Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyati hokimligining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprel kuni o’tkazilgan selektor yig’ilishida hamda O’zbekiston Respublikasi Perezidentining davlat maslahatchisi va Bosh prokuror tomonidan 2017-yil 13 aprel kuni Qo’qon s

 2017-06-17 12:15:56    980

PDF yuklash
Chop etish


Berilgan topshiriqlar

Ijro muddati

Bajarish uchun mas’ullar

Ijro intizomini mustahkamlash borasida

1

Barcha darajadagi davlat va xo’jalik organlari rahbarlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda topshiriqlarini, shuningdek, Hukumat qarorlarini samarali va natijali ijro etilishi hamda ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishi yuzasidan mas’uliyatini va shaxsiy javobgarlini oshirish.

Muntazam

Viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari S.Aminjonov,

Barcha darajadagi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari rahbarlari, Qo’qon shahar hokimligi

2

Qo’qon shahridagi barcha darajadagi rahbarlar joriy yilning                 1-chorak yakuni bo’yicha o’z faoliyatini tanqidiy qayta ko’rib chiqib, faoliyatlari samaradorligini yanada oshirish bo’yicha o’zlariga haftalik ish rejalarni ishlab chiqish hamda kundalik ish samaradorligini oshirish

Doimiy ravishda

Shahar hokimi o’rinbosarlari va shahar hokimligi bo’limlari boshliqlari

3

Shahar hokimligida ijro intizomiga rioya etilishini hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qisqa muddatda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va bajarish.

Bunda asosiy e’tiborni shaharni ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini sifatli bajarilishiga, hududlarda keng ko’lamli obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlariga, sanitar holatiga, debitor, kreditor qarzdorliklarni bartaraf etishga, kommunal sohalardagi kamchiliklar, yangi ish o’rinlari yaratilishi orqali aholi bandligini ta’minlashga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga har tomonlama moddiy va ma’naviy ko’maklashishga, ularning muammolari, ehtiyojlaridan kelib chiqib, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilinishiga qaratish.

2017 yil 15 aprel

 

 

 

2017 yil davomida

Shahar hokimi o’rinbosarlari

S.Raxmanaliev

Z.Parpiev

A.Ergashev

M.Giyasova

4

Shahar “Nuroniy” jamg’armasi rahbarligida shahar faollari va Jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlari faoliyatini hamda shaharda olib borilayotgan ishlarni haftalik nazorat qilish tizimini yo’lga qo’yish.

Bunda, shahar rahbarlaridan faoliyati bo’yicha o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini har hafta yakunida so’rovini o’tkazish, hisobotlarini eshitish tartibini joriy etish hamda faoliyatida sustkashlik kuzatilayotgan mas’ullarga jamoatchilik choralarini qo’llash.

Har hafta yakuni bilan,

Doimiy

Viloyat hokimi o’rinbosari I.Nosirov, viloyat “Nuroniy” jamg’armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, tegishli jamoat stashkilotlari, Qo’qon shahar hokimligi

5

2017 yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, aholini turmush darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan maqsadli dasturlarni o’z vaqtida amalga oshirilishini jamoatchilik nazorati asosida o’rganish, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etilishi yuzasidan Xalq deputatlari Qo’qon shahar Kengashi deputatlari faolligini oshirish

Doimiy

Viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari S.Aminjonov,

Xalq deputatlari Qo’qon shahar Kengashi

6

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda topshiriqlarini, viloyat hokimining qarorlari, topshiriqlarini o’z vaqtida ijro etilishi, shuningdek shahar hokimligi apparat xodimlarining funktsional vazifalarini bajarilishi yuzasidan har bir hodimning faoliyatiga  tanqidiy baho berish.

Har hafta yakuni bilan

Viloyat Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari S.G’.Aminjonov

Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha

7

Qo’qon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”da belgilangan vazifalarni o’z vaqtida va to’liq ijro etilishini ta’minlash.

