Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Iyul 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

MUSTAQILLIGIMIZ

ABADIY BO'LSIN !

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Murojaatni tekshirish
Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

IMKONIYAT, ISTAK VA TAJRIBANI UYG’UNLASHTIRAMIZ.

×

 2017-07-17 12:07:06    99

PDF yuklash
Chop etish


Partiya tashkilotimiz faoliyatida talaygina kamchiliklar borligi Prezident Shavkat Mirziyoev bilan bo’lgan videomuloqotda yaqqol ko’rinib qoldi. Biz shu kungacha xam faoliyat ko’rsatar edik. Lekin, endi tushundikki, samarasiz yig’ilishlar, tashkil etish rejalashtirilgani uchungina o’tkazilgan tadbirlar bilan ovunib yurgan ekanmiz. Aslida partiya g’oyalarini amalga oshirish uchun elektoratning xayotiy muammolari moxiyatiga chuqurrok etib borish zarur edi. Biz eng ko’psonli siyosiy partiya vakillarimiz, deb maqtansakda, mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida, fuqarolar ongida mustaxkam o’rin egallay olmabmiz.

Xa, O’zXDP Farg’ona viloyat partiya tashkiloti  deputatlik guruxlari 2017 yilning o’zida 48ta masalani deputatlik guruxida, 5 ta masalani doimiy komissiyalarda muxokama etdi. 6 ta masala esa o’rganilib xalq deputatlari shaxar, tuman kengashlari sessiyalari muxokamasiga kiritildi. Joylarga 447 ta deputatlik so’rovi jo’natildi.

Xa, partiya tashkilotining ko’chma jamoatchilik qabulxonasiga 780ta odam o’z muammolari bilan murojaat qildi va uning 81  foizi bizning ishtirokimizda ijobiy xal etildi.

Biz shunga o’xshash raqamlardan asossiz ravishda taskin topibmiz. Xo’sh, partiya faollari, deputatlik gurux a’zolari o’rgangan masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosiga yana bir bor qaytdikmi? Umuman qaror ijro etildimi? Unga jamoatchilik nazorati o’rnatdikmi? Mana, qaerda bizning “nozik” joyimiz. Xa, qanchalar achchiq bo’lmasin, tan olish lozim, biz aksariyat xollarda qaror qabul qilinishi bilan cheklanib qoldik. Natijada axvol sezilarli tarzda o’zgarmadi, partiya tashkiloti, uning deputatlik guruxi axoli, avvalambor elektoratning e’tibori, ishonchiga to’liq muyassar bo’la olmadi. Mana, bir misol, deputatlik guruxlarimiz Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaxarlari va Yozyovon tumanida onalar va bolalar o’rtasida kasallanish xamda o’lim xolatini o’rgandi. Uning natijada xalq deputatlari viloyat kengashining “Yoshlar siyosati va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari doimiy komissiyasi” da muxokama qilindi. Mavzu  dolzarb edi. Marg’ilon shaxar tug’ruq kompleksida bemor ona-bolalar uchun umuman joy tankis, 2 kishilik xonaga 4 kishidan yotqizilar, VELLA, EKG, KYuVEZ, SRAR apparatlari etishmas, xatto mavjud 5 ta avtoklavning 2 tasi yaroqsiz edi. Tug’ruqxonaning “qadim zamon” dan qolgan “RAF” va “Vilis” avtomashinalari “to’kilib” bo’lgandi. Viloyat perenatal markazida esa 2017 yilning birinchi choragi xisobotiga ko’ra o’rin-kun rejasini chaqaloqlar reanimatsiyasi 432,8 foizga, kattalar reanimatsiyasi 218 foizga bajargan... Yozyovon tumani tug’ruqxonasida esa o’tgan qish mavsumida kuniga 18 soatdan elektr energiyasi bo’lmagan...

O’z XDP viloyat kengashi deputatlik guruxi kiritgan masala doimiy komissiyada ko’rildi, tegishli qaror qabul qilindi. Ammo axvol o’zgardimi, shundan keyin? Biz bu masalada deputatlik nazorati, jamoatchilik nazoratini bir kun xam to’xtatmasligimiz lozim edi. Partiyaning ommaviyligi va obro’si uning amaliy ishlari bilan baxolanadi.

Biz ana shu xaqiqatga etarlicha e’tibor bermadik. Prezident qo’yayotgan talab, taxlil va xulosalar shuning uchun xam xaqli, dolzarb xamda ijrosi majburiydir.

Yana bir muxim jixat. Biz partiya deputatlik guruxi bilan partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi o’rtasida uzviy amaliy munosabatlarni shakillantira olmadik. Fraktsiya ishtirokida yaratilayotgan qonun loyixalari dastlab quyida, BPT, shaxar-tuman partiya tashkiloti va deputatlik guruxlarida xar doim xam muxokamadan o’tkazilmadi, takliflar va muloxazalar olinmadi.

Men birinchi bor viloyat kengashiga deputat bo’lib saylandim. Lekin xaligacha viloyat xayotiga doir masala, xatto byudjet muxokamasida xam biz partiyamiz dasturi va g’oyalari nuqtai nazaridan muqobil qaror loyixasini tayyorlab sessiyada taklif qilmadik, biron siyosiy partiya deputatlik guruxi bilan baxs munozaraga kirishmadik. Bu vaziyatda xam ijro xokimiyati taklifini quvvatlab kelaverdik. Shundan bizni, siyosiy partiya viloyat kengashlarini, uning raxbar va deputatlarini keng xalq ommasi yaxshi tanib bilmaydi. Shu ma’noda xam  Prezidentimizning “Milliy parlamentimiz xaqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi kerak” degan xitoblari g’oyat muxim va o’rinlidir.

Xozir viloyat partiya tashkiloti 40 mingga yaqin a’zoni birlashtirgan. Lekin partiya bosh nashri “O’zbekiston ovozi” obunachilari atigi 2,5 mingtani tashkil etadi. Biz OAV lari imkonidan kengroq foydalanish masalasini xam qayta ko’rib chiqamiz. Partiyadan saylangan deputatlarning televidenieda chiqishlarini tashkil etish bilan ularni xalqqa yanada yaqinroq tanishtirish lozimligini uqdik. Albatta ular orasida faol, amaliy natijalar ko’rsatayotgan, saylovchilar xurmatiga sazovor deputatlar bor. Endigi vazifa ular safini kengaytirish, partiya obo’si-deputat obro’si degan g’oyani xayotga tadbiq etishdir.

Prezident deputatlar, partiya faollari oldidagi juda ko’plab birlamchi vazifalarni aniq ravshan belgilab berdi. Endi zamon bilan xamnafas bo’lib ishlash yoki o’rnimizni ishlaydigan odamga bo’shatib berish talab etiladi. Bizga partiya faoliyatini qayta ko’rib chiqish va chin ma’noda xalq qo’llab quvvatlaydigan siyosiy kuchga aylanish uchun imkoniyat, istak va tajriba xam bor.