Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatida 2017 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

 2017-08-24 12:15:01    83

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida 2017 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

Viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 14 yanvarda bo’lib o’tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ijobiy o’sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo’ldi.

I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar

1. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish chiqarish (prognoz 107,0% amalda 107,0%), hududiy sanoat (prognoz 115,1% - amalda 115,1%), halq iste’moli mollari (prognoz 108,3% - amalda 108,4%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (prognoz 106,2% - amalda 106,3%), qurilish ishlari (prognoz 111,3% - amalda 111,4%), jami xizmatlar (prognoz 112,9% - amalda 111,2%) Savdo aylanmasi (prognoz 112,6% - amalda 112,6%)  hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 7524,7 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 106,5 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YaHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 53,1 foizga (2016 yil 1-yarim yillikda 53,2 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 53,9 foizga (52,6%) teng bo’ldi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 2104,2 ming so’mdan (2016 yil 1-yarim yillikda 1831,8 ming so’m) to’g’ri keldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra tashqi savdo aylanmasi
617,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shundan 252,4 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

2. Moliyaviy holat.

Byudjet-soliq siyosati. Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko’rsatkichi 964,3 mlrd. so’m bo’lib, haqiqatda 977,7 mlrd. so’mga bajarilishiga (101,4%) erishildi. 

Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa 1075,7 mlrd. so’m belgilanib, amalda 1040,6 mlrd. so’mga (96,7%) bajarildi.

Soliq va to’lovlar tushumi. Viloyatda soliq va to’lovlar tushumi yanvar-iyun oylarida 983,8 mlrd. so’mga (102,2 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan 21,2 mlrd. so’mdan ko’proq mablag’ byudjetga jalb etildi.

Debitor va kreditor qarzdorliklar.

2017 yil 1 iyun holatiga debitorlik qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 72,7 foizga etib 3 136,7 mlrd. so’mni tashkil qildi.

Bunga debitorlik qazdorliklarni yil boshiga nisbatan Dang’ara tumanida 3,6 martaga, Rishton tumanida 2,9 martaga, Yozyovon tumanida 160,2 foizga, Buvayda tumanida 138,2 foizga, Furqat tumanida 128,7 foizga, Quva tumanida 125,3 foizga, Farg’ona tumanida 118,2 foizga, O’zbekiston tumanida 111,2 foizga, Qo’shtepa tumanida 110,1 foizga ortganligi sabab bo’lmoqda.

Muddati o’tgan debitorlik qarzdorliklar yil boshiga davriga nisbatan Quvasoy shahrida 4,6 martaga, ortishiga yo’l qo’yilgan.

Kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 68,3 foizga etib 3840,9 mlrd. so’mni tashkil qildi. 

Yil boshiga nisbatan kreditorlik qazdorliklari Dang’ara tumanida 4,3 martaga, Farg’ona tumanida 3,1 martaga, Toshloq tumanida 141,4 foizga, Yozyovon tumanida 139,5 foizga, Furqat  tumanida 129,3 foizga, Qo’shtepa tumanida 100,5 foizga,  ortishiga  yo’l qo’yilgan.

 “Indorama Kokand tekstil” QKda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2014 yildagi 2114-qaroriga asosan sobiq “Qurilish tugallanmagan “Qo’qon tekstil kombinati” DKning mulkiy majmuasi bazasida zamonaviy tekstil sanoatini yo’lga qo’yish” loyihasini ishga tushirish uchun investitsiya jarayoni davom etayotganligi sababli o’z faoliyatini 1,9 mlrd so’m zarar bilan yakunlagan.

Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari. Viloyatda 79 ta tijorat banklari, 95 ta mini banklar, 139 ta maxsus kassalari va 5 ta mikrokredit tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

2017 yilda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida dastlabki ma’lumotlarga ko’ra viloyat tijorat banklarining barcha moliyalashtirish manbalaridan jami 711,9 mlrd. so’m, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 137,8 mlrd. so’m (124,0 %) ortiq (590,9 mlrd.so’mi uzoq muddatli) kredit mablag’lari ajratildi.

