Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievning Nankin o‘smirlar Olimpiadasida viloyatimizdan qatnashgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimidagi tabrik so'zi

 2017-06-12 12:32:53    56

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Bugun eng ulug‘ va eng aziz bayramimizning qutlug‘ kunida quvonchli voqea munosabati bilan yig‘ilib turibmiz. Avvalambor barchangizni davlatimiz mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etaman.

O‘zbekiston yoshlarining hech kimdan kam bo‘lmagan sog‘lom va barkamol avlod sifatida shakllanishi uchun barcha shart-sharoit Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan davlatimiz oldidagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri ekanligi mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq qat’iy belgilandi.

Ana shu vazifani keng qamrovda amalga oshirish asnosida asrga tatigulik ishlar qilindi. Xususan, ta’lim yo‘nalishidagi jadal islohotlar barobarida o‘ziga xos kichik olimpiadalar nomini olgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari tashkil etildi.

Yurtimizning eng chekka qishloqlarida ham bolalarni sportga keng jalb qilish uchun sharoit yaratib berilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, farzandlarimizni barkamol, sog‘lom bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash, shu bilan birga, xalqaro maydonlarda o‘g‘il-qizlarimizning sportda erishgan yutuqlari orqali yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yoyishdir. Bir narsani aniq ayta olamanki, sportchilarimiz bu ishning  uddasidan chiqishmoqda. Yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarib, dunyo ahliga O‘zbekistondek rivojlangan, qaddini ko‘targan, har qanday sportchi bilan bellasha oladigan, kerak bo‘lsa ularning ko‘kragini erga tekkizadigan farzandlarimiz borligini isbotlashmoqda.

Xabaringiz bor, shu yil 16-28 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida II o‘smirlar Olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur Olimpiada o‘yinlarida dunyoning 170 davlatidan 3500 nafardan ziyod sportchilar qatnashgan bo‘lsa, bizning yurtimizdan ham 28 nafar sportchimiz badiiy gimnastika, boks, dzyudo, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo, trampolin, o‘q otish, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Vatanimizning dunyo hamjamiyati oldidagi obro‘sini munosib himoya qildilar. Sportchilarimizning ushbu muvaffaqiyatlari davlatimiz mustaqilligining 23 yilligiga munosib to‘yona bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ularning orasida bizning viloyatimizdan Qo‘qon pedagogika kollejining 3-kurs talabasi Bektemir Meliqo‘ziev hamda Dang‘ara agrosanoat kasb-hunar kolleji talabasi Kozimbek Mardonovlar ham  muvaffaqiyatli qatnashdilar.

Bektemir Meliqo‘ziev haqida gapiradigan bo‘lsam, u uchun 2014 yil juda muvaffaqiyatli keldi. SHu yil yanvar oyida Tailandda o‘tkazilgan Osiyo birinchiligida 1-o‘rin, fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 1-o‘rin, aprel oyida Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1-o‘rinni egallab, Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. SHu bilan bir qatorda Namangan shahrida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Yana eng quvonchlisi, o‘z nihoyasiga etgan Nankin o‘smirlar Olimpiadasida milliy terma jamoamiz bayroqdori bo‘lgan Bektemir boks bo‘yicha 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida barcha raqiblarini engib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bektemir endi jahon chempionigina emas, Olimpiada g‘olibi hamdir.

Kozimbek Mardonov ham boks bo‘yicha 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rin, Serbiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Nankin Olimpiadasida ham Kozimbek faxrli 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Muhtaram tadbir qatnashchilari!

Bugun Sizlarning nomingizdan, viloyatimiz ahli nomidan Bektemir Meliqo‘ziev hamda Kozimbek Mardonovlarni Olimpiadadagi muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan samimiy muborakbod etaman. Sporchilarimizga keyingi musobaqalarda faqat g‘alaba qozinishlarini tilayman. Shuningdek, Bektemir va Kozimbekdek jasur o‘g‘lonlarni tarbiyalagan ota-onasi, ustoz va murabbiylariga ham minnatdorchilik bildiraman.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!