmoqda, desak, adashmaymiz.

Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlanadigan mazkur yilda Farg’onalik xotin-qizlar Vatanimiz kuch-qudratini, obro’-e’tiborini yanada oshirish yo’lida barcha sohalarda namuna bo’ladilar, deb ishonaman. Barchangizni yana bir bor go’zallik, bahor va  nafosat ayyomi – 8 mart bayrami bilan qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilalaringizga baxt-saodat, farzandlar baxtu kamolini ko’rishlik nasib etishini tilayman.

Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz onaxonlar, muhtarama opa-singillar!

E’tiborlaringiz uchun rahmat!