Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ISTIQLOL SHODIYONALARI

×

 2017-09-05 09:23:33    54

PDF yuklash
Chop etish


MARG’ILON ShAHRI

Mustaqillik bayrami “Fidoying bo’lgaysiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida Marg’ilon shahar Temir yo’l bekatida zo’r tantana bilan o’tkazildi.

Tadbir avvalida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning nutqi tasvirga tushirilgan hujjatli film namoyish etildi va ularning pok xotirasi yod etildi.

O’zbekiston xalq hofizi Ilxom Ibrohimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Abdulhay Karimov, Qilichbek Tojiev hamda Yahyobek Mo’minovlar, xonandalar Nuriddin Asqarov, Mansurxon Nurmatov, Muharramoy Murodova, Otabek Muxammadzohid, Manzura, Gulasal Abdullaeva va “Sado”, “Inom”, “Marg’ilon” ansambli san’atkorlarining Vatanni madh etuvchi qo’shiqlari tomoshabinlarga xushkayfiyat hadya etdi.

Mamasiddiq Sheryaev va Hotamjon Hakimjonov boshchiligidagi yosh askiyachilar guruhining ichakuzdi payrovlari barchaga manzur bo’ldi. Turli sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib, oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo’lgan, kurash, gimnastika, taekvon-do, engil atletika bo’yicha mahoratli sportchilar ko’rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar.

 

Shahnoza Jo’raeva.

BEShARIQ TUMANI

Beshariq tumanida eng ulug’, eng aziz bayramimiz munosib nishonlandi. Bayramona  bezatilgan tuman markaziy o’yingohida bo’lib o’tgan bayram tadbirida  istiqlol yillarida barcha sohalarda qo’lga kiritilgan salmoqli yutuqlar e’tirof etildi.

O’yingohga tutash ko’chalarda savdo yarmarkalari tashkillandi. Barchaning yuz-ko’zida shodlik, dilida tinchlikka, mustaqillikka shukronalik tuyg’usi. Keksalarning qo’li duoda: hamisha yurtimiz tinch-osuda, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo’lsin! 

Tuman  madaniyat  uyi  tomonidan tayyorlangan badiiy dastur, respublikada  xizmat ko’rsatgan  artist  Qilichbek  Tojiev, “Beshariq taronalari” xalq dastasi san’atkorlarining  diltortar qo’shiqlari  bayramga o’zgacha kayfiyat ulashdi.

Tumandagi  “Rapqon” boks  va  “Bek” karate  klubi sportchilaring  ko’rgazmali chiqishlari  qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

 

FURQAT TUMANI

Furqat tumani markaziy o’yingohni to’ldirgan, dillarida shukronalik, balqib turgan shodiyona ishtirokchilariga yo’llangan  tabriklar, Vatanni,  istiqlolni tarannum etuvchi qo’shiqlar, dilrabo kuylar  raqslarga ulanib  ketdi. Tuman  madaniyat uyi va jismoniy tarbiya sport ishlari bo’limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi yig’ilganlarga o’zgacha kayfiyat,  zavq ulashdi.

Taniqli estrada xonandasi, “Nihol” mukofoti sovrindori  Malika Egamberdieva, san’atkorlar Mansurxon  Nurmatov va  Shahlo Mahmudovalarning  qo’shiqlari  barchani  raqsga chorladi. So’z ustasi, qiziqchi Abdulla Akbarovning  hangomalari  ishtirokchilarga  manzur bo’ldi.

Mustaqillik shodiyonalari kech oqshomga qadar davom etdi.

 

RIShTON TUMANI

Tuman markazidagi Burhoniddin al-Marg’inoniy nomidagi madaniyat va istirohat bog’i  hamda markaziy o’yingohda  mustaqilligimizning 26 yilligiga bag’ishlangan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostidagi bayram tantanalari yuksak ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Tadbirda  tumanning  barcha hududlaridan taklif etilgan nuroniylar, mehnat faxriylari,  davlatimizning yuksak unvon va orden-medallari sohiblari,  jamoat tashkilotlari rahbarlari, yoshlar, ishlab chiqarish faollari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi G’ayratali  Mamadaliev shodiyona ishtirokchilari hamda ular orqali barcha tuman ahlini eng ulug’, eng aziz bayram – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining  26 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Tantanada rishtonlik taniqli san’atkorlar Bahodir Mamajonov, Valijon Qodirov, quvalik qo’shiqchi Elyorbek Temirovlar tomonidan ijro etilgan diltortar qo’shiqlar barchaga  zavqu shavq bag’ishladi.

Istiqlol bayrami hammaning ko’ngliga xushnudlik, faxr-iftixor, ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

 

Matluba TOJALIEVA.

 

QUVA TUMANI

Qadim Qubo yurtida ham eng ezgu bayram – mustaqilligimizning 26 yillik shodiyonalari har qachongidan ham ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Ahmad al-Farg’oniy nomidagi majmuada tashkil etilgan ushbu tadbirda minglab quvaliklar vakillari ishtirok etdilar.

Tuman hokimligi, tuman madaniyat ishlari bo’limi, ta’lim, tibbiyot, kasb-hunar kollejlari hamkorligida tayyorlangan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostidagi bayram dasturidan xalq qo’shiqlari, laparlar, nuroniylar duosi, Ahmad al-Farg’oniy tilaklarini aks ettiruvchi sahna ko’rinishlari joy oldi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan she’r, qo’shiq va raqslar bayramga alohida shukuh berdi. Yosh sportchilarning Osiyo, jahon musobaqalarida egallagan nufuzli o’rinlari har qancha tahsinga loyiqdir. Ular davraga chiqishganda, olqishlar sadosi borliqni tutdi.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdulhay Karimov ijrosidagi dilrabo qo’shiqlar, tumandagi “Anor” va “Zebo” ashula va raqs xalq dastalarining xonandalari va raqqosalari tomonidan ijro etilgan Vatan, tinchlik, do’stlik, mehr va muhabbat mavzularidagi qo’shiq va raqslariga tomoshabinlar ham jo’r bo’ldilar.