2017-2019 yillar davomida,

Har chorakda

Qo’qon shahar hokimi

Prokurori, IIB boshlig’i, Davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari

8

Shaharning aholi xonadonlariga yaqin hududida joylashgan avtomobillarga yoqilg’i quyish shahobchalarini belgilangan tartibda qonunga muvofiqlashtirish.

2017 yil 17 aprel

Arxitektura va qurilish bosh  boshqarmasi (Xo’jamatov), viloyat “O’zneftgazinspektsiya” (Yakubov), IIB YoXBB (Kenjaev), shahar hokimligi (Parpiev), shahar IIB YoXB (Nazirov)

9

Shaharni 2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2-chorakka belgilangan loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida talab etiladigan tijorat banklari kreditlarini o’rnatilgan tartibda to’liq ajratish

2017 yil may

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov, Markaziy bank (Qunduzov),

Shahar hokimiligi (Raxmanaliev),

shahar tijorat banklari

10

Shaharda iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun mavjud debitor qarzdorlikni joriy yil 1-yarim yillik yakuni bilan kamida 30 foizga kamaytirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish.

Bunda, elektr va gaz ta’minoti idoralari xodimlari tomonidan shakllantirilgan ro’yxatga asosan qarzdorligi mavjud har bir xonadon va sub’ektlar bilan yakka tartibda ishlarni olib borish

2017 yil iyun

 

 

 

Har kuni

Shahar hokimligi (Raxmanaliev), “Qo’qon shahar elektr tarmoqlari” korxonasi, “Vodiygazta’minot” UK shahar filiali va “Mahalla” xayriya jamoat fondi

11

Shaharda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi holatlarni o’rganish bo’yicha ishchi guruh shakllantirib, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash masalasida jamoatchilik so’rovini o’tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini ta’minlash bo’yicha muddatlari va ijrochilari belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Bir hafta muddatda,

belgilangan reja asosida

Viloyat hokimining o’rinbosarlari T.Tojieva, I.Nosirov, shahar hokimligi (Giyasova, Ergashev), “Nuroniy” jamg’armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, shahar kengashi deputatlari, tegishli mas’ullar

12

Shahardagi barcha markaziy va ichki ko’chalarni xatlovdan o’tkazish;

shahar markaziy va ichki ko’chalarining kirish qismlariga hamda har bir aholi xonadonlariga ko’cha nomi va manzili to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;

shahar markaziy va ichki ko’chalarni nomlanishi bo’yicha shakllantirilgan ro’yxatlarni xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasiga kiritish vazifalari yuklatilsin.

10 kun muddatda

Shahar hokimi o’rinbosarlari (Ergashev, G’iyosova) shahar hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi (Qodirov), shahar Ma’naviyat targ’ibot markazi, “Mahalla” jamg’armasi

13

Hozirda ishlash maqsadida chetga chiqib ketgan 3600 nafar fuqarolarni belgilangan tartibda yashash manzillariga qaytarish yuzasidan zaruriy tadbirlarini amalga oshirish.

 

Aprel-may oylari davomida

Qo’qon shahar hokimining o’rinbosarlari (Ergashev, Giyasova) Ichki ishlar boshqarmasi, Bandlikka ko’maklashish markazi, “Mahalla” jamg’armasi

14

Shaharda 2017 yilda yangi ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan joriy yilning 2-choragida 2030 ta yangi ish o’rinlari yaratilishini qat’iy nazoratga olish.

2017 yil iyun

Qo’qon shahar hokimining birinchi o’rinbosari S.Raxmonaliev, Bandlikka ko’maklashish markazi, tegishli mas’ullar

15

2015-2016 o’quv yilida shahardagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi kundagi bandligi bo’yicha hamda mahallalar kesimida ish bilan ta’minlanmaganlar ro’yxatini shakllantirish va bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalarini o’tkazish choralarini ko’rish.

