Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

2016 yil I-chorak tahliliy ma’ruza

 2017-06-17 12:28:13    393

PDF yuklash
Chop etish


 2016-yil 20 aprel kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida 201yilning 1-choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirlishinibaholashga bag‘ishlangan yig`ilishda viloyat hokimining tahliliy ma’ruzasi

Joriy yilning 15 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida 2016 yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvarida respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini baholashga bag’ishlangan majlis bo’lib o’tdi.

Majlisda Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” mavzusidagi ma’ruzasida 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini nechog’lik bajarilishini chuqur tahlillar asosida, tanqidiy ruxda muhokama qilindi. Hamda aniq topshiriqlar va vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kengaytirilgan yig’ilishimizdan maqsad viloyatimizda                    2016 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy muhokama etib, yo’l qo’ygan kamchiliklarimizni chuqur tahlil qilish, 2016 yil 
2-choragida barcha sohalarda ijobiy natijalarga erishishning mustahkam poydevorini yaratishdan iborat.

2016 yilning 1-choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,9 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 13,3 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 15,3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 6,3 foizga, qurilish-montaj ishlari 10,8 foizga o’sdi.

Chakana tovar aylanmasi 7,8 foizga, xizmatlar ko’rsatish hajmini 
12,4 foizga o’sib, yalpi hududiy mahsulot tarkibida xizmat ko’rsatish sohasini ulushi 55,5 foizga etdi.

Joriy yilning 1-choragida jami 108,7 mln.dollarlik mahsulotlar jahonning 100 ga yaqin davlatlariga eksport qilindi.

Mahalliy byudjet harajatlari jami 475,6 mlrd. so’mni tashkil etib, ushbu mablag’larning 92 foizi yoki 439,5 mlrd. so’mi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlariga yo’naltirildi.

Aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq, 20 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, belgilangan reja ortig’i bilan (104,8 foiz) bajarildi.

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash borasida asosiy kapitalga 484 mlrd.so’mlik investitsiyalar kiritildi.

O’zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 70 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy texnika va texnologiyalarni sotib olishga yo’naltirildi.

“Farg’ona viloyatini 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish va servis yo’nalishlarida 266 ta loyihalar amalga oshirilib, 
2 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi, loyihalarni amalga oshirishga barcha manbaalar hisobidan 52 mlrd.so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.

Dastur doirasida Farg’ona tumanidagi “Farg’ona asiana” qo’shma korxonasida yiliga 3600 tonna kalava ip, O’zbekiston tumanidagi “Turon eko tsement” korxonasida yiliga 100 ming tonna tsement ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida hisobot davrida 21 ta sanoat korxonalarida 31 ta loyihalar amalga oshirildi, korxonalar tomonidan 12 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, belgilangan prognoz ortig’i bilan bajarildi.

Ishga tushirilgan loyihalarda qandolat mahsulotlari, tsisternalar, isitish batareyalari, bolalar o’yinchoqlari, elektr choynaklari, kir yuvish vositalari kabi asosiy turdagi iste’mol tovarlari ishlab chiqarildi.

Hududlarda kichik sanoat hududlarini tashkil etish uchun 17 ta shahar va tumanlarda 66,3 gektar er maydonlari ajratildi, sanoat zonalarining dastlabki texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlab chiqildi.

Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga to’liq erkinlik berish, bu boradagi barcha to’siqlar va cheklashlarni bartaraf etish borasida qabul qilingan qator Qonunlar va qonunchilik hujjatlari, Muhtaram Prezidentimizning Farmon va Qarorlarga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 251,0 mlrd.so’m kreditlar ajratilib, kreditlash hajmi o’tgan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi.

Nazorat organlari tomonidan 176 ta tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o’tkazilib, tekshirishlar soni o’tgan yilga nisbatan 
(8 taga) qisqarishiga erishildi.

2016 yil 1 yanvardan boshlab, barcha shahar va tuman hokimliklarida tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi “Yagona darcha” markazlari faoliyati yo’lga qo’yildi, o’tgan davr mobaynida tadbirkorlik sub’ektlariga 1262 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi.

Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikka keng erkinlik berish hisobiga hisobot davrida 707 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi, ularning soni 
19167 taga etdi.  

