Shrift o'lchami Rang Rasm
<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ISH STAJINI HISOBLASH ELEKTRON TARTIBDA JORIY ETILMOQDA

 2017-08-05 10:14:06    126

PDF yuklash
Chop etish


    Fuqarolarni mehnat faoliyati davomida ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o’tkazilishi va mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bog’liq munosabatlarning davriyligini to’g’ri va aniq yuritib borish maqsadida mehnat stajini hisoblash tartibi amalda qo’llanib kelinadi.

   Sizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida mehnat staji haqidagi yozuvlarni qayd etib borish uchun xodimlarga mehnat daftarchalari yuritiladi. Mehnat kodeksining 81-moddasiga binoan, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart (o’rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno).

   Respublikamizda axborot texnologiyalarining taraqqiy etishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar tomonidan davlat organlariga aksariyat hisobot va ma’lumotlar elektron tartibda taqdim etilmoqda. Bu esa o’z navbatida vaqt va mablag’ning tejalishiga sabab bo’layotir.

    Endilikda jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olish tizimi ham joriy etilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 4 iyul kuni 462-sonli “Jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror qabul qilindi.

     Unga ko’ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarni, dehqon xo’jaliklari a’zolarini, qoramol o’stirish va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug’ullanayotgan shaxslarni hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan boshqa sub’ektlar bo’yicha 2018 yil 1 yanvardan boshlab, qolgan tashkilotlar bo’yicha – 2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning mehnat stajlarini elektron hisobga olishga bosqichma-bosqich o’tish jarayoni belgilandi.

   Mehnat staji (shu jumladan, lavozim mavqei, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat ta’tilidagi va uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan davrlar) haqidagi ma’lumotlar har bir jismoniy shaxs bo’yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari bo’yicha soliq hisoboti tarkibida taqdim etilishi mustahkamlab qo’yiladi.

Mehnat stajini elektron hisobga olish tizimining joriy etilishi o’zining bir qator qulayliklari bilan ahamiyatlidir.

     Avvalo, ish beruvchilar tomonidan xodimlarga yuritish uchun mehnat daftarchalari sotib olish, yuritish va ularni mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchalarni berish majburiyatidan ozod qiladi. Buning uchun qilinadigan harajatlar tejab qolinadi. Mehnat daftarchalari yaroqsiz bo’lib qolganda yoki yo’qotilganda ish beruvchi va xodim tomonidan mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlarni to’plash hamda mehnat daftarchasi dublikatini yuritish bilan bog’liq ovvoragarchilikka chek qo’yiladi.

      Mehnat faoliyatini olib borish jarayonida unga kiritilmaydigan ayrim holatlar yuzasidan ham endilikda mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadigan tizim yaratilmoqda. Jumladan, bunda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat ta’tilidagi va uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan davrlar qayd etib boriladi.

   Bunday tartibning joriy etilishi jismoniy shaxslarning mehnat staji yo’qolmasligiga, barcha mehnat faoliyat davrlari stajga to’liq hisobga olinishiga, mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlari ayrim sabablarga ko’ra saqlanmagan holatlarda sudlar orqali tasdiqlatish kabi ovvoragarchiliklarning yo’q bo’lishiga, mehnat staji davriyligini kuzatib borishga, pensiya tayinlashdagi noaniqliklarning oldi olinishiga, mehnat daftarchasi yuritish uchun qilinadigan harajatlarning iqtisod qilinishiga va boshqa ijobiy samaradorliklarga sabab bo’ladi.

Bu kabi islohotlar pirovardida fuqarolarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga erishiladi. 

viloyat hokimligi yuridik xizmatining

 bosh yuristkonsulti.