Shrift o'lchami Rang Rasm
<< SENTYABR 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fidoying bo‘lgaymiz seni,

O'ZBEKISTON!

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 219
Ko'rib chiqilmoqda: 57 (26.02%)
Javob berilgan: 162 (73.98%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

NAMUNAVIY NIZOM

 2017-09-13 16:18:22    25

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining

boshqaruv apparatlari to’g’risida

NAMUNAVIY NIZOM

 I. Umumiy qoidalar

 1. Ushbu Namunaviy nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari boshqaruv apparatlarining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi
va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi.

4. Boshqaruv apparati o’z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.

5. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

 

II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funktsiyalari

 

6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunida
va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

viloyatni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatni, Toshkent shahrini, shaharlar
va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

viloyatda, Toshkent shahrida, shaharlar va tumanlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyat, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning subventsiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o’zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o’rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq xo’jaligida islohotlarni va tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o’rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi
va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.

7. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o’rinbosarlari topshiriqlari bo’yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari Kengashi
va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat va Toshkent shahrini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o’rinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari
va topshiriqlari bajarilishi bo’yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig’ilishlari, hokim va uning o’rinbosarlari ishtirokida o’tkaziladigan yig’ilishlar va boshqa tadbirlar o’tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo’yicha hisoboti xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqadi;

maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo’lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning faoliyati to’g’risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

 

III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi

 

8. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

zarurat bo’lganda, hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat
va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar
va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat
va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko’rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o’rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o’rganish.

9. Boshqaruv apparati:

o’ziga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama
va o’z vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko’rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o’z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat va Toshkent shahri hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari Kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o’tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari
va topshiriqlarining, shuningdek hokim va uning o’rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o’z vaqtida o’rganilishi uchun javob beradi.

 

IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi

 

10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yuridik xizmat, axborot-tahlil guruhi, ishlar boshqarmasi, hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlaridan iborat bo’ladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil
22 dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi.

11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati, hokim, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari hamda xodimlarning funktsional vazifalari to’g’risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga, shuningdek tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, yuridik xizmat, axborot-tahlil guruhi, ishlar boshqarmasi, hokim o’rinbosarlari kotibiyatlari to’g’risidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.

12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yuridik xizmati, axborot-tahlil guruhi va ishlar boshqarmasi o’z faoliyatida hokimga bo’ysunadi.

Kotibiyatlar hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash guruhi o’z faoliyatida hokimning tegishli o’rinbosarlariga bo’ysunadi.

13. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Axborot-tahlil guruhi rahbari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokim o’rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, shuningdek mutaxassislar hokimning tegishli o’rinbosari taqdimnomasi bo’yicha hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14. Tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi hamda ishlar boshqarmasi, axborot-tahlil guruhi, yuridik xizmat, hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari to’g’risidagi nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibining va yuristning funktsional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.

 

V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish

 

15. Boshqaruv apparati ishlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o’rinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning o’rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo’linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

16. Hokimlar o’rinbosarlarining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo’yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo’naltirilgan:

a) iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida:

O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini,
shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko’rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo’yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo’mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o’rtasida muloqot o’rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo’lga qo’yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsilashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag’ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo’jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga,
shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish
va bartaraf etish;

qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo’jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o’rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo’yicha kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan
chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

turizmni rivojlantirish, turizm infratuzilmalarini shakllantirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish va chet davlatlarda hududning turistik salohiyatini keng targ’ib qilish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari
va xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik
va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan
chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat
va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

b) sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jaligini rivojlantirish sohasida:

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xom ashyoni va qishloq xo’jaligi xom ashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash
chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyatlarda va Toshkent shahrida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash;

ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish;

v) qishloq va suv xo’jaligi sohasida:

qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko’rish;

chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko’paytirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

g) yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o’ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar,
yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish va ularni keyinchalik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o’qish bilan to’liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o’quv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta’lim yo’nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko’rsatkichlarining hududlar bo’yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga
ega bo’lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’quv jarayoni sifatini, o’quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko’rish
va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o’zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko’rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg’or ko’nikmalariga o’rgatish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli
chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to’garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o’smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo’yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o’rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o’rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,

yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko’maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo’yicha
chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko’rish;

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish, xayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo’lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o’rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko’rsatish, sog’liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash
va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida  tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko’p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to’liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog’lom turmush tarzini, shu jumladan sog’lom ovqatlanishni targ’ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar
va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish, tug’ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo’lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to’laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

aholiga tashhis qo’yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo’lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar
va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el etakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko’lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o’rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko’rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalla fuqarolar yig’inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o’rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ’ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o’rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog’lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik
va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat
va qadriyatlarni saqlash, targ’ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash
chora-tadbirlarini ko’rish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ’ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o’rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan,
shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalarida ko’maklashish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat (shahar)lar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat
va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

d) jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar sohasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining viloyatda va Toshkent shahrida joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini o’tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari
va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag’ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do’stlik printsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash
chora-tadbirlarini ko’rish;

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining, O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko’maklashish;

e) Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash sohasida:

xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o’rganish va baholash;

xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko’maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik
va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko’maklashish.