 II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi

 1. Investitsiya siyosati. 2017 yil yanvar-iyun oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 1344,3 mlrd.so’mlik mablag’lar o’zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag’lari hisobidan 81,6 mlrd. so’m, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 29,9 mlrd. so’m, hukumat kafolati ostidagi horijiy investitsiyalar va kreditlar 5,2 mlrd.so’m, korxonalar o’z mablag’lari hisobidan 435,5 mlrd. so’m, aholi mablag’lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 447,6 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 228,5 mlrd. so’m hamda chet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 116,1  mlrd.so’mni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2017 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 14 ta korxonalarga jami 150,8 mlrd. so’m, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 37,4 mlrd.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 70,3 mlrd.so’m va 43,0 mln.dollar to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 255 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 58,6 mlrd.so’m (shundan 23,0 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 32,5 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga, 2,4 mlrd.so’m boshqa harajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Shundan Marg’ilon shaxridagi "Avtomobilict" XKda mevani qayta ishlashni tashkil etish loyixasi foydalanishga topshirilib 20 ta ish o’rinlari yaratildi.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2017 yilga hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 138 ta loyihalar kiritilgan bo’lib jami 358,1 mlrd. so’m miqdorida (shundan 135,1 mlrd. so’m o’z mablag’i, 207,7 mlrd. so’m bank krediti va 15,2 mlrd. so’m xorijiy) investitsiyalar o’zlashtirilishi va 4326 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Hisobot davrida 139,9 mlrd.so’m (shundan jihozlar sotib olishga 78,4 mlrd. so’m, qurilish montaj ishlariga 44,5 mlrd.so’m va boshqa harajatlarga 17,1 mlrd.so’m) miqdorida mablag’ o’zlashtirilib, rejaga nisbatan 99,1 foizga bajarildi. Hozirgi kunda 43 ta loyihalar (shundan, Beshariq tumanida 2 ta(5 400 mln.so’m) loyiha, Buvayda tumanida 1 ta (226 mln.so’m) loyiha, Dang’ara tumanida 4 ta (2 850 mln.so’m) loyiha,  Yozyovon tumanida 3 ta (1 800 mln.so’m) loyiha, Quva tumanida 2 ta (1850 mln.so’m) loyiha, Quvasoy shahrida 2 ta (1 925 mln.so’m) loyiha, Qo’qon shahrida 4 ta (30 700 mln.so’m) loyiha, Qo’shtepa tumanida 2 ta (1950 mln.so’m) loyiha, Marg’ilon shahrida 2 ta (4 300 mln. so’m) loyiha, Oltiariq tumanida 1 ta (900 mln.so’m) loyiha, Rishton tumanida 6 ta (3 700 mln.so’m) loyiha, So’x tumanida 2 ta(800 mln.so’m) loyiha, Toshloq tumanida 2 ta (1 800 mln.so’m) loyiha, Uchko’prik tumanida 4 ta (5 800 mln.so’m) loyiha, Farg’ona shahrida 6 ta (15 440 mln.so’m) loyiha) foydalanishga topshirilib, 892 nafar ish o’rinlari yaratildi.

 Pudrat ishlari. 2017 yil yanvar-iyun oyi yakuniga ko’ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 1117,1 mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 111,4 foizni tashkil etmoqda.

 Yo’l transport infratuzilmasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 mart kungi “2015-2019 yillarda yo’l-transport infratuzilmasi va muxandislik kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2313 sonli hamda 2016 yil 23 dekabr kungi "O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risidagi" PQ-2697 sonli qarorlariga asosan Farg’ona viloyati hududidagi A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ekti kiritilgan bo’lib, 12,1 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilgan.

2017 yil yanvar-iyun oylari rejasi 840,0 mln.so’m bo’lib, amalda 842,9 mln.so’mlik (100,3%) ishlar bajarilgan.

Bundan tashqari qo’shimcha tartibda 4R-17e “A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining 4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ektini 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritish bo’yicha Sharqiy XDAAYSITFK va Respublika yo’l jamg’armasi o’rtasida qo’shimcha kelishuvlar rasmiylashtirilgan.

2017 yil yanvar-iyun oylari rejasi 1200,0 mln.so’m bo’lib, amalda 1266,8 mln.so’mlik (105,6%) ishlar bajarilgan.

Shuningdek viloyatning barcha  shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Joriy yilda 27,0 mlrd.so’m mablag’ sarflanib viloyatdagi 257,0 km (192 km tuproq yo’llar – shag’al va qattiq qoplamali yo’llarga, 45 km shag’al qoplamali yo’llar – asfaltobeton qoplamali yo’llarga o’tkaziladi, shuningdek, 20 km asfaltobeton qoplamali yo’llar joriy ta’mir) uzunlikdagi ichki yo’llarni ta’mirlash belgilangan.

Bugungi kungacha tuman yo’llardan foydalanish korxonalari tomonidan Dasturda belgilab berilgan 170,2 km uzunlikdagi ichki yo’llarni tuproq qoplamadan shag’al qoplamaga o’tkazish ishlari,
139,6 km qismiga asfalt qoplama yotqizildi.

 To’la ta’mirlash 2016 yildan 2017 yilga o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha.

 Farg’ona viloyati xududidagi Respublika yo’l jamg’armasi buyurtmachiligidagi  7 ta 2016 yildan 2017 yilga o’tuvchi ob’ektlarda joriy yil uchun pudrat shartnomalari rasmiylashtirilib ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ob’ektlarning 2017 yil yanvar-iyun oylari rejasi
2309,9 mln.so’mni tashkil etib, amalda 3106,2 mln.so’mlik (134%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Jumladan:

1. 4r-112 “Farg’ona xalqasi” avtomobil yo’lining 223-227 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 1203,1 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona KFUK);

2. 4r-145 “Farg’ona aylanma yo’li” avtomobil yo’lining 0-9,4 km qismini to’la ta’mirlash ob’ktida 1025,0 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona KFUK);

3. A-373b “Qo’qon shaxriga kirish yo’li”ning 28-32 km qismlarini to’la ta’mirlash ob’ektida 286,2 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona YMFUK);

4. Farg’ona TYFUKga qarashli ABZni to’la ta’mirlash ob’ektida 199,7 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona TYFUK);

5. 4R-153 “Qo’qon shaxri Mingtut-Aeroport-Sariqo’rg’on” yo’lini 0-3 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 205,4 mln.so’mlik (pudratchi-Farg’ona YMFUK);

6. 4R-148a "Furkat temir yul stantsiyasiga shaxobcha" avtomobil yo’lining 21-23,6 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 2017 yil
2-yarim yilligidan boshlab ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi (pudratchi-Bog’dod TYFUK);

7. Bog’dod TYFUKga qarashli ABZni to’la ta’mirlash ob’ektida 186,7 mln.so’mlik (pudratchi-Bog’dod TYFUK) ishlar amalga oshirilgan.

Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 18 iyul  PQ-2214-sonli «Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish» loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari kanalizatsiya tizimini rekonstruktsiya qilish loyixasi doirasida 2016-2018 yillarda jami 52,6 mln.AQSh dollar mablag’larni o’zlashtirish belgilangan bo’lib, bugungi kunda shaxarlardagi okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish loyixasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

“Farg’ona va Marg’ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish” loyihasi bo’yicha.

"Suvoqava” DUK Farg’ona shahar filiali ma’muriyat binosi;

"Suvoqava” DUK Marg’ilon shahar filiali ma’muriyat binosi;

KNS "Toshloq" binosi;

KNS "Atlas" binosi

KNS "Vodstroy" binolarida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurish, qayta qurish va modernizatsiyalash bo’yicha 2017 yilda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

- 83,5 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

- 816 portga teng FTTx tarmoqlarini qurish.

- 116 ta Uzmobayl baza stantsiyalarini o’rnatish.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:

2017 yilda amalga oshirilayotgan loyihalar va tarmoqni rivojlantirish maqsadida jami 62,75 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish ishlari yakunlandi:

FTTb texnologiyasi asosida 12 ta ko’p qavatli uylarga 3,1 km dan ortiq optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

2016 yil iyun oyida Farg’ona viloyatining Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon va Quvasoy shaharlari jamoat joylari va ko’chalari nazoratini kuchaytirish uchun videokamera va kuzatuv qurilmalari o’rnatish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o’tkazilgan yig’ilishning 53-sonli bayonnomasiga asosan Qo’qon shahrida 17,3 km OTAL tashkil etilib, 43 ta videokuzatuv kameralari o’rnatildi.

“O’zbektelekom” AK Farg’ona filialining 2017 yil manzilli dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha shahar, tuman prokuraturalariga 12,6 km OTAL tashkil etildi.

“O’zMobayl” filiali GSM tarmog’i baza stantsiyalariga 11,4 km OTAL tashkil etildi.

Keng polosali tarmoqni kengaytirish uchun mini MSAN qurilmalarini o’rnatish maqsadida jami 18,352 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

Hisobot davrida 12 ta ko’p qavatli uylarga va Farg’ona shahar hududidagi xizmat uylariga 14 dona, jami 336 portga teng  Switch qurilmalari o’rnatilib, ko’p qavatli uylarda keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

“O’zmobayl” milliy mobil aloqa operatori tomonidan jami 12 ta (Farg’ona shahrida 5 ta, Marg’ilon shahrida 2 ta, Qo’shtepa tumanida 2 ta, Farg’ona, Uchko’prik va Toshloq tumanlarida 1 tadan) GSM tipidagi baza stantsiyalarining qurilish montaj ishlari tugatilib, ishga tushirilgan.

Shuningdek, 15 ta (Farg’ona shahrida 2 ta, Quvasoy shahrida 1 ta, Qo’qon shahrida 1 ta, Farg’ona tumanida 2 ta, Beshariq, Buvayda, Uchko’prik, Quva, Toshloq, Yozyovon, Oltiariq va O’zbekiston tumanlarida 1 tadan) CDMA tipidagi baza stantsiyalar montaj qilinib, ishga tushirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida”gi PQ-2639-sonli qaroriga asosan  2017 yilda viloyatni 15 ta tumanlarining 30 ta massivlarida jami 1228 ta (158,5 mlrd.so’mlik) uy-joylar qurilishi belgilangan. Jumladan, 130 ta 2-qavatli 4-xonali 2 xonadonli uylar (4 sotixli), 254 ta 1 qavatli 3,4 xona 6 sotixli uylar, 604 ta 1-qavatli 3 xonali (2 sotixli) uylar hamda 14 ta 2 va 3 qavatli 4-podezli 16 xonadonli uylar jami 240 ta (120 tasi 3 xonali, 120 tasi 2 xonali) xonadonli uy-joylar qurilishi belgilanib, 107 ta pudrat tashkilotlari aniqlangan.

Pudrat tashkilotlariga (reja 152,0 mlrd.so’m) 83,6 mlrd.so’m (55%) mablag’lar moliyalashtirilib, 114,03 mlrd.so’mlik (75%) qurilish montaj ishlari bajarilib, 608 ta uy-joylar foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda 1228 ta uy-joylarda er va poydevor ishlari, 1217 ta uylarda g’isht terish ishlari, 1187 ta uylarda plita yopish ishlari, 754 ta uylarda tom yopish ishlari, 1065 ta uylarda elektr va santexnika ishlari, 1056 ta uylarda ichki suvoq ishlari, 608 ta uylarda ichki pardozlash ishlari, 936 ta uylarda tashqi suvoq ishlari, 796 ta uylarda tashqi devor va xovli qurilmalari qurish ishlari olib borilmoqda. Ob’ektlarga 11476 ta ishchi xodimlar jalb etilgan.

2017 yil dasturi doirasida 30,6 km. (3,7 mlrd.so’m) ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi bo’yicha pudrat tanlanib, manziliy dastur Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan kelishildi.

17,44 km. (5,4 mlrd.so’m) avtomobil yo’llari qurilishi bo’yicha pudrat tanlanib, manziliy dastur yo’l jamg’armasi va Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari bilan kelishildi.

24,1 km. (2,7 mlrd.so’mlik) elektr tarmoqlari qurilishi bo’yicha bugungi kunda 2,2 km elektr tarmoqlari tortildi. Elektr tarmoqlari qurilishi ishlari 1 avgustga qadar yakunlanadi.

27,2 km. (2,5 mlrd.so’mlik) tabiiy gaz tarmog’idan 8,4 km. gaz tarmoqlari tortildi. Gaz tarmoqlari qurilishi ishlari 1 avgustga qadar yakunlanadi.

