Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg'ona Haqiqati"

 2017-09-11 12:04:33    16

PDF yuklash
Chop etish


T/R

Lavozimi

F.I.Sh.

Telefon raqamlari

1

“Farg’ona haqiqati” gazetasi bosh muharriri

Teshaboev Axmadali Teshaboevich

0 373 226-04-48

2

“Farg’ona haqiqati” gazetasi bosh muharrir o’rinbosari

Bobojonov Abdujalil Otajonovich

0 373 226-37-80

3

"Farg’ona haqiqati" gazetasi bo’lim mudiri

Nuritdinov Hoshimjon Rasulovich

0 373 226-29-66

4

"Farg’ona haqiqati" gazetasi bo’lim mudiri

Abduraximova Ma’mura To’xtasinovna

0 373 226-37-06

5

“Farg’ona haqiqati” gazetasi bo’lim mudiri

Madiyorov Botir Omonovich

0 373 226-52-46

6

"Farg’ona haqiqati" gazetasi bo’lim mudiri

Siddiqov Abduvosit Abduqodirovich

0 373 226-37-06

7

"Farg’ona haqiqati" gazetasi maxsus muxbiri

Tojalieva Matluba Salimovna

0 373 226-65-49

8

"Farg’ona haqiqati" gazetasi maxsus muxbiri

Abdurahmonova Sohibaxon Habibullaevna

0 373 226-65-49

9

“Farg’ona haqiqati” gazetasi muxbiri

Aslonov Shohidbek Farhodovich

0 373 226-65-49

Manzil: 150114. Farg’ona shahar, Sohibquron
Temur ko’chasi, 28-uy.

Veb sayti  www.haqiqat.uz

FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGINING BOSh NAShRI

Farg’ona viloyati hokimligining "Farg’ona haqiqati" gazetasi 1917 yilning 14 oktyabridan chiqa boshlagan. Uning ildizi 1917 yilning oktyabr oyida Qo’qon shahrida "El bayrog’i” nomi bilan paydo bo’lgan gazetaga borib taqaladi. Gazeta 1921 yilning may oyidan "Mehnat bayrog’i», so’ngra "Farg’ona», 1926 yilning 22 oktyabridan "Yangi Farg’ona" nomi bilan chop etilgan.

Gazetani tashkil etishda Akmal Ikromov, Nazirjon To’raqulovlar jonbozlik ko’rsatishdi. Uni uyushtirish, tashkillash va chop etishda esa Hamza Hakimzoda, So’fizoda Abdulla Qodiriy, Sobir Abdulla, Abdulla Qahhor, Komil Yashin, Sharif Rizo, G’ulom G’ofurov, Usmon Nosir, Naim Said, Sharif Murtazin, Abdulla Yusufiy, Ahm Yodgor, Akmal Po’lat, Madamin Ibrohim, Muhitdin Xayrullaev, Adham Rahmat, Hasan Izzatiy kabi taniqli adiblar faol ishtirok etishdi.

1938 yil boshida respublika tarkibida Farg’ona viloyati tashkil topadi. Unga hozirgi Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlari hududi birlashgan edi. O’sha yilning may oyidan boshlab Farg’ona viloyati gazetasi "Kommuna" nomi bilan chiqa boshladi.

Gazetaning ijodiy estafetasini Abdulla Mirzaev, Vog’iz Muzaffarov, Adham Hamdam, Yusufjon Karimov, Yusufjon Dadajonov, Akram Qambarov, Jalol Mashrabiy, Hojimat Qodirov, Narimon Erkinov, Ahmadjon Olimov, Nosir Zokirov kabi matbuot jonkuyarlari davom ettirishdi. Gazetaga 1980 yillargacha Yo’ldosh Rahmonov, Akmal Po’lat, Abdulla Mirzaev, Adham Hamdam, Jalol Jamolov kabi yozuvchi va jurnalistlar muharrirlik qilishgan.

