Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

2017 yil 1 chorak yakunlariga bag’ishlab o’tkaziladigan viloyat faollar yig’ilishi

 2017-06-17 12:25:13    300

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli deputatlar,

yig’ilish qatnashchilari!

 Joriy yil 18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning                    I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil                   14 yanvarda Hukumat majlisida belgilab berilgan vazifalar so’zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining hamda shahar va tuman hokimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga bag’ishlangan majlis bo’lib o’tdi.

Vazirlar Mahkamasining majlisida mamlakatni rivojlantirishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, tarmoqlar va hududlarni yanada kompleks rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari va mintaqalarning eksport salohiyatini rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining daromadlari va turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgan dasturiy choralar har tomonlama va batafsil ko’rib chiqildi.

Majlisda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilishi, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko’rsatishi “Inson manfaati – har narsadan ulug’” degan ezgu g’oyaning hayotga izchil va samarali joriy etilishini ta’minlanganligi;

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning, birinchi navbatda, davlat boshqaruvi tizimini yanada isloh qilish, davlat xizmatlari sifatini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish tizimini soddalashtirish va kengaytirish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sog’liqni saqlash, ta’lim va sport tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinganligi qayd etib o’tildi.

Bugungi kengaytirilgan (selektor trzidagi) yig’ilishimizdan ko’zlangan maqsad - viloyatimizda 2017 yilning 1 choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo’l qo’yilgan kamchiliklarimiz va boy bergan imkoniyatlarimizni chuqur tanqidiy muhokama qilgan holda 2017 yilning 1 yarim yilligida barcha sohalarda ijobiy natijalarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniq belgilab olishdan iborat.

Yig’ilishda: viloyat hokimi o’rinbosarlari, guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, qurilish, yoshlar siyosati masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, boshqarmalar, tijorat banklari, yirik sanoat korxonalari va tashkilotlar, siyosiy partiyalar rahbarlari, Oliy Majlis senati a’zolari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

Bugungi yig’ilishda barcha rahbarlarga qo’yiladigan talab viloyat hududlarini kompleks rivojlantirish, shuningdek fuqarolarning turli toifalari ehtiyojlarini to’la darajada qondirish, aholining kayfiyati bilan bog’liq masalalarni hal etish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirishdan iborat.

Shuni inobatga olgan holda, barcha darjadagi rahbarlarning e’tibori – Muhtaram Prezidentimizning “Endi samarali ishlash barcha rahbarlar uchun ham qarz, ham farz” degan tamoyiliga, shuningdek quyidagi muhim talablarga qat’iy amal qilishlari lozim:

birinchi – barcha bo’g’indagi rahbarlarning ishning pirovard natijalari uchun shaxsiy javobgarligi;

ikkinchi – hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni ta’minlash;

uchinchi – saflarimiz va kadrlarimizning sofligini ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlarning ildizini quritish. 

Ana shu talablardan kelib chiqqan holda, bugungi yig’ilishimizni tanqidiy ruhda o’tkazishimiz, erishilgan natijalar bilan birga 2017 yilning 1 chorgida nima sababdan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ayrim ko’rsatkichlariga erishilmagani, buning uchun kimlar shaxsan javob berishlari zarurligini ochiq-oydin muhokama qilishimiz zarur.

Hisobot beruvchilar esa qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni yo’l qo’yilgan kamchiliklar, mavjud muammolar va ularning hal qilish uchun oldimizda turgan vazifalarga, shuningdek, viloyat va respublika darajasida echiladigan aniq takliflar va muammoli masalalarga qaratishlaringizni so’rayman.

Qo’yilgan masalalar chuqur o’rganilib, ularni Respublika, viloyat hamda shahar va tumanlar darajasida hal etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

 

Hurmatli yig’ilish ishtirokchilari !

 

Endi iqtisodiy va ijtimoiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini so’zsiz ijrosini ta’minlash nuqtai nazaridan kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokamasiga o’tamiz.

2017 yilning 1 chorgida viloyat iqtisodiyotini barqarorligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlanishida O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirilishi muhim omil bo’ldi.

Hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot 6,1 foiz, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5,1 foiz, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish                  12,2 foiz, qurilish-montaj ishlari 12,2 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 6,7 foiz, chakana tovar aylanmasi 12,3 foizga, xizmatlar ko’rsatish hajmi 12,6 foizga o’sib, prognoz ko’rsatkichlar ortig’i bilan bajarildi.

Viloyatda jami eksport hajmi 105,4 mln so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan o’sish 136,2 foizni tashki etdi. 