 

III. Sanoat.

Viloyatda 2017 yilning 1-yarim yilligida 4406,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi.

2017 yilning yanvar-iyun oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1794,7 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 115,1 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko’rsatkich bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 40,7 foizni tashkil etdi.

Viloyatda yalpi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichning bajarilishi ta’minlangan bo’lsada, Viloyatda 2 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish xajmi o’tgan yilga nisbatan 97,3 mlrd.so’mga pasaytirilgan. Jumladan,

Farg’ona shahridagi "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi" UKda 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 653,2 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 96,7 foizga teng bo’ldi Reja-topshiriqni bajarilmagani va o’sish sur’atiga erishilmaganini asosiy sababi uglevodorod xom ashyosi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 70,6 ming tonna (shundan 50 ming tonna import) kam  olib kelingan,  63,6 tonna kam ishlangan qayta ishlangan. Import xom ashyolarini moliyalashtirish uchun valyuta mablag’larining etishmaganligi, xamda reja-topshiriqda belgilangan tolling asosida  chetdan xom ashyoni jalb qilishning imkoni bo’lmaganligidir.

“Farg’onaazot” aktsionerlik jamiyati joriy yilning
1-yarim yilligida 218,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilib, o’sish sura’ti 74,5 foizni tashkil etgan hamda ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 74,7 mlrd.so’mga pasaygan. Buning asosiy sababi “Uztransgaz" AK tomonidan qish mavsumiga aholini gaz bilan ta’minlash maqsadida korxonaga gaz ta’minoti etarli darajada bo’lmaganligi sabab bo’ldi. Korxona amiak tsexida 23 fevral kuni texnik nosozlik tufayli to’xtatilgan va 17 mart kunidan faoliyat boshladi.

Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Xususan, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida “UZSUNGWOO” QKda
30,4 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 655,2 foizni, Qo’qon shahridagi “Mastona” AJda 17,2 mlrd so’mlik sonoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 111,0 foizni, “Indorama Kokand tekstil” qo’shma korxonasida 149 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 135,5 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 35 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o’sish
111,7 foizga yoki 1500 mlrd.so’mlik, elektrotexnika sanoatida
112,0 foizga yoki 152,6 mlrd.so’mlik, un-krupa va kombikorma sanoatida 108,3 foizga yoki 120,8 mlrd. so’mlik, oziq-ovqat sanoatida 108,3 foizga yoki 807,6 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishga erishildi.

2017 yil yanvar-iyun oylarida 1672,7 mlrd. so’mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 108,4 foizni tashkil etdi.

Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 823,3 mlrd.so’mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 829,9 mlrd. so’mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa 19,5 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2698-sonli qarorlariga asosan mahalliylashtirish dasturiga jami hududiy tassarufdagi 21 ta sanoat korxonalarida 28 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida bolalar yumshoq o’yinchoqlari, elektr choynaklar, isitish batareyalari, izolyatsiya plyonkasi, kimyoviy dori sepish apparatlari, shokolad, kandolat mahsulotlari, bolalar maktab sumkalari, quyultirilgan sut, quruq sut, bolalar velosipedlari, “Dji-Em O’zbekiston” avtomobillari uchun xavo filtrlari, rezina granulalari kabi yana boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2017 yilning 2 choragida hududiy tasarrufdagi 28 ta loyihalarda 15,04 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib prognoz 103,0 foizga bajarildi. Shundan 10,63 mlrd. so’mlik mahsulotlar sotilib, natijada 3,4 mln. dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi, 30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Viloyatda 2017 yilning 3 choragiga hududiy tasarrufdagi 28 ta loyihalarda 23,78 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan. Joriy yilning yakuniga 30,5 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan.

Viloyatning Quvasoy shahri, Bag’dod hamda Beshariq tumanlarida mahalliylashtirish dasturiga loyihalar kiritilmagan bo’lib. Bugungi kunda Bag’dod tumanida "Baxtiyor" xususiy savdo korxonasi tomonidan elektro shitlar ishlab chiqarish, Beshariq tumanidagi “Ta’minot” xususiy korxonasida ayollar gigienik vositalari, Quvasoy shahrida "Dave Exlusive" oylaviy korxonasida  kir yuvish vositalari (poroshok), Qo’qon shahrida "KOKAND BICYCLES" xususiy korxonasida velosiped ishlab chiqarish, “Mavzuniy Arus” MChJda DJI EM-O’zbekiston avtomobillari uchun shtamplangan detallar, “Shaffof Metan Servis” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasida avtomobillar uchun metan gaz balonlari, “Inovation Manufacturing Master” MChJ tomonidan bir va ikki komforkali gaz plitalari, mini elektr pechlar, elektron tarozilar hamda metall urnalar, Dang’ara tumanida “Dang’ara Mega Ketl” MChJ tomonidan elektr plitalar, elektr dazmollari, So’x tumanida "Hermes Sirius" MChJ da polietilentereftalat mahsulotlari, bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatiga tashkrifi davomida berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, Buvayda tumanida "Tarrachi Zamin Saxovat" agrofirmasi tomonidan parrandalarga qafaslar, Farg’ona shahridagi “New Special Product” xorijiy korxonasi tomonidan yozuv ruchkalari ishlab chiqarish bo’yicha loyihalar takliflari mahsus komissiyaga pasportlari tayyorlanib yuborilgan.