Hokimning o’rinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradilar.

17. Hokimning yordamchisi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devonining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita hokimga yo’llangan yozma topshiriqlari to’g’risida o’z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to’g’risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi
va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o’tkazadi, zaruriyat bo’lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funktsional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

18. Tashkiliy-nazorat guruhi:

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o’rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risidagi takliflarni hokimning ko’rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish
chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko’rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o’rganishni va ular bo’yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

kelgusida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig’majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

hokimlarning mutasaddilik qiladigan o’rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko’radi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O’zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko’rsatadi;

xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning o’z vakolatlarini amalga oshirishda ko’maklashadi;

fuqarolarning mahalla yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda hududiy davlat organlariga ko’maklashadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

Tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

19. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi:

qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar bo’yicha hokimlikka yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog’lig’ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;

huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari
va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari
va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo’li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni,
shu jumladan, ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

mudofaa qudratini ta’minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bronga qo’yish masalalari bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo’yicha yig’ilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo’yicha yig’ilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida hokimni belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

20. Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
17 yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar to’g’risidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

21. Yuridik xizmat faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to’g’risidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

22. Axborot-tahlil guruhi:

hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

ekspertiza natijalari bo’yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo’yadi
va ularning chiqarilishini tashkil etadi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hokimning ko’rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

xalq deputatlari Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan o’zaro mustahkam hamkorlik qiladi;

amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to’g’risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie
va butunjahon Internet axborot tarmog’ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to’liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

matbuot konferentsiyalari, brifinglar o’tkazish, intervyular olishni
va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qiladi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi va hokimlik faoliyati to’g’risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi;

Axborot-tahlil guruhi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

23. Ishlar boshqarmasi:

boshqarma apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlashni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo’li bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi;

tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish
va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko’ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo’natishni tashkil qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko’paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo’natishni ta’minlaydi;

hokimning yordamchisi va hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqishni tashkil qiladi;

boshqa tarkibiy bo’linmalar bilan birgalikda xalq deputatlari Kengashi sessiyalariga va boshqa yig’ilishlarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qiladi;

hokimlikning faoliyatini moliyaviy-xo’jalik va moddiy-texnik ta’minlashni tashkil qiladi, hokimlik xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta’minlaydi;

Ishlar boshqarmasi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

24. Hokim o’rinbosarining kotibiyati:

o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar,
shu jumladan, har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

25. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qullab-quvvatlash guruhi:

biznesni yuritish, shu jumladan biznesni ro’yxatdan o’tkazish,
er uchastkalari berish, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish  va shu kabilar bo’yicha xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;

“yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik
va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan
chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

hududning eksport salohiyatini yuksaltirish, kichik biznes sub’ektlari eksportiga ko’maklashish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, kichik biznes sub’ektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining chet davlatlarda o’tkaziladigan ko’rgazmalarda o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishiga hamda chet davlatlarda savdo uylari tashkil qilishiga ko’maklashadi;

turizm xizmatlari eksportini ko’paytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi, mahsulot eksporti borasidagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni va eksportni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qullab-quvvatlash guruhi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

26. Boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmasining rahbari (kotibiyat mudiri, guruh, xizmat rahbari va boshqalar):

tarkibiy bo’linmaga bevosita rahbarlik qiladi, o’z o’rinbosarlarining (mutaxassislarning) ishlarini tashkil qiladi hamda bo’linmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishda davlat printsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo’yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro’yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga jazo choralari ko’rish bo’yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;

o’rinbosarlar (mutaxassislar) o’rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo’linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

hokim yoki uning o’rinbosari o’tkazadigan yig’ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan boshqa yig’ilishlarda qatnashadi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

27. Bosh mutaxassis (etakchi mutaxassis, I toifali mutaxassis):

funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o’z vaqtida tayyorlanishi hamda funktsional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to’g’risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o’rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo’linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o’rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

tegishli bo’linmalar to’g’risidagi nizomga va funktsional vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

28. Boshqaruv apparati boshqa tarkibiy bo’linmalari rahbarlari
va mutaxassislarining vazifalari va funktsiyalari tegishli tarkibiy bo’linmalar to’g’risidagi nizomlarda va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.

29. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

43.51 KB