2017 yil           aprel-may

Qo’qon shahar hokimining birinchi o’rinbosari S.Raxmonaliev, shahar hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.G’iyasova, Bandlikka ko’maklashish markazi

16

Shahar hududida sanitariya holatni yaxshilash, maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, umumiy ovqatlanish joylarida yuqumli kasaliklarni oldini olish;

shahardagi barcha sog’liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlarini shaxsiy javobgarligini oshirish;

aholiga bepul asosda yuqori malakali tibbiy yordamni o’z vaqtida va sifatli ko’rsatilishini ta’minlash;

Muntazam ravishda

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Yakubov), shahar Tibbiyot birlashmasi (Sirojiddinov), tegishli tashkilotlar

17

Shahardagi korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning oylik ish haqi to’lovlari hamda pensiya va nafaqa pullarini har oyning                20 sanasidan kechiktirmasdan to’lanishini ta’minlash.

Har oyning          20 sanasi

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov, Moliya (Mirzaev), Markaziy bank (Qunduzov) boshqarmalari, Pensiya  jamg’armasi (G’aniev), tijorat banklari, tegishli mas’ullar

18

Aholidan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish orqali ularni qiynayotgan muammoli masalalarni kelib chiqish sabablarini o’rganib, bartaraf etish choralarini ko’rish, hamda aholi o’rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish.

Bunda, asosiy e’tiborni aholini boqimandalik kayfiyatidan qaytarish, kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan moddiy yordam pullarini to’lash tartibi yuzasidan tushuntirishlar olib borishga qaratish.

Doimiy

Shahar hokimining o’rinbosarlari (Raxmanaliev, Parpiev, Ergashev, Giyasova), “Mahalla” xayriya jamoat fondi , “Nuroniy” jamg’armasi, jamoat tashkilotlari

19

Shahar prokuraturasi shaharda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, topshiriqlarini hamda Hukumat qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borish

Doimiy

Shahar prokuraturasi, tegishli mas’ullar

20

Shaharida jinoyatchilikni, ayniqsa ayollar va voyaga etmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash hamda hudud profilaktika inspektorlarining jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatlarini tanqidiy o’rganib chiqib, kamchiliklarga yo’l qo’yganlarga nisbatan qat’iy choralar ko’rsish.

Profilaktika inspektorlarini ta’lim muassasalari va mahalla fuqarolar yig’inlari bilan hamkorlikdagi ishlarini yanada kuchaytirish.

Doimiy

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (Sultonov), shahar ichki ishlar boshqarmasi, tegishli mas’ullar

21

Shahardagi savdo majmualari va bozorlarda ro’yxatdan o’tmasdan faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslarni bir oy muddatda belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazish;

savdo majmualari va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash;

zaxiraga jamg’arilgan asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarni belgilangan tartibda tartibli sotuvga chiqarilishini nazoratga olish;

aholini asosiy turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida 160 tonna kartoshka,              115 tonna sabzi, 105 tonna piyoz, 55 tonna boshqa mahsulotlarini shahardagi barcha bozorlar va savdo komplekslariga hamda yirik korxonalarga etkazib berish.

Bir oy muddatda

 

 

 

 

 

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov, Davlat Soliq boshqarmasi (Teshaboev), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi (Abduxoliqov), viloyat Bozorlar uyushmasi (Malikov), shahar hokimiligi (Raxmanaliev)

22

Shahar aholisi uchun davlat resurslaridan ajratilgan un, o’simlik  yog’i va shakar mahsulotlarini iste’molchilarga o’z vaqtida etkazib berilishini ta’minlash.

Tasdiqlangan jadvalga asosan

 

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov, Soliq boshqarmasi (Teshaboev), shahar hokimiligi (Raxmanaliev)

23

Aholining chorva hayvonlarini boqish uchun omuxta em shahobchalari orqali imtiyozli narxlarda sheluxa, shrot va kunjara mahsulotlarini uzluksiz etkazib berish.

doimiy

“Farg’ona ozuqa em” birlashmasi (Akbarov), “Qo’qon yog’-moy” korxonasi rahbari

24

Shahar hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalarda dori-darmonlarning narxlarini barqarorligini ta’minlash va nazorat qilish.

doimiy

Viloyat SVOJJDLQK departamenti (Utaev), shahar hokimiligi (Raxmanaliev), tegishl i mas’ullar

25

Ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash;

umumta’lim maktabi, akademik litsey va kollejlarda o’quvchilar davomatini yaxshilash bo’yicha tizimli nazorat ishlarini olib borish;

surunkali dars mashg’ulotlariga kelmaydigan o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan yakka tartibda ish tashkil qilish.

