Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S.Ismoilov ishtirokida 2017 yil 15 may kuni soat 19-00 da viloyat hokimligida o’tkaziladigan yig’ilishda Farg’ona viloyati hokimi Sh.M.G’anievning KIRISh SO’ZI

 2017-06-17 12:19:44    68

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum hurmatli yig’ilish ishtirokchilari!

Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning aholining turmush darajasi sifatini oshirishga qaratayotgan alohida e’tiborlari, shuningdek, respublikaning har bir hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi  topshiriqlari, ko’rsatmalari hamda joriy yilning 11 aprel kuni o’tkazilgan selektor yig’ilishida tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida hududlar hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq idorlari rahbarlari boshchiligidagi 4 sektorlarga bo’linib, boshqaruvning yangi tizimini yaratib berdilar.

Ana shu munosabat bilan, bugun sizlar bilan Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlari va ko’rsatmalari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha oldimizda turgan muhim va ijrosini kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni kelishib olishimiz zarur.

Shundan kelib chiqib, bugungi yig’ilishimizga viloyat hokimining o’rinbosarlari, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarmalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar bo’limlari, soliq idoralari, hokimlarning iqtisodiyot va tadbirkorlik, xotin-qizlar va yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, “Nuroniy”, “Mahalla” jamg’armalari, mahalla fuqarorlar yig’inlari raislari taklif etilgan.

Shuningdek, yig’ilishimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Umar Safaevich Ismoilov ishtirok etmoqdalar.

Hurmatli yig’ilish ishtirokchilari kun tartibidagi masalalar yuzasidan so’zni Umar Safaevichga beramiz.

Marhamat!

(Umar Safaevich Ismoilovni ma’ruzasi tugagandan keyin)

Kun tartibi bo’yicha muhokama etilgan masalalar bo’yicha so’zga chiquvchilar bormi?

 

Marhamat..........

 

Kun tartibida ko’rib chiqilgan barcha masalalar, berilgan topshiriq va ko’rsatmalar o’ylaymanki yig’ilishda itirok etayotgan barcha mas’ul rahbarlarga tushinarli bo’ldi.

Faqatgina bor kuch-g’ayratimiz va imkoniyatlarimizni safarbar qilgan holda ish tashkil etsak - bizdan albatta xalqimiz rozi bo’ladi.

Hurmatli yig’ilish qatnashchilari shu bilan bugungi yig’ilishimizni yakunlaymiz.

 

E’tiborlaringiz uchun rahmat!