Mahalliy byudjet harajatlari jami 464,9 mlrd. so’m bo’lib, ushbu mablag’larning 90 foizi yoki 417,3 mlrd. so’mi ijtimoiy soha va aholini, ayniqsa keksalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlariga yo’naltirildi.

Aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq, hisobot davrida           15,5 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilib, belgilangan reja                     104,7 foizga bajarildi.

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash maqsadlariga, shu jumladan asosiy kapitalga 496,7 mlrd so’mlik investitsiyalar kiritilib, ularning qariyb 70 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy texnika va texnologiyalarni sotib olishga yo’naltirildi. Shuningdek, 13,6 mln. dollarlik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar o’zlashtirilib, ularning hajmi o’tgan yilga nisbatan 1,2 barobarga o’sdi. 

“Farg’ona viloyatini 2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 1 chorakda umumiy qiymati 165,7 mlrd. so’mga teng bo’lgan 408 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda 3,4 mingga yaqin yangi ish o’rinlari tashkil etildi.

Loyihalarni amalga oshirishga tijorat banklarining faol kredit siyosati asosida 79,7 mlrd.so’m kredit mablag’lari o’zlashtirildi, xorijiy investitsiyalar hisobidan 4,5 mlrd.so’m mablag’lar sarflandi. Shu bilan birga, loyiha tashabbuskorlarining 86,0 mlrd.so’m investitsiyalari viloyat iqtisodiyotiga kiritildi.

Dastur doirasida sanoat yo’nalishida ishga tushirilgan 78 ta loyihalarning 22 tasi oziq-ovqat yo’nalishida, 18 tasi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo’nalishida, 10 tasi kimyo va neftkimyo yo’nalishida, 9 tasi tekstil va to’qimachilik yo’nalishida, 4 tasi farmatsevtika yo’nalishida, 2 tasi charm-poyabzal yo’nalishida, 2 tasi elektrotexnika yo’nalishida, 10 tasi sanoatning boshqa yo’nalishlarida amalga oshirildi.

Manzilli dastur doirasida farmatsevtika, elektrotexnika, mashinasozlik sohalarida loyihalarni ishga tushirish hisobiga 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish o’zlashtirildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida hududiy tasarrufdagi 22 ta korxonalarda 29 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Dasturga kiritilgan loyihalarda 7,5 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Natijada                 2,1 mln.dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.

Yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi, mavjudlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi hisobiga                                 2,1 trln so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Oxirgi 3 yilda sanoat tarkibida ham sifat o’zgarishlari kuzatilib, viloyat yalpi sanoat mahsulotlari hajmida neftni qayta ishlash sanoatining ulushi 27,2 foizdan 19,5 foizgacha pasaydi, engil sanoat ulushi 23,6 foizdan 31,9 foizgacha, oziq-ovqat sanoati, shu jumladan qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlashning ulushi esa 8,7 foizdan 15,1 foizgacha ko’paydi, mashinasozlik va farmatsevtika sanoati ham sezilarli ulushlarda oshdi.

Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikka keng erkinlik berish hisobiga yanvar-mart oylarida 1337 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, ularning soni 19938 taga etdi.

Jumladan, 454 ta sanoat yo’nalishida, 358 ta savdo, 90 ta qurilish,            411 ta aloqa va axborotlashtirish sohasida, boshqa sohalarda 261 ta kichik biznes sub’ektlari o’z faoliyatini yangitdan boshladi.

Ular faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 309,8 mlrd.so’m miqdorida tijorat banklari kreditlari ajratildi (o’tgan yilning mos davriga nisbatan 123%).

Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi xududiy mahsulot tarkibidagi ulushi 51,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 48,8 foizga, aholi  bandligidagi ulushi 81 foizga etdi.

Yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va mavjudlarini ta’mirlash borasida ham Davlat dasturlari asosida ishlar tashkil etildi.

2017 yil 1 choragida viloyat  hududidagi 135 km ichki xo’jalik yo’llarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida qurilayotgan 1128 ta uy-joylardan Farg’ona tumanida 42 tasi qurib bitkazilib, ehtiyojmand oilalarga berildi.

Aholiga transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash bo’yicha 30 ta “ISUZU” rusumli avtobuslar sotib olindi, 99 ta avtobus va 8 ta mikroavtobuslarga “on-layn” rejimida masofadan nazorat qurilmalari (GPS) tizimi o’rnatildi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 31 km masofada optik tolali aloqa kabellari yotqizildi va 10 ta baza stantsiyalari o’rnatildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” hududiy dasturi doirasida oilalarda sog’lom ma’naviy muhitni yaratish, ehtiyojmand va yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu Dastur doirasida 564,5 mlrd.so’m hamda 4 mln dollarlik tadbirlar amalga oshirildi.