Bugungi kunda viloyatning Marg’ilon shahrida “Optik plast servis” MChJ tomonidan gigienik vositalari (tish yuvish shetkasi) ishlab chiqarish, Qo’qon shahrida “Tarrqiyot Fazilati” MChJ tomonidan elektr tejamkor lampalar, elektr choynaklar, elektr plitalar va boshqa elektr jixozlari, “Ayron plyus gold” MChJ tomonidan otvod, shrup, gayka, bolt mahsulotlari, Quvasoy shahridagi "Mediteren oil petrolium” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan motor moylari ishlab chiqarish loyihalari bo’yicha pasportlari tayyorlanmoqda.

IV. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlashva rivojlantirish

 Viloyatda 2017 yil 1 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo’lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo’lga qo’yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 2897,6 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 171,7 mlrd. so’m (106,3%)ga ko’p bajarildi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 76,2 foizi yoki 2207,9 mlrd. so’mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 23,8 foizi yoki 689,7 mlrd.so’mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari ulushi 27,5 foizni, dehqon xo’jaliklarining ulushi esa 69,8 foizni tashkil etdi.

 

G’allachilik sohasida viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida sohada alohida tizim yaratilganligi, ko’p yillik to’plangan boy tajriba, urug’chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida to’g’ri tashkil etilayotganligi turibdi.


Viloyatda jami 110 ming 700 gektar maydonlarga kuzgi boshoqli don ekilgan. Barcha maydonlarda g’alla to’liq pishib-etilgan.

Dehqonlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga etishtirilgan g’allani nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda sifatli o’rib olish maqsadida don o’rimi bo’yicha 330 ta otryad tashkil qilingan. Otryad tarkibiga jami 330 dona kombaynlari biriktirilgan. Shundan 29 dona “Klaas Dominator-130” rusumli g’alla o’rish kombaynlari  yangidan sotib olindi.

Shu kunda viloyat bo’yicha barcha kombaynlar don o’rish ishlarida to’liq qatnashmoqda. Mavsum boshidan buyon davlat omborlariga o’rtacha 61,7 tsG’ga dan jami 344 ming 606 tonna don etkazib berildi. (Yalpi hosil shartnoma bo’yicha 323 ming tonna) Davlatga boshoqli don sotish rejasi 106,7 foizga bajarildi.

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo’yicha.

Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini  barqaror  ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko’paytirish va ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go’sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

Viloyatda 2017 yilda jami 132,2 ming gektar maydonlarning 47158 gektarga sabzavot, 20133 gektariga kartoshka, 8165 gektariga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari bugungi kunda viloyatimizda 49,9 ming gektar bog’ va 6,7 ming gektar uzumzorlardan jami 2 mln. 405 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan, shundan 545 ming tonna meva, 1 mln. 138 ming tonna sabzavot, 440 ming tonna kartoshka, 140  ming tonna poliz,
135 ming tonna uzum maxsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Etishtirilgan jami 1 mln. 979,6 ming tonna mahsulotlarning 201,3 ming tonnasi qayta ishlashga, 125,5 ming tonnasi eksportga, 84,5 ming tonnasi zaxiraga, 80,1 ming tonnasi urug’likka va qolgan 1488,2 ming tonnasi ichki iste’mol va zaxiraga yo’naltirilishi rejalashtirilgan.

Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Viloyatda bugungi kunda 41 ming gektardan ortiq sug’oriladigan shaxsiy tomorqa erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog’liq masala juda dolzarb bo’lib turibdi.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yilganligi o’zining katta samarasini bermoqda.

Joriy 2017 yilda ham viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo’lgan aholining shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarining 3,5 ming gektariga g’alla, 18,1 ming gektariga sabzavot, 6,0 ming gektariga kartoshka, 1,9 ming gektariga poliz, 1,5 ming gektariga dukkakli va qariyb 10 ming gektariga ozuqa ekinlarining ekilishi ta’minlandi.

Natijada 17,4 ming tonna g’alla, 552,8 ming tonna sabzavot, 169 ming tonna kartoshka, 37,3 ming tonna poliz, 9,2 ming tonna dukkali donlar, 91,1 ming tonna meva, 87,3 ming tonna uzum, 147,5 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko’zda tutilgan.

Takroriy ekinlarni ekish bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi PQ-3027-sonli qarorlariga asosan viloyat hokimining 2017 yil 3 iyundagi 314-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan joriy yilda g’alla hosilidan bo’shagan 110,7 ming gektar maydonlarning 101,5 ming gektariga takroriy ekinlarni (shundan 36 ming 500 gektariga sabzavot (36%), 5 ming
400 gektariga kartoshka (5,3%), 5 ming 500 gektariga poliz (5,4%), 1000 gektariga soya (1%), 10 ming 200 gektariga ozuqa ekinlar (10%), 8 ming 400 gektariga sholi (8%), 7 ming gektariga supurgi (7%), 27 ming 500 gektariga (27%) dukkakli ekinlar)
ekish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda g’alladan bo’shagan maydonlarga o’z vaqtida takroriy ekin ekish ishlarini tashkil etish maqsadida 105 ta otryadlari tashkil etilib, otryadlarga g’alla maydonlarini somondan tozalash bo’yicha 425 dona somon to’plagich, 385 dona haydov, 1850 dona ekish va boshqa texnikalar biriktirib chiqildi.

2017 yil g’alla hosilidan bo’shagan maydonlarga ekilgan ekinlardan jami  952,6 ming tonna hosil (shundan 680,5 ming tonna sabzavot, 113,6 ming tonna kartoshka, 115,7 ming tonna poliz, 1,5 ming tonna soya, 41,2 ming tonna dukkakli don mahsulotlarining) olinishi rejalashtirilmoqda.

