Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Iyul 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

MUSTAQILLIGIMIZ

ABADIY BO'LSIN !

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Murojaatni tekshirish
Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish

 2017-06-18 11:26:32    18

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish Hududiy investitsiya dasturi doirasida 2016 yilda 63,0 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilib, bu ko’rsatkich 2015 yilga nisbatan 115,6 foiz 2014 yilga 152,9%, 2013 yilga nisbatan 1,7 marta, 2012 yilga nisbatan 1,8 marta va 2011 yilga nisbatan 1,9 martaga ortgan.

Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo’yicha bugungi kunda viloyatda ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 170 tani tashkil etib 2011 yilga nisbatan 3,2 barobarga ortdi.

Farg’ona viloyatida bugungi kunda dunyoning 29 ta davlati kompaniyalari investitsiyasi ishtirokida 170 ta qo’shma va xorijiy korxonalar mavjud. Viloyatimizdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Germaniya, Eron va boshqa davlatlar kompaniyalari investitsiyasi ishtirokida oziq-ovqat, engil sanoat, qurilish, charm-poyabzal, mashinasozlik, neft-kimyo sanoati, xalq iste’mol mahsulotlari va xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda.

So’ngi yillarda viloyatda tashkil etilayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar sonining ortib borishi viloyatda o’tkazilgan xalqaro biznes-forumlar, viloyat investitsion salohiyatining muntazam ravishda xorijiy sarmoyadorlarga namoyish etilayotganligi bilan bog’liq.

Farg’ona viloyati va Janubiy Koreyaning Yongin va Yonsan-gu shaharlari o’rtasida amalga oshirilgan ishlar

Farg’ona viloyati va Koreyaning Yongin shaxri o’rtasida o’rnatilgan birodarlik aloqalari doirasida 2013 yilning 20-23 mart kunlari 18 nafardan iborat Yongin shaxri delegatsiyasi viloyatga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bilan maxalliy tadbirkorlar o’rtasida uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Ushbu tashkil qilingan uchrashuvlarda Koreys ishbilarmonlariga viloyatimizning iqtisodiy imkoniyatlari va Respublikamizda xorijiy investorlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar to’g’risida taqdimotlar namoyish qilindi.

Farg’ona viloyati va Yongin shaxarlari o’rtasida 2007 yilda o’rnatilgan birodarlik aloqalari doirasida 2013 yil 27 sentyabr - 4 oktyabr kunlari viloyat delegatsiyasi Koreyaning Yongin shaxriga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida iqtisodiy aloqalarni mustaxkamlash borasida muzokaralar olib borildi.

Farg’ona va Yonsan-gu shaxarlari o’rtasida o’rnatilgan birodarlik aloqalari doirasida va Yonsan-gu merligining 2012 yil 6-7 noyabr kunlari viloyatga tashrifi davomidagi taklifiga asosan 2013 yil 27 sentyabr - 4 oktyabr kunlari 15 nafardan iborat viloyat delegatsiyasi Koreyaga jo’natildi. Tashrif davomida xududlar doirasida olib borilayotgan aloqalar borasida fikrlar almashildi. Yongsan-gu shaxar meri bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, o’zaro tajriba almashildi. Olib borilayotgan muzokaralar natijasida viloyatda Koreya ishbilarmonlari investitsiyalari ishtirokida korxonalar tashkil etildi.

Vengriyaning Dabash shahri va Farg’ona viloyati birodarlik aloqalari doirasida qilingan ishlar

Vengriyaning Dabash shahri va Farg’ona viloyati o’rtasida 2013 yil 8 fevral kuni Dabash shahrida o’zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Memorandumda tomonlar o’rtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishga kelishildi.

Farg’ona viloyati hokimligi va Vengriyaning O’zbekiston Respublikasidagi Savdo-Madaniy vakolatxonasi o’rtasida Farg’ona shag’rida 2013 yil 7 noyabr kuni Kelishuv imzolandi. Unga asosan Farg’ona viloyati va Dabash shahri o’zaro tartibda vakillarni mahalliy hokimiyatlar boshqaruv tuzilmasini va tillarni o’rganish maqsadida jo’natishga, Vengriyaning EksimBank banki imtiyozli krediti asosida Farg’ona viloyati shaharlari ko’cha chiroqlarini modernizatsiya qilishga, “Fergana-Dobosh” Savdo uyini ochishga, qishloq xo’jaligiga, jumladan qayta ishlash sohasiga Vengriyaning EksimBank banki imtiyozli kreditini jalb qilishga va ikki xudud turizm sohasini rivojlantirishga kelishildi. Kelishuvga asosan Vengriyaning Dabash shahri vakillari Gal Erika 2014 yil fevral-iyul, noyabr-dekabr oylari va Roland Gashpar 2015 yil sentyabr oyida viloyatimizda bo’lishdi. Tashrif davomida Gal Erika va Roland Gashpar o’zbek tilini o’rganishdi.

Farg’ona viloyatidan Ermatov Dilmurod Dabash shahrida venger tilini hamda boshqaruv tizimini o’rganib qaytdi.

2013 yil 8-13 fevral kunlari tadbirkorlar va sohalar vakillaridan iborat Farg’ona viloyati delegatsiyasi Vengriyada safarda bo’ldi. Safar davomida tadbirkorlarimiz va venger tadbirkorlari o’rtasida biznes kelishuvlarga erishildi.

Farg’ona viloyati turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya 2014 yil 16-22 sentyabr kunlari turistik sohada hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida Vengriya safarida bo’ldi.

Shu bilan birga, Farg’ona viloyati va Rossiyaning Krasnoyarskiy o’lkasi o’rtasida hamda Turkiyaning Bursa shahri o’rtasida birodarlik aloqalari o’rnatilgan.