Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SPORT MILLATNI ULUG’LAYDI

 2017-07-25 18:41:23    199

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda mamlakatimiz sportchilarining eng yirik sport musobaqalarida qo’lga  kiritayotgan  olamshumul  g’alabalari  asosiy omili, eng avvalo, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, uni qo’llab-quvvatlashga oid huquqiy baza yaratilganligidir.

Prezidentimiz  Sh.Mirziyoevning joriy yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida  boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda joriy yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori  ezgu maqsadlarni ro’yobga chiqarish, sport sohasidagi siyosatni yangi bosqichga ko’tarishda dasturilamal bo’ldi.

Davlatimiz rahbarining Farmon va qarorida sohada davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha faoliyat yo’nalishlari belgilab  berildiki, bu ham bo’lsa, sport sohasida yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etib, yosh avlodning jismoniy va ijodiy faoliyati ortishiga, mamlakatimizning sport dunyosida nufuzi tobora yuksalishiga zamin yaratadi.

Viloyatimizda bugungi  kunda 23 ta Bolalar-o’smirlar sport maktablari, 4 ta sport turlariga ixtisoslashtirilgan  Bolalar-o’smirlar sport maktablari, 14 futbol bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda olimpiya zaxiralari kolleji faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu sport muassasalarida jami  53 ta sport turi  bo’yicha 1140 nafar  murabbiylar  52731 nafar yosh sportchilar saboq bermoqdalar.

Viloyatda  500 mingdan  ziyod  aholi  ommaviy sportga  jalb etilgan. Qizlar o’rtasida sportga nisbatan intilish ortib borayotgani va bu ota-onalar tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgani  ayol murabbiylar tayyorlash mexanizmiga alohida e’tibor talab etadi. Bolalar sporti ob’ektlari, chunonchi qishloq joylardagi sport maskanlariga ayollar orasidan  yuqori  malakali murabbiylar jalb etilib, ularning mehnati munosib rag’batlantirilayotgani o’z samarasini beryapti. Bugungi kunda 293 nafar ayol murabbiylar bolalar sport ob’ektlarida faoliyat yurityapti. 

2003-2016 yillar mobaynida O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi  mablag’lari  hisobidan  shahar  va tumanlarda 186 ta bolalar sport inshootlari  barpo etilgani, 12,4 milliard so’mlik sport inventarlari  va uskunalari bilan jihozlangani  ularning umumiy qiymati 135,4 millard so’mni tashkil etgani  davlatimizning barkamol avlod tarbiyasi yo’lidagi g’amxo’rligi namunasidir.

Viloyatdagi mavjud sport inshootlarining saqlanishi va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlanishi, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada mutasaddi rahbarlarning mas’uliyatini kuchaytirish masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan joriy yilning may oyida o’tkazilgan kengaytirilgan  hay’at  yig’ilishida  tuman, shaharlardagi bosh mutaxassislar, tizimdagi barcha muassasalar rahbarlariga respublika chempionatlarida munosib ishtirok etgan, g’olib, sovrindor bo’lgan har bir sportchining respublika terma jamoasi tarkibiga a’zo,  a’zolikka nomzod bo’lishi uchun doimiy  hamda tizimli ro’yxatini shakllashtirib borish, shu orqali  ularning jahon, Osiyo chempionatlari, Osiyo o’yinlari xalqaro musobaqalarida ishtirok etishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari ta’kidlandi.

Jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport murabbiylarining o’z ishiga alohida mas’uliyat bilan yondashishi kundalik talabga aylandi. Ahamiyatli tomoni, 1350 nafar farg’onalik sportchilar respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashib, sovrinli o’rinlarni egallashdi. O’tgan yil davomida jahon chempionati musobaqalarida 12 ta, Osiyo chempionati va kubogida 8 ta, xalqaro musobaqalarda 93 ta, jami 364 ta medallar, shundan 112 tasi oltin medal jamg’arildi.

Xalqaro sport maydonlarida o’tayotgan nufuzli musobaqalarda o’z iqtidorini namoyon etib, mamlakatimiz qudratini, shon-shuhratini yuksaltirishga astoydil bel bog’lagan va ana shu mas’uliyatli vazifani sharaf bilan amalga oshirib kelayotgan viloyatimiz sportchilari safi yildan-yilga kengayib boryapti. Sport olamining eng nufuzli musobaqasi Olimpiada va Paralimpiyada o’yinlarida  6 nafar sportchimiz  boks, yunon-rum kurashi, engil atletika bo’yicha litsenziyaga ega bo’lishdi. Bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev kumush, Paralimpiya  bo’yicha engil atletikachimiz Doniyor Soliev besh xatlab sakrash, 400 metrlik estafeta bahslarida bronza medallari sohibi bo’lishdi.

Joriy yilgi xalqaro bahslarda ham sportchilarimiz muvaffaqiyatga  erishdi. Belorussiya davlatining Minsk shahrida S.Boitova xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnirda Farg’ona shahridan  sport gimnastikachimiz Anastasiya  Miroshnichenko  birinchi  o’rinni  egalladi.  Iqtidorli sportchimiz Muslima Yuldasheva shu yil 14-15 may kunlari Germaniyaning Gannover shahrida 23 ta davlatlar ishtirokida o’tkazilgan o’q otish bahsida tengsiz deb topildi.

Osiyo chempionatlarida Quva tumani BO’SM ning sambo bo’limi tarbiyalanuvchilari Lutfullo Saidahmedovga (57 kg) 1-, uning jamoadoshi Nuriddin Tilavoldievga (74 kg) 3-o’rin  nasib etdi. Yaqinda Tailand davlatida boks bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilgan qit’a chempionatida viloyatimizdan 2 nafar bokschi mamlakat terma jamoasi tarkibida  qatnashib  qaytdi. Unda Bilol Mirzarahimov (46 kg)  2-o’rinni egallagan bo’lsa, Lazizbek  Mullajonov (91 kg) yoshlar o’rtasida Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo’ldi.

Shu o’rinda bokschilarimiz nafaqat havaskor, balki professional boks yo’nalishida ham dunyo miqyosida olamshumul yutuqlarga erishayotganligi quvonarli. Viloyatimizning Rapqon  boks maktabi tarbiyalanuvchisi Shohjahon Ergashev professional boksning  WVO yo’nalishi bo’yicha 10 ta janglarning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan holda g’alaba qozondi.

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida islohotlar  olib borilmoqda. Bunday sharoit va imkoniyatlar yaratilgan yurtimizda esa albatta buyuk iste’dodlar yuzaga chiqishi, orzular ushalishi shubhasiz.