1983 yildan 1996 yil apreligacha gazeta bosh muharri vazifasini Doniyor Ergashev bajardi. 1991 yil noyabrpda "Farg’ona tongi", 1992 yil yanvaridan "Oltin vodiy" nomi bilan chiqa boshladi. 1993 yil dekabridan "Oltin vodiy" va "Ferganskaya pravda" gazetalari tahririyati viloyat hokimining qarori bilan birlashtirilgach, gazetaning nomi "Farg’ona haqiqati" deb o’zgartirildi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, gazeta ijodkorlari yurtimiz istiqlolini mustahkamlash, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish, xalqimizning boy tarihi va ma’naviyatini tiklash hamda rivojlantirish sohasida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bosh muharrir Baxromjon Obidjonov boshchiligidagi tahririyat viloyatdagi yangilik va o’zgarishlarni, xalq xo’jaligini barqaror rivojlantirish, xalqning turmush darajasini yaxshilash, mustaqillik ne’matlari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, Prezident farmonlari, hukumat qarorlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlashda, Farg’onaning sanoat, qurilish, paxtachilik, g’allachilik, pillachilik va boshqa sohalardagi shon-shuhratini oshirishda viloyat hokimligining ishoichli yordamchisi bo’lmoqda.

Gazeta o’z tarixida juda katta voqealarning guvohi bo’lidi. Usmon Nosir, Akmal Po’lat, Jalol Mashrabiy, Sherali Toshmatov, Adham Hamdam, Ohunjon Hakimov, Puldosh Sulaymon, Malika Mirzaeva, Komil Jo’ra, Anvar Yupusov, Maqsuda Egamberdieva, Matluba Ahmedova, Sapat Mahmudova, Adham Karimov, Muhammadjon Xayrullaev, Muhabbat Ibrohimova singari taniqli shoir va ichilarga ijodiy qanot bag’ishlangan muqaddas maktab bo’lib qoldi. Bu ijodiy an’ana davom etmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida gazeta o’zini-o’zi mablag’ Bilan ta’minlab, yil davomida bir martalik adadi 6 — 7 ming o’rtasida bosilmoqda. Gazeta 1999 yildan boshlab A-3 bichimda, sakkiz sahifada, ofset usulida chop etilmokda. Tahririyat moddiy texnik bazasini mustahkamlash, gazeta sifat va mazmunini yaxshilash yo’lida ijodiy jamoa hamjihatlikda izlanmoqda.

Bugungi kunda matn terish, gazetani sahifalash, chop etishga tayyorlash singari murakkab jarayonlar tahririyatning o’zida yosh mutaxassislar tomonidan muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda. Tahririyatda yosh jurnalist kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash borasida ham samarali ish olib borilmoqda. Jumladan, 2009 yil mart oyidan boshlab O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi homiyligida "Yosh jurnalistlar maktabi" tashkil etildi.

2000 yildan boshlab "Farg’ona haqiqati" gazetasi o’zini-o’zi to’la mablag’ bilan ta’minlash asosida ishlamoqda. Reklama va e’lonlarni samarali joylashtirish evaziga tahririyat hisob raqamiga salmoqli mablag’ kelib tushyapti. Tahririyatda xodimlarni ijtimoiy himoyalash, rag’batlantirish singari omillardan foydalanilmoqda. 2009 yildan boshlab "Farg’ona haqiqati" — "Ferganskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyati ajratilib, har ikki gazeta mustaqil ravishda chop etilmoqda. Ayni kunda "Farg’ona haqiqati" tahririyatida 20 nafar ijodiy va texnik xodimlar gazetaning sifatli va mazmunli chop etilishi yo’lida mehnat qilmoqdalar. "Farg’ona haqiqati"ning bugungi jamoasi nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizda ham otaxon nashrlardan biri bo’lgan gazetaning 97 yillik tarixi davomida to’plangan boy tajriba va qimmatli an’analarni munosib ravishda davom ettirib, xalqimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish, elimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi va Vatanimizning buyuk kelajagini yaratish uchun qo’lni qo’lga berib mehnat qilmokda.

– Tahririyatimiz ijodiy jamoasining jurnalistika sohasida "Oltin qalam" U11 Milliy mukofotini qo’lga kiritishi bizning kamtarona mehnatimizga berilgan katta rag’batdir.


1 177.70 KB