Kichik biznes sub’ektlarining yalpi xududiy mahsulot tarkibidagi ulushi 51 %ni, umumiy bandlikdagi ulushi 81,2 % tashkil etdi.

Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni yanada chuqurlashtirish, qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholini turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Muhtaram Prezidentimizning Qaror va Farmonlari asosida mahalliy hokimlik organlarining tuzilmasida, Mehnat, Sog’liqni saqlash, Moliya  boshqarmalari faoliyatlarida ham bir qator  o’zgartirishlar amalga oshirildi.Xususan:

- Viloyat hokimining Ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo’yicha birinchi o’rinbosari va viloyat hokimining Qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari  lavozimlari yangitdan joriy qilindi.

- viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi tugatilib, uning negizida viloyat hokimligining Hududlarni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi tashkil etildi, shahar va tumanlar hokimliklarida ham Iqtisodiyot bo’limlari negizida Hududni kompleks rivojlantirish bo’limlari faoliyat boshladi.

Tashkil etilgan yangi tuzilmalar o’tkazilgan suhbat asosida zamonaviy fikrlaydigan, malakali kadrlar bilan to’ldirildi, ularning zimmasiga – hudud iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, jalb etilmagan meneral-xom ashyolar, mehnat va ishlab chiqarish potentsiali, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda kompleks rivojlantirish kabi aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Mehnat boshqarmasining aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va tibbiy-ijtimoiy yordam bo’yicha vazifalari - Sog’liqni saqlash tizimiga, ijtimoiy nafaqalarni belgilash va to’lash hamda ehtiyojmandlarga moddiy yordam ko’rsatish bo’yicha vazifalari Moliya boshqarmasi tizimiga o’tkazildi.

Mehnat boshqarmasi va uni quyi tashkilotlarining asosiy vazifalari  - aholi  bandligini ta’minlash dasturlarini ijrosini ta’minlash hamda mexnat muhofazasi ekanligi belgilab qo’yildi.

        Yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va mavjudlarini ta’mirlash borasida  ham aniq reja asosida ishlar tashkil etildi.

Hisobot davrida 391 mlrd.so’mlik (110,8%) pudrat ishlari amalga oshirildi. Investitsiya Dasturi doirasida 167 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 49 mlrd.so’mlik (34%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Qishloq joylarda na’munali loyihalarda qurilayotgan 22 ta massivlarda 1095 ta uy-joylarda 46 mlrd.so’mlik (25%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Yil boshidan viloyatda 31 ta ixtisoslashgan maxsus pudrat tashkilotlari tashkil etildi.

Joriy yilning o’tgan davridaviloyatda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo’yicha 17 ta shahar va tumanlarda 52 km optiq tolali aloqa liniyalari qurildi. Internet xizmatlarini yanada rivojlantirish maqsadida 672 portga teng telekommunikatsiya qurilmalari o’rnatildi.

Viloyatdagi davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 576 nafar xodimlarining “Elektron hukumat” tizimi bo’yicha malakalari oshirildi.

"Sog’lom ona va bola yili" Hududiy dasturi doirasidaoila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sog’lom ma’naviy muhitni yaratish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash,  yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu Dastur doirasida 148,6 mlrd.so’m hamda 5,7 mln AQSh dollarlik tadbirlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 2-choragida ham 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilangan yo’nalishlarda izchil islohotlarni amalga oshirib, oldimizga quyilgan vazifalar ijrosini so’zsiz bajarilishini ta’minlashimiz lozim.

2016 yilning 2-choragida viloyatda yalpi xududiy mahsulot hajmini                7,4 foizga, shundan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 
10 foizga, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmini 11 foizga, qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 6 foizga, chakana savdo aylanmasi 
8,3 foizga, pullik xizmat ko’rsatish 11,5 foizga, xizmatlar ko’rsatish hajmini 12,5 foizga o’sishini ta’minlashimiz zarur.

Buning uchun joriy yilda tasdiqlangan muhim manzilli dasturlarni o’z muddatlarida va to’liq ijrosini ta’minlash talab etiladi.