Etishtirilgan yalpi hosilning 91,5 ming tonnasi qayta ishlashga, 166,3 ming tonnasi eksportga, 21,6 ming tonnasi 2017-2018 yil qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga, 20,5 ming tonnasi Toshkent shaxar va boshqa yarmarkalarga, 9,5 ming tonnasi keyingi yil hosili uchun urug’likka hamda qolgan 643,3 ming tonnasi ichki bozor va aholi iste’moliga va yo’naltiriladi.

Muzlatkichli kameralar qurish bo’yicha

Viloyatda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish uchun yangi sovutkichli sig’imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo’yicha Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 19,5 ming tonna sig’imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd.so’m shundan o’z mablag’idan 34 mlrd.so’m, tijorat banklari hisobidan 21 mlrd.so’m sarflanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga kulib, 2017 yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning 13 tasining ishga tuirilishi evaziga umumiy sig’imi 7550 tonnali omborxonalar tashkil etilib, mazkur maqsadlar uchun jami 3240 ming dollar (yoki 12,1 mlrd. so’m) miqdoridagi mablag’larlar sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 14 ta loyixalar bo’yicha tarmoq jadvallari bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

Chorvachilik bo’yicha.

   So’nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug’lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko’paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan,

2017 yilda 1 choragida: qoramollar bosh soni 1009,0 ming bosh (102,0%), jumladan, sigirlar bosh soni 361,0 ming bosh (100,4%), qo’y-echkilar 834,3 ming boshga (100,7%), parrandalar bosh soni 5726,1 ming boshga (124,3%) boshga etkazildi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 92 ta loyihada 1744 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 9,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 11,8 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 574 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 16 ta loyihada 60 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 815 mln. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 805 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 94 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 19 ta loyiha amalga oshirilib, unda jami 102 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 4,2 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 123 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha 8 ta loyiha amalga oshirilib, unda 780 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 705 mln. so’m mablag’lar  sarflandi. Loyihani amalga oshirish hisobiga 37 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Issiqxonalar tashkil etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 18 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda jami 6 gektar er maydonlariga issiqxonalar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,4 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 1,3 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 92 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Intensiv bog’lar tashkil etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 13 ta loyiha amalga oshirilib, unda jami 65 gektar er maydonlariga intensiv bog’lar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,7 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 576 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 78 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Tokzorlar barpo etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 15 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda jami 107 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 8,7 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 12,8 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 246 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Muzlatkichli kameralar barpo etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 16 ta loyihalar amalga oshirilib, unda jami 8000 tonna quvvatlar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 4,2 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 7,2 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 120 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

V. Uy-joy va kommunal xo’jaligidagi islohotlar

Tezkor ma’lumotlarga ko’ra 2017 yil yanvar-iyun oylarida viloyatda kommunal to’lovlardan bo’lgan jami debitor qarzdorlik 368,7 mlrd. so’mni (shundan aholi qarzdorligi 293,7 mlrd. so’m) tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy qarzdorlik 27,7 mlrd. so’mga ortgan. Jumladan:

- tabiiy gaz ta’minoti bo’yicha jami qarzdorlik 67,4 mlrd. so’mni (shundan aholi 53,9 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 1,8 mlrd. so’mga;

- elektr energiyasi bo’yicha umumiy qarzdorlik 278,4 mlrd. so’mni (shundan aholi 218,1 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 25,9 mlrd. so’mga;

- issiqlik ta’minoti bo’yicha qarzdorlik 10,0 mlrd. so’m (shundan aholi 9,7 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 0,1 mlrd. so’mga) ortgan.

 - ichimlik va oqava suv bo’yicha qarzdorlik 12,8 mlrd. so’mni (shundan aholi 11,9 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 200,0 mln.so’mga kamaygan;

Surunkali kommunal to’lovlardan bo’lgan qarzlarini to’lamayotgan, kommunal xo’jalikdan foydalanish qoidalarini buzgan va noqonuniy ravishda foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko’rilib, tarmoqdan uzib qo’yilmoqda.

VI. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

 2017 yilning 1-yarim yilligida dastlabki tahlilar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasi 617,4 mln. AQSh dollarini, shundan mahsulot eksporti 252,4 mln. AQSh dollarini, importi esa 365 mln. AQSh dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -112,7 mln. AQSh dollari xajmida  yakunlanmoqda.

O’tgan yilning 6 oyiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 100,1 foizni, mahsulot  eksporti 107,8 foizni,  importi 95,4 foizni tashkil etmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi prognozi 100,8 foizga, eksport prognozi 101,8 foizga, import prognozi esa 100,1 foizga bajarilmoqda.

Eksport tuzilmasida paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 112,7 foizga, tolasi eksporti 6,8 martaga, oziq-ovqat mahsulotlari 2 martaga ortdi.

Shu bilan birga, neft mahsulotlari (56,85%), kimyo mahsulotlari (86,7%), xizmatlar (9,8%) eksporti kamaydi.

Bunga asosiy sabab neft va kimyo mahsulotlarini ichki bozga chiqarilgani sabab bo’lmoqda.

Import tuzilmasida esa korxonalarni qayta jihozlash xisobiga qora va rangli metallar 2 martaga, boshqa mahsulotlar importi 1,9 martaga o’sdi. Shu bilan birga mashina va jihozlar 81,1 foizni, energiya resurslari 94,3 frizni, oziq-ovqat mahsulotlari 70,3 foizni, xizmat ko’rsatish esa 24,5 foizni tashkil etdi.

