Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

2017 — 2021 YILLARDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHNING BESHTA USTUVOR YO’NALISHI BO’YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

 2017-06-17 10:31:16    172

PDF yuklash
Chop etish


(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 7-son, 88-modda)

2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yichaHarakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni har tomonlama mukammallashtirish va amalga oshirish, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida:

1. Joylarda saylovchilar bilan o’tkazilgan uchrashuvlar, dolzarb va aholini o’ylantirayotgan masalalar keng ko’lamda o’rganilishi, amaldagi qonun hujjatlari va huquqni qo’llash amaliyoti tanqidiy tahlil qilinishi, ilg’or xorijiy tajriba o’rganilishi, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida quyidagi hujjatlar tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yichaHarakatlar strategiyasi (bundan buyon matnda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi);

Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi).

2. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston advokatlar palatasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O’zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining muassasa shaklidagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib quyidagilarni belgilash to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin:

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) bilan uzviy hamkorlikda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;

Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo’yicha ilg’or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o’rganish;

Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasidagi amalga oshiriladigan tadbirlarning ekspertlar hamda jamoatchilik o’rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilish;

Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo’yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;

Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir har yillik dasturlar loyihalarini tayyorlashga ko’maklashish;

Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo’yicha aholining fikr va takliflarini to’plash va o’rganish, ular yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

Harakatlar strategiyasini amalga oshirib borilishining tizimli jamoatchilik monitoringini o’tkazish, uning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi uchun qo’shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Harakatlar strategiyasining amalga oshirib borilishi to’g’risida aholini, tadbirkorlik sub’ektlarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish.

3. Markaz faoliyatiga ko’maklashish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Belgilansinki, Markaz faoliyatiga ko’maklashish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning davlat organlari bilan o’zaro samarali hamkorligini ta’minlaydi va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har tomonlama ko’llab-quvvatlaydi.

4. Markaz:

o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistik hamda tahliliy axborotni so’rash va bepul olish;

komissiyalar tomonidan tashkil etiladigan ekspert guruhlariga Dasturda nazarda tutilgan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha tavsiyalar berish;

davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklar mutaxassislarini, ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining olimlari va o’qituvchilarini, mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy davlatlardan ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb qilish;

Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun taklif etilgan milliy va xorijiy ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilsin.

5. Markazni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qo’yilsin:

texnik ko’maklashish mablag’lari, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining grantlari;

vazirliklar, idoralar, banklar hamda boshqa tashkilotlarning tadqiqot hamda tahlillar o’tkazish uchun ajratiladigan mablag’lari;

ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratiladigan davlat grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Markazni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazishni ta’minlasin.

7. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazga quyidagi masalalarni xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda ko’maklashsin:

Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan ta’minlash uchun texnik ko’maklashish mablag’lari, grantlar jalb etish;

Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlarni taklif etish;

xorijiy tajribani o’rganish uchun Markaz ekspertlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga safarlarini tashkil etish.

8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi Markazning buyurtmalariga binoan xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan olinadigan grantlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179- moddasiga muvofiq belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlasin.

9. Markaz quyidagi majburiy jo’natmalar reestriga kiritilsin:

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Moliya, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy va Oliy xo’jalik sudlarining statistik ma’lumotlari;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ommaviy kommunikatsiya sohasini monitoring qilish markazi byulletenlari va kundalik ma’lumotlari to’plami;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Ijtimoiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari.

10. Toshkent shahar hokimligi O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazni joylashtirish, shuningdek uning zarur zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika, mebel va inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin.

11. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

Markazning keng qamrovli Internet tarmog’i bilan jihozlanishini;

O’zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda Markazning O’zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va etakchi xorijiy litsenziyaga ega axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini ta’minlasin.

12. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga konsullik va boshqa yig’imlarni undirmagan holda kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

13. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga davlat bojini undirmagan holda ko’p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O’zbekiston Respublikasida vaqtincha ro’yxatdan o’tkazilishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.

14. Ushbu Farmoyishning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2017 yil 14 fevral,

F-4849-son

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-son Farmoyishiga 
ILOVA

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi faoliyatiga ko’maklashish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash

TARKIBI

Murodov O.B. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari
Davletov R.K. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari o’rinbosari
Istamov M.Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho’’ba mudiri
Rixsiev A.G. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori
Rustambekov N.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori
Xanaev U.U. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti
Mavlonov B.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni etakchi inspektori
Ne’matov A.I. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni etakchi konsultanti
Kuchkarov B.T. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o’rinbosari
Shermatov Sh.X. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi
Muxamedov F.E. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori
Abdukarimov G.O. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori
Axmedov R.T. O’zbekiston Advokatlar palatasi raisi
Shayxov A.E. O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi
Abduxalikov F.F. Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi
Kuchkarov J.A. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o’rinbosari
Bekenov S.X. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o’rinbosari
Jo’raev N.S. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining o’rinbosari
Shoaxmedov Sh.Sh. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o’rinbosari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO’YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI TO’G’RISIDA 195.15 KB