Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Iyul 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

MUSTAQILLIGIMIZ

ABADIY BO'LSIN !

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Murojaatni tekshirish
Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI

×

 2017-07-10 10:54:05    58

PDF yuklash
Chop etish


mutlaqo yangi tashkilot sifatida mamlakatimiz yoshlarining chinakam tayanchi va suyanchiga aylanadi

 

Ayni kunlarda O’zbekiston yoshlari katta tarixiy jarayonning guvohi va ishtirokchisi bo’lib turibdi. 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida respublikamiz yoshlari bilan samimiy muloqot qilganligi, ularning buguni, ertasi, orzu-umidlari, o’y-mulohazalari bilan  yaqindan tanishib, hayotiy muammolarni izchil o’rganib, yangi-yangi sharoit va imkoniyatlar eshigini ochgani o’g’il-qizlar qalbiga yuksak ruh va etuk istiqbolga mustahkam ishonch bergani, shubhasiz.

Davlatimiz rahbari “Jismoniy va ma’naviy etuk yoshlar –ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir” deb nomlangan nutqida shu kunga qadar yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha  amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, yoshlar hayotini yanada obod va farovon, mazmunli va baxtli qilishga, O’zbekiston yoshlarining yangi tashkiloti maqomi va nufuzini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qildilar.

Yoshlarning keng qatlamiga taalluqli bo’lgan dolzarb masalalar, avvalo, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni katta maqsadlar sari undash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, yosh avlod huquq manfaatlarini himoya qilish, ularga jamiyatda o’z o’rnini topishga imkoniyat berishdek ezgu ishlar zamiridagi cheksiz mehr va g’amxo’rlik bugun millionlab yoshlar dilida aks-sado berayotir.

Sherzod POLVONOV, yoshlar etakchisi, Qurultoy delegati:

– Yurtboshimiz nutqining har bir bandi, har bir ta’kidi meni, avvalo, O’zbekiston yoshlari vakili, qolaversa, ularning etakchilaridan biri sifatida benihoya to’lqinlantirdi. Orzu-intilishlarimizga qanot beradigan, millionlab o’g’il-qizlarning hayoti va kelajagi uchun qayg’uradigan, yoshlarning barcha qatlamlarini yurt istiqboli yo’lida birlashtira oladigan yangi tashkilot tuzib, unga ulkan imtiyozlar berilgani hayotimizda muhim voqea bo’ldi. O’zbekiston yoshlar ittifoqining rahbari ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo’yicha  davlat maslahatchisi, shu bilan birga,  Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlanishi, viloyatlar, shahar-tumanlardagi bo’linmalar rahbarlari esa tegishli hokimlarning yoshlar siyosati bo’yicha masalahatchilari sifatida faoliyat olib borishi endilikda yoshlar etakchilarining katta  maqom va vakolatga munosib ko’rilganining namunasidir.

 Maftuna YaKUBOVA, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi “Yosh adolatchilar qanoti” etakchisi:

– Muhtaram Prezidentimizning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi tinglab, Vatanimiz yoshlari uchun yangi davr va chinakam yuksalish pallasi boshlanganiga amin bo’ldim. Davlat rahbari yoshlar bilan tengma teng turib, ochiq va samimiy suhbat qurishi, faol o’g’il-qizlar  tomonidan bildirilgan har bir fikr, har bir taklifga dildan quloq solishi barchaga kuch, o’zaro ishonch va shijoat tuyg’ularini baxsh etgani ayni haqiqat.

Berilgan ulkan imtiyoz va rag’batlar qatorida O’zbekiston yoshlar ittifoqining bo’limlarida  yoshlarning xohishi va intilishlariga ko’ra, Yosh olimlar uyushmasi, Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish markazi, Yoshlar turizmi uyushmasi, Sport klublari va fitnes markazlari uyushmasi, Imkoniyati cheklangan yoshlar uyushmasi va boshqa tashkilotlar ham tuzilishi mazkur tashkilotning kelgusida huquqiy va funktsional jihatdan katta kuchga ega bo’lishini aniq belgilab bermoqda.

Shu bilan birga, Yurtboshimiz tashabbusi bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida “Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti”ning tashkil etilishi ham g’oyat puxta o’ylangan qaror ekanligi aniq. Zero,O’zbekistonimizning yorug’ va farovon istiqbolini bunyod etishdek mas’uliyatli vazifani o’z zimmasiga oladigan, intellektual salohiyatli yosh kadrlarni  tayyorlash Vatan kelajagiga bevosita daxldordir.

Muslimbek TO’LANOV, Farg’ona davlat universiteti talabasi, delegat:

-Davlatimiz rahbari yoshlarning ma’naviy kamoloti haqida so’z yuritar ekan, bu borada yoshlar o’rtasida  kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga yanada chuqur kirishish kerakligi, shuningdek, radio, televidenie, gazeta va jurnallarning yoshlar ma’naviyati, ma’rifatini  shakllantirishdagi o’rniga alohida to’xtaldilar. Ayni vaqtda yoshlar auditoriyasiga mo’ljallangan ommaviy axborot vositalari faoliyatini tubdan o’zgartirish lozimligini ta’kidlab, bugungi hayotni butun ko’lami, mazmuni, kerak bo’lsa, murakkabligi bilan yoritishda jurnalistlar faolligini oshirishga undadilar. Yangi tashkil etilgan Xalqaro press klub singari O’zbekiston yoshlar ittifoqining ham o’z matbuot klubini ochish taklifi barchani, ayniqsa, jurnalistik iqtidori shakllanib kelayotgan yosh mutaxassislarning ayni ko’nglidagi taklif bo’ldi.  “Kitob olami” do’konlari tarmog’ini O’zbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga berish hamda yosh ijodkorlarning kitoblari va “Turkiston”, “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari, “Yosh kuch” jurnallarini chop etish uchun “Yoshlar nashriyot uyi”ning tashkil etilishi kelajak egalariga qaratilgan rag’bat va yana ulkan ishonchni ifoda etayotir.

Ha, bugun mamlakat yoshlarining ruhi baland, ularning katta marralarga dadil intilishi, g’ayrat va shijoat, azmu qat’iyati buyuk kelajagimizga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda. Yoshlar manfaatlari yo’lidagi ezgu qarorlar qatorida iqtidorli yoshlar uchun “Kelajak bunyodkori” medali, turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o’g’lonlar” degan nom bilan Davlat mukofotining ta’sis etilishi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, o’qishda, mehnatda, jamoat ishlarida har tomonlama faol bo’lgan yigit-qizlarni taqdirlash, yurtimiz yoshlari o’rtasida ilm-fan, ta’lim tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san’at, sport, ishlab chiqarish va harbiy xizmat sohalarida, umuman, barcha jabhada namuna bo’lib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida ekanligidan dalolatdir. 

Prezidentimizning O’zbekiston yoshlariga qarata  “Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg’usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o’zi oldimizga qo’yayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz”, deya bildirgan yuksak ishonch va e’tiroflari, shubhasiz, navqiron yuraklarning hayotiy quvvat manbaiga aylanajak, yaratib berilayotgan sharoitlar yoshlarning olamshumul sa’y-harakatlariga turtki, baland parvozlariga qanot bo’ladi.