Xududiy korxonalar tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida  78,8 mln.dollarlik eksport amalga oshirilib, 1-yarim yillik eksport topshirig’i 111,0 foizga bajarildi. Shundan, 16,5 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari (topshiriq bajarilishi 150,47%), 62,2 mln.dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari (103,7%) eksporti amalga oshirildi.

O’tgan yilga nisbatan xududiy korxonalar eksporti 174 foizga o’sdi, shundan sanoat mahsulotlari eksporti 160 foizga, meva-sabzavotlar eksporti 178 foizga o’sdi.

O’tgan oylarda chetga mahsulot chiqargan korxonalar va xususiy tadbirkorlar soni 257 taga etdi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan eksporter korxonalar soni  64 taga ortdi.

2017 yil uchun eksport prognozi belgilanmagan 70 ta sanoat korxonalari va xususiy tadbirkorlar eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 2,5 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilindi.

Shulardan 29 tasi modernizatsiya va texnik qayta jihozlash bilan eksportbob sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilgan korxonalardir.

Buning natijasida xudud korxonalarining eksport geografiyasi Germaniya, Polsha, Latviya, Eron, Rossiya davlatlariga kengayishi bilan, Eksporning salmog’i qo’shni davlatlar xisobiga ortdi. O’tgan oylarda eksportning ko’lami Qazog’istonning 6 ta, Qirg’istonning 3 ta, Turmanistonning 3 ta, Tojikistonning 2 ta, Rossiyaning 12 ta yangi firmasi xisobiga kengaydi.

Viloyat korxonalarining eksport geografiyasida  Rossiya davlati ulushi 21,7 foizdan 24,4 foizga, Qozog’iston davlati ulushi 7,1 foizdan 9,6 foizga, Ukraina, Beloruss, Turkmaniston davlatlari  ulushi 0,7 foizdan 0,8 foizga o’sdi. 

Shunga qaramay o’tgan oylarda shahar va tuman korxonalarining eksport imkoniyatlari to’liq safarbar etilmadi. Jumladan, o’tgan oylarda eksport prognozi belgilangan 21 ta korxona eksport prognozini bajarmadi va 23 tasi esa chetga mahsulot chiqarmadi.

Bunga asosiy sabab, korxonalarda modernizatsiya ishlarini olib borilayotgani, mahsulotlarga xalqaro sifat tizimini joriy etilayotgani, tashqi bozordagi narxlarni xisobga olgan xolda korxonalar 1-chorak eksport shartnomalari muddatlarini kelgusi choraklarga belgilanganligi o’z ta’sirini o’tkazdi.

Natijada belgilangan eksport prognozini Quvasoy shahri 30,7 foizga,  Oltiariq, Rishton, Furqat, Farg’ona tumanlari 35-60 foizga bajarmoqda xolos.

Viloyatda 2017 yil 1 iyul holatiga ro’yhatdan o’tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 180 tani tashkil etib, o’tgan yilning 6 oyiga nisbatan 23 taga ortdi. Korxonalarning 175 tasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar xajmi joriy yilning 1-yarim yilligida 760,2 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 123,3 foizni tashkil etmoqda. Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 22 foizdan 23,1 foizgacha ortdi.

Qo’shma korxonalarning eksportida o’sish 187,2 foizni, importida esa 80,5 foizni tashkil etmoqda.

O’tgan oylarda 23 ta yangi xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etildi. (2016 yil 6 oyida 7 ta yangi korxona tashkil etilgan)

Jumladan, Farg’ona shahrida "FERGANA KONDOR" MChJ, “HABIBSEVAR SAVDO" MChJ, "FERGANA PHARMACEUTICAL" MChJ, "FERGANA WU CHONG" MChJ, FERGANA BREWERY" MChJ, "MU EN MAO YI GONG SI" MChJ,  "MATXALIKOV ABDUNABI FAYZI", "SHAHLO-AKBAR" MCHJ shaklidagi, “Gred Silk Road tekstil” MChJ, “Xinjang internotsional trayding” MChJ,  “Prorityu Grup oning” MChJ, “Indorama Fergana Chemikal” MChJ, “Maks Pro stroy” MChJ, “Dolina Yog’” MChJ, Qo’qon shahrida "INDORAMA KOKAND FERTILIZERS" MCHJ, "AYLIN TEKSTIL" MChJ shaklidagi, “Savalan Standart grupp2 MChJ, “Galion TsentrAziya” MChJ, “Xuang Yunion Grup” MChJ, Marg’ilon shahrida “Singapur Marg’ilon teks” MChJ,  Oltiariq tumanida “Sola Natural Frukt Ko” MChJ, Quva tumanida "KARIM-A EXPORT" MChJ shaklidagi, Dang’ara tumanida "XINJIANG FEIYAKAI INTERNATIONAL TRADE" MChJ,  "SILVER OIL" MChJ xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etildi.

