Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga ShARH

 2017-07-06 15:55:56    351

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan o’rganish natijalariga ko’ra, hozirgi paytda dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) innovatsiyalarning rivojlanishida, mamlakatning ishlab chiqarish va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash hamda aholining hayot darajasini oshirishda muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda AKTning rivojlanish holati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi o’rtasidagi bog’liqlik ilmiy isbotlangan.

Mamlakatimizda so’nggi yillarda AKTni barcha ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga, jumladan davlat boshqaruviga hamda davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida joriy qilish bo’yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Bu o’z o’rnida mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy qilishda sezilarli natijalarga erishish imkonini berdi. Jumladan, AKTni keng qo’llash natijasida xalq bilan davlat o’rtasida aloqa o’rnatishning samarali tizimi joriy qilindi.

Biroq aksariyat rivojlangan davlatlarga taqqoslaganda O’zbekistonda axborot texnologiyalarining bugungi holati, ularni iqtisodiyot sohasiga joriy qilish, shuningdek eksport darajasi past bo’lib qolmoqda, raqobatdosh axborot texnologiyalari sohasini shakllantirishda mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan to’liq foydalanilmayapti. Bu o’z navbatida davlatimizning xalqaro reytingiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko’lamli qo’llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o’rnini kuchaytirishni talab qiladi.

Mamlakatimizda AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish, shuningdek 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni hal qilish, AKT mahsulotlari eksportini kengaytirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan mamlakatimizda birinchi marotaba axborot texnologiyalari sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tuzilmoqda.

Innovatsiya markazi mamlakatimiz hududi doirasida eksterritoriallik printsipi asosida tashkil qilindi, ya’ni AKT sohasidagi korxonalar respublikada joylashgan hududidan qat’i nazar, Innovatsiya markazi rezidentlari bo’lishi mumkin. Ushbu tamoyil mamlakatda AKT mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Farmon bilan Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o’zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko’maklashish;

oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo’yicha bitiruvchilarini ishga joylashtirishda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan «start-ap» loyihalarini amalga oshirishda ularni qo’llab-quvvatlash yo’li bilan ishtirok etish;

qisqa va o’rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yo’li bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;

yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqish sohasidagi istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qo’llab-quvatlash.

Mazkur yo’nalishlardan ko’rinib turibdiki, Innovatsiya markazi fuqarolarimiz uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, eng avvalo, axborot texnologiyalari sohasida hayotga joriy etish va amalga oshirish mumkin bo’lgan aniq loyihalarga ega bo’lgan iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tuzilmoqda.

Innovatsiya markazining oliy boshqaruv organi sifatida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi hamda uning asosiy funktsiyalari sifatida quyidagilar belgilandi:

Innovatsiya markazini rivojlantirishga ko’maklashish borasida davlat organlari, ilmiy, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Innovatsiya markazi faoliyatini tizimli monitoring qilish va tahlil qilish;

Innovatsiya markazining faoliyatini takomillashtirish va axborot texnologiyalari sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun shart-sharoitlarni ilg’or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yaxshilash bo’yicha takliflar tayyorlash;

yuridik shaxslarni Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida ro’yxatga olish va ularni rezident maqomidan mahrum etish to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish;

Innovatsiya markazi rezidentlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Farmonga muvofiq, Innovatsiya markazi rezidentlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashda birinchi navbatda quyidagi imtiyoz va preferentsiyalar ko’zda tutildi:

Birinchidan, 2028 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan muddatga:

barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to’lovni to’lashdan;

belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o’z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to’lovlari to’lashdan (bojxona yig’imlaridan tashqari);

o’zi ishlab chiqaradigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod etish.

Ikkinchidan, Innovatsiya markazi rezidentlariga o’zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan tushgan pul mablag’lari doirasida xodimlarga ish haqi va dividendlarni xalqaro to’lov kartalariga o’tkazish yo’li bilan naqd bo’lmagan shaklda O’zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish, shuningdek eksport kontrakti mavjud bo’lmagan holda Internet tarmog’idagi onlayn do’konlar orqali ishlar va xizmatlar eksportini chet el valyutasida amalga oshirish huquqi berildi.

Uchinchidan, Innovatsiya markazi rezidentlarining xodimlari uchun qo’shimcha imtiyozlar, jumladan 2028 yilning 1 yanvariga qadar olingan mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo’yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 4,5 foizli stavka bo’yicha fuqarolarning sug’urta badallariga tortilishi ko’zda tutilgan. Bunda ushbu daromadlar soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda har yili berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanishiga ta’siri, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatbardoshligi darajasi tahlil qilib boriladi hamda tahlil natijalari keyinchalik Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etiladi.

Mas’ul idoralar tomonidan respublikada tovarlar va xizmatlarga haq to’lash uchun xalqaro to’lov kartalarini qabul qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisoblariga Internet tarmog’idagi onlayn do’konlari orqali tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan valyuta tushumini hisobga tushirish tizimining to’laqonli ishlashiga doir zarur choralar ko’riladi.

Ushbu Farmonda belgilab berilgan vazifalarning to’liq amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan Innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish, yuridik shaxslarni uning rezidenti sifatida ro’yxatdan o’tkazishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini nazarda tutuvchi alohida qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan mazkur Farmonning amalga oshirilishi axborot texnologiyalarining yanada rivojlanishi, AKT sohasida mutaxassislarning ishtirokini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hamda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish bilan hamkorligini ta’minlash uchun zarur tashkiliy-texnik va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.