
.
.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 92Saytni baholash

Matnda xatolik ko'rdingizmi?
Sichqoncha bilan belgilab
KUBOK MUSOBAQALARI YAKUNLANDI

2017-07-06 15:57:44 345
2017 yilning 28-30 iyun kunlari Farg’ona olimpiya zaxiralari kollejida Ahmad al-Farg’oniy kubogi uchun 4-an’anaviy taekvondo ITF bo’yicha ochiq xalqaro turniri bo’lib o’tdi.
Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan va Qozog’iston Respublikasidan 300 nafardan ortiq saralangan sportchilari ishtirok etishdi. Turnirda 17 yoshgacha bo’lgan yoshlar 25 vazn toifasida kuch sinashdilar.
– Xalqaro turnirning viloyatimizda o’tkazilayotgani bejiz emas. Chunki keyingi vaqtlarda viloyatimiz taekvon-dochilari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo’lga kiritmoqda, – deydi Farg’ona viloyati an’anaviy taekvon-do federatsiyasi raisi Botirjon Bahodirov. – Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Hech narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanitolmaydi” nomli granti asosida shu yil 4-8 iyun kunlari 8 nafar sportchimiz Germaniyada o’tkazilgan “Germaniya open” xalqaro turnirda ishtirok etdi. 9 ta davlatdan 270 nafardan ziyod eng kuchli sportchilar qatnashgan xalqaro turnirda sportchilarimiz viloyatimiz sharafini munosib himoya etishdi. Nodira Muhammadjonova 2 ta yo’nalishda 2 ta oltin, Temur Muhammadjonov 3 ta yo’nalishda 3 ta oltin, Odilboy Abdubannopov 1 ta yo’nalishda 1 ta oltin, Dildora Mirkomilova (Quva tumanidan) 1 ta oltin, 1 ta kumush, Gulnoza Solieva 2 ta yo’nalishda 2 ta kumush medallarni qo’lga kiritishdi.
Murosasiz va qizg’in kurashlar ostida o’tgan kubok musobaqalari nihoyat o’z yakuniga etdi. Barcha raqiblarni dog’da qoldirgan viloyatimiz vakillari 1-, Sirdaryo viloyati yoshlari 2- va Toshkent viloyati sportchilari 3-o’rinni egallab, kubok sohibiga aylandilar.
Yakkalik bahslarida viloyatimiz sportchilaridan Oqiljon Umarjonov, Temurbek Muhammadjonov, Akmal Qoraboev, Mohigul Muhammadjonova, Muxtasar Odilovalar o’z hisobiga bittadan oltin medalni yozdirib, Farg’ona viloyatining umumjamoa hisobida peshqadamlikni qo’lga kiritib, kubok sohibi bo’lishiga munosib hissalarini qo’shishdi.
G’oliblarga viloyat hokimligining hamda Farg’ona viloyat taekvondo federatsiyasining qimmatbaho sovg’alari, diplom va medallar topshirildi.
Ayni kunlarda viloyatimiz taekvondochilari 2 avgust kuni Janubiy Koreyaning Inchon shahrida o’tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rishmoqda.