O’quv yili daomida doimiy

Xalq ta’limi (Mamajonov), O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi (Xoldorov) boshqarmalari, QDPI, shahar hokimligi

Shaharda obodonlashtirish, qurilish, kommunikatsiya yo’nalishlari bo’yicha

26

Shaharda qurilishi rejalashtirilayotgan arzon, ko’p qavatli uylar  joylashuvi, loyiha smeta xarajatlari, pudratchi tashkilotlar hamda xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari bo’yicha aniqlik kiritib asoslangan taklif kiritish.

Bir hafta muddatda

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov,  shahar hokimligi (Parpiev), shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov), shahar hokimligi Qurilish direktsiyasi (Isanov)

27

Shaharda bo’sh turgan binolarni xatlovdan o’tkazib, uy-joyga aylantirish imkoniyatlarini o’rganib chiqish hamda shahardagi uy-joyga ehtiyoji bo’lgan oilalar uchun moslashtirish yuzasidan taklif tayyorlash.

10 kun muddatda y

Viloyat hokimi o’rinbosari O. Axmedov, viloyat Raqobat boshqarmasi boshlig’i I.Shokirov, shahar hokimining o’rinbosari Z.Parpiev, Arxitektura va qurilish boshqarmasi (A.Toshpo’latov), shahar hokimligi Qurilish direktsiyasi (R.Isanov)

28

Shahar hududidagi turar va noturar aholi punktlarini belgilangan tartibda xatlovdan o’tkazsin hamda kadastr hujjatlari mavjud bo’magan ob’ektlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish choralarini ko’rish.

2017 yil yakuni bilan

Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Ibragimov) shahar hokimligi (Parpiev)

 

29

Shahardagi ko’p qavatli uylar atrofida, ko’chalarda aholi tomonidan noqonuniy qurib olingan qurilishlarni aniqlash, ro’yxatini shakllantirish (fotosurati bilan), ularni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 12 fevral kungi 41-sonli qaror talablari asosida buzish choralarini ko’rish.

 

2017 yil aprel

Arxitektura va qurilish bosh  boshqarmasi (Xo’jamatov), Viloyat IIB YoXB (Kenjaev),

tegishli komissiya a’zolari

30

Qo’qon shahar hokimligi Qurilish direktsiyasiga ko’p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirish uchun kredit mablag’lari ajratish

 

2017 yil aprel

Viloyat Markaziy bank (Qunduzov) Asakabank (Egamberdiev), Sanoat qurilish bank (Sanginov) va Milliy bank (Sobirov) boshqaruvchilari, shahar hokimligi Qurilish direktsiyasi (Isanov)

31

 

Shahardagi 66 ta shirkatlarni ularga biriktirilgan tijorat bank dublyorlari bilan birgalikda hududlarda obodonlashtirish ishlarining holati, ko’p qavatli uylarning fasad qismi, kirish yo’laklari, ta’mirlanganligi, temir eshiklar o’rnatilganligi, tom qismi va er to’lalarning sanitar holatidagi kamchiliklarni aniqlash,  aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan kredit mablag’larini jalb etish choralarini ko’rish.

2017 yil aprel

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimligi (Parpiev), shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov), shahar hokimligi Qurilish direktsiyasi (Isanov)

32

Ko’p qavatli uylar hamda mahallalarda ichimlik va oqova suvlari ta’minotini yaxshilash choralarini ko’rish maqsadida xatlovdan o’tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli tadbirlarni belgilash.

2017 yil aprel-may

Viloyat “Suvoqova”DUK (Yuldashev), shahar “Suvoqova” rahbari (Qodirov)

33

Shahar hududidagi avtoturargohlarni (avtostoyanka) xatlovdan o’tkazish, xatlov natijalariga ko’ra noqonuniy faoliyat yuritayotganlarini belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish ishlarini tashkil etish.