Farg’ona viloyatini 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 2-chorakda sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish va servis yo’nalishlarida 855 ta loyihalarni amalga oshirish, 7076 ta yangi ish o’rinlari yaratilishini ta’minlash zarur.

Loyihalarni amalga oshirish uchun barcha manbaalar hisobidan 
175 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirish, shundan tijorat banklari tomonidan 101 mlrd.so’mlik bank kreditlarini ajratish choralarini ko’rishimiz lozim.

Shuningdek, 2-chorakda viloyatning 17 ta shahar va tumanlarida 
66,3 gektar er maydonlarida kichik sanoat zonalari faoliyatini boshlash, er maydonlariga istiqbolli loyihalarni joylashtirish, sanoat zonalariga elektr va gaz tarmoqlarini tortish ishlarini yakunlash talab etiladi.

Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, ommaviy savdolarda turgan 6 ta davlat mulki ob’ektlarini hamda 14 ta jamiyatdagi davlat ulushlarini xususiy mulkka sotishimiz, ob’ektlarni harid qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini faol jalb etishimiz zarur.

Shu bilan birga, 9 ta aktsiyadorlik jamiyatlariga  -  “Qo’qon mexanika zavodi”, “Mastona”, “Farg’onaazot”, “Qo’qon superfosfat zavodi” AJ,  “Farg’ona yog’-moy”, Kvarts”, “MTPlar birlashmasi” “Qo’qonneftegazparmalash” “Qishloqxo’jalikkimyo” AJlargachet el investorlarni jalb qilish bo’yicha vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat Raqobat qo’mitasi bilan hamkorlikda tizimli ishlarni tashkil etishimiz lozim.

Mazkur jamiyatlariga 2016 yilning 1 iyuliga qadar xorijiy investorlarni jalb qilishimiz, ularning ustav fondida xorijiy investorlarning ulushini kamida 15 foizga etkazishimiz talab etiladi.

Keyingi muhim ustuvor yo’nalish hisoblangan - muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so’zsiz amalga oshirish bo’yicha boshlangan ishlar davom ettiriladi.

2016 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan 167 ta ob’ektlarni joriy yilning 1 sentyabriga qadar foydalanishga topshirish bo’yicha tarmoq jadvali asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 68 ta (46 ta aholi yashash punktlari va 22 ta namunaviy massivlarni) ichimlik suvi ob’ektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishimiz, barcha ob’ektlarni joriy yilning 2-choragida foydalanishga topshiriladi.

Qishloq massivlarida qurilayotgan 1095 ta uy-joylardan 125 tasini                   1 iyunga qadar, 410 tasini 1 iyulga qadar foydalanishga topshiriladi.

Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 118,8 km shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlanadi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida viloyatda 2016 yilning 
2-choragida 28,0 km optik tolali aloqa liniyalari quriladi va 
740 portga teng, keng polosali telekommunikatsiya qurilmalari o’rnatiladi.

Uzmobayl milliy mobil operatorining aloqa tarmog’ini  rivojlantirish bo’yicha hududlarda 12 ta baza stantsiyalar (antenna) o’rnatiladi.

Shu bilan birga Farg’ona va Qo’qon shaharlari, So’x tumanida raqamli televideniya tarmog’ini kengaytirish maqsadida 4 ta raqamli teleuzatkichlar o’rnatiladi.

Qishloq xo’jaligida islohotlarni va tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish borasidaMuhtaram Prezidentimizning 2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qaroriga asosan, joriy yilda qisqartiriladigan ekin maydonlari negizida sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog’-moy olinadigan va boshqa o’simliklar ekish, bog’ va uzumzorlar barpo etish ishlarini tashkil etishimiz zarur. 

Shu bilan birga, Muhtaram Prezidentimizning “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga (PK-2520) asosan qayta ishlash korxonalarini xomashyo resurslari bilan muntazam ta’minlash, ichki iste’mol bozorini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror to’ldirish, shuningdek, tashqi bozorlarga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko’paytirish bo’yicha yangicha tizim asosida ishlar tashkil qilinishi zarur.

"Sog’lom ona va bola yili" Hududiy dasturini amalga oshirish borasida joriy yilning 2-choragida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu Dastur doirasida qariyb 200 mlrd.so’mlik tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.