Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARINING YIGIRMA BESHINCHI QO’SHMA SESSIYASI

×

 2017-08-05 10:06:02    236

PDF yuklash
Chop etish



Kuni kecha viloyat Tadbirkorlar markazining katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining yigirma beshinchi qo’shma sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyat va mahalliy Kengash deputatlari, tibbiyot tizimi, sud organlari va huquq tartibot idoralari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.


 Sessiyani viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G’aniev ochdi va olib bordi.

Kun tartibidagi dastlabki masalada sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Prezidentimizning 22-23 iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chog’ida bergan topshiriqlari hamda o’tgan davr ichida bajarilgan ishlar ijrosi yuzasidan viloyat sudlari raislarining axboroti tinglandi.

Sessiyada so’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi raisi Ma’rufjon Usmonov shu yilning 13 iyunida bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida Prezidentimizning sud organlari tizimidagi ahvol, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar chuqur tahlil etilgan nutqi soha rivojini yangi bosqichga olib chiqqanini e’tirof etdi. Davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i bo’lgan sud tizimining xalqimiz hayotidagi o’rni, sudning holisligi va adolatliligini ta’minlash qonuniylikning muhim sharti ekanligini ta’kidlab, bu borada sud vakillari tomonidan yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni tilga oldi.

Yig’ilishda fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat sudi raisi Abduhalim Ahmedov, jinoyat ishlari bo’yicha viloyat sudi raisi Murodjon Mirzajonov, viloyat iqtisodiy sudi raisi Tilavoldi Ataboevlarning joriy yilning birinchi yarim yilligida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotlarda qayd etilganidek, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyatdagi sudlar tomonidan 15047 ta ish hal etilgan. Bu esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan fuqarolik ishlarining 464 taga ko’payganini ko’rsatmoqda. Sud buyrug’i tartibida esa 56482 ta arizalar hal qilinishiga erishilgan. Bu masalalarning aksariyat qismi nikohdan ajratish, oila nizolari bilan bog’liq ishlar, kommunal xizmat, mulk huquqi, uy-joy nizolari, zararni undirish va boshqa yo’nalishlarga tegishlidir.

Jinoyat ishlari bo’yicha esa viloyatdagi sudlarga jami 4767 nafar shaxsga nisbatan 3525 ta jinoyat ishi bilan bog’liq materiallar kelib tushgan. Shundan 4265 nafar shaxsga nisbatan 3171 ta jinoyat ishlari tamomlangan. Bu esa jinoiy ishlarning o’tgan yilning shu davriga  nisbatan 161 taga kamayganidan dalolat beradi. Ammo sudlanganlar soni  o’tgan yilga nisbatan 3,8 foizga o’sgani qayd etilgan. Shuningdek, voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ish bilan ta’minlashdan bo’yin tovlash, firibgarlik, o’g’irlik, harakat xavfsizligi qoidalarini buzish, giyohvand moddalar bilan bog’liq jinoyatlar soni ortgani, ularda ayollarning ishtiroki borligi achinarlidir.

Viloyat iqtisodiy sudining birinchi instantsiyasida 10778 ta, apellyatsiya instantsiyasida 159 ta ish ko’rilgan. Ushbu ko’rsatkichning o’tgan yilnining mos davriga nisbatan 4 foizga kamaygan. Da’vogarlar foydasiga sud tomonidan 582199,09 million so’m undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan. Shuningdek, iqtisodiy sud tarkibida kadrlar tayyorlash masalasida ham bir qator ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Bo’sh ish o’rinlari yaratilib, sohaga yosh huquqshunoslar jalb etildi.

Yig’ilishda viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini bajaruvchi Muzaffar Maraximov yangi tashkil topgan mazkur sud tizimining funktsiyalari va vakolatlari haqida tushuncha berdi.

Sessiya ishtirokchilari tomonidan murojaatlar, sud mutasaddilarining mas’uliyati va intizomiy javobgarligi, sud ishlarining ko’rilishi, joylarda shu bilan bog’liq muammolar hal etilishi yuzasidan savollar, takliflar o’rtaga tashlandi. Sudyalar tomonidan savollarga javob qaytarildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalada viloyat tibbiyotidagi ahvol va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Ijtimoiy kasalliklar, shu jumladan, endokrin tizimi kasalliklari, onkologik kasalliklar, sil kasalligi va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash va asoratlarining oldini olish bo’yicha Maxsus dastur”ni tasdiqlash haqida so’z bordi.

Viloyat hokimi Sh.G’aniev o’tgan davr ichida tizimda ro’y bergan o’zgarishlar, yuzaga kelgan muammolar, tibbiyot muassalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ijobiy ishlarni tahlil etdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning o’zida tibbiyot tizimidagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 11 ta qaror va Farmon qabul qilindi. Ularning ijrosi tufayli viloyatdagi birlamchi tez tibbiy yordam ko’rsatish muassasalariga “Damas” va “Nissan” rusumli sanitar avtotransport vositalari keltirildi. Viloyat bo’yicha 88 ta qishloq vrachlik punktlari maqbullashtirilib ularning o’rnida qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi va 15 ta QVP qisqartirildi, 37 ta QVP o’rnida tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil etildi. Tez tibbiy yordam brigadalarini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan markazlashgan holda ta’minlash maqsadida 1 milliard 318 million so’m qo’shimcha mablag’lar ajratildi.

Viloyat hokimi o’z nutqida hamon tibbiyot bilan muammolar yuzasidan shikoyatlar kelishi davom etayotganiga tanqidiy baho berdi. Dori-darmon va davolanish masalasi, ayrim shifokorlar tomonidan ta’magirlik sodir etilayotgani, bandlikni ta’minlash masalalarida jiddiy muammolar borligini ta’kidladi va tegishli tavsiyalarni berdi.

Sessiya yakunida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.