Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

JURNALISTNING UYG’OQ YURAGI

×

 2017-09-05 09:24:54    58

PDF yuklash
Chop etish


yuksak e’tirofdan shod, ezgu rag’batdan minnatdordir

 

“Qalbingni qalbimga yaqinligini qandoq unutay!”... Bundan bir necha yillar avval “Farg’ona haqiqati” gazetasi sahifalarida qayta-qayta o’qiganim – jurnalist ijodining eng inja qirralari, qiyinchiliklari va sharafi haqidagi maqola aynan shunday nomlanardi. 

Bu – mohir jurnalist Ma’mura Abdurahimovaning matbuot va uning rivoji, gazetxon ma’naviyati va tafakkuri yuksalishiga vobasta yuragining aks-sadosi edi. Dastlab sarlavhasi, so’ngra maqolaning o’ziga xos, ohanrabo yo’li ustoz muallifligidagi boshqa ijodiy ishlarni ham bir-bir varaqlashga ishtiyoq uyg’otadi. “Tinchlik gulida muhabbatim bor”, “Umr daryosining oltin ko’prigi”, “Sen dunyoni shoir qil, o’g’lim”, “Birlashgan daryo bo’ladi”, “Ona qalbi ostidagi alloma”... . Bularning har biri uyg’oq yurakli, yoniq qalamli ijodkorning olambaxsh tug’yonlari, aslida.   

Ustozning “Farg’ona haqiqati” gazetasidagi ijodiy faoliyati aynan mustaqillik bilan hamqadam bo’ldi. 1991 yilning  1 sentyabridan boshlab tahririyatning adabiyot va san’at bo’limida kurtak ochgan ijod guli istiqlol ilhomidan gurkirab, yashnab, qimmatli ma’naviy hosillar berayotir. Bugun gazeta sahifalarida yurtimizdagi insonparvar islohotlar, ezgulik bonglari haqidagi, ayniqsa, “Agar ogohsen...” rukni ostida berilayotgan o’tli maqolalarni gazetxon intiqib kutayotgani, sevilib, takror o’qilayotganining hikmati, avvalo, ustozdagi taqdir ato etgan fikrlash, so’zni so’zga jam qilmoqlik toleyidan minnatdorlik tuyg’usiga tutashdir.

Ayni faraxbaxsh kunlarda barcha sohalar qatori adabiyot, san’at va madaniyat ahliga bo’lgan e’tibor va mehrdan quvonib, o’z kasbining mas’uliyati va sharafini teran anglagan ustozning ijodi ona xalqining ishonchi, muhtaram Prezidentimizning  ezgu e’tibori bilan siylandi. Gazetamizning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiyot va san’at bo’limi mudiri Ma’mura Abdurahimova istiqlolimizning qutlug’ yigirma olti yillik tantanalari arafasida “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Ushbu xushxabar viloyatimizning barcha ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, ustozning hamkasblari va shogirdlari ko’ksini tog’dek ko’tardi. Zero, bu Farg’ona jurnalistlari uchun yuksak sharafdir.

-26 yildirki, shu muqaddas dargoh, fayzbaror ijodxonam bag’rida undim, o’sdim, kamolga etdim, – deydi ustoz – Menga el bilan dillashish, yonib yozib, tafakkur tandirida pishgan mulohazalarimni yana minglab yuraklar bilan bo’lishish imkonini bergan ham u. Ishonchim komilki, Yurtboshimizning ulkan e’tirofi sanalmish – “Do’stlik” ordeni nafaqat mening, balki bu yil qutlug’ yuz yoshga to’lib borayotgan otaxon gazeta -“Farg’ona haqiqati”ning ko’ksiga qadalgusi.

Qalamiga sodiq, so’zga oshiq jurnalist, shogirdparvar ustozimizga yuksak mukofot muborak bo’lsin!