Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

QIZLARNING ENG YAXSHI BIZNES G’OYASI

×

 2017-07-10 10:54:56    115

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona huquqshunoslik kollejida “Kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining  eng yaxshi biznes g’oyasi” tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

 “Tadbirkor ayol” uyushmasining viloyat bo’limiga 138 nafar bitiruvchilar tomonidan  hujjatlar topshirilgan bo’lib, 19 yo’nalishda 57 nafarining biznes-g’oyalari saralab olindi. Ularga  “Mikrokreditbank” filiallaridan  4 million so’mdan imtiyozli kredit olish  imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo’jaligi rahbari  Lolaxon Murotova ishtirokida yoshlarga sohada olib borilayotgan islohotlar, fermerlik, hunarmandchilik, tadbirkorlik yo’nalishlarida yaratilayotgan imtiyoz va sharoitlar, qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.  Qizlarning ijodiy ko’rgazmalari ularning qiziqishi, maqsadlarini ifoda etdi. 

  Asalarichilik sohasiga juda qiziqaman. O’z tadbirkorlik ishimni  imtiyozli kredit bilan boshlayman, – deydi Buvayda qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Dilfuza Asrorova. ––  Viloyatimizda o’ziga xos asalarichilik maktabi yaratilgan.  Prezidentimiz viloyatimizga tashrifi chog’ida sohaga katta e’tibor berib,  biz yoshlarning o’qishimiz, mutaxasis kadr bo’lib etishishimiz uchun takliflar berishdi.  Bundan cheksiz quvondim.   Sohani chuqurroq o’rganib, faoliyatimni kengaytirish, mahalladoshlarimni, qishlog’imni shifobaxsh ne’mat bilan ta’minlashga harakat qilaman.