Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Demografiya va mehnat bozori 3.2016

 2017-06-17 11:45:28    1399

PDF yuklash
Chop etish


 Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3549,3 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 44,0 mingkishiga yoki 1,2foizga ko’paydi.

Aholining tabiiy o’sishi 45,8 ming kishini tashkil etdi.

2016 yil yanvar-sentyabrda migratsiya saldosi, dastlabki malumotlarga ko’ra, - 1,8 ming kishini tashkil qildi.

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-sentyabrda quyidagicha ifodalanadi:

ming kishi

Har 1000 kishiga

2015y. 2016y.1) o’sish, 
kamayish (-)
2015y. 2016y.1)
Tug’ilganlar 57,9 57,8 - 0,1 22,3 21,9
O’lganlar 12,5 12,0 - 0,5 4,8 4,5
shu jumladan bir yoshgacha bolalar1000 tug’ilgan bolalarga nisbatan 0,5 0,4 - 0,1 8,8 7,1
Tabiiy o’sish 45,4 45,8 0,4 17,5 17,4
Nikohlar 18,5 18,1 - 0,4 7,2 6,8
Ajralishlar 2,4 2,5 0,1 0,9 0,9

Tug’ilish darajasi. 2016 yilning yanvar-sentyabrida tug’ilganlar soni 
57,8 ming kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (57,9 ming kishi) nisbatan 127 taga kamaydi. Tug’ilish koeffitsienti mos ravishda 21,9 promilleni tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (22,3 promille) nisbatan 
- 0,4 promillega 
kamaydi.

Tug’ilish darajasining kamayishi viloyatning Farg’ona shahrida 
(18,0 dan 17,0 promillega), Oltiariq (20,0 dan 19,0 promillega), So’x (17,0 dan 
16,0 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O’lim darajasi. 2016 yilning yanvar-sentyabrida o’lganlar 
soni 12,0 ming kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (12,5 ming kishi) nisbatan 522 taga kamaydi. Mos ravishda o’lim koeffitsienti 4,5 promilleni tashkil qildi (2015 yil yanvar-sentyabrida – 4,8 promille).

O’lganlar sonining kamayishi Quvasoy, Marg’ilon (6,0 dan 5,0 promillega) shaharlarida, Uchko’priq, Oltiariq, Beshariq, Quva, Toshloq, Farg’ona, Bog’dod, Rishton, O’zbekiston (5,0 dan 4,1 promillega), Yozyovon, Buvayda, So’x 
(4,0 dan 3,0 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O’lganlar umumiy sonidan 62,1 foizi qon aylanish tizimi 
kasalliklaridan, 8,2 foizi - o’sma kasalliklaridan, 6,9 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 3,7 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan, 
9,9 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yilning yanvar-sentyabrida bir yoshga to’lmagan 418 ta bolalar o’limi kuzatildi. Bolalar o’limi koeffitsienti 
7,1 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar-sentyabrida 8,8 promille).

Bir yoshgacha o’lgan bolalarning umumiy sonidan 44,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 31,3 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 19,6 foizi – tug’ma anomaliyalardan va 3,1 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar-sentyabrida FHDYo organlarida 18,1 ming ta nikohlar va 2495 ta ajralishlar ro’yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 6,8 ta nikoh (2015 yilning tegishli davrida –  7,2 ta) va 0,9 ta ajralishlar (2015 yilning tegishli davrida – 0,9 ta) to’g’ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yilning 
yanvar-sentyabr oylarida viloyat bo’yicha ko’chib kelganlar soni 9039 kishini, shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 10805 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig’i minus 1766 kishiga (2015 yilning shu davrida - minus 1108 kishi) teng bo’ldi.

Eng katta minus qoldiqlar Farg’ona (minus 391), Marg’ilon shaharlarida (minus 285), Farg’ona tumanida (minus 423) kuzatildi.

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-sentyabrda quyidagicha ifodalanadi:

Har 1000 kishiga

1

Mehnat resurslarining soni dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 
2015 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 100,9 foizni, 2014,5 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,8 foizini tashkil qildi.

2016 yil yanvar-sentyabrda bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so’rab, 28591 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Farg’ona (2379 kishiga), Qo’qon (3121 kishiga), Marg’ilon (1556 kishiga) shaharlarida, Quva (1512 kishiga), Bag’dod (1886 kishiga) va Rishton (1882 kishiga) tumanlarida ko’p.

Bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 
27870 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko’rsatkich, Qo’qon (3068 kishi), Farg’ona (2315 kishiga) shaharlarida, Oltiariq (1663 kishi), Bag’dod (1860 kishi) va Rishton (1853 kishi) tumanlarida yuqori darajada bo’ldi.

O’tgan davr mobaynida bandlikka ko’maklashuvchi markazlarida ro’yxatga olingan fuqarolardan 398 nafari ishsizlik maqomini olgan.

Bandlikka ko’maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(kishi)