2017 yil aprel

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov, Viloyat soliq boshqarmasi (Teshaboev). shahar DSI (Usmonov) shahar Er resurslari va davlat kadastri (Mamadaliev)

34

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi  PQ-2775-sonli qarori ijrosini bo’yicha joriy yilda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan markaziy ko’chalarni ta’mirlash ishlarini jadallashtirish.

Reja asosida

“Farg’onaavtoyo’l” XYFT (Soliev), tegshili mas’ullar

35

Shahardagi ichki ko’chalarni ta’mirlash,  ijtimoiy soha ob’ektlarida, qabristonlarda 6,5 mlrd so’mlik asfalt yotqizish ishlarini bajarish.

2017 yil aprel-may

“Farg’onaavtoyo’l” XYFT (Soliev), “Sharqiy” XDAAYSITFK (Azimov), Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Ibragimov), shahar hokimligi

 

36

Shahardagi barcha ko’chalardagi tungi yoritish moslamalarining sozligini qayta ko’rib chiqish va energotejovchi lampalar bilan jihozlash.

Bir oy muddatda

Shahar hokimining o’rinbosari Z.Parpiev, Obodonlashtirish boshqarmasi (Abdullaev)

37

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasini 10 dona maishiy chiqindilarni tashishga mo’ljallangan transport vositalari bilan ta’minlash

2017 yil davomida

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov, viloyat Moliya boshqarmasi (Mirzaev), shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev

38

Qo’qon shahar Guzar ko’chasida ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash natijasida hosil bo’lgan chuqurliklarni bartaraf etish choralarini ko’rish.

 

Ikki hafta muddatda

Viloyat hokimining o’rinbosari

O. Axmedov, Viloyat “Suvoqova” DUK (Yuldashev), “Sharqiy” XDAAYSITFK (Azimov), shahar hokimligi

39

Shahardagi 187 ta ko’p qavatli uylarning fasad qismini tartibga keltirish maqsadida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Bir hafta muddatda

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov)

40

Ko’p qavatli uylar atrofida namunaviy loyiha asosida bolalar maydonchalari, tandirxona, avtorurargohlar uchun joy qurish.

Aprel-may

Viloyat  hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov)

41

Shahardagi Furqat bog’i hududida mavjud “Tabarruk” choyxonasini rekonstruktsiya qilib, “Nuroniylar maskaniga” aylantirish;

Furqat bog’i atrofiga temir to’siqlar o’rnatish;

Aprel-may

Viloyat  hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, Arxitektura va qurilish boshqarmasi (A.Toshpo’latov)

42

Shahardagi Adabiyot muzeyi binosini mukammal ta’mirlash

2017 yilning

3-choragi

Viloyat  hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, Arxitektura va qurilish boshqarmasi (A.Toshpo’latov)

43

Shahar hokimligi binosini ta’mirlash, atrof hududlarida obodonlashtirish-ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, eng zamonaviy axborot-texnologiyalari hamda jihozlar bilan ta’minlash.

2017 yil iyun

Viloyat  hokimining o’rinbosarlari (Qo’chqorov, Axmedov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev), shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov)

44

Shahardagi ko’p qavatli uy-joylarni 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tizimli tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni qat’iy nazoratga olish

Har haftada

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, XUJMSh raisi (Azizov), kommunal idoralar rahbarlari, barcha tijorat banklari

45

Shaharda aholi xavfsizligini ta’minlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida zamon talabiga javob beradigan mavjud avtobus bekatlarini mukammal ta’mirlash va qurish.

2017 yil sentyabr

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov, shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov)

46

Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini yashash uylarini ta’mirdan chiqarish, hududlarini obodonlashtirish choralarini ko’rish.

2017 yilning aprel oyi davomida

Shahar hokimi o’rinbosari Z.Parpiev, shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Toshpo’latov)