2017 yilning 1 iyul xolatiga 5 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat ko’rsatmayapdi. Jumladan,

Farg’ona shahridagi O’zbekiston-Eron “Uz-Sozon” qo’shma korxonasi «GM» avtomobillariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, nizom jamg’armasini to’liq shakllantirilmaganligi sababli, viloyat Xo’jalik sudining 2010 yil 15 apreldagi 15-11-05G’7634-sonli hal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxonaning mol-mulklari qayta xisoblanib, baholashga qo’yilgan. Shu bilan birga korxona ta’sischisi “O’zavtosanoat AKsi tomonidan korxona mol-mulkini o’z tasarrufiga o’tkazish bo’yicha amaliy ishlar qilinmagani sababli,Dang’ara tumanidagi “Nika Uqarqak” qo’shma korxona Nizom jamg’armasini to’liq shakllantirish, moliyaviy masalalarni xal etish ishlarini olib borayotgani sababli,"TENGFEI INTERNATIONAL GROUP" MChJ shaklidagi xorijiy korxona Nizom jamg’armasini to’liq shakllantira olmagan va 6 oy davomida moliyaviy o’tkazmaldarni amalga oshira olmagani sababli,Farg’ona tumanidagi Xitoy “V&B Chemical” xorijiy korxonasi aylanma mablag’i etishmaganligi va yangi korxona tashkil etish ishlarini olib borgani sababli, "BULOQZOR-TAOMLARI MChJ"  xorijiy korxonasi xizmat ko’rsatish shaxobchasini to’liq ta’mirlamagan, shuningdek korxonada moliyaviy takchillik, nizom jamg’armasini shakllantira olmaslik kabi muammolar yuzaga kelgan sababli vaqtincha faoliyatsiz bo’lib turibdi.

Ushbu korxonalar viloyat mahsus tugatish komissiyasi tomonidan o’rganib chiqilmoqda va korxonalar faoliyatini 2017 yil 9-oylik yakuni bilan tiklash ishlari tashkil etilmoqda.

VII. Kichik biznesni rivojlantirish

 Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lib, 2017 yil 1-yarim yillik yakuni hisobotlariga ko’ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 53,9 foizni tashkil etdi. Yoki o’tgan yilning (52,6 %) shu davriga nisbatan 1,3 foizga oshdi.

Ro’yxatdan o’tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 19987 tani tashkil etdi. Shundan, 19692 nafari (jamiga nisbatan 98,5 %) faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida 2134 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 34917 mingta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida
711,9 mlrd. so’mlik kredit mablag’lari ajratildi hamda topshiriq rejasi 124,0 foizga bajarildi.

Soha vakillari tomonidan tashqi bozorga 111,3 mln. dollar miqdoridagi maxsulotlar eksport qilindi.

VIII. Ijtimoiy sohani rivojlanishi

 Viloyatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, keng ko’lamda iqtisodiy erkinlashtirish va modernizatsiyalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, xizmat ko’rsatish hamda servis sohasini rivojlantirish ishlari izchil davom ettirildi. Belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlardagi vazifalarni amalga oshirilishi doirasida olib borilayotgan islohotlar iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Sog’liqni saqlash. Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 13035 o’rinli 123 ta shifoxona va bir paytning o’zida bir smenada 43,9 ming quvvatga ega bo’lgan 596 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 43,0 ming nafar o’rta tibbiyot xodimlari va 7,4 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 56 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 283 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi vrachlar soni 479 nafardan iborat. Shuningdek, pullik tibbiy xizmat ko’rsatish hajmi 73357,4 mln.so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 116,2 foizga oshgan.

Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 88,7 ming o’ringa ega bo’lgan jami 670 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularda 78,6 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2016G’2017 o’quv yilida 918 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar 510,0 ming nafardan ziyod  o’quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 162,2 ming nafarni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda 8248 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 153952 nafar)

Sport. O’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom va barkamol bo’lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan rejaga asosan 2016 yil davomida, shahar va tuman hokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 612 ta turli sport musobaqalari o’tkazildi. O’tkazilgan sport musobaqalarida 322951 nafar (shundan 146753 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o’tkazishga va g’olib bo’lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg’arma va homiy tashkilotlar tomonidan 23,7 mln.so’m mablag’lar (shundan, jamg’arma hisobidan 18,6 mln.so’m) sarflandi.

O’tgan oylar davomida viloyatimizning 32 nafar (shundan 12 nafar qizlar) yosh sportchilari jami 1 ta Respublika musobaqalariga yuborilib, faxrli 2,3-o’rinlarni egallab qaytdilar.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8041,5 ming nusxa kitob fondiga ega bo’lgan 1130 ta kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur markazlarda 775 ta to’garaklar mavjud bo’lib, to’garaklarda  20,0 ming nafardan ziyod bolalar va o’smirlar  bo’sh  vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqda.

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3587,4 ming nafarni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 57,3 ming nafarga yoki 101,6 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo’lganlar soni o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,3 foizga o’sib, 1518,1 ming kishini tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil
13 dekabr SQ-124-111-sonli qarori bo’yicha “2017 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 37583 ta (qishlok joylarda 26642 ta) yangi ish o’rinlari yaratildi. Bu ko’rsatkich rejaga nisbatan 100,5 foizni tashkil qilmoqda.

Birinchi chorak  davomida ish axtaruvchi sifatida jami 13322 nafar fuqarolar ro’yhatga olindi, shundan 12087 nafari ishga joylashtirildi, 737 nafar fuqarolar ishsiz shaxs sifatida ro’yxatga olindi.

Hisobot davrida o’rtacha ish haqi viloyat bo’yicha 1208,5 ming so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 13,4 foizga o’sganligi qayd etildi.

VIII. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

Viloyatda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug’urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko’payayotganligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Natijalar esa o’z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 3006,5 mlrd.so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 foizga o’sishga erishildi.

2017 yilning 2-choragida jami 290 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, amalda 295 ta maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 2,7 mingdan ortiq mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o’rniga ega bo’ldi.

2017 yilning 2-choragi davomida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 34754,3 mln.sum miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari  ajratildi.

Chakana savdo aylanmasi. Viloyatda hisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 4408,9 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 112,6 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 1232,9  ming so’mni tashkil etdi.