Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

YANGI O’QUV DARGOHI

 2017-09-05 09:25:55    77

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz shu yil 3 avgust kuni respublika ijodkor ziyolilari bilan o’tkazgan uchrashuvdagi so’zlagan nutqida madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi muammolarga to’xtalib o’tdi. Prezidentimiz nutqida birgina Qo’qon shahridagi musiqali drama teatrida ishlayotgan jami 53 nafar ijodiy xodimning atigi 11 nafari oliy ma’lumotga ega ekanligi asosli tanqid qilindi. Bu kamchilik boshqa viloyatlardagi madaniyat va san’at muassasalariga ham tegishli.

Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 16 avgustda qabul qilgan “O’zbekiston Davlat san’at va ma’daniyat instituti Farg’ona mintaqaviy filialini tashkil etish to’g’risida”gi qarori san’at va madaniyat xodimlari uchun ayni muddao bo’ldi. Bu qaror Farg’ona vodiysi, viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo’yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo’nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Mazkur qarorda yangi oliy o’quv dargohi Qo’qon shahar Movarounnahr ko’chasi, 3A uyda joylashgan Qo’qon turizm va servis kasb-hunar kolleji binosida faoliyat yuritishi qayd etib o’tilgan. O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Farg’ona mintaqaviy filiali Qo’qon shahrida joylashtirilishi bejiz emas. Zero, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Nabi Rahimov, Mirshohid Miroqilov, Hamza Umarov, Saboxon Karimova, Qurbon Nazarov, Zanjirali Mirzatov singari san’at darg’alari aynan shu zaminda etishib chiqqanlar.

Filial 1 ta bo’lim – “Musiqali teatr aktyorligi”dan iborat. Mazkur bo’limga 2017G’2018 o’quv yilida tahsil olish uchun 25 nafar talaba qabul qilindi.

Filialni tashkil etish, uning to’laqonli faoliyat yuritishi uchun O’zbekiston Madaniyat vazirligi hamda viloyat hokimligi e’tibori va ko’magi ostida ilm maskanida etarli shart-sharoitlar yaratildi. – deydi filial direktori,  dotsent Shamsiddin Usmonov. – 21 avgust kuni yangi o’qishga qabul qilingan talabalar  o’quv dargohi bilan tanishtirildi. Kelgusida bu filialda boshqa yo’nalishlar bo’yicha ham bo’limlar ochilishi rejalashtirilmoqda.

Yangi tashkil etilgan oliy o’quv dargohi Farg’ona vodiysida san’at va ma’daniyat sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo’shadi.